1947 yilning bahori edi. Pak Chono‘k mamlakatda boshlangan liberallashtirishdan oldin kemasozlar bilan ishlab, keyingi bir-ikki yil davomida ishlari o‘ngidan kela boshlagandi. U o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, tirishqoqligiga ishongani uchun o‘zining maxsus jomadonchasini ko‘tarib, shahar mehnat birjasi homiyligida maktabimizga “yangi bola” bo‘lib kirib keldi. Boshdan oyog‘igacha kiyib olgan qora maktab kiyimi ancha juldur, yirtiqlaridan osilib turgan ip bo‘lakchalari bu ko‘rinishni yanada g‘aribroq ko‘rsatar, xuddi kimdir boshiga gazetani yaxshilab o‘rab undan qolganini qirqib tashlagandek. Qop-qora, hurpaygan sochlarining kirligiga qarab, uni yaqin orada yuvmaganini bilish qiyin emas, ustiga ustak ularning tikka-tikka bo‘lib qolgani bir qarashda hech qanday yoqimli taassurot qoldirmasligi aniq edi. Unda nafislik va xushbichimlilikni ko‘rmoqchi bo‘lgan har qanday kishi ko‘zini qanchalik ishqalab, ochib- yummasin, bari befoyda edi.
Bir kun oldin sinf rahbarimiz kemachilar tarafidan yangi bola kelishini, uni iliqlik bilan kutib olishimiz lozimligini uqtirib, aks holda butun sinf oldida kechirim so‘rattirishini va shunga o‘xshash bir qator jazolar berishini ta’kidlagandi. O‘shanda bu bola haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsak-da, uning bu darajada aftodahol ekanligini mutlaqo kutmagan edik. Murabbiy ogohlantirmaganida, uning bu holatidan xandon otib kulishimiz tayin edi. Rahbarimizning tanbehiga qaramasdan, bir necha orqa o‘rindiqdagi bolalar Pak Chono‘k kirishi bilan o‘zlarini tutolmasdan, nafaslarini ichlariga yutib qiqirlashdi.
Murabbiy ingliz tilidan dars berardi. Burjua davri bo‘lishiga qaramasdan har doim oq ko‘ylak bilan sariq rangli tor kostyum kiyib, sariq zanjiri osilib turadigan cho‘ntak soatini olib yurardi. Aslida bunday kiyinish o‘sha paytda shimol sharoitiga umuman to‘gri kelmasdi. Odamlarning kiyinish madaniyati xususida to‘xtaladigan bo‘lsam, ularning nihoyatda oddiy va soddaligini bilsam-da, o‘qituvchilar orasida yoshlarning ongi past va ilmsiz deb qaralganligi tufayli bu haqda gapirish qiyin edi. Ingliz tili darsida, yozish mashq’ulotida doskada gap tuzgan paytimiz, “Y” ni egib yoziladigan qismini qat’iylik bilan yozolmasdan, shoshilib egib yozdim-u, oxirigacha yetkaza olmadim. Qo‘rqqanimdan daq’-daq’ titrab, qaltiraganimni hali ham eslayman. Shu sabab o‘qutuvchimiz baribir yaxshi odam emas, degan tasavvur xayolimdan ketmaydi.
Oyog‘i kalta, tanasining tepa qismi mittigina gavdasiga mos, qalin labli Pak Chono‘k ilk boqishda juda sodda ko‘rinishiga qaramasdan, kuchli va baquvvat edi. U minbar tepasida tik turib, ikki ko‘z soqqasini tez-tez, taajjub bilan sinfning u yog‘-bu yog‘igacha yugurtirib, sinf o‘qutuvchimizning tanishturuv so‘zini eshitib bo‘lgach, navbati kelishi bilanoq xuddi kutib turgandek “O‘rtoqlar, xursandman, Son Bang Kong portida yashayman, Pak Chono‘k”, deb jarangli ovozda o‘zini tanishtirishni davom ettirdi va qisqa nutq so‘zlashni boshladi. Sinf o‘qituvchimizdan tortib, o‘quvchilargacha – hammasi hech narsaga e’tibor bermay, shovqin-suron qilib, Pak Chono‘kni savollarga ko‘mib yubordi.
“Biz nafrat tuyg‘usini o‘rganishimiz kerak. O‘rtoqlar, sinfimiz dushmandan nafratlanmasa, biror ish ham qilolmaymiz. Nafrat tuyg‘usini o‘rgansakgina, inqilobni amalga oshirishimiz mumkin. Bu davlatimiz uchun yagona haqiqatdir. Bugun sizlar bilan ilk uchrashgan mana shu ajoyib dargohda men eng avvalo sizlarda ana shunday tuyg‘uni uyg‘otishni xohlayman. Sizlardan ham shuni kutib qolaman”.
-“Jin ursin, boshidagi qo‘polligidan asar ham qolmadi”, ko‘pchilik uning o‘zini tutishi, nutqidan lol bo‘lib, yosh boladek uyalib, ismini aytishga ham tili aylanmay qolgandi.
Pak Chono‘k ta’zim qilib, oldindan belgilab berilgan joyga borib o‘tirdi. Sinf o‘qituvchimiz g‘alati kulib, xayoli parishon holda maqtovga o‘xshash bir-ikki og‘iz gapirganda, allaqachon uning yuzi g‘azabdan bo‘zargandi. Xullas, sinfdoshlarimizning kayfiyati buzilganligi bois bir be’tayinning to‘satdan singdirmoqchi bo‘lgan “tuyg‘usi” bizga tog‘ri kelmadi.
O‘sha kunlari tanaffus bo‘lishi bilan yoshi katta, bo‘yi uzun bolalar Pak Chono‘k tomonga yashirincha qarab-qarab qo‘yishar va o‘zlaricha allanimalarni pichirlashishardi:
-Ha, hamma yomonliklarni ko‘rarkanmizda…
-Nimasini aytasan, endi bizga bir balo bo‘lmasaydi…
-E, o‘ziyam g‘irt kommunist ekan-da!
Ikki oy o‘tar-o‘tmas ingliz tili murabbiysi hech bir sababsiz janubga ketib qoldi. Aytishlaricha, u kechasi yo‘lga chiqqan, yo‘l boshlovchi yollab, tunda 38-paralleldan o‘tib olganmish. Oradan ancha vaqt o‘tgach, o‘qituvchimning janubdagi bir orolda maktab direktori bo‘lib ishlayotganidan xabar topdim. Shundan keyin Pak Chono‘kning maktabimizga kelgunga qadar kechirgan hayoti, turish turmushi bilan qiziqdim. Oradan yillar o‘tib, 1960 yilning o‘rtalarida janub tomon yo‘l olgan muallimim Pak Chono‘k bilan Seulga kelgan ekan. Murabbiy bilan uchrashganimda har ikki-uch gapning birida Pak Chono‘k haqida bergan savollarimga javob berish paytidagi ustozning kulib turgan yuz ifodasi hayajonli edi. Bu tabassumning sabablarini o‘z mushohadamdan kelib chiqib, quyidagicha izohlagan bo‘lardim: yoshligida Yaponiya universitetlaridan birida tahsil olgan muallim mustaqillikka erishganimizdan keyin shimolning eng shimoliy qismida yashab, sharoyitga chidolmasdan, janub sari yo‘l olgandi. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida janub hayoti, dilida qolgan armon yoxud taqdirga tan berish hissi aks etmaganmikan bu yuz ifodasida?! Afsuski, shundan keyin bu inson ko‘p yashamadi va bu dunyoni tark etdi.
Aslini olganda, mustaqillikdan keyingi davrda Pak Chono‘k o‘z harakatlari, qiladigan ishlariga mos ismi-sharifining ham qishloq ahliga xosligi, buning ustiga zamonaviy bo‘la olmayotgani sababli boy ko‘cha savdogarlarining o‘rta maktabda o‘qiydigan o‘gillari orasida har doim kulgiga qolib yurardi. Umumiy hammomning borligini ham bilmasligi, xitoy oshxonalariga hatto kirib ham ko‘rmaganligi, buning yana bir isboti edi. Shunga qaramasdan, hech kim uni nazardan chetda qoldirmasdi. Darsdan keyin bir guruh bezori bolalar unga uyatsiz gaplar aytib, haqorat qilishardi. Ayrim hollarda esa xunuk so‘zlar bilan masxara qilib, bema’ni laxjalar bilan siylashardi. Bularning ta’sirida Pak Chono‘k ham sekin -asta tasavvur va zehnini tiniqlashtirib, nafratini berkitib o‘z talqinidagi tabaqaviy dushmanlariga qarshi kurash o‘tida yonardi. U o‘qishga qabul qilinishi bilanoq, Ming Chongning boshlang‘ich tashkiloti boshqaruvchisi sifatida tanilib, oradan ko‘p o‘tmasdan mas’ul boshqaruvchi mansabiga ega bo‘ldi. Shundan so‘ng uning nafratga to‘la qalbi jazavaga tusha boshladi. Avvallari pisibgina xonaga kirib – chiquvchi odamdan bir yumalab sinf lideriga aylandi va bu o‘rnini mustahkamlay boshladi. Bir oz vaqt o‘tgach o‘qishni yig‘ishtirib, biznesga kirishib ketdi, natijada kim qo‘rqoq, kim qat’iyatsiz, kim burjua qarashlaridan qutula olmagan, degan fikrlarga barham berdi. Uning bu holati jonimizga tegib, hatto qiliqlaridan charchay boshladik. Masalan, har kuni dars tugab, xayrlashuv paytida o‘qituvchi gapini yakunlagach, u o‘rtaga chiqib, uyalmasdan “shu kunning yakunlovchi so‘zi” deb o‘ttiz-qirq daqiqa jamoaviy o‘qish haqida gapirar va seminar vaqtida esa beo‘xshov tovushlar chiqarib baqir-chaqir qilardi. Sinf majlislarining barchasida go‘yoki u hammadan ustundek edi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan anjumanlarda ham Pak Chono‘k yagona etakchi bo‘lib qoldi. Maktabda o‘tkazilgan majlislarda doim birinchi yoki ikkinchi o‘rinda so‘zga chiqib, xotirjam, ohista gapirardi.
Pak Chono‘k o‘z sinfdoshlarini qo‘rqitib, ularning ustidan hukmronlik qila boshladi va hatto o‘qituvchilarning aksariyati undan hayiqishgani uchun oddiy muomila ham qila olmay qoldilar. Ba’zida nazariga biror kishi tushib qolsa, shubhasiz, uni tanqid qilib, ovozining boricha haqoratlardi.
Pak Chono‘k maktabimizga kelgan paytda sinf rahbari bo‘lgan o‘sha ingliz tili o‘qituvchisi janubga yo‘l olganidan bir yilcha o‘tib, deyarli barcha o‘qituvchilar uning izidan o‘sha tomonlarga ketib bo‘lishgandi. Natijada ularning o‘rniga ikki yillik pedagogika institutini tamomlagan yangi, yosh o‘qituvchilar kelishdi. Bu yoshlar o‘z xohishi bilan shimolning, shuningdek maktabimizning yangi qoidalariga tezda moslashib borishardi. Pak Chono‘k Ming Chong boshlang‘ich tashkilotga yangi tayinlangan, o‘quvchi hayotiga mas’ul shaxs – ustoz Che Sang Ho bilan doim pinhona sirlashib turardi. Har doim odmigina jemfer kiyib yuradigan Che Sang Honing ovozi yoqimsiz, ikki ko‘zi bejo, nigohi qo‘rqinchli edi. U o‘rta maktabni bitirgan, juda kambag‘al dehqon oilasidan chiqqan yolg‘iz farzand bo‘lib, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, anchadan beri ko‘ngliga tugib qo‘ygan niyati amalga oshib, Pxenyan rus maktabiga o‘tadi. Bitiruvchilarning ko‘pchiligi zobit sifatida ishga kirayotgan bir paytda u armiyadan qochib, yuqori va o‘rta maktab rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlashni lozim topgandi. Lekin oradan ikki yil o‘tib, qilgan ishining noto‘g‘ri ekanligini kech bo‘lsada anglab yetdi. Bu rus maktabi haqida gapiradigan bo‘lsam, uning janubdagi ingliz maktablaridan umuman farqi yo‘q, faqatgina nomi rus maktabi edi, xolos. Maktabning maqsadi esa, eng zo‘r maxfiy agentlarni tayyorlashdan iborat bo‘lgan. Che Sang Ho onasining yolg‘iz farzandi ekanligi uchun oilasiga tirgak bo‘lishni ko‘p o‘ylar, shuning uchun ham armiyadan qochib, o‘qituvchi bo‘lishni istagandi. Ikki yil o‘tib, 1950 yilning boshida xizmatdan qochib katta xato qilganini tushungandi. Ammo yana askar bo‘lib, yo‘qotilgan vaqtni qaytarib bo‘lmasligini, hammasini boshqatdan boshlashga endi juda kech ekanligini ham bilardi. Uning sinfdoshlari leytenant yoki kapitan bo‘lishgan, unvonlari kundan-kun oshib borardi.
1950 yil erta bahor kunlarining birida uning maktabga sochi olingan holatda kelganini hali-hanuz unutolmayman. Yuz ifodasidan o‘tgan yili rus tili maktabini bitirib, armiyadan qochib, o‘qituvchilikni tanlagani xato bo‘lganidan afsusdaligini, ikkinchi tomondan, o‘zining burjua holatidan ham ko‘ngli to‘lmayotganini bilish qiyin emas edi.
Lekin oradan vaqt o‘tib, 25 iyun voqeasi boshlangach, mamlakat notinchlikka yuz tutgan pallada, Che Sang Ho birdan mayor bo‘lib oldi. Bu o‘sha davrda shimoldagi hayot tarzi, sharoit qay ahvolda bo‘lganligidan dalolat berardi.
Shunday qilib, yangi rus tili o‘qituvchisi bo‘lib maktabimizga kelgan ustoz Che Sang Honing maktab xodimlari orasidagi obro‘si Pak Chono‘kning o‘quvchilar orasidagi obro‘si bilan bir xil edi. Uning jahli chiqsa ikki ko‘zi doim qizarib, qattiq jazavaga tushardi.
Bir voqea hodisasi shunday bo‘lgan edi:
Yaponiyaning Kiyoto universitetini bitirib, mustaqillikkacha sotsializm nazariyotchisi sifatida uzoq-uzoqlarda tashviqot olib borgan, ozodlikdan keyin, professional maktabning direktori bo‘lib ishlagan bir kishi, maktabimizda direktor o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. “Olti tilni bilarmish” kabi mish-mishlar tufayli o‘quvchilar orasida obro‘si oshib ketdi. Uning past bo‘yiga o‘tkir nigohi mutanosib, doim bejirim kostyum, yengil shlyapa kiyib yuradigan, vazmin, tashqi ko‘rinishi bilan hammaga o‘rnak bo‘ladigan olim edi.
Lekin yangi director o‘rinbosari lavozimida bir yil ham ishlamasdan, mavqei tushirilib, ishdan bo‘shatildi va Chung Ang partiyasi nashriyotiga tarjimon etib tayinlandi. Sababi, bir kuni tor yubka, kamzul kiyib olgan, mayxonada ishlovchi ofitsiant qiz kredit pulini olish uchun direktor xonasiga kirganida, xonaning bir burchagida ham yordamchi, ham “qo‘riqchi” vazifasini baravar olib borayotgan ustoz Che Sang Ho ko‘rib qoladi va o‘qituvchilar yig‘inida bu voqe’ani muhim hodisa deb hisoblab, bosh organga yetkazadi, keyin bu rostdan ham katta muammoga aylanadi. Bu voqeaga boy odamlar erkinligining namunasi deb ham tamg‘a bosdilar.
Bu inson direktor o‘rinbosari bo‘lishiga qaramasdan, o‘z ixtiyori bilan adabiyotdan dars berishni istagani, bir kuni esa o‘quvchilar orasida iqtidorini ko‘z-ko‘z qilish uchun nemis va ona tilidagi she’rni doskaga yozdirganini ko‘rib, biz u haqda engil tabiat va bir oz maqtanchoq deb xulosa chiqargan edik.
Direktorimiz ishdan bo‘shab ketgach, Peng Kang Gun partiyasining sobiq raisi, baland bo‘yli va ochiq yuzli bir kishi yangi direktor bo‘lib keldi. U fursat topdi deguncha xonasining bir burchagida yordamchi va “qo‘riqchi” vasifasini bajarayotgan o‘sha yoshgina Che Sang Ho bilan har bir ish xususida maslahatlashib oladigan bo‘ldi.
Jahon klassik adabiyotini o‘qishi lozimligini uqdirishga qanchalik harakat qilinmasin ustoz Che Sang Ho baribir adabiyotga qiziqa olmadi. U badiiy san’atga bo‘lgan qiziqishini bir chetga surib, butunlay boshqa tomonga og‘ib bo‘lgandi. Agar o‘tish davrining o‘quvchisi timsoli sifatida Pak Chono‘k tilga olinadigan bo‘lsa, albatta, o‘sha davrning o‘qituvchisi timsolida ustoz Che Sang Honi ko‘rsatishimiz mumkin. Bir og‘iz so‘z bilan aytganda, Pak Chono‘k sinfdoshlarini qo‘rqitib buyruq berganidek, ustoz Che Sang Ho ham o‘qituvchilarni deyarli qo‘rqitib, o‘z amriga bo‘ysundirardi.
Esimda, o‘shanda birinchi sinfda o‘qirdim. Qaysidir shanba kuni o‘z odatimga xilof ravishda uyga erta qaytayotgandim. Tasodifan Pak Chono‘kning uyi tomonga borib qoldim. Uyimga ketish yo‘lida temir yo‘llar kesishgan joy bor edi. Pak Chono‘k shu kesishmadan keyingi, bitta ham daraxt o‘smaydigan, qiyshayib qolgan, toshko‘prigi bor, xaroba qishloqda yashardi. Hatto poyezddan chiqayotgan tutun ham bu joyga yetganda negadir quyuqlashib ketardi. Bu qishloq asosan qimorbozlar, o‘g‘rilar, eski, yolg‘iz mayxonada xizmat qiladigan qizlar va piyonistalar, xullasi kalom, hayoti barbod bo‘lgan kishilar yashaydigan bir sharmanda makon edi. Tomiga qora simlar o‘ralgan kulbalar toshko‘prik atrofidagi tepalikning u yer- bu yerga qurilgan bo‘lib, betartib sochilgandek. Ularga kirishing bilan zumda burningga badbo‘y hid urilardi.
O‘sha kuni uyiga yaqinlashishimiz bilan Pak Chono‘k maktabdagi faolligidan farqli ravishda birdan gapirmay, jim bo‘lib qoldi. Qora rangli sumkasidan bir to‘p kitobni olib, ozgina oldinroqda ketayotgan bu bolani men bunday ahvolda hech ham ko‘rmagan edim va tabiiyki, nima bo‘layotganini ham tushuna olmasdim. Sotsializmni maqtashni unchalik hushlamaydigan, ko‘cha bolalaridan farqli o‘laroq, kattalarga xos yomon so‘zlarni ishlatmaydigan Pak Chono‘k, nazarimda, men haqimda ham yaxshi fikrda edi go‘yo. Balki, buning sababi men uning uyiga ketayotganim uchun hamdir degan o‘y ham bor edi, menda. Ammo ba’zida ko‘zini baqraytirib yovqarash qiladigan bu bolaning o‘sha kundagi nigohi yanada qo‘rqinchliroq edi. O‘sha kuni uning uyigacha borgim ham kelmasdi. Pak Chono‘k faqat ikkimiz bo‘lishimizga qaramasdan yana odatdagi qiliqlarini namoyish qilayotgandi.
