Fernando Kosta Andrede – angolalik shoir
QAYTIShNING IKKINChI QO‘ShIG‘I
Biz bir tuzning zarralarimiz
qon ham ter ham bizniki edi
biznikiydi qayiq hamda so‘z
va yerdagi umid ildizi
… biz qulasak ingrardi yomgir
silardi u izlarimizni
biznikiydi besubutlar ham
o‘qimizdan quladi ular
biznikiydi erk uchun kurash
tsementini iylagan qon ham
mana endi tutunlar tarqab
yo‘l bo‘yida unib maysalar
qoraqurt ham unutilgan chog‘
irodamiz imoratida
paydo bo‘lib bir juft pog‘ona
ayirmasin bizni dunyodan
biznikidir dunyo ham axir
Birlik bo‘lsin doim o‘rtoqlar!
Miraziz A’zam tarjimasi