G‘azalnavis shoir Chustiy (Nabixon Xo‘jayev) sho‘rolar davrida yashab ijod etgan aruznavis shoirlarning ikkinchi avlodi: Charxiy, Sobir Abdulla, Habibiy kabi ijodkorlar qatorida o‘z munosib o‘rni va o‘z ovoziga ega bo‘lgan asl san’atkordir. Shoir 80 yil umr ko‘rdi (1904—1983). U o‘zining butun ongli umrini ijodiy faoliyat va she’riyat bilan hamnafaslikda o‘tkazdi; aruz va g‘azal shaydolariga salmoqdor meros qoldirdi.