Jek London. Shimol Odisseyasi (hikoya)

Chanalarning g‘ijirlashi tinmas, oldingi safda borayotgan itlarga taqilgan qo‘ng‘iroqchalar jiringlardi; lekin itlar ham, odamlar ham juda charchaganlar, shu sababdan indamay borardilar. Ular uzoqdan kelishardi, yaqinda yoqqan qordan keyin esa hali yo‘l ochilmagandi, muzlagan byg‘y go‘shti ortilgan chanalar yumshoq qordan zo‘rg‘a sudralib borar va tinimsiz orqaga tortardi. Qorong‘u tushib kelaverdi, lekin yo‘lovchilar bu kecha tunashga to‘xtamoqchi emaslar. Sokin havoda qop urib turardi, ammo u yirik emas, maydalab yog‘ib turardi, kun deyarli iliq, bor-yo‘g‘i o‘n darajagina sovuq edi. Mayres bilan Bettlz quloqchinlarini ko‘tarib oldilar, Meylmyut Kid esa hatto qo‘lqopini ham yechib qo‘ydi.
Itlar tush paytidayoq charchab qolishgan edi, lekin hozir, nechukdir, yangidan kuchga kirib ketishdi. Itlarning eng sezgirlari allaqanday chidamsizlik ko‘rsata boshladilar: ular toqatsizlik bilan chana qayishlarini siltab tortar, havoni hidlar, quloqlarini ding qilar edilar. Ular o‘zlarining beparvo birodarlaridan xunob bo‘lar va ularning opqa oyoqlaridan tishlab, tezroq yurishga undar edilar. Bulari ham o‘z navbatida bezovta bo‘lib qolishar va xuddi shu tarzda oldindagilarini qistar edi. Nihoyat oldingi chanaga qo‘shilgan yetakchi it shodlik bilan vangillab yubordi-da, ildamroq harakat qilib, oldinga intildi. Qolganlari uning orqasidan ergashdilar. Qayishlar tarang tortildi, chanalar tezroq yurib ketdi. Odamlar esa chana yog‘ochlariga yopishib, orqadan tez kelayotgan chanalar ostida qolmaslik uchun qadamlarini tezlatdilar. Kunduzgi charchoqdan asar ham qolmadi. Odamlar hay-haylashib itlarga dalda berardilar, itlar esa bunga quvonchli vovillash bilan javob qaytarib, quyuqlashib borayotgan qorong‘ulikda jon kuydirib yugurardilar. Chanalar izdan chiqib, xuddi shamol kuchi bilan bir tomonga og‘ib ketayotgan kema singari qiyshayib, ag‘darilay deganda odamlar:
– Hay-hay! – deb baravariga hay-haylashardilar.
Mana, yog‘li qog‘oz yopishtirilgan derazasidan yorug‘ tushib turgan issiq uy, o‘t yonib turgan o‘choq hamda qaynab turgan choy yaqinligidan darak berayotgan uyga yetishlariga bor-yo‘g‘i yuz yardcha qoldi. Lekin uy band ekan. Elliktacha eskimos itlari vovillashib, oldingi chanalarga qo‘shilgan itlarga tashlandilar. Eshik katta ochilib, uydan shimol-g‘arb polismenlari kiyadigan qizil mundirli bir kishi chiqdi. U tizzadan qopga botib, jig‘ibiyroni chiqqan itlar orasiga kirdi-da, sovuqqonlik bilan qamchi dastasini ishga solib, darrov tartib o‘rnatdi. Keyin erkaklar qo‘l berib ko‘rishdilar, shunday bo‘lib chiqdiki, Meylmyut Kidni o‘z uyida begona bir odam mehmondek kutib oldi.
Uni qarshi olishi, uyni isitib, choy qaynatib qo‘yishi kerak bo‘lgan Stenli Prins mehmonlar bilan band edi, ular o‘n-o‘n ikki kishi bo‘lib, har xil odamlar edi — ammo hammalari ham qirolicha xizmatidagi kishilar edi: ba’zilari qirolicha qonunlarini himoya qiluvchilar bo‘lib, ba’zilari esa pochtalon va kurer vazifalarini ado etuvchilar sifatida xizmat qilardilar. Ular har xil millatdan edilar, lekin kechirgan turmush sharoitlari ularni ma’lum bir turdagi odamlar guruhiga — ozg‘in, chidamli, chayir, yuzlari quyoshda qoraygan, qarashlari muloyim, tabiatlari yumshoq kishilarga aylantirib yuborgan edi. Bu odamlar qirolichaning itlari qo‘shilgan chanalarda yurardilar, qirolichaning dushmanlari yuragiga qo‘rqinch solardilar va qirolicha in’om etgan ozgina xayr-saxovat bilan tirikchilik qilardilar-u, o‘z turmushlaridan zorlanmasdilar.
Ular ko‘pni ko‘rgan, qahramonliklar ko‘rsatgan, hayotlari har xil ajoyib sarguzashtlarga to‘la edi-yu, lekin buni o‘zlari sezmasdilar. Ular bu yerda o‘zlarini o‘z uyidagidek erkin tutardilar. Ulardan ikkitasi Meylmyut Kidning karavotiga cho‘zilib olib, bu yerga eng oldin kelgan va hindu qizlariga uylangan frantsuz ota-bobolari aytib yurgan ashulalardan aytmoqda edilar. Bettlzning karavotiga ham uchtami-to‘rtta voyageugs* chiqib olibdi, ular oyoqlarini ko‘rpa ostiga olib, Xartum qamali vaqtida Vulzli qo‘mondonligi ostida xizmat qilgan bir o‘rtoqlarining hikoyasini tinglamoqda edilar.
U so‘zini tugatgandan keyin kovboylardan biri Buffalo Bill bilan birga Yevropa poytaxtlariga sayohat qilgan vaqtlarida ko‘rgan saroy hayoti, qirollar va qasrlar, lordlar va xonimlar haqida hikoya qilib ketdi. Uyning burchagida ikki metis jabduqlarni yamar ekanlar, o‘zaro g‘arb-shimolni qo‘zg‘olon alangasi qoplagan va Lui Riyel qirol bo‘lgan zamonlarni eslab, gurunglashib o‘tiradilar.
Tez-tez dag‘al hazil-huzil gaplar va askiyanamo qochiriqlar eshitilib turar; quruqlik va dengizda yuz bergan ajoyib sarguzashtlarni kunda bo‘lib turadigan oddiy narsalardek hikoya qilardilar, o‘shanda ham biror o‘tkir so‘z yoki kulgili hodisani eslash uchungina so‘zlab berardilar. Ajoyib hodisalarning jonli shohidi bo‘lgan, lekin buyuk va romantik voqealarga hayotning oddiy hodisasi deb qaraydigan bu dong‘i chiqmagan qahramonlarga Prins juda qiziqib qolgan edi. Haddan tashqari xotamtoyligi tutib ketgan Prins o‘zining juda o‘lchoqli tamakisini ayamadi, uning bu saxiyligi evaziga xotiraning zanglagan chigal zanjirlari yechilib, allaqachon yoddan ko‘tarilib ketgan odisseyalarga jon kira boshladi.
Hamma gaplar tamom bo‘lib, yo‘lovchilar so‘nggi marta trubkalariga tamaki to‘ldirib, yung qoplarini yoza boshlaganlarida, Prins izoh so‘rab, o‘z do‘stiga murojaat qildi:
– Kovboyning qanday odam bo‘lishini o‘zing ham bilasan, – deb javob berdi Meylmyut Kid, mokasinini yecha turib, – karavotda birga yotgan o‘rtog‘ining tomirlarida esa ingliz qoni oqayotgani sezilib turibdi.
Qolganlariga kelsak, ularning hammasi couzeuzsdu boislarning* avlodlari, ularning qoni, Xudo bilsin, yana qanday qon bilan qo‘shilib ketgan ekan. Eshik oldida turgan anavi ikkitasi haqiqiy bois bzules*. Bo‘yniga sharf o‘ragan anavi yigitning onasi turgan, tutun bosgan vigvamida qachonlardir shotlandiyalik yigit mehmon bo‘lgani ko‘rinib turibdi, uning qoshlari bilan pastki jag‘iga e’tibor qil. Shinelini boshiga yostiq qilib olayotgan mana bu chiroyli yigit frantsuz metisi. Gapirganda talaffuziga e’tibor berdingmi? Yonida yotgan anavi hindularni uncha nazariga ilmay qaraydi. Men senga aytsam, metislar Riyel boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘targanlarida, asl hindular ularga ko‘mak bermadilar. O‘shandan beri bular bir-birlarini yoqtirmaydilar.
– Xo‘sh, pechka oldidagi anavi qovog‘i soliq kim? U ingliz tilini bilmaydi shekilli, shu vaqtgacha hatto og‘zini ham ochgani yo‘q.
– Yanglishding. U ingliz tilini juda yaxshi biladi. Gapga quloq solganida ko‘zlariga qaradingmi? Men qarab turdim. Lekin mana bu o‘tirganlarning hammasiga ham yot bo‘lsa kerak. Gap shevalarda bo‘lganda, u tushunmagani bilindi. Uning kimligini o‘zim ham bilolmay turibman. Kel, bilishga harakat qilib ko‘ramiz… Pechkaga ikkita o‘tin tashlab qo‘ysang-chi, – dedi u, baland ovoz bilan notanish yigitning ko‘ziga tikilib turib.
Yigit darhol buyruqni bajo etishga kirishdi.
– Uni qayerdadir intizomga o‘rgatib qo‘yganlar, – deb qo‘ydi Prins ohista.
Meylmyut Kid buni tasdiqlab bosh irg‘itdi, keyin paypog‘ini yechdi-da, yerda yotgan odamlar orasidan o‘tib, pechkaga qarab yurdi. U pechka atrofiga yoyib qo‘yilgan o‘nlab paypoqlar qatoriga o‘zinikini ham yoyib qo‘ydi.
– Dousonga qachon yetib bormoqchisiz? – deb tavakkaliga so‘radi u yigitdan.
Notanish yigit boshida unga diqqat bilan tikilib qaradi-da, keyin javob berdi:
– Aytishlariga qaraganda, hali yetmish mil yo‘l bor emish. Shundaymi? Yana ikki kundan keyin borsak kerak.
U sezilar-sezilmas aktsent bilan, lekin qiynalmay, so‘z axtarib o‘tirmay gapirardi.
– Siz bu tomonlarga ilgari kelganmidingiz?
– Yo‘q.
– G‘arb-shimol tomondanmisiz?
– Ha.
– O‘sha yerlikmisiz?
– Yo‘q.
– Unday bo‘lsa, qayerda tug‘ilgansiz, axir? Bulardan emasligingiz ko‘rinib turibdi, – deb Kid qo‘li bilan it haydovchilarni va Prinsning ko‘rpasiga kirib yotgan ikkita polismenni ko‘rsatdi. – Qayoqdan kelgansiz? Ilgari sizga o‘xshagan odamni ko‘rganman, lekin qayerda ko‘rganim esimda yo‘q.
– Men sizni taniyman, – deb qoldi birdan notanish yigit, paydar-pay berilayotgan savollarni kesib.
– Qayoqdan taniysiz? Ilgari uchratganmidingiz meni?
– Yo‘q. Lekin Pastilikada bir ruhoniy siz to‘g‘ringizda gapirib bergan edi. Bunga ko‘p vaqtlar bo‘ldi. U mendan Melmyut Kidni taniysanmi deb so‘ragan edi. U menga oziq-ovqat berdi. Men u yerda ko‘p turmadim. U sizga men to‘g‘rimda gapirib bergandir?
– Ha, bunday deng. Suvsar terisini itga ayirboshlab yurgan odam sizmidingiz?
Notanish yigit tasdiq ishorasini qildi va trubkasini qoqib tozaladi-da, gap tamom degan degan ma’noda o‘zining jun odeyaliga o‘ralib yotib oldi. Meylmyut Kid chiroqni o‘chirib, Prins bilan birga odeyalga kirib yotdi.
– Qani, kim ekan u?
– Bilmayman. Gapimni shartta kesdi-da, xuddi toshbaqa singari boshini yashirib oldi. Ammo bu g‘alati yigit. Men bu yigit to‘g‘risida uncha-muncha eshitganman. Bundan sakkiz yil ilgari u sohilda yashovchilarning hammasini hayron qoldirdi. Qiziq bir jumboqqa o‘xshaydi, Xudo haqi. Qahraton qish paytida u Shimol tomondan keldi va xuddi orqasidan yov quvayotganday nimagadir shoshilardi. Bu Bering dengizi qirg‘oqlarida, bu yerdan ming millab uzoqda edi. Uning qayoqdan kelganini hech kim bilmasdi, hap holda juda uzoqdan kelgan bo‘lsa kerak. Golovin buxtasida u shved missioneridan oziq-ovqat olgan, shunda uning ko‘rinishi juda ayanchli, o‘zi g‘oyat holdan toygan ekan. U janubga boradigan yo‘lni so‘ragan, buni biz keyin bildik. Buxtadan u to‘ppa-to‘g‘ri Norton bo‘g‘ozi orqali ketgan. Ob-havo juda yomon edi, qop bo‘ronlari, kuchli shamollar bo‘lib turardi, u esa bunga parvo ham qilmadi. Bunday xavfli safarda bo‘lganlar-ning mingdan biri sog‘ qaytadi. Salomat qaytgan ana shu bo‘lgan. U Sent Maykl fortiga borolmagan, balki Pastilika yonidagi qirg‘oqqa yetib olgan. Shu yerga yetib kelganda ixtiyorida ikkitagina it qolgan, o‘zi esa ochlikdan o‘layozgan ekan.
