Fotih Ahmadvali o‘g‘li Karimov (Fatix Kәrim) Ufa viloyatidagi Beshbaliq tumanida tug‘ilgan. 1925–1929 yillarda Qozondagi qurilish muhandisligi institutida o‘qigan. So‘ngra matbuotda xizmat qilgan, she’rlari, hikoyalari bilan tanilgan. 1938 yili qatag‘on zulmiga uchrab qamalgan. Adolat talab qilib yozgan xatlari natijasida 1941 yili ozod etilgan va urushga ketgan. 1945 yili jangda halok bo‘lgan. Uning yuzdan ortiq she’rlari, to‘qqiz dostoni, ikki qissasi, dramasi, hikoyalari bosilgan.
BUYuK QO‘ShIQ
(Vatanimga)
Balki bu xat so‘nggi xatimdir,
Eng dahshatli jangga kiryapman,
Balki bugun shu quyoshni ham,
Umrimda eng so‘ng bor ko‘ryapman…
Men urushga kirsam, dushmanning
Yuragini ko‘zlab otaman.
Bolalarim qolar men o‘lsam,
Mening umrim bo‘lar Vatanim.
Qolar dunyo, butun go‘zallik,
Gullar qolar bog‘im, dalamda.
Izim qolar ona yurtimda,
She’rim qolar o‘tgan yo‘limda.
Agar o‘lsam, hech o‘kinch emas,
Bor o‘limning boshga kelishi;
Buyuk qo‘shiq – buyuk Vatan deb
Bir insonning jangda o‘lishi.
UZUN UMR
Aytay desang, aytar so‘zing ko‘p,
Erinmasdan bo‘lar so‘ylasang.
Uzun gapning qisqachasi shu:
Uzoq yashay deya o‘ylasang,
O‘z elingni o‘yla har qachon.
O‘lim haqda o‘ylama hargiz.
El-yurtini o‘ylasa inson,
Umri uzun bo‘lar, shubhasiz.
Tatar tilidan Tohir Qahhor tarjimaci