– Shunaqa degin, xo‘sh, Kim Ho domlang yana nimalar dedi?
Yoki…
– Ha, sening fikringga ko‘ra Tolstoy deganlari shunaqa inson bo‘lgan ekan-da?! Lenin fikrlarida, hatto Ulug‘ Vatan Urushi deya ta’rif berilgan davrlarda, hatto Stalinning gaplarida ham u haqida bir necha bor gapirilgan ekan-da, demak?? Lekin nima uchun shunday odam dinga, avom uchun afyun bo‘lgan dinga ishongan?? Uning bunday savollariga nima deb javob berishni bilmasdan, boshim qotib qolardi. Pak Chono‘kning uyiga borganimizda meni g‘alati bir his chulg‘ab oldi. Bir qarashdayoq nochorligi ko‘zga tashlanib turardi. Birgina arzigulik manzara shuki, salqin ko‘cha va dengiz ochiq-oydin ko‘z o‘ngingizda yastanib yotardi. Ammo bu manzarani ko‘rsa ko‘ngil xira bo‘ladigan darajada chang bosgan pol buzib turardi Ustiga-ustak qalin chang bilan qoplangan pol yurganingizda g‘ichirlab ketardi. Uyning bisoti shu yagona xonaga qo‘shni yakka oshxonaga solingan sholcha bilan yakunlanardi. Bulardan tashqari uyning hatto oddiygina bir omborxonasi ham yo‘q edi. Bitta eski quti va mol terisidan qilingan tog‘ora turgan shu xonada uning yol’giz, juldur kiyim kiygan qari onasi astma bilan og‘rib yotardi.
– Ha, keldingmi?.. Oshxonada qaynatilgan ikkita kartoshka bor… Eb ol….
Qari onaizor judayam zaif, ingichka ovozda gapirardi. Otasi ishga chiqib ketgan, ukasi esa hali maktabdan qaytmagan ekan.
Pak Chono‘k shalog‘i chiqqan eshikni sekingina ochib, oshxonaga kirdi. Ikkita qaynatilgan va sovib qolgan kartoshka solingan oq idish bilan bir siqim tuz olib chiqdi. Uning bu holati maktabdagi vajohatidan butunlay farq qilardi. U sodda va mehribon inson qiyofasiga kirib qolgandi. Yosh boladay kulib:
– Qani, bittadan oldik. Sovib qolgan bo‘lsa ham yesa bo‘ladi dedi-da, bitta kartoshkani mening oldimga surib qo‘ydi…
Bu voqeadan keyin, mana, deyarli o‘n yil o‘tib ketgan bo‘lsa ham o‘sha kuni yegan, ezilib ketgan g‘alati kartoshka ta’mini haligacha unutganim yo‘q. Bilmayman nega, o‘shanda ko‘zlarimda achiq yoshni his qilgandim. Shundan so‘ng Pak Chono‘kning maktabda tentirab yurishini, har qanday noodatiy qiliqlarini tushunganday bo‘lardim va uni kechira olardim. Binobarin, biz yashab turgan muhit ostida eng asosiy ijtimoiy turmush yashiringanini ham tushunib etgandim.
Pak Chono‘k ham yuqori maktabning so‘nggi bosqichi (3-sinfi) ni bitirishi yaqinlashgani sari bezovtalana boshladi. Oldinda universitetga kirish va Sovet Ittifoqiga o‘qishga borish turardi. Baholarimiz faqat ijtimoiy fanlardangina yaxshi bo‘lib, qolganlari aytib bo‘lmas darajada edi. Pak Chono‘kning o‘qishga ishtiyoqi balandligi uchun kechasi bilan tinimsiz mutolaa qilardi. Oqibatda tez-tez boshi og‘rib qolar, uning bu holatidan esa biror yaxshi natija kutish amrimahol edi.
Shu paytga kelib mamlakatda 25 (yigirma beshinchi) iyun voqealari boshlandi. 28 (yigirma sakkizinchi) iyun kuni tush paytida, Pak Chono‘k maktab majlisida birinchi nutq so‘zlovchi bo‘lib turardi. Uning so‘zlagan nutqi, gapirgan gaplari va baqirgan ovozi uzoq vaqtgacha qonimizni qaynatdi. Odatdagi juda ko‘p majlislarda me’daga tegadigan gaplarini yig‘ib kelmaganmikan deb noto‘g‘ri fikrga borgan edik, bu safar.
O‘sha kuni bitta ham o‘quvchi darsdan qochib ketmadi. Bulutlar pastlab, kun qorong‘ilashib qolgandi. Lekin shu qorong‘ulik qo‘ynida ham uzoq- yaqindagi tog‘lar yana ham qorayib, aniqroq korinib turardi. Biz sinfdan otilib chiqib, ma’ruza zaliga kirdikda, bir-birimiz bilan pichirlasha boshladik. Hammaning yuz korinishi jiddiy, yagona muhit hukmron edi. Seulning bosib olinishi haqidagi xunuk xabar yuragimizni ezardi. Kun ochiq bo‘lsa ham yorug‘lik yaxshi tushmasligi bois elektr yoritgichlari uzun arqon bilan u yer-bu yerga osib qo‘yilgan, ma’ruza zalida bo‘sh joy qoldirmasdan zich bo‘lib o‘tirgandik. Direktor va o‘qituvchilar kirib chiqadigan eshik tomonning oxiriga noodatiy ravishda bir chiziq bo‘lib tizilishdik. Gavjum zal ham suv quyganday jim -jit edi.
Birdamlik hammamizni bir-birimizga yaqinlashtirganini barchamiz his etib turardik. Shunday qilib, birinchi bo‘lib Pak Chono‘k: “O‘rtoqlar bizning botir askarlarimiz bugun tongda Seulni qaytarib oldilar. Vatanimiz yakdilligi ko‘z oldimizda yaqinlashib kelmoqda. Ayni daqiqada biz qanday qilib shunchaki tomoshabin bo‘lib turishimiz mumkin, do‘stlar!”, deb stolni mushti bilan “taq” etib urib qo‘yganida qarsak va olqishlar momaqaldiroqday tinmay yangradi. Bu kabi olqishlarning o‘xshashi yo‘q, ularning tengi bo‘lmaydi. Oxir-oqibatda olqishlar to‘fonida portlash sodir bo‘lib, atrof go‘yo toshqin ichida qolgandek, zal vajohatli tus oldi. “To‘g‘ri!!! To‘g‘ri!!!” – qaysidir o‘quvchi beixtiyor o‘rnidan turib ketdi va qo‘llarini bir-biriga urib bor ovozi bilan qichqirdi:
– Seulning egallanishini, birdamlikni biz qo‘sh qo‘llab quvvatlab, iliq kutib olaylik!! Ha, kutib olaylik!! Kutib olaylik!! Kutib olaylik!!!
Kimdir to‘satdan turib uning da’vatini davom ettirdi:
– Bu sharafli vazifa yo‘lida biz, birodarlar, vaqtni bir kunga ham cho‘za olmaymiz – ketdik!!! Ketdik!!! Ketdik!!!
Zalda hukm surayotgan xursandchilik va hayajon eritilayotgan temirning qaynashiga o‘xshardi. Birlashish deganda, hammaning xayoliga jarayonga tezda kirishib, qo‘shilib ketish kelardi, o‘sha onlarda. Birlashish tushunchasi charxpalagida hech kim ortda bo‘lmasligi, chekinmasligi va qoqinmasligi kerak edi. U xoh Pak Chono‘k bo‘lsin, xoh Sang Ho bo‘lsin yoki haydalgan director yoxud yangi kelayotgani, xoh janubga ketgan o‘sha ingliz tili o‘qituvchisi- hamma-hammasi birlashish deb atalmish qaynoq qozon ichida baravar qaynayotgandi.
Ikki kundan keyin, 30-iyunda, ko‘ngillarda o‘zgacha bir umid va hislar mavjlanayotgan bir paytda, maktabimizning har bir burchagida, favqulodda noxush xabar tarqaldi: BMT urush boshlanganini e’lon qilgandi! Bu xabarni eshitib karaxt bo‘lib qolgandik. Bu yuqoridan pastga to‘satdan yiqilib tushganda sodir bo‘ladigan holatga o‘xshardi, quloqlarimiz bitib qolgandek. Bizni bir muddat dahshatli sukunat chulg‘ab oldi. Barchamiz esankirab qolgandik. Tovushlarimiz titrab, o‘zimizni hushdan ketayotganday his qilardik. Barchamizning ko‘z oldimizga kuni kecha bo‘lgan yig‘ilish va unda aytilgan xushxabar kelar, birlashish haqidagi fikrlar endi bir sarobday tuyulardi. Aslida bu xabarning asl mohiyatini tushunmaganimiz uchun ham bu gaplarning bizga umuman daxli yo‘qdek edi. Ushbu voqea zamiridagi ko‘ngilsizliklar, o‘ttiz yil va undan ham ko‘proq taqdirning o‘qdek tig‘lari ko‘nglimizni pora-pora qilishi haqida o‘ylash hayolimizning bir chetiga ham kelmagan edi. O‘shanda biz buni echimi yo‘q jumboq, uzluksiz davom etadigan muammo ekanligini bilmagan ekanmiz.
Iyulning boshiga kelib ko‘chamizda allaqachon “Harbiy dengiz kuchlari boshqarmasi” joylashgan va hatto bu binoda dastlabki portlash ham sodir bo‘lgan edi. Biz, maktabning uchinchi – yuqori bosqich talabalari ekanligimizga qaramasdan ikki guruhga bo‘linib, hamma odamlar qatori urushga tayyorgarlikni boshlab yuborgandik. Bundan tashqari yalpi vaziyat ham o‘zgacha tus olgan, iyulning o‘rtalaridan boshlab, asosiy front allaqachon boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi. Shu yilning 15 (o‘n beshinchi) avgustini ona Vatanning birlashishi yo‘lidagi bayram sifatida nishonlashni katta maqsad qildik va uni Seuldan boshlashni lozim topdik. Bu ishlarning olib borilishi sekin – asta Masan, Vekvan, Yo‘ngdo‘k kabi shaharlarga ko‘cha boshladi. Bundan ortib bosh ham qimirlatib bo‘lmasdi. Ba’zida frontdan maqtov aralash yetib kelayotgan xabarlar tuman kabi mavhum edi. Kichkina harbiy qismning oddiy askarlari yoki mustaqil mulohazaga ega bo‘lmagan zobitlari haqidagi mish-mishlar front haqidaerishni bo‘etkazadi. ang Ho ko‘nt qiz kredit pulini olish uchun direktor qot olib borgan,____ g‘alati xabarlar tarqalishiga sabab bo‘lardi. Bu mish-mishlar asosan zobit yigitlarning do‘stlari orqali etib kelardi. Aslida bunday gap-so‘zlarsiz ham ko‘z oldimizda bo‘layotgan hodisalar talvasaga tushish uchun yetarli edi. Deyarli har kun bombardimonchi samolyotlar shahar uzra uchib yurar, davlatga qarashli harbiy binolar allaqachon vayronaga aylangandi. Vodiylar, ko‘chalar va qishloqlar pulemyotlardan daqiqa sayin tartibsiz otilayotgan o‘qlar va piyoda askar diviziyasi bilan shu darajada to‘lgan ediki, tiqilinchdan hatto qo‘zg‘alish ham mumkin emas edi. Askarlar okop qazib, yashirinib olgan yoki maktab va uylarga tarqoq joylashtirilgandi. Harbiy marsh va boshqa harbiy manyovrlarni tunda bajarishga majbur bo‘lishardi. Shundagina dushman shikast yetkaza olmasdi. Urush chegarasidan tashqaridagi barcha hududlarda ham do‘zax kabi tartibsizlik hukmron edi. Ustiga-ustak janubdan Seul tomon shimoliy yo‘nalishda ko‘p sonli askarlar ommaviy tarzda yo‘lga chiqishgan, lekin ularda talabga javob beradigan kuchning o‘zi yo‘q edi. Zobitlarning etib kelishi oz sonli yaroqli odamlarni ham oziq-ovqat yetishmovchiligi qiynayotgan paytga to‘g‘ri kelgandi.
Bu jahannam va do‘zax azobi shunday ogir vaziyatda Janubdan endigina kirib kelayotgan ko‘ngilli lekin tajribasiz soldatlarning siyosiy va g‘oyaviy harakatlariga umid boq’lash va ishonish natijasi ekanligini tushunib yetdim. Odam sonining yetishmasligi sabab armiya brigadasiga yaqindagina oxirgi bo‘lib qo‘shilgan biz maktab bitiruvchilaridan bir nechtasini favqulodda topshiriq bilan joylarga yuborishardi.
Lekin o‘sha paytlari janub dunyosi haqidagi mavhum narsalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishim tushga o‘xshash, sababsiz yuzaga kelgan, telba bir hissiyot edi. Umuman Seulga kelayotgan ko‘ngilli askarlar aslida kimlar? Ularning ko‘rinishlari qanaqa? Ko‘ngilli bo‘lishlaridan maqsadlari nima? Bundan tashqari so‘nggi 5 (besh) yil davomidagi janubliklarning hayoti umuman qanday ko‘rinishga ega, haqiqatan ham shimoldan eshitganimizdekmi, yoki boshqachami? Bularning hammasini bilishni istardim.
Vahshilylik bilan qilinayotgan shafqatsiz hujum paytida birlashish hali ham dolzarb muammoligicha qolgandi. Maxsus yig‘inlarda, aniq ma’lumotlar asosida “Yosudagi qo‘zg‘olon”, “Chejudagi isyon” va shunga o‘xshash voqealarning qanday sodir bo‘lganligi haqida quloqlarimizga bir necha bor quyilib, ulardan bezib ham ketgandik. Aslida bizni inqilob yetakchilari ko‘proq qiziqtirardi. Ana shunday qo‘zg‘olonlarning sardorlari hisoblanmish Sing Man Ri yoki Kim Gu o‘zi qanday odam ekan.?! Sovet Ittifoqi qo‘shinlari tomonidan egallab olingan, sotsializmni ilgari surayotgan Shimoliy Koreya tizim turining, Pak Chono‘k, Che Sang Hoga o‘xshaganlarning siri nimada ekan? Demokratiyani va’da bergan janubiy Koreya kimlarga tayanib ish ko‘rmoqda? Bularning hammasi men uchun qiziq edi.
Janub dunyosidagi muhit, turmush tarziga o‘zim guvoh bo‘lmaganim uchun u haqida aniq tassavvurga ega emas edim. Lekin hammaning yeb-ichish va yashash ilinjida 38- parallelni kesib o‘tib, janubga yo‘l olayotgani Janub haqidagi taxminimni qat’iy xulosalarga almashtirishimga yetarli asos bo‘la olardi. Shuningdek, bularning hammasi janub xususidagi taassurotimni tiniqlashtirardi. Aslida, bunday aniq xulosalarga kelishimning asosiy sababi Chong Sang Dong og‘aning hayoti bilan ham bog‘liq edi va uning misolida janubdagi hayot ko‘z oldimda yaqqol gavdalanardi.
Yapon mustamlakasining so‘nggi yillarida o‘rta maktabning 1- (birinchi) kursiga kirgandim. 4- (to‘rtinchi) kurs o‘quvchilari eng katta kurs bo‘lib, og‘alar boshlig‘i hamma kurs o‘quvchilarini birday nazorat qilib, mashq bajarishga majbur qilishardi. Chong Sang Dong ismi jismiga monand mittigina, past bo‘yli, lekin o‘ziga yarasha salobatli, kelishgan yigit edi. Qachon, qayerda ko‘rmang haqiqatgo‘y obro‘lilardan hisoblanar, bir ko‘rishdayoq aslzodalarday taassurot qoldirardi. O‘ylaganimdek, u eng boy hudud – Sanjedongda yashagan ekan. U odatda kamgap va jiddiy bo‘lib, ikir- chikirlarga e’tibor bermaydigan odam edi. Lekin mavridi kelganda hamma maktab o‘quvchilarini muhim ishlarga jalb qilib, ulraga yo‘lboshchilik ham qila olardi. Unga hech kim qarshilik qilmasdi. Xullasi kalom, ana shunday e’tiborli odam edi Chon Sang Dong.
Yaponiya chekingandan so‘ng, 1945 yilning sentyabr oyida bo‘sh o‘rinlar yangitdan to‘ldirilib, maktab darvozasi qaytadan ochilgandan so‘ng, Chon Sang Dong ham maktabga odatiy, boshqa oddiy o‘quvchilar kiyimida qatnay boshladi. Uning o‘zigagina xos savlat, muloyimlik har bir kishining ko‘ziga darrov tashlanib turardi. Tez orada Chon Sang Dong hech kimning e’tirozisiz o‘quvchilar jamiyatining rahbari etib tayinlandi. U zalning orqa o‘rindiq’ida o‘tirganlarga o‘z minnatdorchiligini eshitilar-eshitilmas darajada, bir necha so‘z bilan ifodalab, sokin gapirardi. Chon Sang Dong nutqidagi xotirjamlik ham uning yana bir o‘ziga xos fazilatini ko‘rsatardi.
Bir necha oylardan so‘ng, 1946 yilning yanvari boshlarida direktor maktab xodimlari va o‘quvchilar o‘rtasida maktabni boshqarish bilan bog‘liq bahs-munozaralar, kelishmovchiliklardan bezib, bir necha o‘qituvchini o‘zi bilan ergashtirib janubga ketib qoldi. Uning o‘rniga daotsizm ta’limoti tarafdori bo‘lgan odam-tuman xalq ta’limi bo‘limining sobiq mudiri direktor bo‘lib keldi. O‘shandan keyin Chon Sang Dong og‘a ham sirli ravishda, izsiz yo‘qolib qoldi.
1946 yil g‘alayonlari paytida janubga birinchi bo‘lib qochganlar orasida bizdan ketib qolganlar ham bo‘lganmikin-a? Menga qolsa maktabimiz vakillarini “qochoq” deb aytmagan bo‘lardim.
Taxminlarimga ko‘ra, 1945 yilning sentyabridan 1946 yilning yanvar oyi oxirlarigacha bo‘lgan to‘rt oy mobaynidagi maktab muhitini eslasam, bu qandaydir o‘xshovsiz ishlangan shisha idishga yoki tutruqsiz ertakka o‘xshab ko‘rinardi. Bu muhit yangidan o‘sib chiqqan pibimpabga[1] o‘xshab janub hayotidan umuman farq qilmas, xuddi Toiso va Suoiva davrlarida Yaponiya boshidan kechirgan hayotdek edi. Aslida, ustozlarning ko‘p qismi yapon yuqori maktabi yoki universitet bitiruvchilari bo‘lib, kamdan kam holatda Amerika va Yevropa tuzini totgan odamlar qo‘shilib qolgandi. Domlalarning hammasi ham G‘arbiy Yevropaning oliyjanob jentelmenlari, har qaysi jihatdan “qiynalish” degan narsani bilmay o‘sgan odamlar edi. Ertalabki choshgohda kichkina jussasiga hamohang ko‘rinishli maktab o‘qituvchisi plash ichida joylashgan apelsin rangidagi chiroyli kostyumining yuqori cho‘ntagida ikki bosh barmog‘i tiqilgan holda moviy osmonga alanglab qarab, “bugun osmon juda musaffo, talabalar, sizlar ham bugungi tong kabi sof va musaffosiz deb”, aytganida tushunib bo‘lmaydigan bir hisni tuygandim, o‘shanda.
