Shoir, dramaturg va adabiy tanqidchi — Tomas Sternz Eliot (Thomas Stearns Eliot) she’riyatda modernizm oqimining yirik vakillaridan biridir. U 1888 yil 26 sentyabrda Sent-Luis (AQSh) shahrida badavlat va martabali lrotestantlar oilasida dunyoga keldi. Uning bobosi cherkov qurgan va universitet kollejiga asos solgan, o‘z davrining ma’rifatlarvar ruhoniylaridan edi. Otasi ishlab chiqarish komlaniyasining lrezidenti, onasi adabiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Eliotlar xonadonidagi an’analar: e’tiqodlilik, talabchanlik, odob-axloq me’yorlariga, o‘z xatti-harakatlariga mas’ullik tuyg‘ularining shakllanishi bo‘lajak adibga katta ta’sir o‘tkazgan. Yangi Angliyaning puritanlarga xos qat’iy tamoyillari va o‘z burchiga sadoqat, e’tiqodga sodiqlik yillar davomida yosh Eliotning hayotiy yo‘lini belgilab berdi. Ayni vaqtda u muhtaram ota-bobolari yo‘lidan boshqa so‘qmoqlarga ham o‘tib ketganini, ammo o‘z yo‘lini topa olganligini ta’kidlash joiz.
1910 yilda Garvard universitetini to‘rt yillik tahsilini uch yilda tamomlab, ikkinchi vatani bo‘lib qolgan Yevropaga yo‘l oldi. Bu davrda u falsafa, din va ma’lum tarixiy davrlar (Italyan tiklanish davri, Yelizaveta davridagi Angliya va XVII asr) ga bo‘lgan qiziqishlari ortgan edi. Eliotning ilk to‘plamlariga burjua jamiyatining soxtaliklari, shaharning shovqin-suronli hayotida inson shaxsining yemirilishi haqidagi fojeaviy she’rlar xos bo‘ldi. Chinakam puritanlar avlodi sifatida u muntazam ibodat,intizom va tinimsiz mehnat bilan oldidagi mashaqqatli to‘siqlarni yengib o‘tdi.
Bo‘lguvchi avangard shoir o‘z zamoni adabiyot maydoniga isyon bilan kirib keldi. Uning jodidagi asosiy mavzu — ruh inqirozi bo‘ldi. Eliot o‘sha davrda moddiy qadriyatlarga ruju qo‘ygan insoniyatning Xudo tomonidan berilgan ilohiy ne’matlarni mensimasligini tanqid qilish, dahriylikni qoralash g‘oyalariga suyandi.
Uning ilk she’rlari 1916 yilda Amerikaning “Littl revyu” jurnalida chol etildi.Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda muntazam ravishda yangi she’riy yo‘llarni ochishga intildi. Bu yillarda yaratilgan ko‘plab asarlari uning ruhiy va ijodiy yo‘lini qat’iy belgilab olganligidan dalolat berardi. Masalan, “Xoval odamlar” (1925) she’rlar turkumi Eliotga “umidsiz shoir”degan laqab keltirdi. “Alfred Prufrokning sevgi qo‘shig‘i” (1917) to‘llamiga esa ijodining ilk bosqichida yaratilgan, zamondoshlari tomonidan anglo-amerika modernizmining manifesti sifatida e’tirof etilgan she’rlari kiritilgandi. 1919 yilda uning “She’rlar” kitobi chol etildi.1922 yilda Eliotning Injil vaDanteona ruhdagi satrlari jamlangan, urushdan keyingi yillarning “Yo‘qotilgan avlod”i qarashlarini mujassam etgan “Hosilsiz yer” poemasini e’lon etdi. Bu yillarga kelib Eliot adabiyotshunos, tanqidchi sifatida ham shuhrat qozondi. 1920 yilda uning estetik qarashlari jamlangan “Muqaddas o‘rmon”to‘plami nashr qilindi. Unda Eliot unutilayozgan Jon Donne, shuningdek, “metafizik shoirlar» Endryu Marvell va Jon Zebster kabi ingliz adabiyotining namoyandalarini yuqori baholab, zamondoshlarining yodiga solishga intildi.
