Stanislav Dobrovolskiy (1907-1985)

Stanislav Dobrovolskiy (Stanisław Ryszard Dobrowolski; 14 mart 1907, Varshava — 27 noyabrya 1985, Varshava) — polyak shoiri, yozuvchi, madaniyat va jamoat arbobi.

POEZDDA

Vagon derazasidan borliqqa
boshimni chiqarib –
toychoqlarga,
imoratlarga,
sigirlarga,
daladagi sulilarga,
hayotga –
bola kabi qo‘limni uzataman.

Parovozda ketarkan –
ko‘zlar bulutlarga to‘lgan,
soy va ko‘l, o‘rmonlarga,
dasht, emanzor, daryolarning
havosidan tuyib nafas
osmon gardishiga boshimni tutaman

………………………………………………
Dalalar o‘tib borar, yo‘llar o‘tib borar,
hayot o‘tib borar….

Rus tilidan Davron Rajab tarjimasi