Mammad Oraz (Məmməd Araz) 1993 yil 14 oktyabrda Shahbuz tumanining Nursu qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni bitirgach, Ozarboyjon Pedagogika institutida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 1954 yilda o‘z qishlog‘idagi muallimlikdan boshlagan. So‘ng Bokuga ko‘chib kelib, Ozarboyjon Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh Matbuot idorasining xodimi bo‘lib xizmat qilgan. 1959— 1961 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyot kursida tinglovchi bo‘lgan. Ozarboyjonga qaytgach, “Yulduz” jurnalining mas’ul kotibi, “Adabiyot va injasan’at” gazetasi xodimi, Ozarboyjon Davlat nashriyoti Bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. 1974 yildan umrining oxiriga qadar “Ozarboyjon tabiati” jurnalining Bosh muharriri bo‘ldi. Uzoq yillar Yozuvchilar uyushmasi she’riyat bo‘limini boshqardi.
Ko‘rsatgan xizmatlariga ko‘ra Ozarboyjon Respublikasining “Istiqlol” ordeni (1995), bir medal va Ozarboyjon Oliy Soveti Rayosat Hay’atining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan. Hoji Zaynolobiddin Togiyev nomidagi milliy mukofot laureatidir (1992). Uning nomida “Mammad Oraz” mukofoti ta’sis etilgan (1993). 2004 yil 1 dekabrda Bokuda vafot etgan.
MENDAN O‘TDI, QARDOShIMGA TEGDI
Ey sen, do‘ngan tuproqtoshga, ulug‘ bobom,
Bugunimdan o‘tmish sari yiroqlashgan ulug‘ bobom,
Shamollarga, tumanlarga singib ketgan ruhing bilan
Oyoqqa tur, o‘tinaman!
El yetmagan, qo‘l yetmagan
Qadim tarix darasindan
Sado ber deb nido qildim,
Senga kelgan, sendan o‘tgan
Ul qandayin balo edi?
Shul balodan necha daf’a
Ota-o‘g‘il, qondoshlikka gtugur yetdi,
Bitta shahring
Besh valiahd — besh xonlikka tarqab ketdi.
O‘shandanmi paydo bo‘ldi tilimizda
“saning”, “manim” degan qadoq?
O‘shandanmi paydo bo‘ldi tilimizda
“qayerliksan?” degan so‘roq?..
Javob bergil, ulug‘ bobom,
Bu matalni kim to‘qigan, kimlar yozgan?
Qay subutsiz otaki ul —
Otalarning imzosini
Chekib, unga muhr bosgan?!
Nomingizni dostonlardan yo‘qlayman men,
Ruhingizni qiyma-qiyma to‘g‘rayman men.
Qora Cho‘pon,
Dali Do‘mrul,
Ey Xon Avaz,
Xizr o‘g‘li Mustafobek,
Nahotki siz
Ul matalga yo‘l qo‘ydingiz!
Keyin esa qay biringiz
Xalqqa kelgan zo‘r balodan
O‘z bosh ini chetga oldi — qoldi omon.
U balo bir zambarakday
Sattorxonning xonumonin qildi vayron.
Mendan o‘tdi!..
Mendan o‘tdi!..
Shu ham sevinch, g‘ururmikan?
Buni yozgan el — elmikan?
Mendan o‘tdi!..
Qulog‘imdan ketmas bu sas,
Zarbalarni qondoshiga,
Sirdoshiga o‘tkazgan kas
Go‘yo bugun, ushbu kecha
Yonginamda
Mag‘lub bo‘lgan Xatoiyga qah-qah urdi.
So‘ngra, so‘ngra
Tongga qadar ishrat qildi, qadah urdi.
Ul qadahningdolg‘asidan,
Ul mastlikning bosh gangitgan
Havosidan
Toshlar ko‘chdi —
Ozarboyjon tuprog‘ida
Oraz bo‘ylab darzlar ochdi.
Mendan o‘tdi…
Shundoq dedi Shaki xoni,
Shundoq dedi Boku xoni,
Sh undoqdedi Ibrohimxon,
Fatalixon, Kalbalixon…
Balo o‘tsin mendan, dedi,
O‘tib bo‘lgach, “man-man” dedi.
“Man-man” dedi bir o‘lkada
qanchalab xon,
Ular “man-man” degan yerda
Sen yo‘q eding, Ozarboyjon!
Seni sendan judo aylab,
G‘aflat aro unutdilar.
Tegirmonga donday joylab,
Seni senda un etdilar.
Sopqon bo‘lib, o‘zing tegding
o‘z boshingga,
O‘gay bo‘lding o‘z tug‘ishgan qondoshingga
Mendan o‘tdi deb aytganlar kasridir bu,
Vijdonini unutganlar kasridir bu!
Ey sen, do‘ngan tuproq-toshga,
ulug‘ bobom!
Bugunidan o‘tmish sari yiroqlashgan
ulug‘ bobom!
Oyoqqa tur!