U yo‘lga chiqishga oshiqib turgan ekan, Rubo ota oziq-ovqat beribdi, lekin ota ketishiga it bermabdi, chunki o‘zi yo‘lga tushishga hozirlanib, mening kelishimni kutib turgan ekan. Bu odam shimolda itsiz sayohat qilish qanday qiyinligini yaxshi bilganidan beri necha kungacha yo‘lga chiqolmay juda tashvish tortgan. Uning chanasida yaxshi iylangan dengiz suvsarlari terisi uyulib yotgan ekan, bunday suvsar terisi, bilsang, oltin bahosida yuradi. Xuddi o‘sha vaqtlarda Pastilikada rus savdogari qiyofasidagi bir keksa Sheylok yashardi, unda itdan ko‘pi yo‘q edi. Ular ko‘p savdolashib o‘tirmay, ishni bitiribdilar-u, anavi tentak yana janubga qarab jo‘nab ketibdi. Uning chanasini o‘ntacha juda yaxshi it tortib ketibdi, mister Sheylok esa suvsar terilariga xo‘jayin bo‘lib qolibdi. O‘sha terilarni o‘zim ko‘rganman — juda asl ekan. Hisoblab ko‘rsak, har bitta teridan Sheylok besh yuz dollar foyda qilibdi. Mister Uliss terining bahosini bilmaydi deb o‘ylamay ham qo‘ya qol, uning o‘zi hindu bo‘lsa ham, gapidan oqlap orasida yashagani bilinib turibdi.
Dengiz muzdan tozalangandan keyin bilsak, u Nunivak orolida ekan, unda oziq-ovqat g‘amlayotgan ekan. Keyin zim-ziyo bo‘lib ketdi. Sakkiz yilgacha undan dom-darak bo‘lmadi. U qayoqdan keldiykin, bu tomonlarga yana nima uchun keldiykin? U — hindu; hozir qayerlardan kelayotgani noma’lum, lekin u intizomli odam ekani sezilib turadi, bu esa hinduga juda ham xos bo‘lmagan bir xislat. Mana, Shimolning yana bir jumbog‘i, qani, Prins, yechib ko‘r-chi uni.
– Ko‘p rahmat! O‘zimniki ham boshimdan oshib yotibdi! – deb javob berdi Prins.
Meylmyut Kid xurrak ota boshladi, lekin yosh tog‘ muhandisi ko‘z yummay quyuq qorong‘ulikka qarab yotar va o‘zini bosgan hayajonning bosilishini kutardi. Keyin u uyquga ketdi, lekin miyasi ishlashda davom etdi: xayolida allaqanday poyonsiz qopli o‘lkalarda adashib yurdi, uzoq safarlar vaqtida itlar bilan g‘oyat og‘ir yo‘llarni bosib, qop dovonlarni oshdi, tushida haqiqiy odamlarga xos hayot bilan yashayotgan, mehnat qilayotgan va dunyodan o‘tayotgan kishilarni ko‘rib chiqdi.
Ertasi sahar paytida kurerlar va polismenlar Dousonga jo‘nadilar. Qirolicha janobi oliylarining manfaatlarini himoya va kichkina odamlarning taqdirini hal qiluvchi hukumat amaldorlari kurerlarga dam oldirib qo‘ymadilar. Bir haftadan keyin ular og‘ir pochta yuklari ortgan holda yana Styuart daryosi sohillarida paydo bo‘lib qoldilar. Bu yuklarni ular Sho‘rsuvga yetkazishlari kerak edi. To‘g‘ri, itlar yangilangan, lekin odamlar o‘sha-ku.
Odamlar ozgina bo‘lsa ham dam olishni orzu qilardilar. Bundan tashqari Klondayk Shimoldagi yangi markaz edi, odamlar oltin suvdek oqadigan va tantsa zallarida to‘xtovsiz o‘yin-kulgi bo‘ladigan Oltin Shaharda bir oz yashamoqni orzu qilar edilar. Lekin ular hozir ham birinchi kelganlaridagidek, paypoqlarini quritib, maza qilib trubka chekib o‘tirdilar. Bir nechta dovyuraklar bu yerdan qochib, sharq tomondagi hali tekshirilmagan qoyali tog‘lardan kesib o‘tishni, u yerdan Makkenzi vodiysi orqali o‘z vatanlariga — Chippeva hindulari o‘lkasiga yetib olishni orzu qilardilar. Ikki-uch kishi xizmat muddati tugagandan keyin xuddi ana shu yo‘l bilan uyga qaytishga qapop qildilar. Shaharlik dam olish kuni o‘rmon sayriga chiqishga qanday sevinsa, ular ham mana bu xatarli safarni o‘shanday zavq bilan o‘ylardilar.
Suvsar terilarining sobiq egasi negadir bezovtadek ko‘rinar va gapga aralashmasdi. Keyin u Meylmyut Kidni bir chekkaga chaqirib olib, u bilan anchagacha gaplashdi. Prins ularni qiziqib kuzatib turdi. Ular quloqchin va qo‘lqoplarini kiyib tashqariga chiqqanlarida, jumboq yana ham chalkashgandek tuyuldi. Meylmyut Kid qaytib kirib, oltin o‘lchash uchun o‘rtaga tarozi qo‘ydi. Oltmish untsiya oltinni o‘lchab, notanish yigitning xaltasiga soldi. Undan keyin it haydovchilarning boshlig‘i ham kengashga chaqirildi. U bilan ham shu xilda bitim tuzildi. Kelasi kun odamlarning hammasi daryo bo‘ylab yuqoriga jo‘nadi, suvsar terilarining sobiq egasi esa bir oz oziq-ovqat olib, Douson tomonga qaytib ketdi.
– Hech napcaga tushunolmay qoldim, – deb javob berdi Meylmyut Kid Prinsning savoliga. – Bechora xizmatdan bo‘shashga qat’iy qaror qilibdi. Xizmatdan bo‘shash unga juda ham zarur bo‘lsa kerak, lekin sababini aytmadi. Bilasanmi, bu ham harbiy xizmatga o‘xshagan bir ish-da; u ikki yil ishlash majburiyatini olgan. Muddatidan ilgari bo‘shamoqchi bo‘lgan kishi pul to‘lashi kerak. Bordi-yu qochib ketsa, bu yerlarda qolishi mumkin emas. Lekin mana shu o‘lkada qolish nima uchundir unga juda zarur ko‘rinadi. Dousondayoq shunga ahd qilibdi-yu, lekin cho‘ntagida bir tiyin ham puli yo‘q ekan, u yerda uni hech kim tanimas ekan. U bilan bir-ikki og‘iz gaplashgan birdan-bir odam men ekanman. Shunday qilib, u boshliqlar bilan gaplashgan, ijozat olgan, agar u mendan qarzga pul ololsa, xizmatdan bo‘shashi mumkin ekan. Bir yil ichida qarzini uzishga va’da qildi — agar istasam, u juda ko‘p boylik saqlangan joyni ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. U boylikni o‘zi ko‘rmagan, lekin shunday joy borligiga qat’iy ishonar ekan.
Tashqariga chiqqanimizda, u yig‘lamoqdan beri bo‘lib gapirdi. Iltimos qildi, yalindi, oyog‘imga yiqilib qor ustida yumaladi. Men yni turg‘azib qo‘ydim. Xuddi jinniga o‘xshab allanimalar deb aljiraydi. Mana shu maqsadimga yetmoq uchun yillar bo‘yi ishladim, endi shu fursatni qo‘ldan bersam, o‘kinch va g‘amdan ado bo‘laman, deb qasamlar ichdi. Qanday maqsading bor deb so‘radim, lekin javob bermadi. Faqat: «Meni ulkaning boshqa bir tomoniga jo‘natib yuborsalar, Dousonga ikki yilsiz qaytib kelolmayman, ikki yildan keyin fursat qo‘ldan ketadi, men shundan qo‘rqaman», deb arz qildi. Odamning bunday hayajonga tushganini umrimda ko‘rgan emasman. Qarz berishga rozi ekanimni aytganimda, yangidan oyog‘im ostiga yiqildi, uni yana qop ichidan tortib olishga, o‘rnidan turg‘azishga to‘g‘ri keldi. «Meni ham o‘zingga sherik deb qo‘ya qol» dedim, qayoqda deysiz, hech unamadi. Topganimning hammasini sizga beraman, sizni boy qilaman, deb qasamlar ichdi. Odatda biror odamni o‘z ishiga sherik qilgan kishi taqsim vaqtida topgan narsaning hatto yarmisini berishga ham juda og‘irlik bilan ko‘nadi. Bunda bir gap bor, Prins, meni aytdi dersan. Agar u shu o‘lkada qolsa, undan yana biror xabar eshitib qolarmiz.
– Qaytib kelmasa-chi?
– Unda olijanobligimga putur yetdi, oltmish untsiyam esa yig‘lab ketdi, deyaver.
Yana sovuq kunlar keldi, uzoq qish tunlari boshlandi. Quyosh janub tomonda, qorli ufq chegaralarida o‘zining odatdagi bekinmachoq o‘yinini boshladi. Meylmyut Kiddan qarzdor bo‘lgan yigitdan dom-darak yo‘q edi. Kunlardan bir kun, yanvar oyida, ertalab og‘ir yuklar ortilgan chanalar Styuart daryosi bo‘yidagi Kidning uyi oldiga kelib to‘xtadi. Oldingi chanada suvsar terilarining sobiq xo‘jayini bilan birga bir odam kelardi — bunday odamlar ko‘pdan beri dunyoga kelmay qo‘ygan. Omad, botirlik, ertaklardagidek behisob oltin xazinalari to‘g‘risida gap ochilganda, odamlar hamma vaqt Aksel Gundersonni tilga olardilar. Shuningdek, qahramonlik, kuch-quvvat va botirlik haqida gap-so‘z yurganda ham uning nomi albatta eslanardi. Suhbat vaqtida gap qovushmay qolsa, uning taqdiriga sherik bo‘lgan xotin to‘g‘risida gap ochilsa, gurung yana qizib ketaverardi.
Aksel Lundersonning bo‘yi rosa yetti fut, ko‘kragi, bo‘yni, qo‘l va oyoqlari xuddi devlarnikidek edi. Chang‘isi odatdagi chang‘ilardan bahuzur bir yard uzunlik qilardi, bo‘lmasa oddiy chang‘i chiroyli kiyimlar kiyib yuradigan bu Eldorado azamati va qirolining uch yuz qadoqli gavdasini ko‘tarolmas edi ham. Uning beo‘xshov yuzi, do‘ng peshonasi, katta iyagi, doim kiprik qoqmay tik boqadigan ko‘m-ko‘k ko‘zlari by odam birgina qonun — zo‘ravonlikdan boshqa qonunni tan olmasligidan darak berardi. Qirov bosib qotib qolgan, pishgan boshoqdek sap-sariq sochlari xuddi tundagi shu’la kabi yarqirab, ayiq terisidan tikilgan kamzulining yoqasidan chiqib turadi. Aksel Gunderson itlarning oldiga tushib, tor so‘qmoq yo‘ldan kelarkan, allanarsasi qadimgi dengizchilarni eslatardi; u kelib Meylmyut Kidning eshigini qamchi dastasi bilan eski qasr darvozasini sira tortinmay qoqib o‘rgangan qadimgi normand vikinglari kabi qattiq-qattiq qoqdi.
Prins yenglarini shimarib, xotinlarnikidek nozik qo‘llari bilan xamir qilar va ahyon-ahyonda uchala mehmonga qarab qo‘yardi. Uchalasi uch xil bo‘lgan bu xildagi mehmonni bir uyda doim ham uchratib bo‘lmaydi. Meylmyut Kid Uliss deb atagan tentakka yosh muhandis hali ham qiziqib qarardi, lekin Aksel Gunderson bilan uning xotiniga bundan ham ko‘proq qiziqib qolgan edi. Hozirgi safar bu xotinni charchatib qo‘ygandi, chunki uning eri muz sahrolaridagi boylikni qo‘lga kiritganidan beri u osoyishtalik bilan o‘troq hayot kechira boshlagan, bunday hayot esa uni nozik qilib qo‘ygandi. Endi u erining keng ko‘kragiga bosh qo‘yib, xuddi devorga chirmashgan nozik guldek dam olar va Meylmyut Kidning hazilomuz savollariga erinibgina javob berardi. Xotinning qop-qopa chuqur ko‘zlari Prinsga tushganda, yigitni hayajon bosardi, chunki Prins yigit kishi, shu bilan birga sog‘lom, baquvvat va so‘nggi oylarda bironta ham xotin ko‘rmagan yigit edi. Xotinning yoshi undan kattaroq, buning ustiga u hindu ayoli edi, ammo Prins shu vaqtgacha uchratgan yerli xotin-qizlarga hech ham o‘xshamasdi. U ko‘p sayohat qilgan, hatto Prinsning vataniga ham borgan edi — bu suhbat vaqtida aniqlandi — u oq tanli ayollar bilgan va bilmagan narsalarni bilar edi. U dudlangan baliqdan ovqat pishirishni va qop ustiga joy solishni bilardi. Hozir esa u erkaklar allaqachon eslaridan chiqarib yuborgan ajoyib ovqatlar, turli-tuman noz-ne’matlar haqida batafsil so‘zlab, suhbatdoshlarining og‘izlaridan suvini oqizar edi. Bu xotin bug‘u, ayiq va kichkina havo rang tulki, umuman shimoliy dengizlarda bo‘ladigan jonivorlarning qiliq va odatlarini bilardi, o‘rmon va daryolarning siridan xabardor, yumshoq qop ustida odam, qush yoki hayvon qoldirgan izlarga qarab, bo‘lgan ishlarni kitob o‘qigandek qiynalmay aytib bera olardi. Lekin hozir bu uyda turadigan odamlar uchun devorga osib qo‘yilgan qoidaga ko‘zi tushganda, uning ko‘zlari ayyorlik bilan chaqnab ketganini Prins ko‘rib qoldi. Bu kun tartib qoidalarini o‘zi yosh, qoni hali qaynoq vaqtlarda Bettlz tuzgan bo‘lib, bu qoidalar bir oz dag‘alroq uslubda, ammo juda sodda tilda yozilgandi. Bu uyga xotinlar kelganda, Prins odatda qoidani ters aylantirib qo‘yardi. Lekin bu hindu xotinning savodi bor deb kim o‘ylabdi deysiz… Ey, endi bo‘lar ish bo‘ldi.