Bir necha yildan so‘ng men ham janubga qochoq bo‘lib kelgan vaqtimda qachonlardir ilk qochoqlar oqimiga qo‘shilib kelib qolgan o‘qituvchilarim allaqachon bu yerdagi universitetlarda professor, oliy boshqarmalar mutaxassisi va boshqa nufuzli lavozimlarda faoliyat ko‘rstaishardi.
1946 yilning yanvar oyi boshlarida qat’iyatsizlik va ikkilanishlar, chalkashliklardan bezib turgan paytlarimiz janub g‘oyalari o‘rniga orzularga yetaklovchi, yangi Shimoliy Koreya tizimini o‘rnatish harakati bizning maktabimizga ham etib kelgandi. Maktabdagi ushbu harakat boshida turgan kishi, albatta, o‘sha eski direktorimiz o‘rniga kelgan, daotsizm ta’limoti tarafdori, sobiq xalq ta’limi mudiri edi. O‘sha paytlari biz uning ikki soatlab davom etadigan uzundan uzoq targ‘ibot, nutq va ma’ruzalarining dastlabki guvohlari edik.
“O‘tmishning kishani – yapon mustamlakachiligi zulmidan azob chekib, 36 (o‘ttiz olti) yil umrimiz o‘tdi. Undan keyin hukumatimiz o‘yin qilib, bizni avvalgidan ham qiynayotganiga 3 (uch) oy bo‘libdi, vaholanki, mustaqil bo‘lganimizga 4 (to‘rt) oy bo‘ldi, o‘rtoq talabalar. Jabr chekkan butun jahon xalqlarining ozodligiga general Stalin boshchiligidagi buyuk ruslarning mardonavor kurashi bilan erishilgan”, deb dona-dona so‘zlash uslubi, gapirish ohangi ham boshqacha edi, yangi maktab direktorining. Uning biz uchun noma’lum bo‘lib kelgan fikrlari, safarbarlikka chorlovchi (azbaroyi nima haqida gapirayotganini tushinmagan bo‘lsam-da) qandaydir tarix va jamiyat tizimi haqidagi mafkuraviy chaqiriqlari shu paytgacha qulog‘im ostida jaranglab turgandek bo‘ladi. Barcha talabalar jamlangan joyda bir qo‘lida ko‘k daftar tutib, tik turganicha Leninnikiga o‘xshash ko‘k shlyapasini stol ustiga qo‘yib, peshona terini arta-arta, ikki soatlab, uzoq, jo‘shqin nutq so‘zlagandi. “Ha shunday! Endi…Bugun osmon musaffo. Siz talabalar, hammangiz shu tong kabi sof va musaffo ko‘rinasiz” kabi maroqli va sururli, shuninged samimiy gaplar bizni endi butkul tark etgandek edi.
Chon Sang Dong og‘a ham o‘sha tartibsiz vaziyatlarda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgandi. Yo‘q, bunday o‘zgarish, albatta, ishonchli boshqaruv borasidagi munozaralar qurshab olgan mudhish vaziyat bilan bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lib qolgan emasdi. Og‘aning yo‘qolib qolishi navbatdagi zarba edi, xolos. O‘zgarishlar allaqachon boshlanib, sekin-astalik bilan natija ko‘rsatayotgandi. Oldiniga Chon Sang Dong Ko‘ng Chong nomi bilan talabalar uyushmasiga raislik qildi. Bu odamning o‘zi tabiatan boshqalarga o‘xshmaydigan, tug‘ilganidan boshlab G‘arbiy Yevropalik jentlmendek fikr yuritardi.
Dunyo charxpalagida hech narsa abadiy bo‘lmaganidek ma’lum muddatdan keyin raislik yana almashib, boshqa bir talaba uyushmaga rahbar etib tayinlandi. Chon Sang Dong og‘aning o‘zgarishlar ta’sirida o‘z o‘rnini bo‘shatishi ta’biiy bo‘lsada, keyin sirli ravishda, birdaniga yo‘qolib qolishi hayron qolarli edi. Uning ham janubga ketib qolganini anchadan keyin bildim.
Birinchilardan bo‘lib janubga ketgan kishilar, aslida bizdan farqli, boshqacha odamlar bo‘lgan, degan mavhum tushuncha bor edi bizda, o‘sha paytlarda. Ulardan keyin 1948 yil 38 – parallel yopilgan paytda orqama-ketin janubga yo‘l olganlarning ikkinchi guruhi, men avvalroq ta’kidlagan ingliz tili oqituvchi singari odamlardan iborat edi.. Qochoqlarning keyingi, uchinchi oqimi Korea Jangi boshlangandan keyin, yaqinlashib kelayotgan Xitoy qo‘shinlaridan qochib, chegarani kesib o‘tishga majbur bo‘lgan, juda katta guruhdan iborat bechorahol qochoqlar bo‘lgan. Yuqoridagilarni hisobga olib Chong Sang Dong og‘a ketganlarning aniq birinchilari bo‘lsa kerak, degan xulosaga keldim.
Shunday qilib Chong Sang Dong Janubga birinchilar qatorida ketgan va keyin, ba’zi mish-mishlarga qaraganda, harbiy xizmatdan so‘ng, Seul universisetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirgan emish. Uning tabiatidan shunday qaror qabul qilishiga ishonsa bo‘lardi. Bu voqealardan keyin, chamasi bir yildan ko‘p vaqt o‘tib, 1947 yilning boshlarida yoki Pak Chono‘k qaytib kelishidan oldinroq, kutilmaganda Chon Sang Dong og‘a ta’til olib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylarga qaytib keldi. 38 -chiziq qattiq nazorat ostiga olinganligiga ancha vaqt bo‘lgan edi. Yapon boshqaruvi davrida o‘zini ancha tutib olgan odamlar o‘z o‘rnini mustahkamlab bo‘lishgan. Bu janobning tasodifan qaytib kelishi meni ozgina hayratga solib qo‘ydi. U Seulga shunchaki universitetda o‘qish uchun ketgandek edimi? Lekin universitet faqatgina Seulda mavjud emasdi, balki Heng Yangda ham allaqachon yangi oliygoh ochilgan bo‘lib, uzoq-yaqindagi ko‘pchilik yoshlar shu erga hujjat topshirayotgan bir davr edi.
Buning ustiga, aynan o‘sha paytlarda Yon Chong bo‘ylab o‘tgan 38- parallelni pulga yo‘l boshlovchi yo‘llab kesib o‘tayotgan baxtsiz odamlar taqdir taqozosi bilan rus askarlari o‘qlaridan otib tashlanar, yoki qo‘lga tushib uzundan-uzoq cho‘ziladigan harbiy sudga duchor bo‘lishardi. Shunday xavfli vaziyatda, bundan bor yog‘i bir necha kun oldin 38 – parallelni kesib o‘tgan Chon Sang Dong og‘aning hech qanday asoratsiz va qiyinchiliksiz kirib kelgani ajablanarli edi. Uning yuz-ko‘zlaridan go‘yoki kuppa- kunduzi, chegarani xotirjam kesib o‘tgan-u, yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lganlarga esa sharaf bilan: “Meni o‘z yurtimda qiladigan ishlarim bor va ko‘nglim vatanimga kelishni xohladi, istagim ona-yurtimga qaytish ekan, xo‘sh, kim menga qarshi chiqa oladi” – deb aytayotgandek bo‘lardi. Chon Sang Dong og‘a hech narsa bo‘lmagandek shimolga qaytib kelgandi. U janubga ketib qolgan paytidagidan umuman farq qilmasdi. Faqat oganing g‘arb ziyolilariga xos modali kostyumi va unga mos bo‘yinbog‘i, o‘sha paytlarda udum bo‘lgan soch qo‘yishi uni ancha bashang qilib ko‘rsatardi. Kalta qilib ochilgan ensasi ham butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lib, aynan Chon Sang Dong uslubining o‘ziga xosligini eslatardi. Unda talabalar uyushmasi boshlig‘i vazifasini egallagan vaqtlardagi hayajon endi umuman yo‘q edi. O‘zi tamomlagan eski maktabga o‘z oyogi bilan yana qaytib kelgan odam ham aynan Chon Sang Dong, chunki u aynan shuni istagandi.
Keyinroq bilsam, Chon Sang Dong, taxmin qilganimdek, 1946 yilning boshlarida, ko‘chishning ilk bosqichidayoq eng birinchilardan bo‘lib, oilasi bilan yana janubga ketib qolgan ekan.
O‘sha paytlari janubga ketgan bo‘lsa ham, keyin ochiqchasiga o‘z vataniga qaytib, o‘zi bitirgan maktabni izlab kelgan. Uyushma boshlig‘i bo‘lgan paytlari o‘zi yordam bergan talabaning maslahatiga ko‘ra maktabning har bir burchagini ko‘zdan kechirib, mamnun holda boshini chayqab, miyig‘ida kulib qo‘yardi. Ko‘nglida tasodifan uyushma rahbarligidan chetlashtirilishi, keyin boshqa birovning rais etib tayinlanishi haqidagi xabar bilan bog‘liq achchiq xotiralar bo‘lsa-da, unda hech qanday norozilik ifodasi yoki biror kimsaga nisbata alamzadalik hissi korinmas edi. Bu dunyoda nima bo‘lganda ham ularning o‘ziga xos sabablari bor ekanligini chuqur tafakkur, tiniq tasavvur bilan his etib, to‘g‘ri xulosalarga kelish, uning xulq -atvori, o‘zini tutishi va ichki olamida namoyon bo‘lardi.
O‘sha kuni Chon Sang Dong og‘aning barcha maktab o‘quvchilari qarshisida turganligining ayni haqiqat ekanligi meni yana bir bor ajablantirgandi.
Dars tugagandan so‘ng, Ming Chong uyushmasi tomonidan berilgan tezkor xabarga ko‘ra har bir sinfning a’zo talabalari jang sirlari o‘rgatiladigan zalga yig‘ilishdi. Yapon boshqaruvi davrida qilichbozlik va dzyudo o‘rgatiladigan zalga o‘xshash bir xil xonalarga o‘sha zamonlarda tatami[2] to‘shalgandi. Lekin hozir bu jang ko‘rpalari olib tashlangan, tekis, qop-qora, ochiq taxtali pol ko‘rinib turardi. Biz bu yerni Yapon boshqaruvi davridan qolgan nom bilan atab kelardik. Aslida bu zaldan ko‘p ham foydalanilmasdi. Odatda maktab hovlisida turli marosimlar, talabalarning umumiy yig‘ilishlari uchun joy kerak bo‘lgan holatlarda shu zaldan foydalanishardi. Yangilik bilan bog‘liq yig‘ilishlar odatdagi munozaralarsiz bo‘lmasdi. ” Xabarlar haqidagi yig‘ilish”- degan bu atama ham, nazarimda, bir oz g‘alati va g‘ayritabiiy edi. Yig‘ilish tugagach, tashqariga chiqqanimizda bulutlar pastlagandek, bir ozdan keyin qor ham yog‘ib yuboradigandek tuyuldi. Kech qish havosi bo‘lishiga qaramasdan yoqimli bir iliqlik bor edi. Biz kitob, sumkamizni tutganca guruh-guruh bo‘lib mudojan[3] zaliga kirib bordik. Hozirgina tozalangan zal ichini tutun aralash chang tutib ketgandi. Turli sinf a’zolaridan bo‘lgan o‘quvchilar navbat bilan, hech narsasi yo‘q, yalang‘och taxtali polga tiqilishib, yonma -yon o‘tirdik.
Birozdan so‘ng, Ming Chong uyushmasi rahbari miyig‘ida kulib, notiqni ichkariga olib kirdi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, qarshimda Chon Sang Dong turardi. Hayratdan tilim aylanmay qoldi. Undan ikki yosh kichik bo‘lgan, a’zolarning hozirgi boshlig‘i yon devorda osilgan ulkan tekikki[4] tagidagi toza stol oldiga borib, ohista gap boshladi:
“Bugun yana bir maxsus axborot haqida xabar bermoqchiman. Nafaqat boshqalar, balki siz janoblar ham yaxshi bilasizlarki, biz hurmat qiladigan, o‘rtoq Chon Sang Dong bir qancha vaqt muqaddam Seoulga ketgan edilar. Bu hurmatli do‘stimiz bir necha kun oldin qaytib, Milliy Universitet tashkil etish rejasiga qarshi chiqqanlarning etakchisi bo‘lishda davom etmoqdalar. Shu sabab do‘stimizning kamtarlik qilishlariga qaramasdan ularga so‘z berishga qaror qildik.”
Mana shu tarzda Chon Sang Dong Janubiy Korea davlatining Seoul Universitetini Milliy Universitetga aylantirish rejasiga qarshi kurash axborotini berish uchun kelgandi. Boshqacha qilib aytganda, u ushbu jangning jasur jangchisi sifatida axborot bermoqchi edi.
Shu tariqa tanishtiruvdan so‘ng Chon Sang Dong yuzida tabassum bilan, biroz oldinga odimladi. O‘rindiqning ikki chetiga qo‘llarini tirab, yuzida chuqur hayajon aks etganicha jim qotib turdi. Nihoyat oxistalik bilan gap boshladi:
“Hozirgina Ming Chong uyushmasi rahbari meni shu kunlarda Milliy Universitet rejasiga qarshi kurash yetakchisi sifatida faoliyat yuritmoqda deb aytdilar. Janob “etakchi” deb biroz oshirib yubordilar. Balki etakchilikdan uzoqroq, eng uquvsiz, oxirgilarning oxiri deyishim ham mumkindir. Lekin shunday desam o‘zimni ham, sizlarni ham kamsitgan bo‘laman. Shuning uchun, keling yaxshisi, eng oxirida yuruvchilardan sal yaxshiroqman, deb aytaqolay.”
Ushbu so‘zlarni aytarkan yonida o‘tirgan Ming Chong uyushmasi rahbariga qarab miyig‘ida, ma’nosiz kulib qo‘ydi. Yalang‘och taxta polda o‘tirgan biz talabalar ham unga ergashib kuldik.
Bunday nutq, bu ohang, bu yuz ifodasi -bularning hammasi jang maydonidan yiroq bo‘lsada, u hozir haqiqiy jangchiday so‘zlayotgandi.
“Avvalo, sizlarni qiziqtirayotgani Milliy Universitet rejasi mohiyatini bilishdan iborat deb o‘ylayman. Bu o‘zi nima? Buning ortida kimlar turipti? Milliy Universitet rejasida qanday siyosiy maqsad bor? Umuman, shunga o‘xshash savollarga bir oz to‘xtalib o‘tmoqchiman”.
U o‘z nutqini mana shunday jiddiy ko‘rinishda davom ettirib, har safargidek xotirjam gapirardi. Uning har bir aytgan gaplari sodda va tushunish oson edi. Quyilib kelayotgan bu so‘zlar, fikrlar, bir ikki soat davom etadigan, aniq dalill va faktlarga asoslanmagan, quruq, umumiy gaplardan iborat bo‘lgan odatdagi axborotlardan butunlay farq qilardi. Bu kabi yig‘inlardan ko‘nglimiz buzilib, zerikib ketgandik. Lekin Chon Sang Dongning Janubdagi vaziyat, Milliy Universitet rejasiga qarshi olib borilayotgan harakatlarning holati haqidagi nutqi, so‘zlash ohangi va uslubi bizni butunlay rom qilib, qiziqtirib qo‘yqandi.
Chon Sang Dong, janubdagi Milliy Universitet rejasiga qarshi bo‘lganlarning biri bo‘lgani uchun buning salbiy tomonlarini tushuntirishga harakat qilardi. Bu reja bilan bog‘liq muammolar echimini sekin – asta, birma-bir topib kelayotgandek edi. Undagi bu kabu xususiyatlar o‘sha paytlarda, biz o‘rganib qolgan sotsialistlardek o‘rindiqlarni silkitib chiqib ketish, ortiqcha mag‘rurlik, o‘zini ustun qilib ko‘rsatish kabi jirkanch jihatlardan ancha yiroq edi
Chon Sang Dong aynan shu ko‘rinishda, go‘yo janubdagi Milliy Universitet barpo etish rejasiga qarshi jangda qatnashayotganga o‘xshardi. Gaplari qisqa va lo‘nda bo‘lsada, qiziq hikoya kabi ta’sirli edi.
Bu narsa meni bir tomondan hayratga solsa, boshqa tomondan chalkashtirib yuborardi. Shimoliy Koreyaning yangi tizimi tarafdorlari bo‘lgan Che Sang Xo, Pak Chono‘kka o‘xshagan g‘alamis kishilardan qutulish uchun birinchilardan bo‘lib janubga ketgan , Chon Sang Dongdek odam, qanday qilib bir o‘zi butun boshli Milliy Universitet barpo etish rejasiga qarshi kurashayotgan ekan. Bu janub dunyosida qanday siyosat hukmronki, shunday mukammallikni yaratmoqda.
O‘sha vaqtlarda janub haqidagi ilk yorqin tasavvurim aynan Chon Sang Dong og‘a orqali uyg‘ongandi. Uning 38-parallelni kesib o‘tib, yana janubga ketib qolganiga chamasi 30 (o‘ttiz) yil bo‘ldi. Hozirgacha undan aniq xabar topmaganman. Balki Seouldagi g‘alayon paytida shimollik yoki janublik askarlar tomonidan otib o‘ldirilgandir. Yoxud o‘sha paytdagi ko‘pchilik askarlar safiga qo‘shilib yana shimolga qaytib kelgandir. Taxminlar ko‘p. Nima bo‘lganda ham bu taxminlarning qaysi biridir haqiqat. Chon Sang Dong 1947 yilning erta bahorida kuppa- kunduzi, bamaylixotir chegarani kesib o‘tib, yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lganlarga sharaf bilan: “Men o‘z mamlakatim uchun qiladigan ishlarim bor va ko‘nglim yurtimga kelishni xohladi, istagim vatanimga qaytish ekan, xo‘sh, kim menga qarshi chiqa oladi” – deb, qaytib kela olmasligi aniq edi.
Kim biladi, balki oilasi bilan birinchilardan bo‘lib Amerikaga ko‘chib ketgan bo‘lsa ham kerak. Hozir ham 50 yil oldingi o‘ziga xos sifatlarga ega bo‘lgan Chon Sang Dong Amerika fuqaroligini olib, tinchgina, hassasiga tayanib, Kimgang va Pektu tog‘larida sayr qilib yurgan bo‘lishi ham mumkindir. Bu taxmin ham hech qanday asosga ega emas.
Mening Janub haqidagi ikkinchi tasavvurim Li Guang Jin hayoti orqali namoyon bo‘lardi.