Men dafn etgan bu matalning
Boshtoshiga
Bir pushaymon yodgorligin etgil muhr:
Sendan o‘tgan menga tegdi,
Mendan o‘tgan senga tegdi.
Sendan, mendan o‘tgan zarba,
Vatan, Vatan senga tegdi…
VASIYaT
Qora jildda chop etingiz kitobimni
Mendan keyin.
Qora jildda.
Qop-qora.
Bir qora maktubim bo‘lsin
U kitob do‘stlarga, tanishlarga.
Men shu rangni sevardim; boshi egilgan dardim,
Parishon sevinchim
Shu rangda kiyinardi.
Men shu rangni sevardim.
Shu rang daydi varoqlarda
Fikrimning bitik libosi…
Shu rangga hurmatimdir
Qorako‘zlar, qoramag‘izlar.
Shu rangli kipriklar ko‘lkasida
Aksim yashardi.
Shu rangda bir uyni to‘ldirgan
Vaslim yashardi.
Bu rangning eng tinig‘i,
Eng tozasi —
Menga taskin bergan yig‘ilar.
Qizlarimning ko‘zlarida
Shu rangning o‘zi yig‘lar.
Qora jildda chop etingiz kitobimni
Mendan keyin
Qop-qora.
Faqat ismi sharifimni
Sut rangida naqsh eting unda.
Tag‘in ne deyin,
Xullas, men
Qora tuproq ustida
Ufqlar sari uzangan
Oq yo‘lga o‘xshab turay.
OTA XALQIM, ONA XALQIM, YIG‘LAMA
Derazada shamol to‘nib yig‘lasa,
Ayvoniga qushlar qo‘nib yig‘lasa,
Yuragingda nola yonib yig‘lasa,
Ich-ichdan yon, faryodlar bas, yig‘lama,
Yig‘lamoqning o‘rni emas, yig‘lama.
Bu bir jangdir — ezilgan bor, ezgan bor,
O‘lim hukmin qo‘ltiqlabon kezgan bor,
“Bizlar” bormiz, na “man” borman, na “san” bor,
Yig‘lamagin, ona xalqim, yig‘lama!
Toptaldingmi yana, xalqim, yig‘lama.
Hayqir, ko‘ngil, bundan battar chog‘ qayda,
Yonayotgan inson, tuproq, tog‘ qayda.
Singlim, endi yig‘lash uchun vaqt qayda?
Qardosh, yurtdosh deb basma-bas yig‘lama!
Yig‘lamoqning o‘rni emas, yig‘lama.
Egilmakdir yig‘lamoqning ul yuzi,
Dardga to‘za bilmaganni dard uzr,
Yig‘laganni izlab topar dard o‘zi,
Shuni yozmish Tangri o‘zi, yig‘lama,
Jim bo‘l endi, ona qizim, yig‘lama.
Bu tuproqda so‘nggi qurbon men bo‘lsam,
O‘z o‘timda yonib kulga teng bo‘lsam,
Yurtim sari uchgan bir o‘qdan o‘lsam,
Ona xalqim, o‘g‘lim deb, bas, yig‘lama,
Yig‘lamoqning o‘rni emas, yig‘lama!
OQARMA, SOChIM, OQARMA
Ne uchun senga oq tuщdi,
Qachon tushdi, qandoq tushdi,
Yuragimga titroq tushdi,
Oqarma, sochim, oqarma!
Orzu so‘ngsiz, umr yarim,
Ortar manglay ajinlarim,
Bormi senda insof, sharm,
Oqarma, sochim, oqarma!
Meni g‘amgin ko‘rsa agar
Dushman kular, do‘st g‘am chekar.
“Hoy amaki” deydi qizlar,
Oqarma, sochim, oqarma!
Toshdir qal’ang, toshdir joning,
Yo‘qdir tuyg‘ung, yo‘qdir qoning.
Yoshman-ku, bormi vijdoning,
Oqarma, sochim, oqarma!
Umr kechar, yomon kechar,
Qalbimdan qora qon kechar,
Go‘zallar yonma-yon kechar,
Oqarma, sochim, oqarma!
Uzoqdadir shuhratu shon,
Ko‘zin tikkan menga zamon,
Yurak yoshdir hali-hamon,
Oqarma, sochim, oqarma.
Istiqbolda zafarim bor,
Yo‘ldadirman, safarim bor,
Yozilmagan asarim bor,
Oqarma, sochim, oqarma!
Usmon Qo‘chqor tarjimasi
* * *
Na bo‘ldi, senga don tushdi,
Nega tushdi, nedan tushdi?
Bo‘ynim ham quvvatdan tushdi?
Oqarma, sochim, oqarma!
Orzum so‘ngsiz, umrim yarim…
Ortdi yuzning tirishlari,
Senda insof bo‘lsin, yorim,
Oqarma, sochim, oqarma!
Meni g‘amgin ko‘rsa agar,
Dushman kular, do‘st g‘am yeyar,
Qizlar boqib «tog‘a» deyar,
Oqarma, sochim, oqarma!