Aksel Gundersonning xotini shu ekan-da. Bu xotin haqidagi dovruq erining shuhrati bilan birlikda butun Shimolga tarqalgandi. Dasturxonga o‘tirishar ekan, Meylmyut Kid eski do‘st sifatida unga tegajog‘lik qilardi, o‘zini bir oz qo‘lga olib Prins ham Kidga qo‘shildi. Lekin u xotin bu tengsiz tortishuvda o‘zini ustalik bilan himoya qilar, so‘zga no‘noq eri esa faqat bosh irg‘itib iljayardi. Uning o‘z xotini bilan faxrlanishi ko‘rinib turardi. Uning har bir qarashi, har bir harakati erining hayotida bu xotin naqadar katta o‘rin tutganligidan guvohlik berib turardi. Suvsar terisining sobiq xo‘jayini qizg‘in suhbatga aralashmay, xuddi hech kimning esiga ham kelmagan bir holda bir burchakda o‘tirib, indamay ovqat yerdi; u boshqalar ovqatlanib bo‘lishidan ancha ilgari o‘rnidan turib, itlar oldiga, tashqariga chiqib ketdi. Boshqalar ham ko‘p o‘tmay dasturxondan turib, qo‘lqop va quloqchinlarini kiyib uning ketidan tashqariga chiqdilar.
Bir necha kundan beri qor yog‘magan edi, shuning uchun ham chanalar tekis so‘qmoqdan, muz ustidan yurgandek sirg‘anib bordilar. Uliss oldingi chanani haydab borardi, ikkinchisida esa Prins bilan Aksel Gundersonning xotini, Meylmyut Kid bilan oltin sochli dev esa uchinchi chanada borardilar.
– Biz tavakkaliga ketyapmiz, Kid, – dedi Aksel Gunderson, – lekin men to‘g‘ri boryapmiz deb o‘ylayman. O‘zi o‘sha tomonlarga hech bormagan ekanu, lekin ko‘pgina qiziq narsalarni hikoya qilib berdi. U menga bir xarita ko‘rsatdi. Bu xarita haqida men bundan bir necha yil ilgari Kutneyga borganimda ba’zi narsalar eshitgan edim. Seni o‘zim bilan olib ketishni juda istardim, lekin u juda g‘alati odam. Agar birov bizga qo‘shilgudek bo‘lsa, hamma ishni tashlayman-ketaman, deb qasam ichdi. Qaytib kelay, senga o‘z joyim oldidan eng yaxshi uchastkani ajratib beraman. Bundan tashqari shahar qurila boshlaganda, seni o‘z payimga sherik qilaman… Yo‘q! Yo‘q! – deb qichqirib berdi Aksel Gunderson, Meylmyut Kid uning so‘zini bo‘lmoqchi bo‘lganda. – Bu mening ishim. Bamaslahat ish qilgan yaxshi. Agar ish o‘ngidan kelib qolsa, bu ikkinchi Krippl bo‘ladi. Hoy menga qapa, ikkinchi Krippl deyapman-a! U yer qum emas, toza, yaxlit oltin toshlar koni-ya. Agar biz ishga astoydil kirishsak, hammasi bizniki bo‘ladi — million-millionlarga ega bo‘lamiz. O‘sha yer haqida ilgari ham eshitgan edim, sen ham eshitgansan. Biz shahar bino qilamiz… Ishchilar, ajoyib suv yo‘llari, paroxodlar qatnovi, savdo-sotiq… Daryoning yuqori oqimi bilan aloqa… Balki temir yo‘l qurish ham mumkin bo‘lar. Taxta tilish zavodlari, elektrostantsiya quramiz… O‘z bankimizni ochamiz, aktsioner jamiyati, sindikatimiz bo‘ladi… Faqat jim! Men qaytib kelguncha, damingni chiqarma!
Yukon bo‘ylab ketgan so‘qmoq Styuart daryosini kesib o‘tadigan joyda chanalar to‘xtadi. Muz dengizi ko‘z ilg‘amas uzoqlarga — sharqqa tomon cho‘zilib ketgan. Chanalarga bog‘lab qo‘yilgan chang‘ilar olindi. Aksel Gunderson xayrlashdi-da, birinchi bo‘lib yo‘lga tushdi. Uning kattakon chang‘ilari qor ichiga bir qarich-bir qarich botib, yo‘lni tekislar va itlarga yo‘l ochib berardi. Uning xotini eng orqadagi chana ketidan qolmay qo‘pol chang‘ilarda ustalik bilan sirpanib borardi. Xayr-xush qilib sokinlikni buzdilar, itlar vangillab yubordilar, suvsar terilarining egasi tixirlik qilayotgan yetakchi itni qamchi bilan yo‘lga soldi.
Bir soatdan keyin chanalar uzoqdan, xuddi katta oq qog‘oz ustidan asta surilib borayotgan qopa qalamga o‘xshab ko‘rinar edi.

II

Bir necha haftadan keyin, kechki payt Meylmyut Kid bilan Prins shaxmat masalasini yechib o‘tirar edilar. Bu masalani allaqanday eski bir jurnalning yirtib olingan varag‘idan topib oldilar. Kid Bonanzedagi o‘z uchastkasidan endigi-na qaytib kelib, dam olar va bug‘u oviga chiqish uchun hozirlik ko‘rardi. Prins ham deyarli qishi bilan sanqib yurdi, endi bo‘lsa uyda rohatlanib yotardi.
– Qora asp bilan to‘sib, shohga kisht ber… Yo‘q, bu yaramaydi. Keyingi yurishni bir o‘ylab ko‘r…
– Piyodani nega ikki xonaga surasan? Uni ko‘zidan o‘tgani uchun urib olish mumkin, fil esa o‘ynamay turibdi.
– Yo‘q, to‘xta! Mana by yer himoyasiz qoladi…
– Yo‘q, himoya qilingan. Qani, u yog‘ini ko‘raver-chi! Nima bo‘lishini ko‘rasan.
Masala juda qiziq edi. Kimdir eshikni ikkinchi marta qoqdi, Meylmyut Kid faqat shundan keyingina: «Kiring», dedi. Eshik lang ochilib, allakim gandiraklab ichkari kirib keldi. Prins unga bir qaradi-yu, o‘rnidan irg‘ib turdi. Uning ko‘zlarida aks etgan dahshat Meylmyut Kidni o‘girilib qarashga majbur qildi. U o‘z hayotida juda ko‘p dahshatli narsalarni ko‘rgan, lekin hozir u ham qo‘rqib ketdi. G‘alati bir maxluq paypaslanib ular tomon kela boshladi. Prins revolveri osig‘liq turgan devordagi mixni paypaslab topguncha, orqasiga tislana bordi.
– Xudo-yo tavba, bu nima o‘zi? – deb shivirladi u.
– Bilmadim, sovuq urgan va och qolgan odamga o‘xshaydi, – deb javob berdi Kid qarshi tomonga chekinayotib. – Ehtiyot bo‘l! Esdan og‘ib qolgan bo‘lishi ham ehtimol, – deb Prinsni ogohlantirdi-da, shartta eshikni yopib oldi.
Haligi maxluq stolga yaqinlashdi. Lampaning yorug‘i uning ko‘ziga tushdi, bundan zavqlanib bo‘lsa kerak, u qiqirlab kulib yubordi. Keyin odam — chunki u har holda odam edi — birdan orqasiga tashlandi, o‘zining charm ishtonini ko‘taribroq qo‘ydi-da, dengiz to‘lqinlariga jo‘r bo‘lib, ekipaj komandasi aytadigan bir ashulani boshlab yubordi:
Daryo ichra pastga qarab suzar kemamiz,
Hech bo‘shashmang, azamatlar, hech ham bo‘sh kelmang!
Bilasizmi, kapitanning oti nimadir?
Hech bo‘shashmang, azamatlar, hech ham bo‘sh kelmang!
Kentukkilik, uning oti Jonatan Jonsdir.
Hech bo‘shashmang, azamatlar…
Qo‘shiq tugamay turib, birdan ovozi kesildi. Haligi odam yirtqichlarcha bo‘kirib, ovqat turgan tokchaga o‘zini tashladi. Uni ushlab qolgunlaricha, bir parcha xom yog‘ni og‘ziga tiqdi. U Meylmyut Kid bilan olishib ketdi, lekin tez holdan toydi va zaiflanib, o‘ljasini qo‘yib yubordi. Ikki do‘st uni kursiga o‘tqazdilar. U ko‘kragini stulga tirab yotib oldi. Bir necha tomchi viski uni o‘ziga keltirdi. U Meylmyut Kid surib qo‘ygan qanddonga qoshiq suqdi. Shirinlik yeb, bir oz nafsi bosilgandan keyin, Prins cho‘chib seskanib, uning oldiga bir kosa sho‘rva qo‘ydi.
U maxluqning ko‘zlarida telbalik o‘ti chaqnadi; u qoshiqni har og‘ziga olib borganida, o‘sha o‘t goh yonar, goh o‘chardi. To‘g‘risini aytganda, uning ko‘zlari kirtaygan, yonoqlari kirib ketgan yuzida insonni eslatuvchi biror narsa qolmagandi. Yuzlari sovuq urib yara-chaqa bo‘lib ketgan, bu yaralar ostidan eski tirtiqlari bilinib turardi. Qotib ketgan terisi tars-tars yorilib, qoni chiqib yotibdi. Ustidagi mo‘yna kiyimi iflos va dabdala bo‘lib ketgan, bir tomondagi yungi mutlaq kuyib bitgan. Bu uning gulxanga juda yaqin yotganidan bo‘lsa kerak.
Meylmyut Kid uning kamzulidan yo‘l-yo‘l qilib kesib olingan joyni ko‘rsatdi — bu mudhish ochlik belgisi.
– Kim bo‘lasiz? – deb sekin va dona-dona qilib so‘radi Kid.
Odam uning gapini eshitmagandek edi.
– Qayerdan keldingiz?
Notanish kishi bunga javoban titroq ovoz bilan ashula aytib yubordi:
Daryo ichra pastga qarab suzar kemamiz.
– Suzsa suzaversin-e? Sadqai cap! – deb Meylmyut Kid tuzukroq javob berarmikin degan umidda uning yelkasidan ushlab silkitdi.
Lekin odam, og‘riqdan bo‘lsa kerak, chinqirib yubordi va yonboshini ushlab qoldi, keyin stolga suyanib, ohista o‘rnidan turdi.
– U kulardi… Ko‘zlaridan nafrat o‘ti chaqnab turardi… U… men bilan birga ketmadi.
U jim qoldi va gandiraklab ketdi. Meylmyut Kid uning qo‘lidan ushlab qichqirdi:
– Kim? Kim ketmadi?
– Unga-da… Unga. Unga kulib yubordi-yu, meni tushirib qoldi, mana bunday qilib, keyin…
– Ha, keyin nima bo‘ldi?
– Undan keyin…
– Keyin nima bo‘ldi, axir?
– Keyin uzoq vaqtgacha qor ustida yotdi. Hozir ham o‘sha yerda yotibdi.
Ikki do‘st sarosimaga tushib, bir-biriga qarashdi.
– Kim qorda yotibdi?
– U-da, Unga. U menga qarab yotdi, qarashida nafrat bor edi, undan keyin…
– Xo‘sh, xo‘sh?
– Undan keyin… Unga pichoqni olib, mana bunday qilib bir-ikki tortib yubordi, ammo u holdan toygan edi. Men juda sekin yurdim, o‘sha yerda oltin juda ko‘p, oltin juda ko‘p…
– Unga qayerda qoldi?
Ehtimol, o‘sha bechora Unga shu yaqin orada, bor-yo‘g‘i biror millik masofada o‘layotgandir. Meylmyut Kid bechoraning yelkasidan ushlab silkitar va:
– Unga qayerda? Unga kim o‘zi? – deb takrorlar edi.
– U o‘sha yerda… Qop ustida.
– Gapirsang-chi axir! – deb Kid uning qo‘lini qattiq qisdi.
– Men ham… qolardim… qor ustida… lekin qarzimni to‘lashim kerak edi… qarzimni… to‘lashim kerak… oltinni… olib yurish… og‘ir bo‘ldi… to‘lashim kerak… – U bir-biriga bog‘lanmagan gapini to‘xtatdi-da, qo‘lini cho‘ntagiga suqib, bug‘u terisidan qilingan xaltacha oldi.
– Qarzimni… to‘lashim kerak… besh qadoq oltin… Meylmyut Kidga… men…
U holsizlanib boshini stol ustiga qo‘ydi, Meylmyut Kid endi uni oyoqqa turg‘azolmadi.