U Guangvo‘ndo‘ning To‘ngcho‘n degan joyidagi o‘rta maktabdan sinfimizga yangi kelgandi. Lekin Li Guang Jinda oddiy qishloq bolasiga xos soddalikdan asar ham yo‘q edi. Bir qarashdayoq boshqa bolalardan keskin ajralib turishini bilish qiyin emasdi.
Li Guang Jin ozod bo‘lgan yilimiz yapon yigitlari tashlab ketgan bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish uchun o‘quvchi yig‘ish vaqtidan sal kechroq kelgandi.
O‘sha paytda faqat Li Guang Jingina emas, balki boshqa uzoq-yaqin qishloqlardan ham ko‘pgina bolalar maktabimizga tizilib kirib kelishdi. Yaponlar qaytib ketgandan keyin, mustaqillik yillari ta’limga katta e’tibor berilganligi uchun maktabimiz eshiklari katta ochilishi bilan birga yangi maktablar yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinday ko‘payib ketdi. Yaqin atrofdagi Anbyo‘n, Muncho‘n kabi qishloqlardan kelgan bolalar mayliku-ya, hattoki janub tomondagi Sepo‘, Cho‘rwo‘ndan tortib shimoldagi Ko‘von, Yo‘ngvongacha bo‘lgan qishloq bolalari har oy uy ijara haqi sifatida 2 (ikki) kg. guruch to‘lab o‘qishardi. Bu bolalarning ko‘pchiligi go‘l va sodda bo‘lib, bu erlik ko‘cha bolalaridan butunlay farq qilardi va kishida boshqach tasavvur qoldirardi. Bir-ikki yil ichida bu qishloq bolalarning ko‘pchiligi Pusan, Jongyo shaharlarida tashkil etilgan Ming Chong qo‘mitasida asosiy boshqaruv o‘rinlarini egallab olishga ulgurishgandi.
Chekka qishloq bolalaridan bo‘lgan Li Guang Jin ulardan keskin farq qilardi. Qish faslida, ko‘kragining o‘rtasida oq to‘lqinsimon chiziqlari bor to‘q jigarrang sviter, qaytarma qalpog‘i (kapyushoni) osilib turadigan qimmat plash kiyib, uncha-muncha shahar bolalarini ortda qoldiradigan darajada xushbichim edi. Har qanday ishda oddiy qishloq bolasiga o‘xshamas, qat’iyatli, qiziqqon va ozoda edi.
Asli kelib chiqishi haqida so‘rashganda u hardoim “o‘rtahol fermer” deb aytardi. Lekin uning oilasi qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, savdo-sotiq va yana shunga o‘xshash narsalarni birgalikda olib boradigan boylar sinfi sifatida ma’lum bo‘lgan, shaharning mahalliy savdogarlaridan biri ham bo‘lishi mumkin edi. Li Guang Jinning qanday oiladan ekanligini Severanc Tibbiyot maktabini tamomlab, yaxshi mutahasis bo‘lish uchun tibbiyot maktabi shifoxonasida faoliyatini davom ettirayotgan katta akasidan ham bilish qiyin emasdi. Xullas Li Guang Jingga o‘xshagan ko‘cha bolasi hech bir mahalliy savdogarning o‘g‘illaridan kam emas, har qanday shahar bolasiga har jihatdan bas kela olardi. Fanlardan olgan baholari ham sinfdoshlaridan ancha yuqori bo‘lgan.
Lekin Li Guang Jinning g‘alati jihati ham bor edi. U sinfdoshlari bilan tez-tez urushar, urushganda ularni bigiz bilan qo‘rqitardi. Shunday tez va qiziqqon tabiatiga mos ovozi ham bo‘g‘ilganga o‘xshab chiqardi.
Ikkinchi yarim yillikning oxirida, ona tili fanidan imtihon topshirayotgan paytimiz Li Guang Jin orqamdagi partada o‘tirardi. Men javob varaqamni to‘ldirib bo‘lib, zerikkanimdan, chiqib ketsammikin, degan hayol bilan ikkilanib o‘tirganimda, birdan orqamdan sekin-asta, uch-to‘rt marta turtdi. Asta o‘girilib qaragandim, u og‘zini tez-tez qimirlatib, “javob varaqangni partaning narigi chetiga surib qo‘y, o‘zing suyanib, devorga yaqin o‘tir” deb pichirladi. Men imtihon kuzatuvchisi turgan joyga qarab, nima qilishni bilmay qoldim. Bundan tashqari, Li Guang Jin ijtimoiy fanlarni mendan kam bilmasligi, hatto tabiiy fanlarni mendan-da yaxshiroq bilishi haqida o‘ylab, hatto imtihon qoidasiga rioya qilmagan taqdirimda ham, tushunib bo‘lmaydigan narsani iltimos qilayotgandi. Men u bilan ko‘p hollarda kim o‘zarga musobaqalashib, bahslashib qolardim. Bir ikki daqiqa ikkilanishdan keyin birdan o‘rnimdan turib, to‘ldirilgan javoblar varaqasini imtihon kuzatuvchisi oldiga olib borib qo‘ydim va chiqib ketdim. Tashqariga chiqib, kuzatib turdim. Li Guang Jin qalam orqasini tishlab, chaynalar, atrofga alang-jalang qarab, nordon narsa yeb qo‘yganday aftini burishtirib o‘tirardi. Anchadan keyin stadionga chiqqan Li Guang Jin g‘azabdan qattiq asabiylashayotgandi. Ikki ko‘zi g‘azab o‘tida yonib, butun bir sinf oldida menga mazax aralash tikilib turardi. “Pastkash, yaramassan”, dedi u. “Sinfdagi birinchilik kabi narsalarga befoyda jon kuydirish – bu xudbinligingdan dalolat, namuncha birinchi bo‘lishni yoqtirmasang.”,- dedi u jahl va kinoya bilan. Lekin birorta bola uning tarafini olib gapirmadi. Chunki aslida kim birinchilik uchun kurashayotganligi va boshqalardan o‘g‘rincha ko‘chirayotganligi hammaga ma’lum edi. Qolaversa, unga qarshi chiqqanlar g‘ashga tegadigan va asabni buzadigan so‘zlarga ko‘milishi tayin edi. Li Guang Jin har qanday ishda faqat o‘zinigina o‘ylaydigan xudbin va takabbur bola edi.
Sinfdagi birinchilik uchun kurash shu darajada asabni buzadigan yoqimsiz va kulgili narsa ekanligini men ham yaxshi bilardim.
Asta-sekin maktab tizimi shakillana boshladi. Pak Chono‘k kabilarga har jihatdan ta’sir o‘tkaza oladigan bola aynan Li Guang Jin edi. Avval boshidan u Pak Chono‘kdan shunchalik nafratlanar ediki, uni ko‘rganda xuddi shilimshiq qurtni ko‘rganday jirkanardi. Oppoq sopol tugmasining uch donasi osilib turgan, ola-bula qoraga bo‘yalgan kanop paltoning yoniga qora xaltani uzun qilib osib olgan Pak Chono‘kning sharpasi paydo bo‘lishi bilanoq, Li Guang Jinning darhol rangi o‘zgarib, qaltirab ketardi. Har gal uni ko‘rdi deguncha “chirt” etib tuflardi-da, qayergadir sekingina qochib qolardi. Tabiiyki, Pak Chono‘kdan nafratlanishda Li Guang Jin ham undan qolishmasdi. Li Guang Jinni xuddi ilonni ko‘rganday yomon ko‘rardi. Qachon unga duch kelib qolsa ikki ko‘zidan g‘azab o‘ti chaqnardi. It-mushuk deganlari xuddi shu bo‘lsa kerak. Bu ikki inson orasidagi munosabat, hozirgi taxminimcha, bundan ancha oldin, 1930 yillarda, Germaniyada natsistlarning kommunistik partiyadan nafratlanishining bir turi emasmikan deb o‘ylayman. Pak Chono‘k va Li Guang Jin orasidagi kelishmovchilik ularning ijtimoiy tabaqalaridagi farq bilan ham bog‘liq emas, deb ham o‘ylardim, o‘shanda. Lekin hozir Li Guang Jin va Pak Chono‘k o‘rtasidagi adovat ularning ichki dunyosidagi farqdan kelib chiqqandek tuyulardi menga.
O‘sha paytlarda, har jihatdan axloqsiz bo‘lishga ulgurib bo‘lgan Li Guang Jin mendan bir sinf yuqori o‘qiydigan qiz bilan oshiq-ma’shuq bo‘lib yurardi. Muxabbatini hammaga ko‘z-ko‘z qilib, sinfdoshlari oldida faxrlanib, og‘iz go‘pirtirib gapirardi. Sevgi-muhabbatlarini doston qilish, aslida, tengdoshlari orasida ham tez-tez uchrab turadigan holat bo‘lgan. Lekin bu narsa sinf bosh sardori Pak Chono‘kning qulog‘iga yetib borsa biror ishkal chiqishi muqarrar edi.
Shanba kungi umumiy majlisda Pak Chono‘k faqat Li Guang Jin masalasini tutib olib, uni og‘zidan ko‘pik toshib tanqid qildi. Undan keyin muzokara jarayonida ham tashkiliy sardor, tashviqot sardori va ulardan tashqari yana uch-to‘rttasi chiqib, boshqa bolalar ham bosh sardorning gaplariga butunlay qo‘shilishlarini aytidilar va Li Guang Jinni qattiq qoralashdi. Uning xulq-atvoridagi chidab bo‘lmaydigan burjuazik xatti-harakatlarni birma- bir sanab, shaxsiyatparast, xudbin, murosasiz ekanligini aytib, buni aniq misollar bilan isbotlab berishdi. Hatto eshitganda ham gunoh bo‘ladigan uyatli ishlarning ikir-chikirigacha aytib tashlashdi.
Majlis so‘ngida Li Guang Jin tanqid stulida turib, bularga javob berishi kerak edi. Lekin u bu tanqidlarga osonlikcha yon bermadi. Boshqa bolalardan farqli, yetarlicha qat’iyat va xotirjamlik bilan barcha ayblovlarni rad etdi. Haq ekanligini isbotlashga harakat qilardi. “Yigit va qiz bir-birlari bilan uchrashib turishining nimasi yomon”, dedi u xirillab, so‘rash ohangida. Bundan tashqari Li Guang Jin maktabga uzoqdan qatnashini va ijarada yolg‘iz turishini aytib, bu uning uchun oson emasligini, u qiz unga opa o‘rnida bo‘lib, kiyimlarini yuvib, u-bu ishda unga qarab turishi aslida maqtovga loyiq, tengi yo‘q munosabatlar deya barcha tanqidlarga qat’iy e’tiroz bildirdi.
Pak Chono‘k ham haq ekanligini isbotlashda undan bo‘sh kelmasdi. “Bu gaplarni sen qanday qilib aytyapsan, o‘rtoq Li Guang Jin. Odatdagi do‘stlarning so‘z va amallari shunday bo‘ladimi?. Shu sof opa-ukachilik bo‘lsa, buni shunday iflos burjuaziyaga xos yo‘l bilan maxtanib aytasanmi? O‘rtoq sen hali xam o‘zingga kelmading, chog‘i? Agar sen o‘zingni oqlab shunday fikrda qolsang biz buni shunday qoldirolmaymiz. Bu muammoni maktabning Ming Chong uyushmasi umumiy yig‘ilishida muhokama qilish uchun yubormoqchiman, dedi Pak Chono‘k.
Shundan so‘ng Li Guang Jinning kapalagi uchib, qo‘rqib ketdi va jahlini ichiga yutib, tanqidlarga qarshi churq etmadi.
Biroq o‘shandan bir necha kun o‘tgach, Li Guang Jin birdaniga ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Avvaldan g‘alati harakatlar qilib yurgan bola bo‘lgani uchun uning to‘satdan g‘oyib bo‘lgani hammaga qiziq tuyuldi. Faol o‘quvchilardan bir nechtasi uni hatto qidirib, maktab tashqarisidagi ijara uyiga ham borishdi, lekin undan biror xabar topisholmadi. Uy egasining gapiga qaraganda, u uch-to‘rt kunga o‘z uyimga borib kelaman deb, yuklarini yig‘ishtirib, chiqib ketgan ekan.
Bu voqeadan yigirma kunlar o‘tgach, Li Guang Jin kutilmaganda yana maktabda paydo bo‘lib qoldi. Bilishimizcha, u sevgan qizi bilan chegarani kesib, Sovet Ittifoqi hududlariga o‘tish ushun ?umen Daryosi tomon boradi, yo‘lda qo‘lga tushib, qaytib keladi.
Daryo bo‘yidagi Sosura degan joydan ijaraga uy olib, qayiq haqida surishtirib yurganida shubhali ko‘ringani uchun chegara qo‘shinlari tomonidan tutib olingan. Uni so‘roq qilishganida muvaffaqiyatlarga erishishning eng yaxshi yo‘li kommunizm tugilgan yurt-Moskvada o‘qish kerakligini, bu uning eng katta maqsadi ekanligini ochiq -oydin aytib beradi. Qo‘lida qimmatbaho kumush bezakli buyum bor edi. Nihoyat har ikki talabani mahalliy boshqaruv organiga topshirishadi. Ularni Tong Chongdagi uyi va maktabi to‘g‘risida surishtirib, so‘roq qilishadi. Keyin kuzatuv ostida kelgan yo‘llaridan yana poezd orqali qaytarib yuborishadi. Ular shahar tekshiruv burosi tomonidan yana so‘roq qilinib, oz fursatdan keyin qo‘yib yuborishadi. “Hech narsadan qo‘rqmaydigan yosh bolalardek, chegarani osongina kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan, bu zumrashalar. Bunda hech qanday jiddiy muammo yo‘q”, deb hisoblaydi, hukumat. Maktab ham buni hech qanday muammo sifatida qabul qilmaslikka qaror qilishdi. Hukumatning ularga hech qanday jazo bermaganining sababi Li Guang Ji bilan birga ketgan qizning akasi, o‘sha paytda tuman hokimi ekanligi bo‘lsa kerak.
Shundan keyin, bir oy o‘tmasdan Li Guang Jin yana yo‘q bo‘lib qoldi. Bu safar u hech kimga bildirmasdan g‘oyib bo‘lgandi. Lekin uning janubga ketganligi aniq edi. O‘quvchi qiz o‘rtasidagi munosabatlari qizning akasi aralashuvi bilan tugatilgach, olov xarakterga ega bo‘lgan Li Guang Jin uchun ketishdan boshqa chora yo‘q edi.
1948 yilning erta bahor kunlaridan birida, Li Guang Jin maktabda yana paydo bo‘ldi. U shahar hokimligida ishlash va maktabda qayta o‘qish uchun hujjat topshirgandi. Hech kimga bildirmasdan ketib qolgandan keyin, Peche yuqori maktabida o‘qib yurgan paytida ayrim jinoyatlarga bosh bo‘lganligi sabab politsiya tomonidan qidilayotganligi uchun bu tomonlarga yana qochib kelgandi.
Li Guang Jin mana shunday yaramas va takabbur bola bo‘lgan.
Li Guang Jinning bu safargi ko‘rinishi butunlay boshqacha edi. Unga nima bo‘layotganini aniq aytish oson bo‘lmasa-da, undan janubning hidi kelayotganligin bilish qiyin emasdi. Tuflisining tagigacha osilib turgan qora shimining choki xuddi pichoq bilan qirqilganday tep-tekis, undan taralayotgan o‘tkir atir hidi qandaydir g‘alati va yoqimsiz, burunni achishtirib, ko‘zni yoshlantirardi.
Bu atir hidi, bir tomondan, dekadentlarga[5] xos tasavvurni bersa, ikkinchi jihatdan, me’yordan ortiq erkinlikning buzuq va axloqsiz ko‘rinishini eslatardi. Bu pirovardida har bir unsur o‘z holicha, hech qanday qarshiliksiz ozod va erkin bo‘lib, o‘z yo‘lida davom etayotgandek tassurot qoldirardi. Har bir burchakka sochilib yotgan urug‘lardek, hech bir qonun -qoidasiz o‘z holicha ketayotgan olam bizni tomosha qilib turgandek edi.
Bir oz vaqtdan keyin, 1950 yilning dekabrida shimol qochoqlaridan biri bo‘lib Pusanga keldim. Birinhci kun tunda ish qidirib, uchinchi chiziqqa chiqqanimda g‘aramlangan somon ustida o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi bir yosh ishchi yigit “Shillaning oydinli kechasi” qo‘shig‘ini aytayotgandi. U bu qo‘shiqni huddi oziq ovqat g‘aram bo‘lgan tog‘ cho‘qqisida, oyog‘ini tebratib o‘tirgandek, berilib kuylardi. Shu payt g‘alati hayajonni his qildim. Shuning barobarida, bu menga yana o‘sha paytlarda radio orqali muntazam yangraydigan “Petti sahifasi” qo‘shig‘ini ham eslatardi. Har gal o‘sha qo‘shiqni tinglaganimda huddi iflos va jirkanch suvda cho‘milgandek, his qilardim o‘zimni.
Endigina janubdan kelgan Li Guang Jin mana shunday iflos va jirkanch ishlar bilan barobar chegara bilmas tiyraklikni ham birgalikda olib borardi. Li Guang Jin Chon Sang Dong og‘ada mavjud yaxshi fazilatlar – sof va pokizalik, to‘g‘rilikdan yiroqroq kiborli va takabbur bo‘lib ko‘rinardi. Shlyapasidagi artib tashlanmagan mumdan tortib, tashqi ko‘rinishigacha g‘alati edi. Seuldan yakka kurash sirlarini o‘rganib kelib, odamlar orasida o‘zini ko‘rsatishga ham ulgurdi. Uning har bir harakati butunlay o‘zgacha- axloqsiz va betavfiq, haddan ziyod faollik, chegar bilmas erkinlik-bularning hammasi Janub dunyosining haroratidan bo‘lsa kerak degan tasavvur uyg‘onardi, menda. Seuldagi o‘rta maktab bezorilari o‘rtasida katta janjal chiqqanligi, to‘polonda pichoqdan qurol sifatida foydalangani va katta lavozimdagi odamning o‘g‘li yaralangach, jazodan qo‘rqib shimol chegarasidan o‘tib kelgani haqida gapirib, baland ovoz bilan hammaga maxtanardi. Lekin bularning hammasi menga quruq gapdek tuyulardi.
Pak Chono‘k va Ming Chong uyushmasining boshqa a’zolari Li Guang Jinga qanday javob berishni bilmay mulzam edilar. Va nihoyat, beixtiyor qahramon jangchi sifatida nom qozongan Li Guang Jinga yaxshi muomalada bo‘lishga qaror qilib, bir paytning o‘zida uning jabr ko‘rgan holatlarini birma-bir oshkor qilib, ayyorlik bilan muammoni o‘zlaridan soqit qilishdi.
Lekin oradan ikki oy o‘tar o‘tmas Li Guang Jin ishkalli talabalar orasida muammolarga ko‘milib, butunlay ajralib qoldi. U endi hamma narsaga e’tiborsiz, beg‘am va beparvo bo‘lib qolgandi. Tobora kuchsizlanib borayotgan Li Guang Jin chindan ham achinarli holga tushib, kundan kun zaiflashib borardi. Nihoyat, bir yil o‘tmasdan, 1949-yilning boshida yana janubga ketib qolibdi. O‘shandan keyin uning janubda nima ishlar bilan bandligi, turish turmushi haqida aniq bir xabar ololmadim.
