Uyg‘ur adibi Ziyo Samadiyning ikki kitobdan iborat ushbu «Yillar siri» romani Shinjon xalqining hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, asarda 1931—1934 yillardagi milliy ozodlik harakati tasvirlangan. Muallif qalamga olingan murakkab davr ziddiyatlari — Xo‘janiyoz boshchiligidagi Qumul dehqonlarining gomindonchilarga qarshi olib borgan qahramonona kurashlarini badiiy aks ettirishga intiladi.