– Bu Uliss, – dedi shoshilmay Kid va oltin solingan xaltachani stol ustiga tashladi. – Aksel Gunderson bilan xotini adoyi tamom bo‘lgan ko‘rinadi. Kel, uni karavotga yotqizib, ko‘rpaga o‘rab qo‘yaylik. Bu hindu yigiti, joni qattiq, tuzalib ketadi va bor gapni aytib beradi.
Uning ustida muzlab qolgan kiyimni pichoq bilan kesib olishar ekan, hali bitmagan, pichoq zarbidan paydo bo‘lgan yaralarni ko‘rishdi.

III

– Bor gapni bilganimcha gapirib beraman, hammasini o‘zingiz tushunib olasiz. Eng boshidan boshlayman, avval o‘zim va ayol haqida, undan keyin erkak haqida gapiraman.
Suvsar terisining sobiq xo‘jayini xuddi o‘t qochib ketayotganday pechkaga yaqinroq surildi. Uning harakati issiqdan uzoq vaqt mahrum bo‘lgandan keyin uni yana qaytib topgan odamning harakatiga o‘xshardi. Meylmyut Kid lampaning piligini tuzatib, yorug‘i hikoyachining yuziga tushib turadigan qilib qo‘ydi. Prins o‘rinning bir chekkasiga o‘tirib olib, hikoya tinglashga hozirlandi.
– Mening otim Naas, qabila boshlig‘ining o‘g‘liman, o‘zim ham qabila boshlig‘i edim. Men kunchiqar bilan kunbotar oralig‘ida, sho‘x dengiz o‘rtasida, otamning umiakida tug‘ilganman. Tun bo‘yi erkaklar eshkak tortdilar, xotinlar esa to‘lqindan umiakka kirayotgan suvlarni suzib turdilar, hamma bo‘ronga qarshi kurashdi.
Sachragan sho‘r suv tomchilari onamning ko‘kragida muzlab qolardi. Oxiri onamning so‘nggi nafasi dengiz to‘lqini bilan birga to‘xtadi. Lekin men — men o‘z ovozimni bo‘ron ovoziga jo‘r qildim va tirik qoldim. Bizning joyimiz Akatanda edi.
– Qayerda? – deb so‘radi Meylmyut Kid.
– Akatan deb Aleut orollarini aytamiz. Akatan Chignikdan, Kardalakdan va Unimakdan ham narida. Shunday qilib, biz dunyoning bir chetida, dengiz o‘rtasiga joylashgan Akatanda yashardik. Biz sho‘r dengizda tyulen, baliq va suvsar ovi bilan shug‘ullanardik, uylarimiz bir-birining pinjiga tiqilib, baland qirg‘oqqa — o‘rmon bilan soylik o‘rtasiga tushgan edi. Mana shu soylikda bizning qayiqlarimiz turardi. Biz uncha ko‘p emasdik, bizning dunyomiz juda tor edi. Bizning sharq tomonda Akatanga o‘xshagan allaqanday yot orollar yotar, biz esa butun dunyo faqat orollardan iborat ekan deb o‘ylar va shunday o‘ylashga o‘rganib qolgan edik. Men o‘z qabilam odamlariga o‘xshamasdim. Qumloq sayoz joylarda qiyshiq xodalar, parchalan-gan katta qayiqlarning taxtalari sochilib yotardi. Bunday qayiq yasashni mening xalqim bilmasdi. Esimda bor, uch tomondan dengiz ko‘rinib turadigan bir orolning chetida tikka o‘sgan silliq qarag‘ay bor edi. Bunday daraxtlar bizning joylarimizda o‘smasdi. Bir kun mana shu yerga dengiz tomonidan ikki kishi kelib tushdi deb hikoya qilardilar. Ana shu ikki kishi dengizning narigi yog‘idan qayiqda tushib kelgan ekan. Bu qayiqning parchalangan taxtalarini o‘sha soylikda ko‘rdim. Ular xuddi sizga o‘xshagan oq tanli va juda holdan toygan, ocharchilik kunlarida ovchilar tyulen oviga borib, quruq qaytib kelganlarida, kichik bolalarning ahvoli naqadar mushkul bo‘lsa, ularniki ham shunday ekan. Men bu hikoyani qariyalardan eshitganman, ular esa o‘z ota va onalaridan eshitishgan ekan. Boshda yot o‘lkalardan kelgan bu oq odamlarga bizning urf-odatimiz yoqmagan, lekin bora-bora ular baliq va yog‘ yeb sog‘ayib ketganlar, kuchga to‘lganlar. Ularning har qaysisi o‘zlariga uy qurib, qabilamizning eng yaxshi qizlarini xotin qilib olganlar; keyin ulardan bolalar paydo bo‘lgan. Shunday qilib, otamning otasining otasi dunyoga kelgan ekan.
Hali aytganimdek, men o‘z qabilamdagi odamlarga o‘xshamas edim, chunki mening tomirlarimda dengizning narigi yog‘idan kelgan oq tanli odamlarning qoni oqardi. Aytishlariga qaraganda, ular kelmasdan ilgari bizda boshqacha rasm-odatlar bo‘lgan ekan, lekin u odamlar rahm-shafqatsiz va urishqoq bo‘lganlar. Ular bizning erkaklar bilan urishib, o‘zlariga qarshi chiqqanlarning hammasi-ni o‘ldirganlar. Keyin esa bizga qabila boshlig‘i bo‘lib olganlar, bizning eski qonunlarimizni bekor qilib, yangi qonunlar o‘rnatganlar. Bu qonun bo‘yicha odam, ilgarigi rasmimizdagidek o‘z onasining bolasi emas, balki otasining bolasi hisoblangan. Bundan tashqari, ular to‘ng‘ich bola otaga qarashli hamma mol-mulkni olishi kerak, uning uka va singillari esa o‘z kunlarini o‘zlari ko‘rishlari kerak deb qapop qilganlar. Ular bundan tashqari yana boshqa ko‘pgina qonunlar chiqarganlar, bizga baliq tutish va o‘rmonlarimiz to‘la bo‘lgan ayiqlarni o‘ldirishning yangi usulini ko‘rsatganlar. Ular qahatchilik bo‘lib qolsa, qanday qilib ko‘p oziq-ovqat g‘amlashni o‘rgatganlar. Buning hammasi yaxshi.
Lekin ular qabila boshlig‘i bo‘lib, bizda qarshilik ko‘rsatadigan odam qolmagandan keyin, bir-birlari bilan urish-janjal qila boshlaganlar. Mening tomirlarimda qoni yurib turgan odam boshqa birining badaniga nayza sanchgan. Bu dushmanlikni ularning bolalari, undan so‘ng bolalarining bolalari ham davom ettirganlar. Ularning orasida dahshatli adovat va dushmanlik hukm surgan. Hatto mening vaqtimda ham yovuz ishlar bo‘lar ediki, bir-biriga ota qonini o‘tkazish uchun har bir oilada faqat bittadan odam qolgan edi, xolos. Bizning oilada men, boshqa oilada esa onasi bilan bir qiz — Unga qolgan edi. Uning otasi bilan mening otam bir kun kechasi baliq ovidan qaytib kelmadilar, lekin dengiz suvi ko‘tarilganda, to‘lqin ularning tanasini qirg‘oqqa chiqarib tashlagan. Qarasalar, ikkisi qumloqda bir-biri bilan quchoqlashib yotgan emish.
Odamlar ularga qarab turib, boshlarini chayqaganlar, chunki ikki oila o‘rtasida adovat borligini ular yaxshi bilganlar. Unga bilan mening bolalarim ham bu dushmanlikni davom ettiradilar der edilar. Ular bu haqda menga bolalik chog‘imdayoq gapirar edilar. Keyinpoq men ham Ungaga, bolalarim dushmanining bo‘lg‘usi onasi deb qaray boshladim. Men hamma vaqt shu to‘g‘rida o‘ylar edim. Yoshim ulg‘ayib, yigit bo‘lganimda men nima uchun shunday, buning sababi nima deb qariyalardan so‘radim. «Bilmaymiz, otalarimizning zamonasida shunday edi», deb javob berdilar. Men nima uchun kelajak avlod dunyodan o‘tib ketganlarning adovatini davom ettirishi kerak deb hayron bo‘lardim. Bu adolatdan emasligiga aqlim yetardi. Lekin qabila odamlari shunday bo‘lishi kerak, deb ta’kidlardilar. Men u vaqtlarda hali yosh yigitcha edim.
Ular: «Unganing bolalaridan sening bolalaring kattaroq bo‘lsin, tezroq voyaga yetsin», deb meni qistar edilar. Bu oson ish edi, chunki men qabila boshlig‘i edim, xalq ota-bobolarimning qahramonligi, bergan qonunlari, boyliklarim uchun meni hurmat qilardi. Har qanday qiz menga jon deb xotin bo‘lardi. Lekin ko‘nglimga yoqadigan biror tuzuk qizni topolmay yurdim. Chollar va qizlarning onalari meni qistar edilar: «Ko‘pgina ovchilar Unganing onasi huzuriga kelib, Unga uchun katta qalin berishni va’da qilayotirlar. Agar uning bolalari senikidan ilgari o‘sib ulg‘aysa, sening bolalaringni o‘ldiradi».
Lekin men hamon o‘zimga munosib qizni topol-may yurdim. Bir kun men baliq ovidan qaytib kelayotgan edim. Quyosh botish oldida uning shu’lasi ko‘zni qamashtirardi. Yengil shabada esmoqda, qayiqlar to‘lqin ustida chayqalib boradi. Birdan Unganing qayiqchasi mening oldimdan shuvillab o‘tib ketdi. Unga mening yuzimga tikilib qaradi. Uning to‘zigan sochlari tun kabi qora, yuzlarida suv tomchilari marjon kabi yaltiraydi. Hali aytganimdek, quyosh ko‘zlarni qamashtirar, men esa u vaqtda yosh edim. Butun vujudim jimirlab ketdi, shunda birdan hamma narsa menga ravshan bo‘lib qoldi. Ungaga yana yetib keldim, u menga yana bir qarab qo‘ydi — bunday qarash Ungaga xos edi. A’zoyi badanim yangidan titrab ketdi. Biz besunaqay qayiqlardan o‘zib ketganimizda orqamizdan odamlar qichqirib qolishdi. Unga ustalik bilan eshkak tortar, mening yuragim esa ko‘tarilgan yelkan singari tipirchilar edi. Lekin men uning orqasidan quvib yetolmadim. Shamol borgan sari kuchaydi, dengiz yuzini oq ko‘pik qopladi. Biz bo‘lsak, to‘lqinlar ko‘ksida xuddi tyulenga o‘xshab, sakrab-sakrab borardik.
Naas xuddi dengiz ustida qayiqni surayotgan eshkakchidek stulda o‘tirgan holda bukchayib oldi. Ehtimol, uning ko‘ziga qayerdadir, pechkaning orqasida, tez ketayotgan qayiqcha va Unganing to‘zigan sochlari ko‘ringandir, uning quloqlari ostida yel guvullab, dengizning Sho‘r Suvi dimog‘iga urilgandir.
– Unga qirg‘oqqa yetib oldi va qah-qahlab kulgani holda qum ustidan chopib borib, o‘z uyiga kirib ketdi. Shu kechasi mening kallamga Akatan qabilasining boshlig‘iga munosib ulug‘ bir fikr keldi. Oy chiqqach, men Ungalarning uyiga qarab ketdim. U yerda, Ungalarning uyi eshigi oldida Yash-Nush keltirgan sovg‘alarga ko‘zim tushdi. Yash-Nush yaxshi ovchi bo‘lib, Unganing bolalariga ota bo‘lish orzusida edi. Ko‘pgina yigitlar o‘z sovg‘alarini keltirib, shu uy eshigi oldiga uyib qo‘yar, keyin qo‘l tekkizilmaganini ko‘rib, yana qaytib olib ketardilar. Har bir yangi kelgan kishi o‘zidan ilgarisiga qaraganda ko‘proq mol keltirardi.
Men oy va yulduzlarga qarab iljaydim-da, uyimga qaytdim. Butun boyliklarim uyimda saqlanardi. Mening sovg‘alarim Yash-Nushnikidan bir gaz yuqori ko‘tarilguncha, ko‘p martabalab u yoqdan-bu yoqqa mol tashidim. Bular ichida dudlangan va quritilgan baliq, qirqta tyulen terisi, yigirmata suvsar terisi bor edi, har bir terining ichi yog‘ bilan to‘ldirilgan, og‘zi bog‘langan. Bundan tashqari bahor paytida o‘z qo‘lim bilan o‘ldirgan yigirmata ayiqning terisi bor edi. Shuningdek, bu yerda marjon, ko‘rpa, to‘q-qizil matolar uyilib yotardi. Men bu matolarni sharq tomonda yashovchi xalqdan ayirboshlab olgan edim, ular esa o‘z qatorida undan ham sharq tomonroqda yashovchi xalqdan olgan ekanlar. Men Yash-Nushning keltirgan narsalariga qarab kulib qo‘ydim: chunki Akatanda men qabila boshlig‘i edim, mening boyligim hamma yigitlarning boyligidan ham ko‘p edi. Mening ota-bobolarim katta ishlar qilganlar, qonunlar chiqarib, odamlar xotirasida o‘z nomlarini abadiy qoldirganlar.
