Leonard Kosa – janubiy afrikalik shoir. Ingliz tilida ijod qiladi.
TARAQQIYoT
Yurt taraqqiy etdi, deydilar,
gullaganmish, yashnabdi har yon.
Shunday bo‘lsa, men bechoraga
uzatinglar biror parcha non.
Ishbilarmon — senga omad, baxt!
Kon’yunktura! Hamma yoq to‘kin!
“Bolalaring non so‘raydi” deb
Javrashingni to‘xtatgin, xotin.
Hayqiriq bor butun o‘lkada:
«Qurilmoqda uylar, saroylar!»
O, men kabi bechoralarni
nurayotgan chaylamiz poylar!
Shonli yurtni kutar istiqbol,
ertangi kun kutmoqda to‘lib.
Men — ko‘rarman uni — albatta,
gar ochlikdan qolmasam o‘lib…
Karim Bahriyev tarjimasi