Koreys tilidan Bobur Mirazizov va
Zulxumor Mirzayeva tarjimasi
__________________
[1] Pibimpab-yangi unib chiqqan maysaga o‘xshash o‘simlik; shu o‘simlik ziravor sifatida qo‘shiladigan koreys milliy taomi.
[2] Jang ko‘rpasi
[3] Jang sirlarini o‘rgatuvchi zal
[4] Maxsus simvol- ramzlardan biri, bu narsa o‘sha davrlarda ham tekikki deb atalardi.
[5] 19-asr oxiri-20 asr boshlaridagi burjua adabiyoti va san’atida tushkun anterealistik oqim tarafdorlari
1947 yilning bahori edi. Pak Chono’k mamlakatda boshlangan liberallashtirishdan oldin kemasozlar bilan ishlab, keyingi bir-ikki yil davomida ishlari o’ngidan kela boshlagandi. U o’qishga bo’lgan qiziqishi, tirishqoqligiga ishongani uchun o’zining maxsus jomadonchasini ko’tarib, shahar mehnat birjasi homiyligida maktabimizga “yangi bola” bo’lib kirib keldi. Boshdan oyog’igacha kiyib olgan qora maktab kiyimi ancha juldur, yirtiqlaridan osilib turgan ip bo’lakchalari bu ko’rinishni yanada g’aribroq ko’rsatar, xuddi kimdir boshiga gazetani yaxshilab o’rab undan qolganini qirqib tashlagandek. Qop-qora, hurpaygan sochlarining kirligiga qarab, uni yaqin orada yuvmaganini bilish qiyin emas, ustiga ustak ularning tikka-tikka bo’lib qolgani bir qarashda hech qanday yoqimli taassurot qoldirmasligi aniq edi. Unda nafislik va xushbichimlilikni ko’rmoqchi bo’lgan har qanday kishi ko’zini qanchalik ishqalab, ochib- yummasin, bari befoyda edi.
Bir kun oldin sinf rahbarimiz kemachilar tarafidan yangi bola kelishini, uni iliqlik bilan kutib olishimiz lozimligini uqtirib, aks holda butun sinf oldida kechirim so’rattirishini va shunga o’xshash bir qator jazolar berishini ta’kidlagandi. O’shanda bu bola haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsak-da, uning bu darajada aftodahol ekanligini mutlaqo kutmagan edik. Murabbiy ogohlantirmaganida, uning bu holatidan xandon otib kulishimiz tayin edi. Rahbarimizning tanbehiga qaramasdan, bir necha orqa o’rindiqdagi bolalar Pak Chono’k kirishi bilan o’zlarini tutolmasdan, nafaslarini ichlariga yutib qiqirlashdi.
Murabbiy ingliz tilidan dars berardi. Burjua davri bo’lishiga qaramasdan har doim oq ko’ylak bilan sariq rangli tor kostyum kiyib, sariq zanjiri osilib turadigan cho’ntak soatini olib yurardi. Aslida bunday kiyinish o’sha paytda shimol sharoitiga umuman to’gri kelmasdi. Odamlarning kiyinish madaniyati xususida to’xtaladigan bo’lsam, ularning nihoyatda oddiy va soddaligini bilsam-da, o’qituvchilar orasida yoshlarning ongi past va ilmsiz deb qaralganligi tufayli bu haqda gapirish qiyin edi. Ingliz tili darsida, yozish mashq’ulotida doskada gap tuzgan paytimiz, “Y” ni egib yoziladigan qismini qat’iylik bilan yozolmasdan, shoshilib egib yozdim-u, oxirigacha yetkaza olmadim. Qo’rqqanimdan daq’-daq’ titrab, qaltiraganimni hali ham eslayman. Shu sabab o’qutuvchimiz baribir yaxshi odam emas, degan tasavvur xayolimdan ketmaydi.
Oyog’i kalta, tanasining tepa qismi mittigina gavdasiga mos, qalin labli Pak Chono’k ilk boqishda juda sodda ko’rinishiga qaramasdan, kuchli va baquvvat edi. U minbar tepasida tik turib, ikki ko’z soqqasini tez-tez, taajjub bilan sinfning u yog’-bu yog’igacha yugurtirib, sinf o’qutuvchimizning tanishturuv so’zini eshitib bo’lgach, navbati kelishi bilanoq xuddi kutib turgandek “O’rtoqlar, xursandman, Son Bang Kong portida yashayman, Pak Chono’k”, deb jarangli ovozda o’zini tanishtirishni davom ettirdi va qisqa nutq so’zlashni boshladi. Sinf o’qituvchimizdan tortib, o’quvchilargacha – hammasi hech narsaga e’tibor bermay, shovqin-suron qilib, Pak Chono’kni savollarga ko’mib yubordi.
“Biz nafrat tuyg’usini o’rganishimiz kerak. O’rtoqlar, sinfimiz dushmandan nafratlanmasa, biror ish ham qilolmaymiz. Nafrat tuyg’usini o’rgansakgina, inqilobni amalga oshirishimiz mumkin. Bu davlatimiz uchun yagona haqiqatdir. Bugun sizlar bilan ilk uchrashgan mana shu ajoyib dargohda men eng avvalo sizlarda ana shunday tuyg’uni uyg’otishni xohlayman. Sizlardan ham shuni kutib qolaman”.
-“Jin ursin, boshidagi qo’polligidan asar ham qolmadi”, ko’pchilik uning o’zini tutishi, nutqidan lol bo’lib, yosh boladek uyalib, ismini aytishga ham tili aylanmay qolgandi.
Pak Chono’k ta’zim qilib, oldindan belgilab berilgan joyga borib o’tirdi. Sinf o’qituvchimiz g’alati kulib, xayoli parishon holda maqtovga o’xshash bir-ikki og’iz gapirganda, allaqachon uning yuzi g’azabdan bo’zargandi. Xullas, sinfdoshlarimizning kayfiyati buzilganligi bois bir be’tayinning to’satdan singdirmoqchi bo’lgan “tuyg’usi” bizga tog’ri kelmadi.
O’sha kunlari tanaffus bo’lishi bilan yoshi katta, bo’yi uzun bolalar Pak Chono’k tomonga yashirincha qarab-qarab qo’yishar va o’zlaricha allanimalarni pichirlashishardi:
-Ha, hamma yomonliklarni ko’rarkanmizda…
-Nimasini aytasan, endi bizga bir balo bo’lmasaydi…
-E, o’ziyam g’irt kommunist ekan-da!
Ikki oy o’tar-o’tmas ingliz tili murabbiysi hech bir sababsiz janubga ketib qoldi. Aytishlaricha, u kechasi yo’lga chiqqan, yo’l boshlovchi yollab, tunda 38-paralleldan o’tib olganmish. Oradan ancha vaqt o’tgach, o’qituvchimning janubdagi bir orolda maktab direktori bo’lib ishlayotganidan xabar topdim. Shundan keyin Pak Chono’kning maktabimizga kelgunga qadar kechirgan hayoti, turish turmushi bilan qiziqdim. Oradan yillar o’tib, 1960 yilning o’rtalarida janub tomon yo’l olgan muallimim Pak Chono’k bilan Seulga kelgan ekan. Murabbiy bilan uchrashganimda har ikki-uch gapning birida Pak Chono’k haqida bergan savollarimga javob berish paytidagi ustozning kulib turgan yuz ifodasi hayajonli edi. Bu tabassumning sabablarini o’z mushohadamdan kelib chiqib, quyidagicha izohlagan bo’lardim: yoshligida Yaponiya universitetlaridan birida tahsil olgan muallim mustaqillikka erishganimizdan keyin shimolning eng shimoliy qismida yashab, sharoyitga chidolmasdan, janub sari yo’l olgandi. O’n yildan ortiq vaqt mobaynida janub hayoti, dilida qolgan armon yoxud taqdirga tan berish hissi aks etmaganmikan bu yuz ifodasida?! Afsuski, shundan keyin bu inson ko’p yashamadi va bu dunyoni tark etdi.
Aslini olganda, mustaqillikdan keyingi davrda Pak Chono’k o’z harakatlari, qiladigan ishlariga mos ismi-sharifining ham qishloq ahliga xosligi, buning ustiga zamonaviy bo’la olmayotgani sababli boy ko’cha savdogarlarining o’rta maktabda o’qiydigan o’gillari orasida har doim kulgiga qolib yurardi. Umumiy hammomning borligini ham bilmasligi, xitoy oshxonalariga hatto kirib ham ko’rmaganligi, buning yana bir isboti edi. Shunga qaramasdan, hech kim uni nazardan chetda qoldirmasdi. Darsdan keyin bir guruh bezori bolalar unga uyatsiz gaplar aytib, haqorat qilishardi. Ayrim hollarda esa xunuk so’zlar bilan masxara qilib, bema’ni laxjalar bilan siylashardi. Bularning ta’sirida Pak Chono’k ham sekin -asta tasavvur va zehnini tiniqlashtirib, nafratini berkitib o’z talqinidagi tabaqaviy dushmanlariga qarshi kurash o’tida yonardi. U o’qishga qabul qilinishi bilanoq, Ming Chongning boshlang’ich tashkiloti boshqaruvchisi sifatida tanilib, oradan ko’p o’tmasdan mas’ul boshqaruvchi mansabiga ega bo’ldi. Shundan so’ng uning nafratga to’la qalbi jazavaga tusha boshladi. Avvallari pisibgina xonaga kirib – chiquvchi odamdan bir yumalab sinf lideriga aylandi va bu o’rnini mustahkamlay boshladi. Bir oz vaqt o’tgach o’qishni yig’ishtirib, biznesga kirishib ketdi, natijada kim qo’rqoq, kim qat’iyatsiz, kim burjua qarashlaridan qutula olmagan, degan fikrlarga barham berdi. Uning bu holati jonimizga tegib, hatto qiliqlaridan charchay boshladik. Masalan, har kuni dars tugab, xayrlashuv paytida o’qituvchi gapini yakunlagach, u o’rtaga chiqib, uyalmasdan “shu kunning yakunlovchi so’zi” deb o’ttiz-qirq daqiqa jamoaviy o’qish haqida gapirar va seminar vaqtida esa beo’xshov tovushlar chiqarib baqir-chaqir qilardi. Sinf majlislarining barchasida go’yoki u hammadan ustundek edi. Maktab o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tadigan anjumanlarda ham Pak Chono’k yagona etakchi bo’lib qoldi. Maktabda o’tkazilgan majlislarda doim birinchi yoki ikkinchi o’rinda so’zga chiqib, xotirjam, ohista gapirardi.
Pak Chono’k o’z sinfdoshlarini qo’rqitib, ularning ustidan hukmronlik qila boshladi va hatto o’qituvchilarning aksariyati undan hayiqishgani uchun oddiy muomila ham qila olmay qoldilar. Ba’zida nazariga biror kishi tushib qolsa, shubhasiz, uni tanqid qilib, ovozining boricha haqoratlardi.
Pak Chono’k maktabimizga kelgan paytda sinf rahbari bo’lgan o’sha ingliz tili o’qituvchisi janubga yo’l olganidan bir yilcha o’tib, deyarli barcha o’qituvchilar uning izidan o’sha tomonlarga ketib bo’lishgandi. Natijada ularning o’rniga ikki yillik pedagogika institutini tamomlagan yangi, yosh o’qituvchilar kelishdi. Bu yoshlar o’z xohishi bilan shimolning, shuningdek maktabimizning yangi qoidalariga tezda moslashib borishardi. Pak Chono’k Ming Chong boshlang’ich tashkilotga yangi tayinlangan, o’quvchi hayotiga mas’ul shaxs – ustoz Che Sang Ho bilan doim pinhona sirlashib turardi. Har doim odmigina jemfer kiyib yuradigan Che Sang Honing ovozi yoqimsiz, ikki ko’zi bejo, nigohi qo’rqinchli edi. U o’rta maktabni bitirgan, juda kambag’al dehqon oilasidan chiqqan yolg’iz farzand bo’lib, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, anchadan beri ko’ngliga tugib qo’ygan niyati amalga oshib, Pxenyan rus maktabiga o’tadi. Bitiruvchilarning ko’pchiligi zobit sifatida ishga kirayotgan bir paytda u armiyadan qochib, yuqori va o’rta maktab rus tili o’qituvchisi bo’lib ishlashni lozim topgandi. Lekin oradan ikki yil o’tib, qilgan ishining noto’g’ri ekanligini kech bo’lsada anglab yetdi. Bu rus maktabi haqida gapiradigan bo’lsam, uning janubdagi ingliz maktablaridan umuman farqi yo’q, faqatgina nomi rus maktabi edi, xolos. Maktabning maqsadi esa, eng zo’r maxfiy agentlarni tayyorlashdan iborat bo’lgan. Che Sang Ho onasining yolg’iz farzandi ekanligi uchun oilasiga tirgak bo’lishni ko’p o’ylar, shuning uchun ham armiyadan qochib, o’qituvchi bo’lishni istagandi. Ikki yil o’tib, 1950 yilning boshida xizmatdan qochib katta xato qilganini tushungandi. Ammo yana askar bo’lib, yo’qotilgan vaqtni qaytarib bo’lmasligini, hammasini boshqatdan boshlashga endi juda kech ekanligini ham bilardi. Uning sinfdoshlari leytenant yoki kapitan bo’lishgan, unvonlari kundan-kun oshib borardi.
1950 yil erta bahor kunlarining birida uning maktabga sochi olingan holatda kelganini hali-hanuz unutolmayman. Yuz ifodasidan o’tgan yili rus tili maktabini bitirib, armiyadan qochib, o’qituvchilikni tanlagani xato bo’lganidan afsusdaligini, ikkinchi tomondan, o’zining burjua holatidan ham ko’ngli to’lmayotganini bilish qiyin emas edi.
Lekin oradan vaqt o’tib, 25 iyun voqeasi boshlangach, mamlakat notinchlikka yuz tutgan pallada, Che Sang Ho birdan mayor bo’lib oldi. Bu o’sha davrda shimoldagi hayot tarzi, sharoit qay ahvolda bo’lganligidan dalolat berardi.
Shunday qilib, yangi rus tili o’qituvchisi bo’lib maktabimizga kelgan ustoz Che Sang Honing maktab xodimlari orasidagi obro’si Pak Chono’kning o’quvchilar orasidagi obro’si bilan bir xil edi. Uning jahli chiqsa ikki ko’zi doim qizarib, qattiq jazavaga tushardi.
Bir voqea hodisasi shunday bo’lgan edi:
Yaponiyaning Kiyoto universitetini bitirib, mustaqillikkacha sotsializm nazariyotchisi sifatida uzoq-uzoqlarda tashviqot olib borgan, ozodlikdan keyin, professional maktabning direktori bo’lib ishlagan bir kishi, maktabimizda direktor o’rinbosari lavozimida ish boshladi. “Olti tilni bilarmish” kabi mish-mishlar tufayli o’quvchilar orasida obro’si oshib ketdi. Uning past bo’yiga o’tkir nigohi mutanosib, doim bejirim kostyum, yengil shlyapa kiyib yuradigan, vazmin, tashqi ko’rinishi bilan hammaga o’rnak bo’ladigan olim edi.
Lekin yangi director o’rinbosari lavozimida bir yil ham ishlamasdan, mavqei tushirilib, ishdan bo’shatildi va Chung Ang partiyasi nashriyotiga tarjimon etib tayinlandi. Sababi, bir kuni tor yubka, kamzul kiyib olgan, mayxonada ishlovchi ofitsiant qiz kredit pulini olish uchun direktor xonasiga kirganida, xonaning bir burchagida ham yordamchi, ham “qo’riqchi” vazifasini baravar olib borayotgan ustoz Che Sang Ho ko’rib qoladi va o’qituvchilar yig’inida bu voqe’ani muhim hodisa deb hisoblab, bosh organga yetkazadi, keyin bu rostdan ham katta muammoga aylanadi. Bu voqeaga boy odamlar erkinligining namunasi deb ham tamg’a bosdilar.
Bu inson direktor o’rinbosari bo’lishiga qaramasdan, o’z ixtiyori bilan adabiyotdan dars berishni istagani, bir kuni esa o’quvchilar orasida iqtidorini ko’z-ko’z qilish uchun nemis va ona tilidagi she’rni doskaga yozdirganini ko’rib, biz u haqda engil tabiat va bir oz maqtanchoq deb xulosa chiqargan edik.
Direktorimiz ishdan bo’shab ketgach, Peng Kang Gun partiyasining sobiq raisi, baland bo’yli va ochiq yuzli bir kishi yangi direktor bo’lib keldi. U fursat topdi deguncha xonasining bir burchagida yordamchi va “qo’riqchi” vasifasini bajarayotgan o’sha yoshgina Che Sang Ho bilan har bir ish xususida maslahatlashib oladigan bo’ldi.
Jahon klassik adabiyotini o’qishi lozimligini uqdirishga qanchalik harakat qilinmasin ustoz Che Sang Ho baribir adabiyotga qiziqa olmadi. U badiiy san’atga bo’lgan qiziqishini bir chetga surib, butunlay boshqa tomonga og’ib bo’lgandi. Agar o’tish davrining o’quvchisi timsoli sifatida Pak Chono’k tilga olinadigan bo’lsa, albatta, o’sha davrning o’qituvchisi timsolida ustoz Che Sang Honi ko’rsatishimiz mumkin. Bir og’iz so’z bilan aytganda, Pak Chono’k sinfdoshlarini qo’rqitib buyruq berganidek, ustoz Che Sang Ho ham o’qituvchilarni deyarli qo’rqitib, o’z amriga bo’ysundirardi.
Esimda, o’shanda birinchi sinfda o’qirdim. Qaysidir shanba kuni o’z odatimga xilof ravishda uyga erta qaytayotgandim. Tasodifan Pak Chono’kning uyi tomonga borib qoldim. Uyimga ketish yo’lida temir yo’llar kesishgan joy bor edi. Pak Chono’k shu kesishmadan keyingi, bitta ham daraxt o’smaydigan, qiyshayib qolgan, toshko’prigi bor, xaroba qishloqda yashardi. Hatto poyezddan chiqayotgan tutun ham bu joyga yetganda negadir quyuqlashib ketardi. Bu qishloq asosan qimorbozlar, o’g’rilar, eski, yolg’iz mayxonada xizmat qiladigan qizlar va piyonistalar, xullasi kalom, hayoti barbod bo’lgan kishilar yashaydigan bir sharmanda makon edi. Tomiga qora simlar o’ralgan kulbalar toshko’prik atrofidagi tepalikning u yer- bu yerga qurilgan bo’lib, betartib sochilgandek. Ularga kirishing bilan zumda burningga badbo’y hid urilardi.