Ertasi ertalab men qirg‘oq tomonga ketayotib, Ungalarning uyiga ko‘z qirimni tashladim. Sovg‘alarimga qo‘l tekkizilmabdi. Xotinlar bo‘lsa kulishar va bir-birlariga gap qotishar edi. Men nima qilishimni bilmay qoldim: chunki hech kim shunchalik ko‘p qalin keltirmagan edi. O‘sha kechasi men mollarni yana ham ko‘paytirdim. Keltirgan narsalarim ichida teridan yasalgan va hali suvga tushirilmagan qayiqcha ham bor edi. Kelasi kun ham mening mollarim qimirlamay o‘z joyida turar, odamlar esa meni masxara qilib kulishar edi. Unganing onasi ayyor xotin edi. Meni o‘z xalqim oldida sharmanda qilgani uchun g‘azabim keldi. Kechasi uy eshigi oldiga yana bir qancha mol keltirib qo‘ydim. Bular ichida bahosi yigirmata qayiqchaga baravar keladigan, naqshdor qilib yasalgan katta qayiq ham bor edi. Ertalab qarasam, sovg‘alarim ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qolibdi.
Shunda men to‘yga tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Men qurgan bazmga hatto uzoq sharq tomonda yashovchi odamlar ham sovg‘a olib kelishdi. Bizning hisobimiz bo‘yicha Unga mendan to‘rt quyosh katta edi — bu to‘rt yosh demakdir. U zamonlarda men yosh yigit edim, lekin men qabila boshlig‘i va qabila boshlig‘ining o‘g‘li bo‘lganim sababli, yosh bo‘lishimning ahamiyati yo‘q edi.
Kutilmaganda okean yuzida yelkanli kema paydo bo‘ldi. Shamol ko‘chaygan sari kema yaqinlashaverdi. Kema shikastlangan bo‘lsa kerak, matroslar nasosni ishga solib, kema ichidagi suvni chiqarib tashlamoqda edilar. Kemaning old tomonida azamat gavdali bir kishi turardi: u suv chuqurligini qanday o‘lchayotganliklarini ko‘zdan kechirar va momaqaldiroqqa o‘xshagan baland ovozi bilan buyruqlar berib turardi. Uning ko‘zlari ko‘m-ko‘k, sochlari xuddi arslon yoliga o‘xshab yoyilgan. U odamning sochlari janubda o‘sadigan bug‘doy kabi,yoki matroslar arqon to‘qiydigan manil kanopidek sap-sariq edi.
So‘nggi yillarda uzoqdan suzib o‘tgan ko‘pgina kemalarni ko‘rgandik, lekin bu Akatan qirg‘og‘iga kelib to‘xtagan birinchi kema edi. Bazmimiz to‘xtadi, bolalar va xotinlar uy-uylariga qochib ketdilar. Biz erkaklar esa o‘q-yoylarimizni tayyorlab, qo‘llarimizga nayza olib, kutib turdik. Lekin kemaning tumshug‘i sohilga kelib urilganda, yot o‘lkalik kishilar o‘z ishlari bilan band bo‘lib, bizga hech e’tibor bermadilar. To‘lqin bir oz pasaygandan keyin ular kemani qiyshaytirib, kema ostidagi katta teshikni yamay boshladilar. Shunda xotinlar yana o‘z uylaridan o‘rmalab chiqdilar, bazm ham davom etaverdi.
Dengiz suvi yana ko‘tarilgach, dengizchilar kemalarini chuqur yerga olib borib qo‘ydilar-da, biznikiga keldilar. Ular o‘zlari bilan sovg‘a olib keldilar, hammamiz bilan xushmuomalada bo‘ldilar; men ularga o‘z o‘rtamizdan joy bo‘shatib berdim va boshqa mehmonlar qatori ularga ham qo‘li ochiqlik bilan sovg‘alar tortiq qildim, chunki o‘sha kuni mening to‘yim edi, men Akatan qabilasining boshlig‘i edim. Arslon yolli odam ham biznikiga keldi. U shu qadar baland bo‘yli va baquvvat ediki, yurganda oyoqlarining ostidagi yer titraganday bo‘lardi. U qo‘llarini mana bunday qilib qovushtirib, Ungaga uzoq tikilib o‘tirdi. U to quyosh botib, yulduzlar charaqlaguncha shu vaziyatda o‘tirdi. Qorong‘u tushganda o‘z kemasiga qaytdi. Men esam Unganing qo‘lidan ushlab, uyimga olib ketdim. Ashula va quvnoq kulgi ovozlari eshitilib turardi. Xotinlar rasm-odatimizga taomil qilib sho‘xlik bilan bizning ustimizdan kulishar edi. Lekin biz hech nimaga e’tibor bermadik. Undan keyin xaloyiq uy-uyiga tarqalib, ikkalamiz qoldik.
Hali qo‘shiq ovozlari o‘chmagan ham ediki, birdan dengizchilarning boshlig‘i eshigimiz oldida paydo bo‘ldi. U o‘zi bilan qopa shishalar olib keldi. Biz shishalardagi suvdan icha boshladik, shunda kayfimiz chog‘ bo‘lib ketdi. Axir men unda yosh bo‘lib, butun umrimni dunyoning bir chekkasida o‘tkazgan edim. Qonim qizishdi, yuragim esa xuddi dengiz to‘lqinlari qirg‘oq toshlariga otib tashlagan ko‘pik singari yengil edi. Unga po‘stinga o‘ralib, burchakda jim o‘tirar, uning ko‘zlari qo‘rqinchdan katta-katta ochilgan edi. Arslon yolli odam bo‘lsa unga tikilib-tikilib qarab qo‘yardi. Keyin uning odamlari bir qancha mol keltirib, mening oldimga to‘plab qo‘ydilar. Bunday boylik Butun Akatanda yo‘q edi. Bu mollar ichida katta-kichik miltiqlar, miltiq dorilari, o‘q, yarqiroq boltalar, po‘lat pichoqlar, allaqanday g‘alati asboblar va har xil boshqa narsalar bor edi. Men bunday narsalarni umrimda ko‘rgan emasdim. U qo‘li bilan ishora qilib, bu boyliklarning hammasi meniki ekanligini bildirdi. Men uning bu ishiga qarab, faqat ulug‘ odamgina bunday saxiylik qila oladi deb o‘yladim. Shuning bilan birga u kishi Unga men bilan kemaga birga ketishi kerak degan ishorani qildi. Tushunyapsizmi? Unga u bilan kemaga borishi kerak emish! Menda ota-bobolarimning qoni qaynab ketdi. Men nayzamni olib, unga tashlandim. Lekin shisha ichidagi ruh qo‘l-oyoqlarimdagi kuchni olib qo‘ygan ekan. Arslon yolli kishi yelkamdan ushlab, mana bunday qilib, boshim bilan devorga urdi. Men yangi tug‘ilgan chaqaloqdek ojiz bo‘lib qolgan edim, oyoqlarim bukilib ketdi. Shunda u odam Ungani eshikka sudradi. Unga esa qichqirib, uyda bor narsalarga yopishar edi. Keyin u o‘zining baquvvat qo‘llari bilan Ungani ushladi; Unga uning sariq sochlarini yula boshlagan edi, u xuddi urchitish vaqtidagi erkak tyulenga o‘xshab gypkipab, qattiq kulib yubordi.
Men sohilgacha emaklab borib, xalqimni yordamga chaqira boshladim, lekin odamlar chiqishga jur’at qilolmadilar, faqat Yash-Nushgina erkak ekan, u yordamga keldi, lekin ular Yash-Nushning boshiga eshkak bilan tushirdilar, Yash-Nush qumga yiqilib tushdi-da, jim qoldi. So‘ng yot o‘lkalardan kelgan odamlar ashula aytishib, yelkanni ko‘tardilar, shamol ularning kemasini surib ketdi.
«Bu yaxshi bo‘ldi, chunki Akatanda ortiq qon adovati tugadi» der edi odamlar, lekin men hech narsa demay, oy to‘lishini kutib qoldim. Oy to‘lganda, men qayiqchamni baliq bilan yoqqa to‘ldirib, sharq tomonga qarab suzib ketdim. Men yo‘llarda juda ko‘p orollar va odamlarni uchratdim, o‘shandagina dunyoning bir chekkasida yashaganligimni va dunyo qanchalik keng ekanligini angladim. Men odamlar bilan imo-ishora orqali gaplashdim, surishtirdim, lekin arslon yolli odamni ham, kemani ham hech kim ko‘rmagan ekan. Kimdan so‘rasam, hamma sharqni ko‘rsatar edi. Men to‘g‘ri kelgan yerda yotdim, yemagan ovqatlarimni yedim, g‘alati odamlarni ko‘rdim. Ko‘p odamlar meni jinni deb masxara qildilar. Lekin ba’zi qariyalar mening yuzimni yorug‘likka o‘girib, duolar qildilar. Yosh xotinlar kema haqida, Unga va arslon yolli odam haqida savol-co‘poq qilganlarida, ko‘zlari yoshga to‘lap edi.
Shunday qilib, men azamat dengizlar, dahshatli to‘lqinlardan o‘tib, Unalyaokaga yetib keldim. U yerda ikkita kemani ko‘rdim, lekin men istagan kema ularning ichida yo‘q edi. Men yana sharqqa tomon ketdim. Unimak orolida ham, Kadiakda ham, Atonyakda ham men qidirgan kema haqida hech kim biror narsa aytib berolmadi. Bir kuni men tog‘lik o‘lkaga borib qoldim, u yerda odamlar tog‘ etaklarida katta-katta chuqur qaziyotgan ekanlar. O‘sha yerda bir kemani ko‘rdim, lekin u men istagan kema emasdi, odamlar tog‘dan qazib olgan toshlarni shu kemaga ortar edilar. Bu menga bolalar o‘yiniga o‘xshab ko‘rindi, chunki toshni istagan yerdan topish mumkin-ku axir. Ular menga ovqat berib qornimni to‘ydirdilar, keyin ishga soldilar. Kemaning yuki ancha og‘irlashib, suv ichiga ancha o‘tirib qolgandan keyin, kapitan menga pul berdi va sen endi ozod bo‘lding deb aytdi. Men undan qayoqqa borasizlar deb so‘radim, u janub tomonni ko‘rsatdi; undan meni ham olib ketishlarini iltimos qildim. U avval kuldi, keyin komandasi to‘la emasligi sababli, meni ham o‘z kemasiga oldi. Shu kemada yurib, men ularning tilida gapirishga o‘rgandim, arqon tortishni, qattiq shamol vaqtida yelkan bog‘ichlarini olishni, rulda turishni o‘rganib oldim. Ajablanarli hech narsa yo‘q, chunki ota-bobolarimning tomirida dengizchilar qoni oqqan.
U bilan qabiladosh bo‘lgan odamlar orasida yashaganimdan keyin, men uni osonlik bilan topib olaman deb o‘yladim. Bir kuni biz sohilga yaqinlashib dengiz darvozasi orqali portga kirdik, bu yerda qo‘llarimda qancha barmoq bo‘lsa, shuncha kemani uchratamiz deb o‘ylagan edim. Lekin kemalarning son-sanog‘i yo‘q, xuddi baliq to‘dasi singari g‘uj-g‘uj, kemalar turgan pristan ko‘p chaqirimlar uzoqlarga cho‘zilib ketgan edi. Bir kemadan ikkinchisiga o‘tib, arslon yolli odamni ko‘rdinglarmi deb so‘rab yurdim, ular kulib, meni masxara qildilar, turli-tuman tillarda javob qaytardilar. Shunda bildimki, bu kishilar dunyoning turli burchaklaridan kelgan ekan.
Shahar ko‘chalarida har bir odamning yuziga diqqat bilan qapap edim. Lekin ular xuddi dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab borayotgan treska balig‘i singari son-sanoqsiz edilar. Shovqin-surondan mening quloqlarim eshitmay qoldi. Qiy-chuv, g‘ovur-g‘uvurdan boshim aylanib ketdi. Lekin yo‘limdan qolmadim. Quyosh nurlari ostida qo‘shiq jaranglab turgan o‘lkalarni kesib o‘tdim, dalalarda mo‘l hosil yetishib turgan mamlakatlarni kezdim, xotinlar singari riyokor-yolg‘onchi erkaklar va oltin desa jonini beradigan ochko‘zlar bilan to‘lgan katta shaharlarni ko‘rdim. Bu vaqtda esa Akatanda mening xalqim ov qilish va baliq tutish bilan ovora bo‘lib, dunyo kichkina deb o‘ylar va dunyodan bexabarligi bilan baxtiyor edi.
Lekin baliq ovidan kelayotganda Unganing tashlagan nazari meni ta’qib qilar, men esa vaqti-soati kelib, uni albatta toparman deb umid qilar edim. Unga g‘ira-shira tushganda kimsasiz muyulishlardan o‘tar va tungi shudring tushgan serhosil dalalar bo‘ylab, menga ergashib yurar edi. Uning qarashlari allanarsalarni va’da qilar, bu va’daga faqat Unga vafo qila olar edi.
Men minglab shaharlarda bo‘ldim. Bu shaharlarda yashagan odamlar ba’zan rahm-shafqat qilib, qornimni to‘yg‘azdilar, ba’zilari masxara qilib ustimdan kuldilar, boshqa birlari meni haqorat qildilar, lekin tilimni tiyib, hech indamadim va menga notanish bo‘lgan urf-odatlar bilan yashadim, menga yot bo‘lgan ko‘pgina narsalarni ko‘rdim. Ko‘p vaqt qabila boshlig‘ining o‘g‘li va qabila boshlig‘i bo‘la turib qo‘pol, tosh yurakli odamlar uchun xizmat qildim. Men o‘z birodarlarining manglay terisidan va chekkan azob-alamlaridan oltin siqib olgan shafqatsiz odamlarda yollanib ishladim. Xuddi qoyali qirg‘oqqa qaytib kelgan dengiz mushugi singari to dengizga qaytib bormagunimcha, hech yerdan o‘z savolimga javob ololmadim. Bu voqea shimol tomondagi boshqa bir portda va boshqa bir o‘lkada ro‘y berdi. Men o‘sha yerda sariq sochli dengiz daydisi haqida hikoyalar eshitdim. U tyulen ovlab hozir okeanda suzib yuribdi degan sirdan voqif bo‘ldim.
