Vakayama Bokusuy (若山 牧水; 24 avgust 1885, Tougou, Miyadzaki — 17 sentyabrya 1928, Numadzu, Sidzuoka) — yapon shoiri, Yaponiyada XIX—XX asrda tanka janrida ijod qilgan atoqli ijodkorlardan biri.
***
Vulqon poyida o‘sgan
Qarag‘ay o‘rmonida
Oy kumush shu’lalar taratgan kecha
Tun bo‘yi tinmay
Sayradi kakku
***
Eski kvartalda
Ufqdagi shom bulutlariga
Qarab to‘ymayman .
Kechki soat vaqtin xabarlab
Qo‘ng‘iroqlar jaranglar
***
Sajdagoxdan tushaman ,
Zinama – zina , oxista .
Va quyuqlashayotgan zulmatda
Butun vujudim bilan
Xis qilaman bu kuz , bu tunni…
***
Oqshom xasrati !
Qirmiz ko‘mirlarga sochgin
Ozgina SAKE
Xushbo‘y ko‘katlarning xidiga
To‘lib ketar o‘shanda xonang .
***
Mudroq tog‘lar
U yoqda tog‘lar poyida esa
Mudraydi dengiz
Qirg‘oq bo‘ylab sayr qilaman
Baxor quvonchiga to‘lib vujudim
***
Yarim kecha oydinda
Uyga qaytaman .
So‘ng zinapoyada to‘xtayman
Engimdagi archa ignabarglarin
Qoqib tushirmoq uchun .
***
Bulutlar tarqadi
Men Asama cho‘qqisidagi
So‘qmoqlarda daydiyman
Vulqon mo‘risi ustida
Bulut parchasiga o‘xshagan tutun
***
Dengizga termuliman
Eshitaman qirg‘oq kuylashin .
To‘lqinlar gumbirlar
Gox ko‘kka sapchib , goxida pastlab
Yuragimni to‘ldirar g‘amga
***
Derazani ochaman
Yuzlarimni silar quyoshning
Muloyim nuri .
Uzoq kutgan edim , nixoyat
Keldingmi , oltin kuz !
***
Dud burqsigan o‘choq
Tutun xidi kelar
Kurujkadagi qaynoq suvdan
Tog‘dagi qishki kulbada sovir
G’aribgina kechki ovqatim
***
Daraxt shoxlari aro
Porlaydi qishki quyosh ,
Yuzlarimga tegar
Uning nurlari
Yoritadi , lekin isitmas !
***
Men uzoqqa ketdim .
Va dengiz soxilida
Tunamoqchi bo‘ldim
Endi yotgan edim yarim kechasi .
Quydi daxshatli jala.
Xoldor Vulqon tarjimasi.