Umar Sayfiddin. Yakkama-yakka (hikoya)

“…Turklar oz so‘zlab, ko‘p ish qiladilar.”Maqtul Ibrahim Pasha*. Bosniya begi bilan Semendire* begining askarlari mana necha haftadir “Yaycha”ni* o‘rab olgan, qo‘mondonlarining kelishini kutardilar. Tinmas yomg‘irlarning, bo‘ronlarning ura-ura yo‘sinlatgan kulrang devori buyuk qal’a quvvatiga ishonardi. Na eshigida, na ustida birov ko‘rinardi. davomi…

Umar Sayfiddin. Ilk jinoyat (hikoya)

Men g‘urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o‘zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O‘shanda to‘rt yoshga ham to‘lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobda ― yona boshlagan so‘ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda davomi…

Umar Sayfiddin. Qizil durli ko‘ylak (hikoya)

Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligiga singib, ko‘zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to‘shaklarga tiz cho‘kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini davomi…

Umar Sayfiddin. Forsa (hikoya)

O‘rta dengizning qahramonliklar makoni bo‘lmish so‘ngsiz ufqlariga qaragan kichik tepalik mo‘jazgina chamanzor edi. Ingichka uzun novdali bodom daraxtlarining olachalpoq soyasi sohilga engan so‘qmoqqa tushar, ko‘klamning mayin shabadalaridan sarxush chag‘alaylar savdoyi chuqur-chuqurlari bilan samoda shovqin solardi. Bodomzorning yoni keng uzumzor edi. davomi…


Maqolalar mundarijasi