Men yalqov sivashlar bilan ovchilar kemasiga chiqib, yo‘lga ravona bo‘ldim. U hech yerda iz qoldirmagan. Shimol tomonda tyulen ovi ayni qizigan payt edi. Biz ko‘pgina og‘ir oy-kunlarni boshimizdan o‘tkazdik. Shunda biz portlarda boshqa kemalarni uchratib, men qidirgan odamni so‘roqladik, u odam haqida ko‘p narsa eshitdik, lekin o‘zini ko‘rmadik. Biz Shimolga qarab, Piribil orollari tomon ketdik, sohillarda to‘p-to‘p suvsarlarni ov qildik. Ularni issiq holicha qayiqqa keltirdik. Pirovardida, paluba yog‘ va qondan shunday sirpanchiq bo‘lib ketdiki, tik turish mumkin bo‘lmay qoldi. Orqamizdan bir kema bizni quvlashga tushdi. Undagi odamlar bizga qarab katta zambarakdan o‘q otdilar. Biz hamma yelkanlarni yoyib yubordik, to‘lqin palubani yuvib tozaladi, shxunamiz esa tuman ichiga kirib yo‘qoldi.
Keyin eshitsak, biz jon hovuchlab ta’qibdan qochib ketayotganimizda sariq sochli dengiz daydisi Piribil orollariga tushib, to‘g‘ri Faktoringa kelibdi. Komandasining bir qismi kompaniya xizmatchilarini qamoqda saqlab turibdi, ikkinchi qismi esa ombordan o‘n mingta terini olib chiqib kemaga yuklabdi. Bu odamlarning gapi, lekin bunga men ishonaman. Sang‘ib yurgan vaqtimda men biror marta ham uni uchratmadim, lekin uning rahm-shafqatsizligi, botirligi haqidagi dovruq butun shimolga tarqalgan edi. Oxirida o‘sha tomonlarda yashagan uch xalq birlashib kemalarini jihozlab uning orqasidan quvib ketganlar. Men Unga haqida ham xabar eshitdim. Ko‘pgina kapitanlar Ungani osmonlarga ko‘tarib maqtar va o‘z hikoyalarining birinchi qahramoni qilib ko‘rsatar edilar. Unga hamma vaqt u bilan birga ekan. Unga o‘sha odamlarning urf-odatlariga o‘rganib o‘zini baxti-yor hisoblar ekan. Lekin men bunday emasligini, Unganing qalbi o‘z xalqi tomon, Akatanning sariq sohillari tomon intilishini bilar edim.
Shunday qilib, bir qancha vaqtlardan keyin okean portiga qaytib keldim, bilsamki, sariq sochli daydi rus suvlaridan janubda bo‘lgan issiq o‘lkaga suvsar ovlashga ketibdi. Bu vaqtda men haqiqiy dengizchi bo‘lib olib, unga qardosh odamlar tushgan kemaga xizmatga kirdim va uning orqasidan suvsar ovlash uchun yo‘lga ravona bo‘ldim. Bu yangi o‘lkalarga borayotgan kemalarning soni oz edi, lekin biz suvsap to‘dalariga uchrab qolib, butun bahor ularni shimol tomon quvladik. Ikkiqat bo‘lgan suvsarlar rus suvlariga o‘tib ketganida, bizning matroslarimiz u yoqqa o‘tishdan qo‘rqib, zorlana boshladilar. Chunki hammayoqni tuman bosgan, qayiqlar har kun halok bo‘laverdi. Ular xizmat qilishdan bosh tortdilar, kapitan esa kemani orqaga qaytardi. Lekin men sariq sochli daydining hech narsadan qo‘rqmasligini va suvsar quvlab to rus orollarigacha borishdan qaytmasligini yaxshi bilardim. U tomonlarga uncha-muncha odam borishga jur’at qilolmas edi. Tun qorong‘uligida vaxta qorovulining uxlab qolganligidan foydalanib, men bir qayiqchani oldim-da, yolg‘iz o‘zim katta va issiq o‘lkaga qarab yo‘lga chiqdim. Mana, men janubga, Ieddo ko‘rfaziga keldim. Bu yerda men ko‘pgina itoatsiz va qo‘rqmas odamlarni uchratdim, bu odamlarning qizlari kichkina va chiroyli bo‘larkan, ularning badanlari xuddi po‘latga o‘xshagan yiltiroq bo‘lar ekan. Lekin men bu yerlarda qololmas edim, chunki Unganing to‘lqinlar oshib shimol qirg‘oqlari tomon ketayotganini bilardim.
Ieddo ko‘rfazidagi odamlar dunyoning har tomonidan kelgan bo‘lib, ular na Xudoni bilishar, na Vatanlari bor edi; ular yapon bayrog‘i ostida suzib yurar ekanlar. Ana shular bilan men Mis orollari qirg‘oqlarigacha suzib keldim. Shu yerda kemamizning omborlari terilar bilan liq to‘ldi. Biz mana shu kimsasiz dengizda hech kimni uchratmay orqaga qaytdik.
Bir kuni kuchli shamol tumanni tarqatib yubordi, biz orqamizdan kelayotgan bir shxunani ko‘rib qoldik. Uning orqasidan tutunlar bilan qoplangan rus harbiy kemasining trubalari ko‘rinib qoldi. Biz barcha yelkanlarni yoyib suzib ketdik, shxuna esa borgan sari bizga yaqinlashib kelaverdi, chunki bizning kemamiz ikki fut yo‘l bosganda, shxuna uch fut bosar edi. Shxunaning old tomonida arslon yolli odam typap va o‘z kuchiga ishongan holda iljayar edi. Unga ham u bilan birga edi. Men uni darrov tanidim. Rus to‘plari o‘t ochganda, u Ungani ichkariga kirgizib yubordi. Hali aytganimdek, uning kemasi biznikiga qaraganda tezroq yurar edi. Endi har qalqishda suvdan ko‘tarilib kelayotgan shxunani ko‘rar edim. Men la’natlar o‘qib, shturvalni aylantirar va otayotgan rus to‘plariga qarshi orqamni o‘girib, tik turar edim. Arslon yolli bizni quvib o‘tib ketmoqchi va rus harbiy kemasining ta’qibidan qutulmoqchi ekanini yaxshi tushundik. Unda ruslar bizni ushlab olishlari aniq. Machtamizni urib tushirdilar. Kemamiz esa xuddi yaralangan baliqchi qushdek shamolda chayqalib borar edi. U Unga bilan birga ufqda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi.
Biz nima ham qila olar edik? Yangi terilar bizni ayblash uchun guvohlik berib turardi. Bizni rus portiga olib bordilar, u yerdan bir sahroga keltirib, tuz konlarida ishlashga majbur qildilar. Birovlar o‘ldi, birovlar esa tirik qoldi…
Naas yelkasidan odeyalni olib tashlab, yalang‘och bo‘lib oldi, uning a’zoyi-badani yara-chaqa bilan qoplangan. Shubhasiz, bular qamchi izlari edi. Prins mana shu xunuk manzarani ko‘rishdan tezroq qutulish uchun uning yelkasini darrov odeyal bilan yopib qo‘ydi.
– Biz bu yerda ko‘p azob chekdik, odamlar ba’zan janubga ko‘chib ketar, lekin har gal ularni qaytarib olib kelar edilar. Biz — Ieddo ko‘rfazidan kelganlar birlashib, bir kuni kechasi qorovullardan miltiqlarni tortib oldik-da, shimol tomonga ketdik. Hammayoq chalchiqzor va qalin o‘rmon. Sovuq tushib, ko‘p qop yog‘di. Oramizda esa hech kim yo‘lni bilmas edi. Oylar o‘tdi, biz ana shu poyonsiz o‘rmonlar ichida daydib yurdik. O‘sha vaqtda bo‘lgan voqealar hammasi yodimda yo‘q, chunki bizda ovqat oz edi, biz ba’zan yotib o‘limni kutar edik. Pirovardida biz sovuq dengizga yetib oldik. Lekin ichimizdan uch kishigagina bu dengizni ko‘rish nasib qilgan ekan. Birimiz iyeddolik kapitan edi. U katta o‘lkalar qayerda va muz orqali bir o‘lkadan ikkinchi o‘lkaga qanday qilib o‘tish mumkin ekanini bilar edi. Kapitan bizni boshlab ketdi. Men qancha yo‘l bosganimizni eslay olmayman, har holda juda uzoq yurdik, borib-borib ikki kishi qoldi. Biz bir yerga borib qoldik. Bu yerda mahalliy odamlardan beshtasini uchratdik. Ularning itlari va terilari bor, bizda esa balo ham yo‘q edi. Biz ular bilan qop ustida oliщdik. Ulardan birontasi ham tirik qolmadi, kapitan ham o‘ldi, itlar bilan terilar menga qoldi. Men yorilib-yorilib ketgan muz ustidan boraverdim, meni muz parchasi olib ketdi. G‘arb shamoli borib-borib muz parchasini qirg‘oqqa keltirib urdi. Undan keyin Golovin buxtasida, Pastilikada bo‘ldim. U yerda bir ruhoniyni uchratdim. Undan so‘ng janubga, yaqin o‘lkalar tomon ketdim. Men bu yerlarda ilgari ham bo‘lgan edim.
Dengiz ortiq ko‘p o‘lja bermay qo‘ydi, suvsar ovlovchilar tez-tez xavf-xatarga duch kelib, oz foyda ko‘radigan bo‘lib qoldi. Kemalar ham oz uchrar, bu kemalarning kapitanlari ham, matroslari ham men qidirib yurgan odamlar haqida hech qanday xabar bermadilar. Men vafosiz okeanni tashlab, quruqlikda sayohat qilishga tushdim, chunki quruqlikda daraxtlar, uylar, tog‘lar harakatsiz, qimirlamay bir joyda turadilar. Men ko‘p joylarda bo‘ldim, ko‘p narsa o‘rgandim, hatto yozish va kitob o‘qishni ham bilib oldim. Men yaxshi ish qildim, chunki mening kallamga bir fikr keldi: mabodo Unga ham shunday narsalarni o‘rganib olgan bo‘lsa, bir kun vaqti-soati kelib, tushunyapsizmi, vaqti-soati kelib…
Shunday qilib, men xuddi faqat yelkan bilan suzadigan baliqchilar qayig‘iga o‘xshab dunyoni kezib yurdim. Lekin mening ko‘zlarim doim ochiq, quloqlarim ding edi. Men hamma vaqt ko‘p sayohat qilgan kishilarga yaqinroq yurdim, chunki ular men izlab yurgan odamlarni ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Men izlab yurgan odamlarni bir ko‘rgan kishi unutishi mumkin emas. Pirovardida, men tog‘dan tushib kelgan bir odamni uchratdim. Bu odam o‘sha tomondan bir parcha toza tosh olib kelgan ekan. Bu parcha toshda no‘xatdek-no‘xatdek oltinlar yiltirab turar edi. Bu odam haligi men qidirgan kishilar haqida eshitgan, ularni ko‘rgan, ularni bilar ekan. Uning so‘ziga qaraganda, ular boy bo‘lib ketib, oltin konlari topilgan joylarda yashar ekanlar.
U joy uzoq va vahshiy o‘lka ekan. Men o‘sha yerga ham yetib bordim va qurilgan lagerlarni ko‘rdim. U yerda odamlar quyoshning yuzini ko‘rmay, kecha-yu kunduz ishlar ekanlar. Lekin hali fursat kelmagan edi. Men gap-so‘zlarga quloq solib yurdim. U bu yerdan jo‘nab ketgan, Unga ham u bilan birga Angliyaga ketgan ekan. Yerli odamlarning so‘ziga ko‘ra, bu yerga boy odamlarni boshlab kelib kompaniya tuzmoqchi ekan. Men ular turgan uyni ko‘rdim. Bu eski qit’ada bo‘ladigan qasrlarga o‘xshash bir bino edi. Ungaga nimalarni ehson qil-di ekan deb kechasi derazadan uyning ichiga tushdim. Butun xonalarni aylanib chiqdim, uy shu qadar bezatilganki, faqat podsholar va malikalargina bunday uylarda yashaydi deb o‘yladim. Odamlar uning Unga bilan qilgan muomalasi qirolning qirolichaga qilgan muomalasiga o‘xshaydi, der edilar. Ko‘plar, Unga qaysi xalqning farzandi, uning tomirida boshqacharoq qon borga o‘xshaydi, Unga boshqa Akatan xotinlariga o‘xshamaydi-ku deb so‘rar edilar. Ha, Unga haqiqiy malika bo‘lib olgan, lekin men qabila boshlig‘i va qabila boshlig‘ining o‘g‘li edim, Unga uchun quloq eshitma-gan qalin to‘laganman, teri, qayiqlar, marjonlar berganman.
Ko‘p so‘zning nima keragi bor? Men dengizchi bo‘lib olgandim, kemalarning yo‘lini bilardim. Men Angliyaga, keyin boshqa o‘lkalarga bordim. Ba’zan qidirib yurgan odamlarim haqida hikoyalar eshitdim, gazetalarda yozganlarini o‘qidim, lekin o‘zlarini hech quvib yetolmadim. Chunki ular boy bo‘lganliklari uchun bir yerdan ikkinchi yerga tez o‘tib ketaverardilar, men esa kambag‘al edim. So‘ngroq eshitsam, ular baxtsizlikka uchrabdilar: ularning boyligi xuddi kulga o‘xshab osmonga sovurilib ketibdi. Boshda gazetalar bu voqeani batafsil tasvirlab ko‘p yozdilar, keyin jim bo‘lib qoldilar. Lekin u Unga bilan birga oltin topish ko‘yida yana orqaga qaytib ketganligini yaxshi bilar edim.