O’sha kuni uyiga yaqinlashishimiz bilan Pak Chono’k maktabdagi faolligidan farqli ravishda birdan gapirmay, jim bo’lib qoldi. Qora rangli sumkasidan bir to’p kitobni olib, ozgina oldinroqda ketayotgan bu bolani men bunday ahvolda hech ham ko’rmagan edim va tabiiyki, nima bo’layotganini ham tushuna olmasdim. Sotsializmni maqtashni unchalik hushlamaydigan, ko’cha bolalaridan farqli o’laroq, kattalarga xos yomon so’zlarni ishlatmaydigan Pak Chono’k, nazarimda, men haqimda ham yaxshi fikrda edi go’yo. Balki, buning sababi men uning uyiga ketayotganim uchun hamdir degan o’y ham bor edi, menda. Ammo ba’zida ko’zini baqraytirib yovqarash qiladigan bu bolaning o’sha kundagi nigohi yanada qo’rqinchliroq edi. O’sha kuni uning uyigacha borgim ham kelmasdi. Pak Chono’k faqat ikkimiz bo’lishimizga qaramasdan yana odatdagi qiliqlarini namoyish qilayotgandi.
– Shunaqa degin, xo’sh, Kim Ho domlang yana nimalar dedi?
Yoki…
– Ha, sening fikringga ko’ra Tolstoy deganlari shunaqa inson bo’lgan ekan-da?! Lenin fikrlarida, hatto Ulug’ Vatan Urushi deya ta’rif berilgan davrlarda, hatto Stalinning gaplarida ham u haqida bir necha bor gapirilgan ekan-da, demak?? Lekin nima uchun shunday odam dinga, avom uchun afyun bo’lgan dinga ishongan?? Uning bunday savollariga nima deb javob berishni bilmasdan, boshim qotib qolardi. Pak Chono’kning uyiga borganimizda meni g’alati bir his chulg’ab oldi. Bir qarashdayoq nochorligi ko’zga tashlanib turardi. Birgina arzigulik manzara shuki, salqin ko’cha va dengiz ochiq-oydin ko’z o’ngingizda yastanib yotardi. Ammo bu manzarani ko’rsa ko’ngil xira bo’ladigan darajada chang bosgan pol buzib turardi Ustiga-ustak qalin chang bilan qoplangan pol yurganingizda g’ichirlab ketardi. Uyning bisoti shu yagona xonaga qo’shni yakka oshxonaga solingan sholcha bilan yakunlanardi. Bulardan tashqari uyning hatto oddiygina bir omborxonasi ham yo’q edi. Bitta eski quti va mol terisidan qilingan tog’ora turgan shu xonada uning yol’giz, juldur kiyim kiygan qari onasi astma bilan og’rib yotardi.
– Ha, keldingmi?.. Oshxonada qaynatilgan ikkita kartoshka bor… Eb ol….
Qari onaizor judayam zaif, ingichka ovozda gapirardi. Otasi ishga chiqib ketgan, ukasi esa hali maktabdan qaytmagan ekan.
Pak Chono’k shalog’i chiqqan eshikni sekingina ochib, oshxonaga kirdi. Ikkita qaynatilgan va sovib qolgan kartoshka solingan oq idish bilan bir siqim tuz olib chiqdi. Uning bu holati maktabdagi vajohatidan butunlay farq qilardi. U sodda va mehribon inson qiyofasiga kirib qolgandi. Yosh boladay kulib:
– Qani, bittadan oldik. Sovib qolgan bo’lsa ham yesa bo’ladi dedi-da, bitta kartoshkani mening oldimga surib qo’ydi…
Bu voqeadan keyin, mana, deyarli o’n yil o’tib ketgan bo’lsa ham o’sha kuni yegan, ezilib ketgan g’alati kartoshka ta’mini haligacha unutganim yo’q. Bilmayman nega, o’shanda ko’zlarimda achiq yoshni his qilgandim. Shundan so’ng Pak Chono’kning maktabda tentirab yurishini, har qanday noodatiy qiliqlarini tushunganday bo’lardim va uni kechira olardim. Binobarin, biz yashab turgan muhit ostida eng asosiy ijtimoiy turmush yashiringanini ham tushunib etgandim.
Pak Chono’k ham yuqori maktabning so’nggi bosqichi (3-sinfi) ni bitirishi yaqinlashgani sari bezovtalana boshladi. Oldinda universitetga kirish va Sovet Ittifoqiga o’qishga borish turardi. Baholarimiz faqat ijtimoiy fanlardangina yaxshi bo’lib, qolganlari aytib bo’lmas darajada edi. Pak Chono’kning o’qishga ishtiyoqi balandligi uchun kechasi bilan tinimsiz mutolaa qilardi. Oqibatda tez-tez boshi og’rib qolar, uning bu holatidan esa biror yaxshi natija kutish amrimahol edi.
Shu paytga kelib mamlakatda 25 (yigirma beshinchi) iyun voqealari boshlandi. 28 (yigirma sakkizinchi) iyun kuni tush paytida, Pak Chono’k maktab majlisida birinchi nutq so’zlovchi bo’lib turardi. Uning so’zlagan nutqi, gapirgan gaplari va baqirgan ovozi uzoq vaqtgacha qonimizni qaynatdi. Odatdagi juda ko’p majlislarda me’daga tegadigan gaplarini yig’ib kelmaganmikan deb noto’g’ri fikrga borgan edik, bu safar.
O’sha kuni bitta ham o’quvchi darsdan qochib ketmadi. Bulutlar pastlab, kun qorong’ilashib qolgandi. Lekin shu qorong’ulik qo’ynida ham uzoq- yaqindagi tog’lar yana ham qorayib, aniqroq korinib turardi. Biz sinfdan otilib chiqib, ma’ruza zaliga kirdikda, bir-birimiz bilan pichirlasha boshladik. Hammaning yuz korinishi jiddiy, yagona muhit hukmron edi. Seulning bosib olinishi haqidagi xunuk xabar yuragimizni ezardi. Kun ochiq bo’lsa ham yorug’lik yaxshi tushmasligi bois elektr yoritgichlari uzun arqon bilan u yer-bu yerga osib qo’yilgan, ma’ruza zalida bo’sh joy qoldirmasdan zich bo’lib o’tirgandik. Direktor va o’qituvchilar kirib chiqadigan eshik tomonning oxiriga noodatiy ravishda bir chiziq bo’lib tizilishdik. Gavjum zal ham suv quyganday jim -jit edi.
Birdamlik hammamizni bir-birimizga yaqinlashtirganini barchamiz his etib turardik. Shunday qilib, birinchi bo’lib Pak Chono’k: “O’rtoqlar bizning botir askarlarimiz bugun tongda Seulni qaytarib oldilar. Vatanimiz yakdilligi ko’z oldimizda yaqinlashib kelmoqda. Ayni daqiqada biz qanday qilib shunchaki tomoshabin bo’lib turishimiz mumkin, do’stlar!”, deb stolni mushti bilan “taq” etib urib qo’yganida qarsak va olqishlar momaqaldiroqday tinmay yangradi. Bu kabi olqishlarning o’xshashi yo’q, ularning tengi bo’lmaydi. Oxir-oqibatda olqishlar to’fonida portlash sodir bo’lib, atrof go’yo toshqin ichida qolgandek, zal vajohatli tus oldi. “To’g’ri!!! To’g’ri!!!” – qaysidir o’quvchi beixtiyor o’rnidan turib ketdi va qo’llarini bir-biriga urib bor ovozi bilan qichqirdi:
– Seulning egallanishini, birdamlikni biz qo’sh qo’llab quvvatlab, iliq kutib olaylik!! Ha, kutib olaylik!! Kutib olaylik!! Kutib olaylik!!!
Kimdir to’satdan turib uning da’vatini davom ettirdi:
– Bu sharafli vazifa yo’lida biz, birodarlar, vaqtni bir kunga ham cho’za olmaymiz – ketdik!!! Ketdik!!! Ketdik!!!
Zalda hukm surayotgan xursandchilik va hayajon eritilayotgan temirning qaynashiga o’xshardi. Birlashish deganda, hammaning xayoliga jarayonga tezda kirishib, qo’shilib ketish kelardi, o’sha onlarda. Birlashish tushunchasi charxpalagida hech kim ortda bo’lmasligi, chekinmasligi va qoqinmasligi kerak edi. U xoh Pak Chono’k bo’lsin, xoh Sang Ho bo’lsin yoki haydalgan director yoxud yangi kelayotgani, xoh janubga ketgan o’sha ingliz tili o’qituvchisi- hamma-hammasi birlashish deb atalmish qaynoq qozon ichida baravar qaynayotgandi.
Ikki kundan keyin, 30-iyunda, ko’ngillarda o’zgacha bir umid va hislar mavjlanayotgan bir paytda, maktabimizning har bir burchagida, favqulodda noxush xabar tarqaldi: BMT urush boshlanganini e’lon qilgandi! Bu xabarni eshitib karaxt bo’lib qolgandik. Bu yuqoridan pastga to’satdan yiqilib tushganda sodir bo’ladigan holatga o’xshardi, quloqlarimiz bitib qolgandek. Bizni bir muddat dahshatli sukunat chulg’ab oldi. Barchamiz esankirab qolgandik. Tovushlarimiz titrab, o’zimizni hushdan ketayotganday his qilardik. Barchamizning ko’z oldimizga kuni kecha bo’lgan yig’ilish va unda aytilgan xushxabar kelar, birlashish haqidagi fikrlar endi bir sarobday tuyulardi. Aslida bu xabarning asl mohiyatini tushunmaganimiz uchun ham bu gaplarning bizga umuman daxli yo’qdek edi. Ushbu voqea zamiridagi ko’ngilsizliklar, o’ttiz yil va undan ham ko’proq taqdirning o’qdek tig’lari ko’nglimizni pora-pora qilishi haqida o’ylash hayolimizning bir chetiga ham kelmagan edi. O’shanda biz buni echimi yo’q jumboq, uzluksiz davom etadigan muammo ekanligini bilmagan ekanmiz.
Iyulning boshiga kelib ko’chamizda allaqachon “Harbiy dengiz kuchlari boshqarmasi” joylashgan va hatto bu binoda dastlabki portlash ham sodir bo’lgan edi. Biz, maktabning uchinchi – yuqori bosqich talabalari ekanligimizga qaramasdan ikki guruhga bo’linib, hamma odamlar qatori urushga tayyorgarlikni boshlab yuborgandik. Bundan tashqari yalpi vaziyat ham o’zgacha tus olgan, iyulning o’rtalaridan boshlab, asosiy front allaqachon boshi berk ko’chaga kirib qolgandi. Shu yilning 15 (o’n beshinchi) avgustini ona Vatanning birlashishi yo’lidagi bayram sifatida nishonlashni katta maqsad qildik va uni Seuldan boshlashni lozim topdik. Bu ishlarning olib borilishi sekin – asta Masan, Vekvan, Yo’ngdo’k kabi shaharlarga ko’cha boshladi. Bundan ortib bosh ham qimirlatib bo’lmasdi. Ba’zida frontdan maqtov aralash yetib kelayotgan xabarlar tuman kabi mavhum edi. Kichkina harbiy qismning oddiy askarlari yoki mustaqil mulohazaga ega bo’lmagan zobitlari haqidagi mish-mishlar front haqidaerishni bo’etkazadi. ang Ho ko’nt qiz kredit pulini olish uchun direktor qot olib borgan,____ g’alati xabarlar tarqalishiga sabab bo’lardi. Bu mish-mishlar asosan zobit yigitlarning do’stlari orqali etib kelardi. Aslida bunday gap-so’zlarsiz ham ko’z oldimizda bo’layotgan hodisalar talvasaga tushish uchun yetarli edi. Deyarli har kun bombardimonchi samolyotlar shahar uzra uchib yurar, davlatga qarashli harbiy binolar allaqachon vayronaga aylangandi. Vodiylar, ko’chalar va qishloqlar pulemyotlardan daqiqa sayin tartibsiz otilayotgan o’qlar va piyoda askar diviziyasi bilan shu darajada to’lgan ediki, tiqilinchdan hatto qo’zg’alish ham mumkin emas edi. Askarlar okop qazib, yashirinib olgan yoki maktab va uylarga tarqoq joylashtirilgandi. Harbiy marsh va boshqa harbiy manyovrlarni tunda bajarishga majbur bo’lishardi. Shundagina dushman shikast yetkaza olmasdi. Urush chegarasidan tashqaridagi barcha hududlarda ham do’zax kabi tartibsizlik hukmron edi. Ustiga-ustak janubdan Seul tomon shimoliy yo’nalishda ko’p sonli askarlar ommaviy tarzda yo’lga chiqishgan, lekin ularda talabga javob beradigan kuchning o’zi yo’q edi. Zobitlarning etib kelishi oz sonli yaroqli odamlarni ham oziq-ovqat yetishmovchiligi qiynayotgan paytga to’g’ri kelgandi.
Bu jahannam va do’zax azobi shunday ogir vaziyatda Janubdan endigina kirib kelayotgan ko’ngilli lekin tajribasiz soldatlarning siyosiy va g’oyaviy harakatlariga umid boq’lash va ishonish natijasi ekanligini tushunib yetdim. Odam sonining yetishmasligi sabab armiya brigadasiga yaqindagina oxirgi bo’lib qo’shilgan biz maktab bitiruvchilaridan bir nechtasini favqulodda topshiriq bilan joylarga yuborishardi.
Lekin o’sha paytlari janub dunyosi haqidagi mavhum narsalarni o’rganishga bo’lgan qiziqishim tushga o’xshash, sababsiz yuzaga kelgan, telba bir hissiyot edi. Umuman Seulga kelayotgan ko’ngilli askarlar aslida kimlar? Ularning ko’rinishlari qanaqa? Ko’ngilli bo’lishlaridan maqsadlari nima? Bundan tashqari so’nggi 5 (besh) yil davomidagi janubliklarning hayoti umuman qanday ko’rinishga ega, haqiqatan ham shimoldan eshitganimizdekmi, yoki boshqachami? Bularning hammasini bilishni istardim.
Vahshilylik bilan qilinayotgan shafqatsiz hujum paytida birlashish hali ham dolzarb muammoligicha qolgandi. Maxsus yig’inlarda, aniq ma’lumotlar asosida “Yosudagi qo’zg’olon”, “Chejudagi isyon” va shunga o’xshash voqealarning qanday sodir bo’lganligi haqida quloqlarimizga bir necha bor quyilib, ulardan bezib ham ketgandik. Aslida bizni inqilob yetakchilari ko’proq qiziqtirardi. Ana shunday qo’zg’olonlarning sardorlari hisoblanmish Sing Man Ri yoki Kim Gu o’zi qanday odam ekan.?! Sovet Ittifoqi qo’shinlari tomonidan egallab olingan, sotsializmni ilgari surayotgan Shimoliy Koreya tizim turining, Pak Chono’k, Che Sang Hoga o’xshaganlarning siri nimada ekan? Demokratiyani va’da bergan janubiy Koreya kimlarga tayanib ish ko’rmoqda? Bularning hammasi men uchun qiziq edi.
Janub dunyosidagi muhit, turmush tarziga o’zim guvoh bo’lmaganim uchun u haqida aniq tassavvurga ega emas edim. Lekin hammaning yeb-ichish va yashash ilinjida 38- parallelni kesib o’tib, janubga yo’l olayotgani Janub haqidagi taxminimni qat’iy xulosalarga almashtirishimga yetarli asos bo’la olardi. Shuningdek, bularning hammasi janub xususidagi taassurotimni tiniqlashtirardi. Aslida, bunday aniq xulosalarga kelishimning asosiy sababi Chong Sang Dong og’aning hayoti bilan ham bog’liq edi va uning misolida janubdagi hayot ko’z oldimda yaqqol gavdalanardi.
Yapon mustamlakasining so’nggi yillarida o’rta maktabning 1- (birinchi) kursiga kirgandim. 4- (to’rtinchi) kurs o’quvchilari eng katta kurs bo’lib, og’alar boshlig’i hamma kurs o’quvchilarini birday nazorat qilib, mashq bajarishga majbur qilishardi. Chong Sang Dong ismi jismiga monand mittigina, past bo’yli, lekin o’ziga yarasha salobatli, kelishgan yigit edi. Qachon, qayerda ko’rmang haqiqatgo’y obro’lilardan hisoblanar, bir ko’rishdayoq aslzodalarday taassurot qoldirardi. O’ylaganimdek, u eng boy hudud – Sanjedongda yashagan ekan. U odatda kamgap va jiddiy bo’lib, ikir- chikirlarga e’tibor bermaydigan odam edi. Lekin mavridi kelganda hamma maktab o’quvchilarini muhim ishlarga jalb qilib, ulraga yo’lboshchilik ham qila olardi. Unga hech kim qarshilik qilmasdi. Xullasi kalom, ana shunday e’tiborli odam edi Chon Sang Dong.
Yaponiya chekingandan so’ng, 1945 yilning sentabr oyida bo’sh o’rinlar yangitdan to’ldirilib, maktab darvozasi qaytadan ochilgandan so’ng, Chon Sang Dong ham maktabga odatiy, boshqa oddiy o’quvchilar kiyimida qatnay boshladi. Uning o’zigagina xos savlat, muloyimlik har bir kishining ko’ziga darrov tashlanib turardi. Tez orada Chon Sang Dong hech kimning e’tirozisiz o’quvchilar jamiyatining rahbari etib tayinlandi. U zalning orqa o’rindiq’ida o’tirganlarga o’z minnatdorchiligini eshitilar-eshitilmas darajada, bir necha so’z bilan ifodalab, sokin gapirardi. Chon Sang Dong nutqidagi xotirjamlik ham uning yana bir o’ziga xos fazilatini ko’rsatardi.
Bir necha oylardan so’ng, 1946 yilning yanvari boshlarida direktor maktab xodimlari va o’quvchilar o’rtasida maktabni boshqarish bilan bog’liq bahs-munozaralar, kelishmovchiliklardan bezib, bir necha o’qituvchini o’zi bilan ergashtirib janubga ketib qoldi. Uning o’rniga daotsizm ta’limoti tarafdori bo’lgan odam-tuman xalq ta’limi bo’limining sobiq mudiri direktor bo’lib keldi. O’shandan keyin Chon Sang Dong og’a ham sirli ravishda, izsiz yo’qolib qoldi.
1946 yil g’alayonlari paytida janubga birinchi bo’lib qochganlar orasida bizdan ketib qolganlar ham bo’lganmikin-a? Menga qolsa maktabimiz vakillarini “qochoq” deb aytmagan bo’lardim.
Taxminlarimga ko’ra, 1945 yilning sentabridan 1946 yilning yanvar oyi oxirlarigacha bo’lgan to’rt oy mobaynidagi maktab muhitini eslasam, bu qandaydir o’xshovsiz ishlangan shisha idishga yoki tutruqsiz ertakka o’xshab ko’rinardi. Bu muhit yangidan o’sib chiqqan pibimpabga[1] o’xshab janub hayotidan umuman farq qilmas, xuddi Toiso va Suoiva davrlarida Yaponiya boshidan kechirgan hayotdek edi. Aslida, ustozlarning ko’p qismi yapon yuqori maktabi yoki universitet bitiruvchilari bo’lib, kamdan kam holatda Amerika va Yevropa tuzini totgan odamlar qo’shilib qolgandi. Domlalarning hammasi ham G’arbiy Yevropaning oliyjanob jentelmenlari, har qaysi jihatdan “qiynalish” degan narsani bilmay o’sgan odamlar edi. Ertalabki choshgohda kichkina jussasiga hamohang ko’rinishli maktab o’qituvchisi plash ichida joylashgan apelsin rangidagi chiroyli kostyumining yuqori cho’ntagida ikki bosh barmog’i tiqilgan holda moviy osmonga alanglab qarab, “bugun osmon juda musaffo, talabalar, sizlar ham bugungi tong kabi sof va musaffosiz deb”, aytganida tushunib bo’lmaydigan bir hisni tuygandim, o’shanda.
