O‘zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy zamonasining peshqadam shoiri va tarjimoni sifatida g‘oyat katta adabiy meros qoldirgan. Uning adabiy merosini chuqur tadqiq qilish va keng kitobxonlarga yetkazish nlmiy jamoatchilik oldida turgan kechiktirilmas
vazifalardan biridir. Bu sohada talay ishlar ham qilingan.
Shoirning xayoti va ijodi haqida qator monografiyalar yozildi, uning she’rlari va ayrim tarjima asarlari bir necha marta nashr etildi.
Bu nashr olti jilddan iborat bo‘lib, unga Ogahiyning she’riyati, tarixiy asarlaridan namunalar, qator yirik tarjimalari kiritiladi.
Ogahiy asarlarining olti jildlik majmuasi keng kitobxonlar ommasi uchun arzirli sovga bo‘ladi degan umiddamiz.
Nashrga tayyorlovchi: G‘ulom Karimov
Mas’ul muharrir: Subutoy Dolimov