1927 yilda T.Eliot Buyuk Britaniya fuqaroligiga qabul qilindi. Taraqqiyotining burjua-kalitalistik yo‘lini rad etgan holda, Eliot ruhiy jihatdan nasroniylikning ixloqiy me’yorlariga amal qilishni (“Kul bosgan muhit”, 1930), ibtidoiy diniy e’tiqodga qaytishni targ‘ib etdi, ijodini konservatizm tomon yo‘naltirdi Shuningdek u tarjimon sifatida frantsuz shoiri Sen Jon Persning “Anabasis” poemasini ingliz tiliga o‘girdi. Ijodining so‘nggi bosqichlarida (“To‘rt kvartet”, 1943) baqo va fano, avlodlarning ruhiy rishtalari mavzulariga muntazam murojaat etib turdi.
Eliot yuksak tafakkur shoir edi, uning asarlari zamondosh ijodkorlarning ijodidan tubdan farqlanadi. Shoir o‘z ijodida murakkablikni maqsad qilib olmadi, balki bu murakkablik uning anglangan va hal etilgan muammolarining serqirraligi bilan belgilanadi.
1948 yilda “Zamonaviy poeziyaga qo‘shgan katta novatorlik hissasi uchun” Eliotga Nobel mukofoti berildi. 1948 yilda Britaniyaning Xizmatlari uchun ordeni, 1954 yilda frantsuzlarning Faxriy legion ordeni va olmonlarning Ganzey ittifoqi ta’sis etgan etgan mukofoti bilan taqdirlandi.
Tomas Eliot 1965 yil 4 yanvarda Londonda vafot etdi va Vestminster abbatligiga qarashli Ist-Koker hududida — Somerset qishlog‘ida dafn etildi. Xuddi shu yerdan bobosi Endryu Eliot XVII asr o‘rtalarida Amerikaga yo‘l olgan edi…
AFRIKADA XALOK BO‘LGAN HINDLARGA
Odamniig takdiri – o‘zining jonajon qishlog‘ida
Uyi-o‘lan to‘shagida, xotin bergan rizqin yeb;
Kunbotar pallasida, cho‘kib zinapoyaga
Nabiralari va qo‘shni nabiralariga boqqan nigohlarida,
Hovlida chug‘urlashib o‘rtoq-o‘rtoq o‘ynashar.
Chandig‘i ko‘p, lek beziyon bo‘lgan odamning
Bisyor bo‘lar suhbat chog‘i uyg‘onguvchi xotiralari
(Salqin chog‘mi va yoki iliq — bu tomoni iqlimga bog‘liq)
Begonalar haqida, begona yo o‘rtoq bo‘lishib
O‘zga yerda qanday jang qilganlari.
Yo‘q, aslo aniq emas odamzotning qismati,
Bir odamga Vatan bo‘lar har qanday yurt
Boshqaga begona. Ammo qayda o‘lsang mardlarcha,
Peshonangga yozgani shu, endi o‘sha yerliksan.
O‘sha qishloq — sening qishlog‘ing.
O‘sha zamin sizniki ham, bizniki emas edi –
ammo bizning Midlendda
Va sizning Beshdaryoda qabriston bir xil.
Uyiga kaytganlar siz hakda ham bir xil so‘zlasin, mayli
Ulug‘ maqsad yo‘lidagi harakatlar haqida,
O‘sha samaralar haqida birday sizga ham, bizga ham
Anglamoq yo‘q toki Mahsharga qadar
Xarakatlar samarasi o‘zi ne ekanin.
NENSI AMMAM
Nensi Ellikott xonim,
Yaylovda ot chopib, payxon ayladi,
Do‘nglarda ot chopib, yakson ayladi –
Yangi Angliyaning taqir do‘nglarin,
Itlar galasini ergashtirgancha
Yaylovlar tomondan chopib o‘tdi u.
Nensi Ellikott xonim –
Kashanda, ustasi yangi raqslarning,
Ko‘pda xushlamaslar uni xolalar,
Ammo biladilar, zamon zayli shu.
