Zamonaviy o‘zbek adabiyotiga, matbuotimizga xizmati singgan ustoz adabiyotshunoslar, zahmatkash muharrirlar talaygina. Ularning mehnati — ma’naviyatimizga qo‘shilgan bebaho hissa.
Ana shu fidoyi ijodkorlar orasida taniqli munaqqid, mohir muharrir, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diyning o‘z o‘rni bor.
Qo‘lingizdagi ushbu risola ustoz muharrirning ijodiy tajribalari, uzoq yillar adabiyotimiz, matbuotimiz rivojiga qo‘shgan hissasining e’tirofi, yosh avlod qalamkashlarini tarbiyalash borasida izchil davom ettirib kelayotgan murabbiylik faoliyati haqida hikoya qiladi. Bugina emas. Mazkur risola tahrir san’atidan o‘ziga xos qo‘llanma hamdir.