Jyul Vern. Robinzonlar maktabi (qissa)

Vern, Jyul. Robinzonlar maktabi: qissa / Jyul Vern. Rus tilidan Rustamjon Ummatov tarjimasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 304 b.

Jahon mumtoz adabiyotining darg‘alaridan biri, buyuk frantsuz adibi Jyul Vern (1828 – 1905) tengi yo‘q sarguzashtnavis, o‘z zamonasidan ilgarilab ketgan betimsol fantast edi. Mana, qariyb bir yarim asrdirki, Vern asarlarining oddiy va xalqchil, ayni paytda o‘zida mardlik, iroda va sadoqat kabi yuksak fazilatlarni mujassam etgan qahramonlari jahon kitobsevarlarini hayajonga solib kelmoqda. Endi o‘zbek kitobxonlari ham taniqli adib buyuk merosining bir qismi bo‘lgan «Muzlar iskanjasida» va «Robinzonlar maktabi» asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Jiddiy sarguzasht asar sanaluvchi «Muzlar iskanjasida» qissasi yozuvchi ijodining ilk davrida – 1855 yilda yozilgan bo‘lsa, komedik chizgilarga boy «Roibnzonlar maktabi» sarguzasht romani 1882 yilda dunyo yuzini ko‘rdi.
Turli taqdirlar, qahramonlar va favqulodda qiziqarli burilishlarga boy mazkur ikki asar o‘zbek sarguzasht ishqibozlari uchun tom ma’noda munosib sovg‘a bo‘ladi degan umiddamiz.

MUNDARIJA

MUZLAR ISKANJASIDA

Birinchi bob. Motam bayrog‘i
Ikkinchi bob. Jan Kornbyutning rejasi
Uchinchi bob. Umid uchquni
To‘rtinchi bob. Muzlar iskanjasida
Beshinchi bob. Liverpul oroli
Oltinchi bob. Zilzila
Ettinchi bob. Qishning qayg‘usi
Sakkizinchi bob. Maslahat
To‘qqizinchi bob. Qordan qurilgan kulba
O‘ninchi bob. Tiriklar sag‘anasi
O‘n birinchi bob. Tutun va faryod
O‘n ikkinchi bob. Kemaga qaytish
O‘n uchinchi bob. Chayonning qilmishi
O‘n to‘rtinchi bob. Halokat yoqasida
O‘n beshinchi bob. Oq ayiqlar tajovuzi
O‘n oltinchi bob. Xotima

ROBINZONLAR MAKTABI

Birinchi bob. Agar kitobxon xohlasa, Tinch okeanidan orol sotib olmoq ham mumkinligi xususida
Ikkinchi bob. San-frantsiskolik Uilyam Kolderupning stoktonlik Taskinar bilan raqobatlashgani xususida
Uchinchi bob. Fina Xollaney bilan Godfri Morgan fortepyano ohanglari jo‘rovozligida suhbatlashganlari xususida
To‘rtinchi bob. Minba’d Tartelett ataluvchi T.Artelettning nomayi a’moli bilan kitobxonning batafsil tanishtirilmog‘i xususida
Beshinchi bob. Sayohat taraddudi boshlangani va sayyohlarning muvaffaqiyatli jo‘nab
ketishgani xususida
Oltinchi bob. Kitobxonning yangi personaj bilan tanishmog‘iga zarurat tug‘ilgani xususida.
Ettinchi bob. Uilyam Kolderup kemasini bejiz sug‘urta qildirmaganiga kitobxon o‘zi
amin bo‘lmog‘i xususida
Sakkizinchi bob. Godfrining sayyohlik vasvasasi borasida armonli o‘ylar surgani xususida
To‘qqizinchi bob. Robinzon kasbida ishkal jihatlar ham mavjudligi o‘z isbotini topgani xususida
O‘ninchi bob. Kema halokatiga yo‘liqqan har qanday jafokash ne qilsa, Godfrining ham xuddi
o‘shanday yo‘l tutgani xususida
O‘n birinchi bob. Qahramonlarimiz boshpana topmoq qayg‘usini chekkanlari va alaloqibat ushbu muammoni risoladagiday hal etganlari xususida
O‘n ikkinchi bob. Yashin tushishi ayni muddao bo‘lgani xususida
O‘n uchinchi bob. Godfrining ko‘ziga yana yengil tutun ko‘ringani, ammo bu gal u orolning boshqa
tarafida ekani xususida.196
O‘n to‘rtinchi bob. Godfrining dengiz sohilidan sovg‘a topib olgani va uni bajonidil qabul
etgani xususida
O‘n beshinchi bob. Haqiqiy yoxud xayoliy Robinzon hayotida loaqal bir marta uchramog‘i kutiladigan hodisaning sodir bo‘lgani xususida
O‘n oltinchi bob. Qo‘qqisdan bo‘lib o‘tgan favqulodda hodisaning bayoni xususida
O‘n yettinchi bob. Raqs muallimi Tartelettning miltig‘i chinakam mo‘jizalarga qodir
ekanligi xususida
O‘n sakkizinchi bob. Polineziyalik habashning axloqiy va jismoniy tarbiyalanishi xususida
O‘n to‘qqizinchi bob. Shundoq ham o‘ta chigal vaziyatning battar, hatto besh battar chigallashgani xususida
Yigirmanchi bob. Tartelettning oroldan ketmoq qutqusida o‘laman sattor deb, muttasil oyoq tiraganligi xususida
Yigirma birinchi bob. Karefinotuning aql bovar qilmas luqma tashlagani xususida
Yigirma ikkinchi bob. Haligacha pinhon bo‘lmish barcha sirlarning biryo‘la oshkor bo‘lgani xususida

TARJIMONDAN