Oqshin Aliyev (1978)

Oqshin Aliyev (Əliyev Aqşin Böyükağa oğlu – Mistanlı) 1978 yil 16 martda Ozarboyjonning Lankeran rayonida tug‘ilgan. Ozarboyjon davlat pedagogika universitetini tamomlagan. “Botqoqlikdan boshlangan hayot” kitobi chop etilgan.

* * *

Nega men manimla balo aylading,
Aldandim man saning shirin so‘zingga.
Ko‘zlarim boqardi sening ko‘zingga,
Kel ochiq tanishay, so‘zing tuzingga,
Nega san manimla bunday aylading.

Man sani sevmishdim o, nozli-nigor,
Bu sokin qalbimni sen etding bedor.
Endi oramizda buyuk bir devor,
Nega ahvolimni bedor aylading.

Manim hislarimni o‘ynaganda san,
Saning ham boshingga kelar bilasan.
Unda san ham manga boqib deyarsan:
Nega sen holimni vayron aylading.

Hech kim bu hayotda gunohsiz bo‘lmas,
Hech kim bu hayotda jazosiz qolmas.
San manga qarshi gunoh aylading,
Nega san ko‘nglimni vayron aylading.

Kun kelar so‘ladi u go‘zalliging,
Sinadi g‘ururing, u manmanliging.
Savoling bo‘ladi, ko‘zdagi gaping,
Nega san ko‘nglimni vayron aylading.

HEChDIR

O‘zini o‘ldirma, o badbaxt o‘g‘li,
Bu ko‘cha dunyoning taloni hechdir…
Qolmasa ko‘rmakka, hech nimang yo‘qdir,
Bu bo‘lmasning na, bo‘lgani hechdir…
O‘z oting, shuuring bordir, davlatdir,
Bu qo‘shni, bu qardosh so‘zda-suhbatda,
Og‘izdan sovrilar… qolgani hechdir.

Bu nomard surgundan ko‘pi bezardi,
Kimining yeri keng, kimining dardi…
Boqaman har yonda ochiq bozordir-
Sotgani hech nadir, olgani hechdir…
Orzung xotiradir, balkan xotira,
Xotira o‘chganda… yolg‘oni hechdir. .

BILMADING

Man ki o‘t keltirdim kipriklarimda,
Ko‘rar ko‘zim ila ko‘rdim, bilmading.
Saning harorating, saning ishqingda,
Umrimni-kunimni berdim, bilmading.

Bulbuldek har shoxga uchib o‘tmadim,
Bu dardla, hasratla o‘lib ketmadim.
San bor deb-hech kimga mayl etmadim,
Ko‘pini qalbini ezdim bilmading.

So‘kib borlig‘imni hey talayursan,
Sovuqda ichimga. . dard qalayursan…
Xotira pishirib, hijron yeyirsan,
Man shirin xayollar qurdim bilmading…

Umrim, imonim, san- quvvatim, neyim,
Sansiz bu alamda yo‘qdir nayim,
Sening hasratingda mayli muzlayin,
San uyim-eshigim-yurtim, bilmading…

Dilbar Haydarova tarjimasi