Maykl Ondatje (1943)

Maykl Ondatje (Michael Ondaatje) – shoir, adib, rejissyor, fotograf. Shrilankada tug‘ilib, Angliyada voyaga yetgan, 19 yoshidan boshlab Kanadada yashaydi. 1971 yilda “Billi Kid asarlarning to‘plami” nomli she’riy kitobi Kanada General-gubernatori mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Ingliz patsiyenti” nomli romani 1992 yil ekranlashtirilib, birato‘la 9 ta nominatsiyada Oskar mukofotini egallagan.

BORALESGAMUVALIK AYoL

Daryo o‘rtasida nilufar terar
loyqalangan suvda, terisida kuyindi changi

cho‘milishni madh etar tinmay
qo‘li va bilagi
qanday go‘zal kuladi ayol, eri ko‘rsaydi
qisqichbaqa chirmashar oyoqlariga

badanida qat-qat chiziqlar
mana qanday nur sochar chiroy

kun qiyomigacha tip-tiniq
to‘pig‘ida ziynatli zanjir

badanida qat-qat chiziqlar
mana qanday nur sochar chiroy

kun qiyomigacha tip-tiniq
to‘pig‘ida ziynatli zanjir

Go‘zal Begim tarjimasi