Pak I Do (박이도) – shoir va adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori. “Kuchli qor yog‘ini” (1975), “Olov o‘yinlari” (1983) kabi she’riy to‘plamlar muallifi. “Boshlovchining san’ati” (1963) adabiy mukofoti sovrindori.
ILK MAKTUB
Titragan qo‘l bilan
ilk maktub yozgan kun…
Yozolmadim ismingni,
Ayniqsa, “sevaman” so‘zini
va yoqdim u kecha butun
boshlagan maktublarni.
Juda og‘ir bo‘ldi dastlab yara…
Sening isming yozolmadim baribir.
Sevgi – bebaho, nodir tosh,
Rangi qizg‘ishdir uning,
Shafaqqa o‘xshar mudom.
Vaqt o‘tishi bilan o‘chirib bo‘lmas,
Yorqin xayol bo‘ldi sening isming.
Ayni kun bitilgan ilk maktubning ikki qatori
bir shoirning tug‘ilishi bo‘ldi…
Rus tilidan Shermurod Subhon tarjimasi