Bagirov Elchin Aqasaf o‘g‘li – Elchin Malhamli (Elçin Məlhəmli) 1960 yil Ozarboyjonning Shamaxi shahrida tug‘ilgan. Boku davlat universitetini tamomlagan. “Dunyo men uchun sovuqdir” kitobi chop etilgan.
OG‘RIYDI
Kunlar oyni quvar, oylar yillarni,
Siynamda zamonim, yilim yig‘laydi.
Dilimga so‘z kelur eltaman so‘zni,
Og‘zimni ichida tilim yig‘laydi.
Umr dard bermoqdan zerikar, bezar,
Dardni ko‘p yuklaydi, kech buni sezar,
Qaddim ham egilib, bel na dard sezar,
Hayot og‘irlashar, belim og‘riydi.
Ichimda po‘rtana, to‘fon, yig‘ilgan,
Yurak poram-parcha, ruhim parishon,
So‘limda ko‘rinur milyon inson,
Ichimni qizitgan so‘lim og‘riydi.
Dardlar tog‘ qushidek jo‘shur, sellanur,
Solur yuragimdp maskan ko‘llanur,
Ruhim azob chekur, g‘amli dillanur,
G‘am-g‘ussaga to‘la bag‘rim og‘riydi.
Falak darboz kabi umrimni chaldi,
So‘ngsiz kunlar, oylar, yillar kuch oldi,
Elchin misra-misra so‘zlar qo‘sholdi,
Yondim she’rlarimda kulim og‘riydi.
KELARSAN
Kuzlar kelganida uchib ketmaysan,
Qalbimda bahordir, so‘nam kelarsan!
Gar ketsang umrimni vayron etmaysan,
Bir maktub yo‘llasam, senga kelarsan?
Sen bilan sevganman men bu jahonni,
Bu go‘zal jahonda sanga toy qani,
Surib umrimizdan achsiq hijronni,
Chizib qo‘llaringga xino kelarsan?
Ishqdir bu dunyoda qolgan abadiy,
Ishqdir bu hayotning mag‘zi, mazmuni,
Qalbimdan kuch olur ishqning ma’budi,
Bu ishq mukofoti dinga kelarsan?
Ovlangan qalbimning sensan sayyodi,
Saqlading to‘ringda, tegib qonadi,
Ey olloh bandasi, malak avlodi,
Meni ovlamoqqa yana kelarsan?
Hasratdan sovrildi, so‘ldi bu Elchin,
Visolga qo‘l cho‘zib qoldi bu Elchin.
Bir kun eshitarsan o‘ldi bu Elchin,
Hayoti barboding undan kularsan?
BOLALARIM
Umrimni sevinchga g‘arq ayladingiz,
Ollohdan berilgan to‘lovim bolam.
Zulmat hayotimga nur bo‘loldingiz,
Quyosh bolalarim, oy bolalarim.
Tamom farq qilasiz, donolarim siz,
Meni o‘zimdan ham oqillarimsiz,
Ko‘zimda shu qadar go‘zallarimsiz,
Hazrati Yusufday toy bolalarim.
Faxr etsin siz bilan Vatanim, elim,
G‘amdan egilmasin, sinmasin belim,
Sizga nag‘ma desin har zamon dilim,
G‘ururim, viqorim jon bolalarim.
Umrimga nur bo‘ling, ma’q bo‘ling siz,
Tog‘ bo‘ling, Elchinga aso bo‘ling siz,
Doimxushbaxt bo‘ling, uyg‘oq bo‘ling siz,
Hovli-hayotimga oy bolalarim!
IShQ DESIN
Tangrim, asra mani ishq havasidan,
Yuragim ishq desin, dilim ishq desin,
Qalbimda gul ochsin g‘uncha orzular,
Ochilgan atirli gulim ishq desin.
Shavqiga tashnadir, bu oshiq jonim,
Bu o‘tda qanchalar qovrilay, yonib?
Qay ishqqa burulay har kelgan onim,
O‘tgankunim, oyim, yilim ishq desin.
Ishqqa osilaman, noz quchoq bo‘lsa,
Yuragim qo‘lingda o‘yinchoq bo‘lsa,
Men taslim bo‘lguncha u qochoq bo‘lsa,
Ko‘zdan oqizganim selim ishq desin.
Yorni chorlar esam, ahdu-paymonga,
Do‘ndi ovchisidan qochgan sayrona,
Tushsam Majnun kabi cho‘l biyobonga,
Chamanim ishq desin, cho‘lim ishq desin.
Ishqdir bu dunyoning davru, gardishi,
Netay ishq yondirar hatto quyoshni,
Elchin, qalbimdagi bu ishq otashi,
Yondirsa mani ham kulim ishq bo‘lsin.
ShE’R YoZKI…
A’lo bir she’r yozki,
Manga toza iz bo‘lsin.
Yuragimda asragan,
O‘oq bo‘lsin, ko‘z bo‘lsin.
A’lo bir she’r yozki,
Yuragingni o‘qiyin.
Hislaringni qalbimga,
Gullar qilib to‘qiyin.
A’lo bir she’r yozki,
Unda Vatan tanilsin.
O‘qilganda yurt ishqi,
Yuragimga yoyilsin.
A’lo bir she’r yozki,
Kelsin dengizning sasi.
Tog‘larning, mash’allarning,
Gul atirli nafasi.
A’lo bir she’r yozki,
Yayrasin tilaklarda.
Abadiy uyin qursin,
Yashasin tilaklarda.
Dilbar Haydarova tarjimasi