Rahmon Qo‘chqor. Qarz berilgan nur

Rahmon Qo‘chqor. Qarz berilgan nur / Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi. — Toshkent, «Ma’naviyat», 2008

Ko‘lingizdagi kitobdan ham filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqorning inson ma’naviy dunyosiga oid maqolalari, Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixiga bag‘ishlangan risolasi o‘rin olgan. Muallif qaysi mavzuda mulohaza yuritmasin, odamzotning, jumladan, zamondoshimizning ma’naviy-ruhiy qiyofasini belgilaydigan o‘lmas qadriyatlarni o‘ziga mezon qilib oladi. Ana shu mezondan kelib chiqib tariximizni, adabiyotimizni, yaqin o‘tmishning mafkuraviy manzaralarini atroflicha tahlil etadi, zarur xulosalar chiqaradi. Uning mulohaza tarzidagi aniqlik, uzviylik, ilgari surayotgan fikr va xulosalarini to‘liq dalillashga intilish kishini befarq qoldirmaydi. Bunga qo‘shimcha, kitobda ko‘pchilik o‘quvchilar ommasiga yaxshi tanish bo‘lgan adabiy asarlar misolida bahs-munozaralar kechadiki, bu uning shavq bilan o‘qilishiga omil bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Kitobga «Qarz berilgan nur» deya sarlavha qo‘yilgan. Muallif nazarida, borliq mavjudotlar ichida insongagina ravo ko‘rilgan ma’naviyat, ma’rifat, idrok, ijod, vijdon va iymon singari tanqis ne’matlarning barchasi — tom ma’nodagi qarz berilgan nurdir. Agar bu kitob qalbingizdagi shu nurga yana bir tolagina nur qo‘sha olsa, o‘zimizni maqsadga erishgan, deb hisoblaymiz.

MUNDARIJA

Ko‘ngil bilan so‘zlashish
Millatni tanish
Oybekning «Gulnor opa»si
Iskandaru Dorolardan qolgan latifa
Adabiyotning qand kasalligi
Vijdon
Xalq taqdiri roman ko‘zgusida (risola)