Ular kambag‘al bo‘lib, nazardan g‘oyib bo‘ldilar. Men esa qishloqma-qishloq daydib yurdim va Kutneyda ularning iziga tushdim. Ular shu orolda bo‘lgan ekanlar, lekin ketib qolibdilar — birov bu tomonga ketdi dedi, birov u tomonga ketdi dedi, ba’zilari esa Yukon tomonga ketdi, deyishdi. Hamma yerni axtardim, eng oxirida bu tag-tubi yo‘q dunyoda u yoqdan-bu yoqqa izg‘ib yurish meni charchatdi. Men juda og‘ir va uzoq yo‘l bosib, yana Kutneyga bordim. Och qolgan vaqtlarim ham bo‘ldi. Menga yo‘l ko‘rsatuvchi shimol-g‘arb tomonlik bir metis ochlikka chiday olmadi. Shu metis ilgari Yukonda bo‘lgan ekan. Vaqt-soatining yaqinlashib kelayotganini sezib, menga bir xarita berdi va bir yashirin joyning sirini aytdi. Bu yerda katta oltin zaxirasi bor deb Xudoning nomiga qasamyod qildi. O‘sha vaqtlarda hamma shimolga qarab intilardi. Men kambag‘al edim: pochta yuklarini tashiydigan it haydovchi bo‘lib yollandim. Qolganlarini o‘zingiz bilasiz. Men ularni Dousonda uchratdim. Unga meni tanimadi, chunki Akatanda yashagan vaqtimda men yosh yigitcha edim, bu davr ichida uning kechirgan hayoti lazzatda, shon-shavkatda o‘tdi! Bir vaqtlar uning uchun quloq eshitmas qalin to‘lagan odamni qayerdan ham eslasin.
Undan keyinmi? Sen xizmatdan qutulishimga ko‘maklashding. Men ishni o‘z xohishimcha qilish uchun bu yerga qaytib keldim; men juda ko‘p kutdim, lekin endilikda u mening qo‘limda bo‘lganligidan, shoshilmadim. Yana takror aytaman, men o‘z bilganimcha ish qilmoqchi edim, chunki men orqamga, o‘z kechirgan umrimga, tortgan azob-uqubatlarimga qayrilib qarasam, rus dengizlari bo‘yidagi poyonsiz o‘rmonlarda bo‘lgan qahraton sovuqlar, och qolganlarim esimga tushadi. O‘zingiz bilasiz, men ularni, uni va Ungani, sharqqa boshlab ketdim: u tomonga ko‘p odamlar ketgan, lekin juda oz kishilar qaytib kelgan. Men ularni orqasiga tirik qaytib kelolmagan inson suyaklari yotgan oltin konlari tomonga olib bordim. Hech kim hali bu oltinlarni u yerdan olib ketishga muyassar bo‘lolgani yo‘q. Yo‘l uzoq, poyonsiz qop sahrolarida yurish og‘ir. Itlarimiz ko‘p, lekin ular ko‘p ovqat yer edilar. Bahorgacha zarur bo‘lgan hamma narsalar chanalarga sig‘mas edi. Biz ariqlar muzdan tozalanguncha qaytib kelishimiz kerak edi. Yukni yengillashtirish va qaytishda ochdan o‘lib qolmaslik uchun yo‘l-yo‘lakay ovqatlarimizning bir qismini yashirib boraverdik. Mak-Kveshchenda uch odam yashar ekan, ularga yaqin bir yerda biz oziq ombori qurdik. Xuddi shu ishni Meyoda ham qildik. U yerda Pelli qabilasiga qarashli ovchilarning manzili bor ekan. Ular bu yerga janubdan, tog‘ dovonidan oshib kelgan ekanlar. Undan narida biz odam bolasini uchratmadik: bizning ko‘z oldimizda uyquga ketgan daryo, jimjit o‘rmon va oppoq Shimol sokinligi yotar edi.
Hali aytganimdek, yo‘limiz uzoq va og‘ir edi. Itlar yurishi uchun so‘qmoq tayyorlaymiz deb, kuni bo‘yi sakkiz-o‘n mildan ortiq yo‘l bosolmagan vaqtlarimiz ham bo‘ldi, kechalari esa toshday qotib uyquga ketardik. Bu odam chekkan g‘am-alamlari uchun qasoc olmoqchi bo‘lib yurgan Akatan qabilasining boshlig‘i Naas-ku, degan fikr biror marta bo‘lsin yo‘ldoshlarimning xayoliga kelmadi.
Endi biz oz-ozdan zaxira qoldira bordik, kechalari esa men osonlik bilan tekislangan so‘qmoq yo‘l orqali qaytib kelib, ovqat zaxiralarini boshqa yerga yashirib qo‘yar edim. Buni ko‘rgan odam oziqlarni o‘g‘ri rassomaxlar olib ketgan deb o‘ylashi mumkin edi. Daryoda faqat suvning yuzi muzlagan joylari bo‘ladi, muzning ostidan esa hayqirib suv oqib turadi. Mana shunday joylarning birida men haydab ketayotgan chana muzning ostiga tushib ketdi. U ham, Unga ham, bu baxtsiz bir hodisadan boshqa narsa emas deb o‘yladilar. Bu chanalarga ko‘p oziq-ovqat ortilgan, yangi yaxshi itlar qo‘shilgan edi.
Lekin u faqat iljayar edi, chunki g‘oyat sog‘lom va baquvvat kishi edi. Tirik qolgan itlarga biz endi juda oz ovqat bera boshladik, borib-borib ularni bitta-bittadan chiqarib, qolganlariga ovqat o‘rnida bera boshladik.
– Qaytishda chanasiz, itsiz qaytamiz, yukimiz yengil bo‘ladi, – der edi u. – Bir oziq omboridan ikkinchisiga o‘tib, osongina qaytamiz.
Shunday bo‘lishi kerak edi ham, chunki oziq-ovqatimiz juda oz qolgan, suyaklar odamlar la’natlagan oltinlar bilan qorishib yotgan yerga borganimizda, eng oxirgi itimiz kechasi o‘lib qoldi.
Tog‘larning qoq yuragiga yetib olish uchun (xarita to‘g‘ri ko‘rsatgan edi), tog‘ qoyalarida oyoq sirpanib ketmasligi uchun muzni o‘yib, zinapoya qilishga to‘g‘ri keldi. Dovonning orqasida vodiy bor deb o‘ylagan edik, yo‘q ekan: atrofda tekis qop tepaliklari yoyilib, uzoqdagi tog‘larning bahaybat oppoq cho‘qqilari ko‘kka o‘rlab yotar edi. Mana shu tog‘liklarning o‘rtasida jarlik bo‘lib, xuddi yer bag‘riga tushib ketgandek ko‘rinar edi. Biz dengizchi bo‘lmaganimizda, bu manzarani ko‘rib, boshimiz aylanib ketgan bo‘lardi. Biz ana shu tubsiz jar ustida turib, pastga tushmoq uchun yo‘l axtapa boshladik. Dovonning faqat bir tomonida xuddi kuchli shamoldan qiyshayib ketgan kema palubasidek qoyalar yonboshlab pastga qarab tushgan. Qanday qilib yuzaga kelganini bilmayman, lekin manzara shundoq edi.
– Bu jahannamning bo‘sag‘asi, – dedi y, — yuringlar, pastga tushamiz. – Biz pastga tusha boshladik.
Jarlik ostida bir uycha bor ekan. Bu uyni kimdir yog‘ochdan solgan. Bu yog‘ochlarni u tog‘ tepasidan tashlagan bo‘lsa kerak. Uy juda eski edi. Odamlar bu yerda yakka-yakka o‘lganlar. Ularning turli vaqtlarda muz toshlariga o‘yib tushirilgan o‘lim oldi so‘zlarini va la’natlarini o‘qidik. Biri tsinga kasali bilan o‘lgan. Boshqa birining o‘rtog‘i eng oxirgi ovqat, o‘q-dorilarini o‘g‘irlab qochgan; uchinchisini ayiq parchalab tashlagan. To‘rtinchisi, ov qilmoqchi bo‘lgan, lekin oxirida ochlikdan o‘lib ketgan. Hammasi ham shu tarzda hayot bilan xayrlashgan; ular oltindan ajralgilari kelmay, har biri o‘z o‘limi bilan dunyodan o‘tgan. Ularga endi hech kerak bo‘lmagan oltinlar uy ichida sochilib yotibdi.
Lekin men shunchalik uzoqqa olib borgan odamning joni qattiq, kallasi esa yaxshi ishlar edi.
– Yemoq uchun hech narsamiz yo‘q, – dedi u. – Shuning uchun biz faqat mana shu oltinlarni bir ko‘ramiz, bu oltinlar qayerdan kelgan, ko‘pmi-ozmi tekshirib chiqamiz.
Shundan keyin bu oltinlarning yarqirashi ko‘zlarimizni ko‘r qilib, aqldan ozdirmasdan turib, darrov orqaga qaytamiz. Ko‘p oziq-ovqat g‘amlab, keyin qaytib kelamiz. Bu oltinlarning hammasi shunda bizniki bo‘ladi.
Shunday qilib, biz oltin behisob bo‘lgan ana shu uyni boshdan-oyoq ko‘zdan kechirib chiqdik, o‘lchadik. Tepadan pastga qarab chiziq tortdik, qoziq qoqdik va huquqimiz borligini isbot qilish uchun alohida belgilar qilib qo‘ydik. Ochlikdan tizzalarimiz bukilar, ko‘nglimiz aynir, yuraklarimiz notinch urar edi. Shunday bo‘lsa ham biz tirmashib, jar tepasiga chiqdik va orqaga qaytdik.
Yo‘lning oxirgi qismida biz Ungani ko‘tarib oldik. O‘zimiz ham zo‘rg‘a qadam bosib borar edik. Pirovardida biz birinchi ozuqa omborimizga yetib keldik. Hayhot, u yerda oziq-ovqat yo‘q edi! Men ustalik bilan ish ko‘rgan edim. U bu rossomaxlarning ishi deb o‘yladi va ularga la’natlar o‘qidi. Lekin Unga ruhan bardam edi, uning qo‘llarini ushlab tabassum qilardi. Men shunday paytlarda sirimni fosh qilib qo‘yishdan qo‘rqib, yuzimni o‘girar edim.
– Biz tunni gulxan oldida o‘tkazamiz, – dedi Unga, — mokasinlarimizni* qaynatib, qornimizga bir oz orom beramiz.
Biz etik qo‘njlaridan tilim-tilim qilib kesdik va chaynash mumkin bo‘lsin uchun kechasi bilan qaynatdik. Ertalab endi nima qilsak ekan, deb o‘ylab qoldik. Ikkinchi omborga yetguncha yana besh kunlik yo‘l bosish kerak. U yerga yetib borish uchun bizda mador yo‘q. Ov topish kerak edi.
– Oldinga qarab boraveramiz, yo‘lda ov qilamiz, – dedi u.
– Ha, olg‘a qarab boraveramiz va ov qilamiz, – deb takrorladim men.
«Unga o‘t oldida qolib kuchini saqlasin», deb buyruq berdi u. Biz esa yo‘lga tushdik. U bug‘u axtarib ketdi, men bo‘lsam ovqat yashirib qo‘ygan tomonga qarab ketdim. Lekin men ular quvvat paydo qilganimni bilmasin deb ozgina ovqat yedim. Gulxan yoqqan joyga qaytib kelar ekanman, uni ko‘rdim: u tez-tez yiqilar edi. Men ham sirni boy bermaslikka tirishib, o‘zimni juda holdan toygan qilib ko‘rsatish uchun chang‘ida borayotib, tez-tez qoqilar va har bir qo‘ygan qadamim eng oxirgi qadamga o‘xshar edi. Biz yana mokasin qaynatib yeb, oz-moz quvvatga kirib oldik.
U juda baquvvat odam edi. Uning ruhi so‘nggi daqiqalargacha gavdasini tik ushlab berdi. U zorlanmas va faqat Unga haqida o‘ylar edi. Ikkin-chi kuni o‘lganini ko‘rib qolay deb uning orqasidan bordim. U dam olish uchun tez-tez yotib olar edi. Shu kecha uning ahvoli juda og‘irlashdi, lekin ertalab turib, zaif tovush bilan so‘kindi-da, yana yo‘lga tushdi. U xuddi mastga o‘xshar edi. Men bir necha marta mana endi — hozir joni chiqadi deb o‘ylar-dim. Lekin u baquvvatlarning baquvvati edi. Uning joni gigantning joni edi, chunki gavdasini uzun kun bo‘yi ko‘tarib yurdi. U ikkita oq qirg‘ovulni otib tushirdi, lekin yemadi. Qirg‘ovulni o‘t yoqib o‘tirmay xomligicha yemoq mumkin edi, shunda u hayot qolgan bo‘lar edi. Lekin uning fikru xayoli Ungada edi. U yana turish joyimizga qarab jo‘nadi. U endi tikka turib yurmas, balki to‘rt oyoqlab qor ustida emaklab borar edi. Men unga yaqinlashdim, uning ko‘zlarida o‘lim alomatini ko‘rdim. Agar u haligi qushlarni yeganda, qutulib qolishi mumkin edi. Lekin miltig‘ini uloqtirib tashlab, xuddi itga o‘xshab qushlarni tishlab ketaverdi. Men uning yonida borardim. U dam olish uchun to‘xtagan paytlarida menga tikilib qarar va tetikligimga taajjublanar edi. Men buni tushundim, chunki u ortiq so‘zlay olmas, lablari qimirlar, lekin hech tovush chiqara olmas edi. Yana qaytarib aytaman, u juda baquvvat odam edi, menda rahm-shafqat hissi uyg‘ondi, lekin men butun umrimni ko‘z oldimga keltirdim; rus dengizlari yaqinidagi poyonsiz o‘rmonlarda yurganlarimni, qattiq sovuq va ochlikda kechirgan kunlarimni esimga tushirdim. Buning ustiga Unga meniki edi, men Unga uchun quloq eshitmagan qalin to‘lagandim — teri, qayiq va marjonlar bergandim.