Bir necha yildan so’ng men ham janubga qochoq bo’lib kelgan vaqtimda qachonlardir ilk qochoqlar oqimiga qo’shilib kelib qolgan o’qituvchilarim allaqachon bu yerdagi universitetlarda professor, oliy boshqarmalar mutaxassisi va boshqa nufuzli lavozimlarda faoliyat ko’rstaishardi.
1946 yilning yanvar oyi boshlarida qat’iyatsizlik va ikkilanishlar, chalkashliklardan bezib turgan paytlarimiz janub g’oyalari o’rniga orzularga yetaklovchi, yangi Shimoliy Koreya tizimini o’rnatish harakati bizning maktabimizga ham etib kelgandi. Maktabdagi ushbu harakat boshida turgan kishi, albatta, o’sha eski direktorimiz o’rniga kelgan, daotsizm ta’limoti tarafdori, sobiq xalq ta’limi mudiri edi. O’sha paytlari biz uning ikki soatlab davom etadigan uzundan uzoq targ’ibot, nutq va ma’ruzalarining dastlabki guvohlari edik.
“O’tmishning kishani – yapon mustamlakachiligi zulmidan azob chekib, 36 (o’ttiz olti) yil umrimiz o’tdi. Undan keyin hukumatimiz o’yin qilib, bizni avvalgidan ham qiynayotganiga 3 (uch) oy bo’libdi, vaholanki, mustaqil bo’lganimizga 4 (to’rt) oy bo’ldi, o’rtoq talabalar. Jabr chekkan butun jahon xalqlarining ozodligiga general Stalin boshchiligidagi buyuk ruslarning mardonavor kurashi bilan erishilgan”, deb dona-dona so’zlash uslubi, gapirish ohangi ham boshqacha edi, yangi maktab direktorining. Uning biz uchun noma’lum bo’lib kelgan fikrlari, safarbarlikka chorlovchi (azbaroyi nima haqida gapirayotganini tushinmagan bo’lsam-da) qandaydir tarix va jamiyat tizimi haqidagi mafkuraviy chaqiriqlari shu paytgacha qulog’im ostida jaranglab turgandek bo’ladi. Barcha talabalar jamlangan joyda bir qo’lida ko’k daftar tutib, tik turganicha Leninnikiga o’xshash ko’k shlyapasini stol ustiga qo’yib, peshona terini arta-arta, ikki soatlab, uzoq, jo’shqin nutq so’zlagandi. “Ha shunday! Endi…Bugun osmon musaffo. Siz talabalar, hammangiz shu tong kabi sof va musaffo ko’rinasiz” kabi maroqli va sururli, shuninged samimiy gaplar bizni endi butkul tark etgandek edi.
Chon Sang Dong og’a ham o’sha tartibsiz vaziyatlarda sirli ravishda g’oyib bo’lgandi. Yo’q, bunday o’zgarish, albatta, ishonchli boshqaruv borasidagi munozaralar qurshab olgan mudhish vaziyat bilan bir vaqtning o’zida sodir bo’lib qolgan emasdi. Og’aning yo’qolib qolishi navbatdagi zarba edi, xolos. O’zgarishlar allaqachon boshlanib, sekin-astalik bilan natija ko’rsatayotgandi. Oldiniga Chon Sang Dong Ko’ng Chong nomi bilan talabalar uyushmasiga raislik qildi. Bu odamning o’zi tabiatan boshqalarga o’xshmaydigan, tug’ilganidan boshlab G’arbiy Yevropalik jentlmendek fikr yuritardi.
Dunyo charxpalagida hech narsa abadiy bo’lmaganidek ma’lum muddatdan keyin raislik yana almashib, boshqa bir talaba uyushmaga rahbar etib tayinlandi. Chon Sang Dong og’aning o’zgarishlar ta’sirida o’z o’rnini bo’shatishi ta’biiy bo’lsada, keyin sirli ravishda, birdaniga yo’qolib qolishi hayron qolarli edi. Uning ham janubga ketib qolganini anchadan keyin bildim.
Birinchilardan bo’lib janubga ketgan kishilar, aslida bizdan farqli, boshqacha odamlar bo’lgan, degan mavhum tushuncha bor edi bizda, o’sha paytlarda. Ulardan keyin 1948 yil 38 – parallel yopilgan paytda orqama-ketin janubga yo’l olganlarning ikkinchi guruhi, men avvalroq ta’kidlagan ingliz tili oqituvchi singari odamlardan iborat edi.. Qochoqlarning keyingi, uchinchi oqimi Korea Jangi boshlangandan keyin, yaqinlashib kelayotgan Xitoy qo’shinlaridan qochib, chegarani kesib o’tishga majbur bo’lgan, juda katta guruhdan iborat bechorahol qochoqlar bo’lgan. Yuqoridagilarni hisobga olib Chong Sang Dong og’a ketganlarning aniq birinchilari bo’lsa kerak, degan xulosaga keldim.
Shunday qilib Chong Sang Dong Janubga birinchilar qatorida ketgan va keyin, ba’zi mish-mishlarga qaraganda, harbiy xizmatdan so’ng, Seul universisetining huquqshunoslik fakultetiga o’qishga kirgan emish. Uning tabiatidan shunday qaror qabul qilishiga ishonsa bo’lardi. Bu voqealardan keyin, chamasi bir yildan ko’p vaqt o’tib, 1947 yilning boshlarida yoki Pak Chono’k qaytib kelishidan oldinroq, kutilmaganda Chon Sang Dong og’a ta’til olib, o’zi tug’ilib o’sgan joylarga qaytib keldi. 38 -chiziq qattiq nazorat ostiga olinganligiga ancha vaqt bo’lgan edi. Yapon boshqaruvi davrida o’zini ancha tutib olgan odamlar o’z o’rnini mustahkamlab bo’lishgan. Bu janobning tasodifan qaytib kelishi meni ozgina hayratga solib qo’ydi. U Seulga shunchaki universitetda o’qish uchun ketgandek edimi? Lekin universitet faqatgina Seulda mavjud emasdi, balki Heng Yangda ham allaqachon yangi oliygoh ochilgan bo’lib, uzoq-yaqindagi ko’pchilik yoshlar shu erga hujjat topshirayotgan bir davr edi.
Buning ustiga, aynan o’sha paytlarda Yon Chong bo’ylab o’tgan 38- parallelni pulga yo’l boshlovchi yo’llab kesib o’tayotgan baxtsiz odamlar taqdir taqozosi bilan rus askarlari o’qlaridan otib tashlanar, yoki qo’lga tushib uzundan-uzoq cho’ziladigan harbiy sudga duchor bo’lishardi. Shunday xavfli vaziyatda, bundan bor yog’i bir necha kun oldin 38 – parallelni kesib o’tgan Chon Sang Dong og’aning hech qanday asoratsiz va qiyinchiliksiz kirib kelgani ajablanarli edi. Uning yuz-ko’zlaridan go’yoki kuppa- kunduzi, chegarani xotirjam kesib o’tgan-u, yo’liga to’g’anoq bo’lganlarga esa sharaf bilan: “Meni o’z yurtimda qiladigan ishlarim bor va ko’nglim vatanimga kelishni xohladi, istagim ona-yurtimga qaytish ekan, xo’sh, kim menga qarshi chiqa oladi” – deb aytayotgandek bo’lardi. Chon Sang Dong og’a hech narsa bo’lmagandek shimolga qaytib kelgandi. U janubga ketib qolgan paytidagidan umuman farq qilmasdi. Faqat oganing g’arb ziyolilariga xos modali kostyumi va unga mos bo’yinbog’i, o’sha paytlarda udum bo’lgan soch qo’yishi uni ancha bashang qilib ko’rsatardi. Kalta qilib ochilgan ensasi ham butunlay boshqacha ko’rinishda bo’lib, aynan Chon Sang Dong uslubining o’ziga xosligini eslatardi. Unda talabalar uyushmasi boshlig’i vazifasini egallagan vaqtlardagi hayajon endi umuman yo’q edi. O’zi tamomlagan eski maktabga o’z oyogi bilan yana qaytib kelgan odam ham aynan Chon Sang Dong, chunki u aynan shuni istagandi.
Keyinroq bilsam, Chon Sang Dong, taxmin qilganimdek, 1946 yilning boshlarida, ko’chishning ilk bosqichidayoq eng birinchilardan bo’lib, oilasi bilan yana janubga ketib qolgan ekan.
O’sha paytlari janubga ketgan bo’lsa ham, keyin ochiqchasiga o’z vataniga qaytib, o’zi bitirgan maktabni izlab kelgan. Uyushma boshlig’i bo’lgan paytlari o’zi yordam bergan talabaning maslahatiga ko’ra maktabning har bir burchagini ko’zdan kechirib, mamnun holda boshini chayqab, miyig’ida kulib qo’yardi. Ko’nglida tasodifan uyushma rahbarligidan chetlashtirilishi, keyin boshqa birovning rais etib tayinlanishi haqidagi xabar bilan bog’liq achchiq xotiralar bo’lsa-da, unda hech qanday norozilik ifodasi yoki biror kimsaga nisbata alamzadalik hissi korinmas edi. Bu dunyoda nima bo’lganda ham ularning o’ziga xos sabablari bor ekanligini chuqur tafakkur, tiniq tasavvur bilan his etib, to’g’ri xulosalarga kelish, uning xulq -atvori, o’zini tutishi va ichki olamida namoyon bo’lardi.
O’sha kuni Chon Sang Dong og’aning barcha maktab o’quvchilari qarshisida turganligining ayni haqiqat ekanligi meni yana bir bor ajablantirgandi.
Dars tugagandan so’ng, Ming Chong uyushmasi tomonidan berilgan tezkor xabarga ko’ra har bir sinfning a’zo talabalari jang sirlari o’rgatiladigan zalga yig’ilishdi. Yapon boshqaruvi davrida qilichbozlik va dzyudo o’rgatiladigan zalga o’xshash bir xil xonalarga o’sha zamonlarda tatami[2] to’shalgandi. Lekin hozir bu jang ko’rpalari olib tashlangan, tekis, qop-qora, ochiq taxtali pol ko’rinib turardi. Biz bu yerni Yapon boshqaruvi davridan qolgan nom bilan atab kelardik. Aslida bu zaldan ko’p ham foydalanilmasdi. Odatda maktab hovlisida turli marosimlar, talabalarning umumiy yig’ilishlari uchun joy kerak bo’lgan holatlarda shu zaldan foydalanishardi. Yangilik bilan bog’liq yig’ilishlar odatdagi munozaralarsiz bo’lmasdi. ” Xabarlar haqidagi yig’ilish”- degan bu atama ham, nazarimda, bir oz g’alati va g’ayritabiiy edi. Yig’ilish tugagach, tashqariga chiqqanimizda bulutlar pastlagandek, bir ozdan keyin qor ham yog’ib yuboradigandek tuyuldi. Kech qish havosi bo’lishiga qaramasdan yoqimli bir iliqlik bor edi. Biz kitob, sumkamizni tutganca guruh-guruh bo’lib mudojan[3] zaliga kirib bordik. Hozirgina tozalangan zal ichini tutun aralash chang tutib ketgandi. Turli sinf a’zolaridan bo’lgan o’quvchilar navbat bilan, hech narsasi yo’q, yalang’och taxtali polga tiqilishib, yonma -yon o’tirdik.
Birozdan so’ng, Ming Chong uyushmasi rahbari miyig’ida kulib, notiqni ichkariga olib kirdi. Ne ko’z bilan ko’rayki, qarshimda Chon Sang Dong turardi. Hayratdan tilim aylanmay qoldi. Undan ikki yosh kichik bo’lgan, a’zolarning hozirgi boshlig’i yon devorda osilgan ulkan tekikki[4] tagidagi toza stol oldiga borib, ohista gap boshladi:
“Bugun yana bir maxsus axborot haqida xabar bermoqchiman. Nafaqat boshqalar, balki siz janoblar ham yaxshi bilasizlarki, biz hurmat qiladigan, o’rtoq Chon Sang Dong bir qancha vaqt muqaddam Seoulga ketgan edilar. Bu hurmatli do’stimiz bir necha kun oldin qaytib, Milliy Universitet tashkil etish rejasiga qarshi chiqqanlarning etakchisi bo’lishda davom etmoqdalar. Shu sabab do’stimizning kamtarlik qilishlariga qaramasdan ularga so’z berishga qaror qildik.”
Mana shu tarzda Chon Sang Dong Janubiy Korea davlatining Seoul Universitetini Milliy Universitetga aylantirish rejasiga qarshi kurash axborotini berish uchun kelgandi. Boshqacha qilib aytganda, u ushbu jangning jasur jangchisi sifatida axborot bermoqchi edi.
Shu tariqa tanishtiruvdan so’ng Chon Sang Dong yuzida tabassum bilan, biroz oldinga odimladi. O’rindiqning ikki chetiga qo’llarini tirab, yuzida chuqur hayajon aks etganicha jim qotib turdi. Nihoyat oxistalik bilan gap boshladi:
“Hozirgina Ming Chong uyushmasi rahbari meni shu kunlarda Milliy Universitet rejasiga qarshi kurash yetakchisi sifatida faoliyat yuritmoqda deb aytdilar. Janob “etakchi” deb biroz oshirib yubordilar. Balki etakchilikdan uzoqroq, eng uquvsiz, oxirgilarning oxiri deyishim ham mumkindir. Lekin shunday desam o’zimni ham, sizlarni ham kamsitgan bo’laman. Shuning uchun, keling yaxshisi, eng oxirida yuruvchilardan sal yaxshiroqman, deb aytaqolay.”
Ushbu so’zlarni aytarkan yonida o’tirgan Ming Chong uyushmasi rahbariga qarab miyig’ida, ma’nosiz kulib qo’ydi. Yalang’och taxta polda o’tirgan biz talabalar ham unga ergashib kuldik.
Bunday nutq, bu ohang, bu yuz ifodasi -bularning hammasi jang maydonidan yiroq bo’lsada, u hozir haqiqiy jangchiday so’zlayotgandi.
“Avvalo, sizlarni qiziqtirayotgani Milliy Universitet rejasi mohiyatini bilishdan iborat deb o’ylayman. Bu o’zi nima? Buning ortida kimlar turipti? Milliy Universitet rejasida qanday siyosiy maqsad bor? Umuman, shunga o’xshash savollarga bir oz to’xtalib o’tmoqchiman”.
U o’z nutqini mana shunday jiddiy ko’rinishda davom ettirib, har safargidek xotirjam gapirardi. Uning har bir aytgan gaplari sodda va tushunish oson edi. Quyilib kelayotgan bu so’zlar, fikrlar, bir ikki soat davom etadigan, aniq dalill va faktlarga asoslanmagan, quruq, umumiy gaplardan iborat bo’lgan odatdagi axborotlardan butunlay farq qilardi. Bu kabi yig’inlardan ko’nglimiz buzilib, zerikib ketgandik. Lekin Chon Sang Dongning Janubdagi vaziyat, Milliy Universitet rejasiga qarshi olib borilayotgan harakatlarning holati haqidagi nutqi, so’zlash ohangi va uslubi bizni butunlay rom qilib, qiziqtirib qo’yqandi.
Chon Sang Dong, janubdagi Milliy Universitet rejasiga qarshi bo’lganlarning biri bo’lgani uchun buning salbiy tomonlarini tushuntirishga harakat qilardi. Bu reja bilan bog’liq muammolar echimini sekin – asta, birma-bir topib kelayotgandek edi. Undagi bu kabu xususiyatlar o’sha paytlarda, biz o’rganib qolgan sotsialistlardek o’rindiqlarni silkitib chiqib ketish, ortiqcha mag’rurlik, o’zini ustun qilib ko’rsatish kabi jirkanch jihatlardan ancha yiroq edi
Chon Sang Dong aynan shu ko’rinishda, go’yo janubdagi Milliy Universitet barpo etish rejasiga qarshi jangda qatnashayotganga o’xshardi. Gaplari qisqa va lo’nda bo’lsada, qiziq hikoya kabi ta’sirli edi.
Bu narsa meni bir tomondan hayratga solsa, boshqa tomondan chalkashtirib yuborardi. Shimoliy Koreyaning yangi tizimi tarafdorlari bo’lgan Che Sang Xo, Pak Chono’kka o’xshagan g’alamis kishilardan qutulish uchun birinchilardan bo’lib janubga ketgan , Chon Sang Dongdek odam, qanday qilib bir o’zi butun boshli Milliy Universitet barpo etish rejasiga qarshi kurashayotgan ekan. Bu janub dunyosida qanday siyosat hukmronki, shunday mukammallikni yaratmoqda.
O’sha vaqtlarda janub haqidagi ilk yorqin tasavvurim aynan Chon Sang Dong og’a orqali uyg’ongandi. Uning 38-parallelni kesib o’tib, yana janubga ketib qolganiga chamasi 30 (o’ttiz) yil bo’ldi. Hozirgacha undan aniq xabar topmaganman. Balki Seouldagi g’alayon paytida shimollik yoki janublik askarlar tomonidan otib o’ldirilgandir. Yoxud o’sha paytdagi ko’pchilik askarlar safiga qo’shilib yana shimolga qaytib kelgandir. Taxminlar ko’p. Nima bo’lganda ham bu taxminlarning qaysi biridir haqiqat. Chon Sang Dong 1947 yilning erta bahorida kuppa- kunduzi, bamaylixotir chegarani kesib o’tib, yo’liga to’g’anoq bo’lganlarga sharaf bilan: “Men o’z mamlakatim uchun qiladigan ishlarim bor va ko’nglim yurtimga kelishni xohladi, istagim vatanimga qaytish ekan, xo’sh, kim menga qarshi chiqa oladi” – deb, qaytib kela olmasligi aniq edi.
Kim biladi, balki oilasi bilan birinchilardan bo’lib Amerikaga ko’chib ketgan bo’lsa ham kerak. Hozir ham 50 yil oldingi o’ziga xos sifatlarga ega bo’lgan Chon Sang Dong Amerika fuqaroligini olib, tinchgina, hassasiga tayanib, Kimgang va Pektu tog’larida sayr qilib yurgan bo’lishi ham mumkindir. Bu taxmin ham hech qanday asosga ega emas.
Mening Janub haqidagi ikkinchi tasavvurim Li Guang Jin hayoti orqali namoyon bo’lardi.
U Guangvo’ndo’ning To’ngcho’n degan joyidagi o’rta maktabdan sinfimizga yangi kelgandi. Lekin Li Guang Jinda oddiy qishloq bolasiga xos soddalikdan asar ham yo’q edi. Bir qarashdayoq boshqa bolalardan keskin ajralib turishini bilish qiyin emasdi.