Toshdir qalbing, toshdir joning,
Yo‘qdir tuyg‘ung, yo‘qdir qoning.
Hali yoshman, bor vijdonim,
Oqarma, sochim, oqarma!
Umur o‘tar, yomon o‘tar,
Yurakdan qora qon o‘tar,
Yonimdan bir jonon o‘tar,
Oqarma, sochim, oqarma!
Hali sasim erimagan,
Bilakdan kuch arimagan,
Hali ko‘nglim qarimagan,
Oqarma, sochim, oqarma!
Ilhom otli shahvarim,
Yo‘ldadirman, safarim bor.
Yozilmagan asarim bor,
Oqarma, sochim, oqarma!
Karim Bahriyev tarjimasi
MENINGSIZ HAM…
Men bilan, mensiz ham bu dunyo bor edi,
Ko‘k shunday ko‘k edi, qor oppoq edi.
Bu dunyo a’lo bir nag‘mali edi,
Man bilan, mansiz ham oh urishardi.
Chiqib bu dunyoning yo‘liga men ham,
Do‘nib turgan edim bir ostonada.
Ufq sarg‘ayganda, tun ham tushganda,
Shivirlagan edim senga asta man.
Bunday bo‘lmas edi yaqinlik bunday,
Qalbim intizorlik o‘ylaridaydi.
So‘ngra bu vafoli tuyg‘ular ila,
Orzu daryosining bo‘ylaridaydi.
Eng ilg‘or, eng go‘zal edi tuyg‘ular,
Men o‘tgan yo‘llarda samoviy edi.
Siynamni bir toshga tekizsam agar,
U ham go‘zallashib, yosharar edi.
Bunday bo‘lmas edi, yaqinligidan,
Elkamda bu yukni ko‘tarmas edim.
Aqlimning hukmini man bila- bila,
Qalbimning hukmida o‘tib borardim.
Bu kun ham bo‘lakcha… bir do‘najakdir,
” Sevgi mahkamasi” qurilar emish.
Bu shartlar, u shartlar… misol yurakda,
Muhabbat bir ishim qo‘r o‘lmoq emish.
Biz oyoq bosmadik nohaq yerlarga,
Muhabbat yo‘liga chiqding, yo‘lga boq!
Jasorat kerakdir ilk sevganlarga-
Yolg‘ondir kul bo‘lmoq, yolg‘ondir yonmoq!
MANING TILIM
Mening tilim dunyoda,
Dunyo qadar ulug‘dir.
Muhammadning me’rosi,
Uchirguvchi yo‘lidir.
Dilim qur’on ayosi,
Makkada azon sasi.
Topilmas bir bayoti,
Chiqqan oydan or edi.
Dilim dillar ichinda,
Birinchiydi yechimda.
Lahjam shabnam bichimda,
Tilim ari boliydi.
Dilim qo‘rqut tilidir,
Og‘uz Bo‘zqurt tilidir,
Tuproqdir, yurt tilidir,
Oqar suvday tirikdir.
Nizomiyning kalomi,
Mavlanoning kalomi,
Sozning shohi – jaloli,
Daryo kabi to‘liqdir.
Etti davlat, bir sandir,
Buta qurbon Turondir.
Yurtim Ozarbayjondir,
Tilim Turkning tilidir!
YaXShI ODAMLAR
Dunyoda qanchalar yaxshi odam bor,
Yaxshilik va inson egiz tug‘ilar.
Eng yaxshi odamlar, yaxshi odamlar,
Nega bir- biriga o‘xshagan bo‘lar.
Yaxshilarning nasi baridan yaxshi,
Yuz yilda bir marta tug‘ilar ular.
Naqshlar qo‘llanib, yetkaza bilmas,
Yaxshining joyiga ololmas kimlar.
Kelganlar – ketganlar sig‘maydi soyga,
Dunyo bundaylarga to‘lur, bo‘shalur.
Qanday soz yaxshilar kelur du
Yana yaxshilarning yeri bo‘sh qolur…
ALVIDO TOG‘LAR
Balki bu yerlarga bir bor kelmadim,
Tuman salomat qol, tog‘ salomat qol.
Tog‘larga suv separ o‘sha bulutlar?
Tog‘im salomat qol, yomg‘ir sen ham qol!
Ko‘kdagi burgutlar yo‘q bo‘ldi jonda,
Nargiz saralandi ushbu chamanda.
Ey qora ko‘z pari, hayobim sanda,
Bo‘ylan, salomat qol, boq salomat qol!
Keldim, qarshiladi gullar – chechaklar,
Ketaman, el bo‘lmas bo‘z bu chanoqlar.
Nidomni qaylarga eltdi shamollar:
Bu dam salomat qol, oh – salomat qol!
Tog‘larning balandi, siri ham sensan,
Shoiri ham sensan, she’ri ham sensan.
Yori, barakotli, xayri ham sensan –
Cho‘pon, salomat qol, sog‘ – salomat qol!
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi