Xristian Gofmansvaldau (1617-1679)

Xristian Gofman fon Gofmansvaldau (Christian Hoffmann von Hoffmannswaldau; 1616, Breslau — 1679, Breslau) — nemis shoiri. Nemis she’riyatida «ikkinchi Sileziya maktabi» asoschisi.

ZAMINDAGI HAYoT

Nimadir dunyoning soxta chehrasi?
Nima bu – yaltiroq libosli hayot?
Erdagi borlikning boru yo‘q yo‘li
Qisqa bir fursatdir, g‘amdir beadoq.
Hayot – zulmat ichra bir damlik chaqmoq,
Hayot – o‘lat kezgan jarda yashamoq,
Uqubat qamalgan qorong‘u qamoq.
Barchasin o‘ragan hasham yaltiroq,
Buyuklik bo‘shlig‘i ichra bo‘g‘ilmoq.
Qabrlar ustida ko‘kargan maysa –
Shu oniy hayotni boquvchi tuproq.
Ammo, ruhim, sen vujudga mengzama!
Taqdiringdan nolima bekor.
Yaltiroq umiddan, soxta baxtdanmas,
Najotni haq yo‘ldan izlagin abgor!
Aldovchi sarobdan qochgin, yugurgin,
Nafsning domidan qutil albatta,
Shunda yetadirsan orzuga ayon,
Go‘zallik, boqiylik yeri – jannatga!

Karim Bahriyev tarjimasi