Dmitriy Minayev (1835-1889)

Dmitriy Dmitriyevich Minayev (21 oktyabr [2 noyabr] 1835, Simbirsk — 10 [22] iyul 1889, Simbirsk) — rus hajvchi shoiri, tarjimon, jurnalist, tanqidchi.

* * *

Talabalik yillari do‘stlar
Aytar edim sizlarga takror:
– “Olg‘a bosing! Qo‘rquvni yenging,
Shubhalarga bermang e’tibor!”

Bugun ham men yoshlarga qarab:
– “Olg‘a!” – desam, tinglashayotir.
Ammo shubha buzar fikrimni,
Yuragimda yashar havotir.

Rus tilidan Hasanboy G‘oyib tarjimaci