Oynavand tokchada posbon turishar
Metg’yu va Uoldo — nomus nozirlari,
O‘zgarmas honunning xizmatkorlari.
XELEN XOLAM
Xelen Slingzbi xonim, erga tegmagan xolam,
Yashardi mo‘jaz uyda, serhasham maydondagi.
Bir boshiga to‘rt malay.
Samolar sokin edi u olamdan o‘tganda,
U umrini o‘tkazgan ko‘chalar jim-jit edi.
Poygakda oyoq artdi dafn idorasi sohibi –
U-ku yaxshi biladi, avval ham bo‘lgan shunday.
Uyning pardalarin tortib qo‘ydilar.
Avvalgiday berildi sarxil yemish itlarga,
Ammo tezda harom o‘ldi to‘tiqush, biroq,
Hamon chiqillardi kamin uzra Drezden soatlari.
Malay o‘tirardi mehmonxonada
Tizzasiga olib oqsochni, u qiz
Qanday boodob edi bekaning borligida.
* * *
Ko‘zlar, ko‘z yosh to‘la, ko‘ringay menga,
Misli tuman ichra, –
Bu yerda, o‘limning xayoliy saltanatida
O‘shal ko‘zlar bo‘lur namoyon,
Ammo ko‘z yoshlarni ko‘rolmasman hech, –
Shudir mening jazoyim.
Shudir mening jazoyim –
Ko‘rolmasman yoshli ko‘zlarni,
Ularning tik nigohlarini,
Ko‘rolmasman muharrar o‘lim
Saltanatin poygagi qadar,
Yana qayda, shu yerdagiday,
Yalt etgaydir bir lahza ko‘zlar,
Oniy lahza miltillar ko‘zyosh,
Bizni mazah qilmoqlik uchun.
* * *
Chor tarafdan aylandi shamol,
Ko‘ng‘iroqni tebratdi alhol –
Bir hayot tomon ko‘tarilar u,
Bir mamot tomon.
Bu yerda — o‘limning xayoliy saltanatida
Adash janglarning, xavotirga solar aks sado
Bu nima — tushmi boshha yo:
Qorayib borayotgan daryo yuzida
Yig‘layotgan yuzlar ayon bo‘ldilar?
Nari sohilida qora daryoning
Dushmanlarni ko‘rdim, qo‘lida qilich.
Chin o‘lim daryosin ul qirg‘og‘ida
Rus tilidan Humoyun tarjimasi
SUVOTI
Ushbu noma sizda e’lon qilingach, Laodikiy cherkovida ham o‘qilishiga bosh-qosh bo‘ling. (Havoriy Pavelning arboblarga maktubi, 15, 16.)
Balchiq uzra yotar suv oti —
Sag‘rini keng — qora barzangi.
Garchi uning hayvondir zoti,
Lekin o‘xshar ulkan xarsangga.
Tirik tana zaif hamda mo‘rt,
Buzar juda asablar qonni,
Cherkov esa turar mag‘rur, qurch,
Elkasida tutib osmonni.
Ulkan maxluq axtarib yemish
Kezganida har yon tutakib,
Cherkov turar savlat to‘kib, tinch,
Unga boylik keladi oqib.
Suv otiga qilmaslar sovg‘a
Shirinlikni, bananni lutfan.
Shaftoliyu nokni Cherkovga
Keltirarlar ummon ortidan.
Iliqishgan payti chiqarar
Bu maxluq zab g‘alati nido.
Cherkov bilan yakshanba kunlar
Sassizgina qovushar Xudo.
Kunduz uxlar suv oti, tunda
O‘lja uchun chiqar odatda.
Cherkovda-chi — bo‘lak tushuncha:
Er ham uxlar ayni soatda.
Ko‘rdim o‘zim — maxluq yuksalib,
Savannani tark etib ketdi.
Farishtalar boqtsi tang qolib,
Hayratlari samoga yetdi.
Ochiq jannat darvozalari,
Begunoh qon ila purkalgan.
O‘ltirar u valilar aro —
Chiltorlarni berilib chalgan.
