Abdurahmon al-Abnudiy (1938-2015)

Abdurahmon al-Abnudiy (عبد الرحمن الأبنودى‎) (1938 – 21 aprel 2015) – mashhur Misr shoiri, bolalar yozuvchisi.

O‘G‘LIMGA

Bu dunyoda odamlarning
Eng yaxshi ko‘rgan ishi –
O‘zi ekkan daraxtlarning
Soya solib turishi!

O‘zing ekkan anjirlardan,
Yo tiklagan binodan
Qanday yaxshi – soya tushib
Turar bo‘lsa damodam.

Inson uchun yorug‘ qismat,
Eng ajoyib baxtdir bu –
Qulog‘ingda shu so‘zlarim
O‘g‘lim, yangrasin mangu!

Muzaffar Ahmad tarjimasi