Se Bincin (谢婉莹) shoira, essenavist, tarjimon, shuningdek, bolalarning sevimli yozuvchisi hamdir. 1926 yil AQShda adabiyot magistri ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Xitoy universitetlarida dars berdi. 1954 yildan so‘ng bir necha bor davlatning oliy kengashiga deputat etib saylandi. Shu bilan birga Xitoy Xalq Respublikasi yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan.
Se Bincin o‘z ijodiy faoliyatini 1921 yildan so‘ng boshlagan. Uning she’rlarida yapon she’riyati, xokku va tanka an’analari, shu bilan birga R.Tagorning uslubiyati aks etgan. Shoiraning “syao shi”– qisqa she’rlar janrida yozilgan “Yulduzlar”, “Bahor suvlari” to‘plamidagi she’rlarida mavhumlik va xayoliylik hislari aks etgan.
* * *
O, yoshlik!
U xuddi bir tush,
Uzoq tushdagi haqiqat,
Meni yoshlik yodga olishi uchun
Men ko‘z yoshlarim
Va… va tabassumim chorlayman.
* * *
Mening yuragim –
Dengiz to‘lqinidagi
Yolg‘iz suzayotgan kema misoli.
* * *
Baxt bamisoli nozik novda,
Sirli taqdir kaftida turgan.
Uni izlab topmoq istasang,
Odamlarga yuragingni och.
* * *
O, yoshlar!
Kelajak xotirasi uchun,
Fahmlang va yarating
Bugunning suratin.
* * *
O, shamol!
Puflama namni qo‘llarimga,
Mayli, u yoritsin uzun va qora,
Kelajakka intilgan do‘stlarimning yo‘llarin…
* * *
Sukunat cho‘kkan dam, bu–
Qo‘llaringga qalam tutib,
Oq qog‘ozga tekkizishga botinolmay turganing.
DENGIZ ShOVQINI
O‘sha kuni men va sen dengizga bordik,
Sen menga bir qulf-kalit berib,
Deding: Seni yuraging eshiklarini ochmoq uchun,
Menga yuragingga kirishga ijozat berding,
Menga yuragingga kirishga ijozat berding,
“Iltimos, uni saqla,
Iltimos, uni asra”.
Bugun u meni yana o‘sha eshikni ochmoq uchun chorladi,
Mening kalitim dengiz sohilida yo‘qoldi.
Kun bo‘yi dengiz sohilini axtarib,
Samodan shunday sadoni tingladim:
“Kerak mening yuragim,
Mening yuragim kerak”.
Xitoy tilidan Gulnoza Azimova tarjimasi