Tani erur qordan-da oppoq —
Toza ruhlar o‘pavergandan.
Erda Cherkov girdini bu choq
Sassiq badbo‘y o‘raydi chandon.
IST KOUKER*
1
Avvalimda erur mening intihom. Betin, paydarpay
Uylar qad ko‘tarar, nurar, kengayar,
Buzib ko‘chirilar yo ta’mirlanar,
Yo ular o‘rnida qolar yalanglik,
Yo tushar fabrika yoki dong‘il yo‘l.
Ko‘hna toshlar — yangi imorat uchun,
yangi gulxan uchun — eski g‘o‘lalar,
Eski gulxan kulga evrilajak,
kul — qatlam tuproqqa,
Tuproq o‘g‘itga evrilar,
evrilar mahluqot, inson suyagi,
makka poyasiga, yaproqlariga.
Uylar yashar, o‘ladi uylar: bor bunyod vaqti,
Yashamoq pallasi,
dunyoga zurriyod bermoq oni bor,
Bor shamol bo‘shashgan derazalarni g‘ichirlatar dam,
Yo‘laklarda yugurar payt cho‘l kalamushi,
G’oyib bo‘lar indamas saf-saf askarlar.
Avvalimda erur mening intihom. Yalang dalaga
Tushgan qiya shu’la yasar xiyobon,
Ikki yoqqa toshib chiqqan shox-shabbalardan
Chekinasan sen ko‘chaning qirg‘og‘i sari
O‘tayotgan aravaga yo‘lni bo‘shatib.
Bu xiyobon eltajakdir qishloqqa tomon —
Chaqmoq oldi iliq havo bilan bo‘g‘riqqan.
Kul rang toshlar dim ma’voda tobli yolqinni
Aks ettirmas, o‘zlariga yutar aksincha.
Bo‘m-bo‘sh sukut aro mudrar kartoshkagullar.
Boyqushning ilk ovoziga qadar sabr qil
Va tun quchgan, huvillagan yaydoqdaladan
Borsang bir oz, borsang bir oz yaqinlab agar,
Yoz kechasi og‘ushidan eshitgung ayon,
Mayin mavjli nay sadosin, nogora sasin
Va ko‘rasan — gurros gulxan tevaragida
Juft-juft bo‘lib o‘yin tushar erkak-ayollar,
Har bittasi topib olgan o‘z teng-to‘shini.
Nikoh muhri mujassam bu o‘yin-raqslarda —
Jilva qilar unda teran, go‘zal sir-asror.
Ular ezgu an’anayu udumga ko‘ra
Bir-birining tutmish qo‘li yo bilagidan,
Ahd-paymon bu. Aylanarlar gulxan girdini,
O‘t ustidan sakrarlar yo doira qurib
Qishloqicha sipolik-la yo g‘irt jaydari
Muqom bilan to‘pori, zil boshmoqlarini
Ko‘tararlar — tushirarlar.
Boshmoq — zamin, boshmoq — zamin,
Orom yordir mangu orom topib, dalani
Xoki bilan boqib yotgan marhum kaslarga.
Mangu ohang bordir — raqsda, qadim hayot sahnida,
Yil maromi va muzayyan samo bag‘rida,
Sut yangrog‘i, baravj hosil qo‘shiqlarida.
Er va ayol muhabbat-la qovushgan damlar,
Jonvorlarning ilhaqlik-la iliqishida.
Mangu ohang bor — boshmoqlar ham behad zavq ila
Ko‘tarilib tushmagida.
Emak, ichmak, o‘limda —
Mangu ohang bor.
Tong yirtadi ufqni, yangi kun
Jazirani, sukunatni toblar. Kirg‘oqdan
Ko‘tarilgan yengil epkin dengiz betiga
Ajin tashlar. Men shu yerda va yo u yoqtsa,
Boshqa yoqtsa yoki butkul Avvalimdaman.
_________
* 18-asrda Amerikaga ko‘chishdan oldin Eliot ajdodlari yashagan Somerset grafligidagi qishloq.
Mirpo‘lat Mirzo tarjimasi