Xullas, biz oppoq o‘rmondan o‘tib borar va xuddi dengiz tumani singari atrofimizni dahshatli sokinlik o‘rab olgan edi. O‘tmishning esdaliklari ham ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi. Akatanning sariq qirg‘oqlari, baliq ovidan qaytib kelayotgan qayiqchalar, o‘rmon chetidagi o‘ylar ko‘z oldimdan bir-bir o‘ta boshladi. Mening xalqimga qonun bergan, keyin xalqimga boshliq bo‘lib olgan, mening, ayni damda xotinim Unganing tomirlarida qonlari yurayotgan kishilar ham ko‘z oldimga keldi. Shu qatorda boshlariga ho‘l qum sochilgan va hali ham singan nayzani o‘z qo‘lidan qo‘yib yubormagan Yash-Nush ham men bilan bir safda borar edi. Vaqt-soat yaqinlashganini bildim, lekin Unganing qarashlarida va’da alomati borligi ham menga ma’lum edi.
Hali aytganimdek, biz o‘rmondan bormoqda edik, keyin gulxandan kelayotgan tutun dimog‘imizni qichitdi. Men engashib dushmanim og‘zidan qushchalarni yulib oldim. U aylanib, hayrat ko‘zlari bilan menga qaradi va qo‘li yonida osilgan pichoqqa cho‘zildi. Men kulib, uning ko‘ziga tikildim va qo‘lidan pichoqni tortib oldim. Shunda ham u hech narsa tushunmadi. Keyin bir vaqtlar meni qora shishalardagi suv bilan mast qilganini esiga tushirdim, qop ustiga uyilgan mollarni, umuman o‘sha to‘yim kechasi nimaiki ish yuz bergan bo‘lsa, hammasini ishoralar bilan ko‘rsatdim. Men bir og‘iz ham so‘z aytmadim, bu gal u tushundi, lekin qo‘rqmadi. Uning lablarida masxarali tabassum, ko‘zlarida g‘azab o‘ti yonar edi. Mening so‘zlarim unga yangi kuch berdi. Biz manzilga yaqinlashib qoldik. Qop qalin bo‘lgani uchun u zo‘rg‘a sudralib borar edi. Bir marta u anchagacha qimirlamay yotdi, men uni ag‘darib, ko‘ziga qaradim. Uning ko‘zlaridagi hayot goh so‘nar, goh yana paydo bo‘lar edi. Men uni qo‘yib yuborgan edim, u yana emaklab ketdi. Shunday qilib biz gulxanga yetib keldik. Unga uning quchog‘iga tashlandi. Uning lablari qimirlar, lekin hech tovush chiqarolmas edi. Keyin meni Ungaga ko‘rsatdi. Eng so‘ngida u ohista qorga ag‘darildi. Hozir ham shu holicha yotibdi.
Qushchalar pishib, tayyor bo‘lguncha, men bir so‘z ham aytmadim. Keyin men Unga ko‘p yillardan beri eshitmagan o‘z ona tilimizda so‘zlay boshladim. Unga to‘g‘rilanib oldi va hayrat bilan ko‘zlarini katta ochib menga qaradi. U mendan kim ekanligimni va bu tilni qayerdan o‘rganganligimni so‘radi.
– Men Naasman, – deb javob berdim.
– Sen-a? – deb qichqirib yubordi u va menga yaqinpoq o‘rmalab keldi.
– Ha, – deb javob berdim men. – Men Naasman, Akatan qabilasining boshlig‘iman, o‘z urug‘imda eng oxirgi vakil bo‘lganim kabi, sen ham o‘z urug‘ingda oxirgi vakilsan.
U kulib yubordi. Bunday kulgini ikkinchi bor aslo eshitmay! Dahshatdan yuraklarim qindan chiqib ketayozdi. Men Oppoq Sokinlikda o‘lim bilan, meni masxara qilib kulayotgan ana shu xotin bilan yolg‘iz o‘tirar edim.
– Tinchlan, – dedim men, uni alahlayapti deb gumon qilib, – bir oz quvvatga kirib ol, bu yerdan ketamiz, Akatan yo‘li uzoq.
Lekin u murdaning sap-sariq yollariga yashirinib oldi-da, yana kula boshladi. U shunday kular ediki, nazarimda ish yana bir oz shunday davom etsa, boshimizga osmon yiqilib tushadiganday tuyuldi. U meni ko‘rib quvonchga to‘lar va o‘tmishni esiga tushirganda yana o‘z joyiga qaytishni xohish qilar deb o‘ylagan edim, lekin hech kim o‘z quvonchini bunday g‘alati kulgi bilan izhor qilmaydi.
– Yur! – deb baqirib yubordim men qo‘lidan mahkam ushlab. – Tun qorong‘uligida uzoq yo‘l bosishimiz kerak. Shoshilish kerak!
– Qayoqqa? – deb so‘radi Unga o‘rnidan qimirlab. Uning yuzidagi kulgi yo‘qoldi.
– Akatanga, – dedim men unga. Shu so‘z bilan uning chehrasi yana ochilib ketar deb kutib turdim. Lekin Unganing yuzida ham masxarali tabassum va g‘azab ifodasi ko‘rindi.
– Ha, – dedi Unga, – biz qo‘l ushlashib Akatanga qaytamiz. Sen bilan men. Yana iflos uylarda yashab, baliq va tyulen yog‘i bilan kun ko‘ramiz, o‘zimizga o‘xshagan bolalarni ko‘paytiramiz va umr bo‘yi ular bilan faxrlanib yuramiz. Biz katta dunyoni unutamiz. Biz juda baxtli bo‘lamiz. Qanday yaxshi! Qani, ketdik! Shoshilish kerak! Akatanga qaytamiz.
Unga o‘likning sariq sochlarini qo‘llari bilan siladi-da, xunuk kulgisini yana boshlab yubordi. Uning ko‘zlarida va’dadan asar ham yo‘q edi.
Men xotinlarning bunday g‘alati qiliqlari bo‘lishiga tushunolmay hayron bo‘lib, jim o‘tirdim. To‘y bo‘ladigan kechasi u Ungani sudrab ketgani, Unga uning sochlarini yulgani esimga tushdi. Hozir esa Unga o‘z qo‘llarini uning sochlaridan olgisi kelmaydi. Yana men Unga yo‘lida o‘tkazgan va intizor chekkan uzoq yillarni esimga tushirdim. O‘sha vaqtda arslon yolli Ungani qanday qilib ko‘targan bo‘lsa, men ham shunday qildim — Ungani dast ko‘tarib olib ketdim. Lekin Unga xuddi o‘sha tundagi singari oyog‘ini tirab o‘jarlik qilar va bolalaridan ajralayotgan ona mushuk kabi menga chang solar edi. Biz bilan o‘lib yotgan kishi o‘rtasida gulxan to‘g‘ri kelib qoldi. Men Ungani qo‘yib yubordim. Unga mening so‘zimga quloq sola boshladi. Men unga hammasini; yot dengizlarda boshimdan o‘tgan sarguzashtlarimni, yot mamlakatlarda ko‘rgan kunlarimni, izlashlarim; ochlik bilan o‘tkazgan yillar va Unganing birinchi marotaba menga bergan va’dasini eslatib, hammasini birma-bir so‘zlab berdim. Ha, men unga hammasini; hatto o‘lgan odam bilan mening o‘rtamda bo‘lgan shu bugungi suhbatni ham gapirdim. Men hikoya qilar ekanman, uning katta ochilgan ko‘zlarida xuddi o‘ziga tortuvchi tong shafag‘i kabi va’da uchqunlari paydo bo‘la boshlaganini ko‘rdim. Men bu ko‘zlarga qarab, Unganing ko‘zlarida rahm-shafqat, mehr, yuzida latofat belgilarini ko‘rdim, qalbidagi hislari yuziga chiqqandek bo‘ldi. Men yana yosh yigitga aylandim, chunki bu qarash Unganing qarashi edi, bu qapash lablarda tabassum sochib, qirg‘oq bo‘ylab uyiga chopib ketayotgan o‘sha ilgarigi qizning qarashi edi. Barcha azob-uqubatlar, ochlik va og‘ir intizorlik alamlari bir zumda yo‘qoldi. Vaqt-soati yetdi. Unga meni chaqirayotganday bo‘ldi. Faqat uning tizzasiga bosh qo‘yish va hamma narsani unutishgina qolgan edi. U menga qapab quchog‘ini ochdi, men unga tashlandim. Birdan uning ko‘zlarida nafrat o‘ti charaqlab ketdi va qo‘li mening biqinimga cho‘zildi. Keyin u meni pichoq bilan mana bunday qilib bir-ikki urdi.
– Itvachcha! – deb qichqirdi u meni qopga itarib yuborib. – It! — So‘ng uning kulgisi sokinlikda yana jaranglab ketdi. Keyin Unga anavining murdasi oldiga qaytib bordi.
Hali aytganimdek, u meni pichoq bilan ikki marta urdi, lekin ochlikdan zaiflashib qolgani sababli taqdir bu gal ham menga o‘limni ravo ko‘rmagan ekan. Shunday bo‘lsa ham men o‘sha yerda qolib, ko‘zlarimni yumib, abadiy uyquga ketmoqchi edim. Meni notanish yo‘llardan yurgizgan, notanish o‘lkalarga olib borgan, hayotlari mening hayotim bilan chirmashib ketgan mana shu odamlar bilan birga qolmoqchi edim. Lekin mening bo‘ynimda qarz bor edi, shuning uchun narigi dunyoga safar qilish haqida o‘ylashga hali vaqt erta edi.
Yo‘llar uzoq, qahraton sovuq, ovqat oz edi. Pelli qabilasidan bo‘lgan ovchilar ov qilishga hech narsa topolmasdan, mening oziq omborimni o‘g‘irlab ketibdilar. Men aytgan uchta oq odam Mak-Kveshchandagi omborni ham shunday qilibdilar. Lekin men uy oldidan o‘tib ketayotib ularning o‘lib yotganlarini ko‘rdim. Undan keyin men hech narsani eslay olmayman — qanday qilib bu yerga kelganimni, qanday qilib ovqat va issiqlik topganimni bilmayman.
So‘zini tamom qilgach, u pechkaga yaqin surildi. Yonib turgan qora chiroq qarshidagi devorga allanechuk qo‘rqinchli soya tashlab turardi.
– Unga nima bo‘ldi? – dedi Prins hikoyadan dahshatga tushib.
– Ungami? Unga qirg‘ovulni yeyishdan bosh tortdi. Unga uning bo‘ynidan quchoqlab, yuzini arslon yollariga surib yotib oldi. Men issiq bo‘lsin deb gulxanni unga yaqinlashtirgan edim, u boshqa tomonga emaklab o‘tib oldi. Men boshqa o‘t yoqdim, bu ham foyda bermadi. U ovqatdan bosh tortdi axir! Ikkalasi hali ham o‘sha yerda, qop ustida yotishibdi.
– Xo‘sh, sen-chi?– deb so‘radi Meylmyut Kid.
– Men nima qilishimni bilmayman. Akatan kichkina o‘lka, u yerga qaytib borish va dunyoning bir chekkasida yashash istagim yo‘q. Endi yashashimning nima keragi bor? Men kapitan Konstentayning oldiga qaytib boraman, u yerda qo‘llarimga kishan urib, bo‘ynimga arqon soladilar-da, mana bundoq qilib dorga osadilar; shunda men abadiy uyquga ketaman… To‘g‘risiki… yo‘q, bilmayman.
– Menga qara, Kid! – dedi Prins g‘azab bilan. – Axir bu odam o‘ldirish-ku!
– Jim bo‘l! – dedi Kid jiddiy ravishda. – Shunday narsalar borki, ularga bizning aqlimiz yetmaydi.
Bunda kim haqli, kim aybdor ekanini biz bilmaymiz. Bu haqda hukm chiqarish bizning ishimiz emas.
Naas o‘tga yana bir oz yaqinlashdi. O‘rtaga jimlik tushdi. Mana shu sokinlikda o‘tirgan uch kishining ko‘z oldilaridan kechmishning xayollari bir-bir o‘ta boshladi.

_____________
* voyageugs — kasbi yo‘l boshlovchilik bo‘lgan kishilar, bular kanadalik frantsuzlardan bo‘lardi.
* couzeuzsdu bois — Trapperlar, ovchilar.
* bois bzules — Aynan tarjimasi — kuygan daraxt (frantsuzcha); Kanadaga eng oldin ko‘chib kelgan frantsuzlarni shunday deb atardilar, ular ayniqsa, Kanada Angliyaga o‘tgandan keyin o‘rmonlarda ovchilik qilardilar.
* Mokasin — bug‘u terisidan tikilgan uzun qo‘njli etik.

Rus tilidan F. Abdullayev tarjimasi