Li Guang Jin ozod bo’lgan yilimiz yapon yigitlari tashlab ketgan bo’sh o’rinlarni to’ldirish uchun o’quvchi yig’ish vaqtidan sal kechroq kelgandi.
O’sha paytda faqat Li Guang Jingina emas, balki boshqa uzoq-yaqin qishloqlardan ham ko’pgina bolalar maktabimizga tizilib kirib kelishdi. Yaponlar qaytib ketgandan keyin, mustaqillik yillari ta’limga katta e’tibor berilganligi uchun maktabimiz eshiklari katta ochilishi bilan birga yangi maktablar yomg’irdan keyingi qo’ziqorinday ko’payib ketdi. Yaqin atrofdagi Anbyo’n, Muncho’n kabi qishloqlardan kelgan bolalar mayliku-ya, hattoki janub tomondagi Sepo’, Cho’rwo’ndan tortib shimoldagi Ko’von, Yo’ngvongacha bo’lgan qishloq bolalari har oy uy ijara haqi sifatida 2 (ikki) kg. guruch to’lab o’qishardi. Bu bolalarning ko’pchiligi go’l va sodda bo’lib, bu erlik ko’cha bolalaridan butunlay farq qilardi va kishida boshqach tasavvur qoldirardi. Bir-ikki yil ichida bu qishloq bolalarning ko’pchiligi Pusan, Jongyo shaharlarida tashkil etilgan Ming Chong qo’mitasida asosiy boshqaruv o’rinlarini egallab olishga ulgurishgandi.
Chekka qishloq bolalaridan bo’lgan Li Guang Jin ulardan keskin farq qilardi. Qish faslida, ko’kragining o’rtasida oq to’lqinsimon chiziqlari bor to’q jigarrang sviter, qaytarma qalpog’i (kapyushoni) osilib turadigan qimmat plash kiyib, uncha-muncha shahar bolalarini ortda qoldiradigan darajada xushbichim edi. Har qanday ishda oddiy qishloq bolasiga o’xshamas, qat’iyatli, qiziqqon va ozoda edi.
Asli kelib chiqishi haqida so’rashganda u hardoim “o’rtahol fermer” deb aytardi. Lekin uning oilasi qishloq xo’jaligi, baliqchilik, savdo-sotiq va yana shunga o’xshash narsalarni birgalikda olib boradigan boylar sinfi sifatida ma’lum bo’lgan, shaharning mahalliy savdogarlaridan biri ham bo’lishi mumkin edi. Li Guang Jinning qanday oiladan ekanligini Severanc Tibbiyot maktabini tamomlab, yaxshi mutahasis bo’lish uchun tibbiyot maktabi shifoxonasida faoliyatini davom ettirayotgan katta akasidan ham bilish qiyin emasdi. Xullas Li Guang Jingga o’xshagan ko’cha bolasi hech bir mahalliy savdogarning o’g’illaridan kam emas, har qanday shahar bolasiga har jihatdan bas kela olardi. Fanlardan olgan baholari ham sinfdoshlaridan ancha yuqori bo’lgan.
Lekin Li Guang Jinning g’alati jihati ham bor edi. U sinfdoshlari bilan tez-tez urushar, urushganda ularni bigiz bilan qo’rqitardi. Shunday tez va qiziqqon tabiatiga mos ovozi ham bo’g’ilganga o’xshab chiqardi.
Ikkinchi yarim yillikning oxirida, ona tili fanidan imtihon topshirayotgan paytimiz Li Guang Jin orqamdagi partada o’tirardi. Men javob varaqamni to’ldirib bo’lib, zerikkanimdan, chiqib ketsammikin, degan hayol bilan ikkilanib o’tirganimda, birdan orqamdan sekin-asta, uch-to’rt marta turtdi. Asta o’girilib qaragandim, u og’zini tez-tez qimirlatib, “javob varaqangni partaning narigi chetiga surib qo’y, o’zing suyanib, devorga yaqin o’tir” deb pichirladi. Men imtihon kuzatuvchisi turgan joyga qarab, nima qilishni bilmay qoldim. Bundan tashqari, Li Guang Jin ijtimoiy fanlarni mendan kam bilmasligi, hatto tabiiy fanlarni mendan-da yaxshiroq bilishi haqida o’ylab, hatto imtihon qoidasiga rioya qilmagan taqdirimda ham, tushunib bo’lmaydigan narsani iltimos qilayotgandi. Men u bilan ko’p hollarda kim o’zarga musobaqalashib, bahslashib qolardim. Bir ikki daqiqa ikkilanishdan keyin birdan o’rnimdan turib, to’ldirilgan javoblar varaqasini imtihon kuzatuvchisi oldiga olib borib qo’ydim va chiqib ketdim. Tashqariga chiqib, kuzatib turdim. Li Guang Jin qalam orqasini tishlab, chaynalar, atrofga alang-jalang qarab, nordon narsa yeb qo’yganday aftini burishtirib o’tirardi. Anchadan keyin stadionga chiqqan Li Guang Jin g’azabdan qattiq asabiylashayotgandi. Ikki ko’zi g’azab o’tida yonib, butun bir sinf oldida menga mazax aralash tikilib turardi. “Pastkash, yaramassan”, dedi u. “Sinfdagi birinchilik kabi narsalarga befoyda jon kuydirish – bu xudbinligingdan dalolat, namuncha birinchi bo’lishni yoqtirmasang.”,- dedi u jahl va kinoya bilan. Lekin birorta bola uning tarafini olib gapirmadi. Chunki aslida kim birinchilik uchun kurashayotganligi va boshqalardan o’g’rincha ko’chirayotganligi hammaga ma’lum edi. Qolaversa, unga qarshi chiqqanlar g’ashga tegadigan va asabni buzadigan so’zlarga ko’milishi tayin edi. Li Guang Jin har qanday ishda faqat o’zinigina o’ylaydigan xudbin va takabbur bola edi.
Sinfdagi birinchilik uchun kurash shu darajada asabni buzadigan yoqimsiz va kulgili narsa ekanligini men ham yaxshi bilardim.
Asta-sekin maktab tizimi shakillana boshladi. Pak Chono’k kabilarga har jihatdan ta’sir o’tkaza oladigan bola aynan Li Guang Jin edi. Avval boshidan u Pak Chono’kdan shunchalik nafratlanar ediki, uni ko’rganda xuddi shilimshiq qurtni ko’rganday jirkanardi. Oppoq sopol tugmasining uch donasi osilib turgan, ola-bula qoraga bo’yalgan kanop paltoning yoniga qora xaltani uzun qilib osib olgan Pak Chono’kning sharpasi paydo bo’lishi bilanoq, Li Guang Jinning darhol rangi o’zgarib, qaltirab ketardi. Har gal uni ko’rdi deguncha “chirt” etib tuflardi-da, qayergadir sekingina qochib qolardi. Tabiiyki, Pak Chono’kdan nafratlanishda Li Guang Jin ham undan qolishmasdi. Li Guang Jinni xuddi ilonni ko’rganday yomon ko’rardi. Qachon unga duch kelib qolsa ikki ko’zidan g’azab o’ti chaqnardi. It-mushuk deganlari xuddi shu bo’lsa kerak. Bu ikki inson orasidagi munosabat, hozirgi taxminimcha, bundan ancha oldin, 1930 yillarda, Germaniyada natsistlarning kommunistik partiyadan nafratlanishining bir turi emasmikan deb o’ylayman. Pak Chono’k va Li Guang Jin orasidagi kelishmovchilik ularning ijtimoiy tabaqalaridagi farq bilan ham bog’liq emas, deb ham o’ylardim, o’shanda. Lekin hozir Li Guang Jin va Pak Chono’k o’rtasidagi adovat ularning ichki dunyosidagi farqdan kelib chiqqandek tuyulardi menga.
O’sha paytlarda, har jihatdan axloqsiz bo’lishga ulgurib bo’lgan Li Guang Jin mendan bir sinf yuqori o’qiydigan qiz bilan oshiq-ma’shuq bo’lib yurardi. Muxabbatini hammaga ko’z-ko’z qilib, sinfdoshlari oldida faxrlanib, og’iz go’pirtirib gapirardi. Sevgi-muhabbatlarini doston qilish, aslida, tengdoshlari orasida ham tez-tez uchrab turadigan holat bo’lgan. Lekin bu narsa sinf bosh sardori Pak Chono’kning qulog’iga yetib borsa biror ishkal chiqishi muqarrar edi.
Shanba kungi umumiy majlisda Pak Chono’k faqat Li Guang Jin masalasini tutib olib, uni og’zidan ko’pik toshib tanqid qildi. Undan keyin muzokara jarayonida ham tashkiliy sardor, tashviqot sardori va ulardan tashqari yana uch-to’rttasi chiqib, boshqa bolalar ham bosh sardorning gaplariga butunlay qo’shilishlarini aytidilar va Li Guang Jinni qattiq qoralashdi. Uning xulq-atvoridagi chidab bo’lmaydigan burjuazik xatti-harakatlarni birma- bir sanab, shaxsiyatparast, xudbin, murosasiz ekanligini aytib, buni aniq misollar bilan isbotlab berishdi. Hatto eshitganda ham gunoh bo’ladigan uyatli ishlarning ikir-chikirigacha aytib tashlashdi.
Majlis so’ngida Li Guang Jin tanqid stulida turib, bularga javob berishi kerak edi. Lekin u bu tanqidlarga osonlikcha yon bermadi. Boshqa bolalardan farqli, yetarlicha qat’iyat va xotirjamlik bilan barcha ayblovlarni rad etdi. Haq ekanligini isbotlashga harakat qilardi. “Yigit va qiz bir-birlari bilan uchrashib turishining nimasi yomon”, dedi u xirillab, so’rash ohangida. Bundan tashqari Li Guang Jin maktabga uzoqdan qatnashini va ijarada yolg’iz turishini aytib, bu uning uchun oson emasligini, u qiz unga opa o’rnida bo’lib, kiyimlarini yuvib, u-bu ishda unga qarab turishi aslida maqtovga loyiq, tengi yo’q munosabatlar deya barcha tanqidlarga qat’iy e’tiroz bildirdi.
Pak Chono’k ham haq ekanligini isbotlashda undan bo’sh kelmasdi. “Bu gaplarni sen qanday qilib aytyapsan, o’rtoq Li Guang Jin. Odatdagi do’stlarning so’z va amallari shunday bo’ladimi?. Shu sof opa-ukachilik bo’lsa, buni shunday iflos burjuaziyaga xos yo’l bilan maxtanib aytasanmi? O’rtoq sen hali xam o’zingga kelmading, chog’i? Agar sen o’zingni oqlab shunday fikrda qolsang biz buni shunday qoldirolmaymiz. Bu muammoni maktabning Ming Chong uyushmasi umumiy yig’ilishida muhokama qilish uchun yubormoqchiman, dedi Pak Chono’k.
Shundan so’ng Li Guang Jinning kapalagi uchib, qo’rqib ketdi va jahlini ichiga yutib, tanqidlarga qarshi churq etmadi.
Biroq o’shandan bir necha kun o’tgach, Li Guang Jin birdaniga ko’zdan g’oyib bo’ldi. Avvaldan g’alati harakatlar qilib yurgan bola bo’lgani uchun uning to’satdan g’oyib bo’lgani hammaga qiziq tuyuldi. Faol o’quvchilardan bir nechtasi uni hatto qidirib, maktab tashqarisidagi ijara uyiga ham borishdi, lekin undan biror xabar topisholmadi. Uy egasining gapiga qaraganda, u uch-to’rt kunga o’z uyimga borib kelaman deb, yuklarini yig’ishtirib, chiqib ketgan ekan.
Bu voqeadan yigirma kunlar o’tgach, Li Guang Jin kutilmaganda yana maktabda paydo bo’lib qoldi. Bilishimizcha, u sevgan qizi bilan chegarani kesib, Sovet Ittifoqi hududlariga o’tish ushun ?umen Daryosi tomon boradi, yo’lda qo’lga tushib, qaytib keladi.
Daryo bo’yidagi Sosura degan joydan ijaraga uy olib, qayiq haqida surishtirib yurganida shubhali ko’ringani uchun chegara qo’shinlari tomonidan tutib olingan. Uni so’roq qilishganida muvaffaqiyatlarga erishishning eng yaxshi yo’li kommunizm tugilgan yurt-Moskvada o’qish kerakligini, bu uning eng katta maqsadi ekanligini ochiq -oydin aytib beradi. Qo’lida qimmatbaho kumush bezakli buyum bor edi. Nihoyat har ikki talabani mahalliy boshqaruv organiga topshirishadi. Ularni Tong Chongdagi uyi va maktabi to’g’risida surishtirib, so’roq qilishadi. Keyin kuzatuv ostida kelgan yo’llaridan yana poezd orqali qaytarib yuborishadi. Ular shahar tekshiruv burosi tomonidan yana so’roq qilinib, oz fursatdan keyin qo’yib yuborishadi. “Hech narsadan qo’rqmaydigan yosh bolalardek, chegarani osongina kesib o’tmoqchi bo’lishgan, bu zumrashalar. Bunda hech qanday jiddiy muammo yo’q”, deb hisoblaydi, hukumat. Maktab ham buni hech qanday muammo sifatida qabul qilmaslikka qaror qilishdi. Hukumatning ularga hech qanday jazo bermaganining sababi Li Guang Ji bilan birga ketgan qizning akasi, o’sha paytda tuman hokimi ekanligi bo’lsa kerak.
Shundan keyin, bir oy o’tmasdan Li Guang Jin yana yo’q bo’lib qoldi. Bu safar u hech kimga bildirmasdan g’oyib bo’lgandi. Lekin uning janubga ketganligi aniq edi. O’quvchi qiz o’rtasidagi munosabatlari qizning akasi aralashuvi bilan tugatilgach, olov xarakterga ega bo’lgan Li Guang Jin uchun ketishdan boshqa chora yo’q edi.
1948 yilning erta bahor kunlaridan birida, Li Guang Jin maktabda yana paydo bo’ldi. U shahar hokimligida ishlash va maktabda qayta o’qish uchun hujjat topshirgandi. Hech kimga bildirmasdan ketib qolgandan keyin, Peche yuqori maktabida o’qib yurgan paytida ayrim jinoyatlarga bosh bo’lganligi sabab politsiya tomonidan qidilayotganligi uchun bu tomonlarga yana qochib kelgandi.
Li Guang Jin mana shunday yaramas va takabbur bola bo’lgan.
Li Guang Jinning bu safargi ko’rinishi butunlay boshqacha edi. Unga nima bo’layotganini aniq aytish oson bo’lmasa-da, undan janubning hidi kelayotganligin bilish qiyin emasdi. Tuflisining tagigacha osilib turgan qora shimining choki xuddi pichoq bilan qirqilganday tep-tekis, undan taralayotgan o’tkir atir hidi qandaydir g’alati va yoqimsiz, burunni achishtirib, ko’zni yoshlantirardi.
Bu atir hidi, bir tomondan, dekadentlarga[5] xos tasavvurni bersa, ikkinchi jihatdan, me’yordan ortiq erkinlikning buzuq va axloqsiz ko’rinishini eslatardi. Bu pirovardida har bir unsur o’z holicha, hech qanday qarshiliksiz ozod va erkin bo’lib, o’z yo’lida davom etayotgandek tassurot qoldirardi. Har bir burchakka sochilib yotgan urug’lardek, hech bir qonun -qoidasiz o’z holicha ketayotgan olam bizni tomosha qilib turgandek edi.
Bir oz vaqtdan keyin, 1950 yilning dekabrida shimol qochoqlaridan biri bo’lib Pusanga keldim. Birinhci kun tunda ish qidirib, uchinchi chiziqqa chiqqanimda g’aramlangan somon ustida o’n yetti-o’n sakkiz yoshlardagi bir yosh ishchi yigit “Shillaning oydinli kechasi” qo’shig’ini aytayotgandi. U bu qo’shiqni huddi oziq ovqat g’aram bo’lgan tog’ cho’qqisida, oyog’ini tebratib o’tirgandek, berilib kuylardi. Shu payt g’alati hayajonni his qildim. Shuning barobarida, bu menga yana o’sha paytlarda radio orqali muntazam yangraydigan “Petti sahifasi” qo’shig’ini ham eslatardi. Har gal o’sha qo’shiqni tinglaganimda huddi iflos va jirkanch suvda cho’milgandek, his qilardim o’zimni.
Endigina janubdan kelgan Li Guang Jin mana shunday iflos va jirkanch ishlar bilan barobar chegara bilmas tiyraklikni ham birgalikda olib borardi. Li Guang Jin Chon Sang Dong og’ada mavjud yaxshi fazilatlar – sof va pokizalik, to’g’rilikdan yiroqroq kiborli va takabbur bo’lib ko’rinardi. Shlyapasidagi artib tashlanmagan mumdan tortib, tashqi ko’rinishigacha g’alati edi. Seuldan yakka kurash sirlarini o’rganib kelib, odamlar orasida o’zini ko’rsatishga ham ulgurdi. Uning har bir harakati butunlay o’zgacha- axloqsiz va betavfiq, haddan ziyod faollik, chegar bilmas erkinlik-bularning hammasi Janub dunyosining haroratidan bo’lsa kerak degan tasavvur uyg’onardi, menda. Seuldagi o’rta maktab bezorilari o’rtasida katta janjal chiqqanligi, to’polonda pichoqdan qurol sifatida foydalangani va katta lavozimdagi odamning o’g’li yaralangach, jazodan qo’rqib shimol chegarasidan o’tib kelgani haqida gapirib, baland ovoz bilan hammaga maxtanardi. Lekin bularning hammasi menga quruq gapdek tuyulardi.
Pak Chono’k va Ming Chong uyushmasining boshqa a’zolari Li Guang Jinga qanday javob berishni bilmay mulzam edilar. Va nihoyat, beixtiyor qahramon jangchi sifatida nom qozongan Li Guang Jinga yaxshi muomalada bo’lishga qaror qilib, bir paytning o’zida uning jabr ko’rgan holatlarini birma-bir oshkor qilib, ayyorlik bilan muammoni o’zlaridan soqit qilishdi.
Lekin oradan ikki oy o’tar o’tmas Li Guang Jin ishkalli talabalar orasida muammolarga ko’milib, butunlay ajralib qoldi. U endi hamma narsaga e’tiborsiz, beg’am va beparvo bo’lib qolgandi. Tobora kuchsizlanib borayotgan Li Guang Jin chindan ham achinarli holga tushib, kundan kun zaiflashib borardi. Nihoyat, bir yil o’tmasdan, 1949-yilning boshida yana janubga ketib qolibdi. O’shandan keyin uning janubda nima ishlar bilan bandligi, turish turmushi haqida aniq bir xabar ololmadim.
Zulkhumor Mirzaeva tarjimasi
[1] Pibimpab-yangi unib chiqqan maysaga o’xshash o’simlik; shu o’simlik ziravor sifatida qo’shiladigan koreys milliy taomi.
[2] Jang ko’rpasi
[3] Jang sirlarini o’rgatuvchi zal
[4] Maxsus simvol- ramzlardan biri, bu narsa o’sha davrlarda ham tekikki deb atalardi.
[5] 19-asr oxiri-20 asr boshlaridagi burjua adabiyoti va san’atida tushkun anterealistik oqim tarafdorlari