Chingiz Aytmatov. Erta qaytgan turnalar (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan (1953). 1956-58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozgan.Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. “Baydamtol sohillarida” (1955), “Yuzma-yuz” (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. “Jamila” (1958), “Sarvqomat dilbarim” (1961), “Bo‘tako‘z”, “Birinchi muallim” (1962), “Momo yer”, “Somon yo‘li” (1963), “Alvido, ey Gulsari” (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan.Aytmatovning “Tog‘ va cho‘l qissalari” turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning “Oqkema” (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. “Oq kema” kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar” (1977) qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan.”Asrga tatigulik kun” (1980), “Qiyomat” (1986), “Kassandra tamg‘asi” (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.Aytmatovning «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari ma’naviyatga bag‘ishlangan. Aytmatov prozasida ruhiyat tahlili an’anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.Aytmatov “Inostrannaya literatura” (Moskva) jurnaliga muharrir (1980 — 90), 1990 yildan sobiq SSSRning, so‘ng Rossiya Federatsiyasining, 1991 yildan Qirg‘iziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. Aytmatov tashkil etgan “Issiqko‘l forumi” xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali ta’sir o‘tkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995-2008).Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). “Sarvqomat dilbarim” (“Dovon”), “Bo‘tako‘z” (“Jazirama”), “Birinchi muallim”, “Jamila”, “Alvido, ey Gulsari” va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. «Momo yer» asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.Aytmatov o‘zbek adabiyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, “Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin”, deb hisoblaydi. Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Tozi deganingiz allambalo it-da — ovuldan bir to‘p otliq chiqdi deguncha hoziru nozir. To‘s-to‘polonda ergashib olganini sezmay qolasiz, endi uni haydab, orqasiga qaytarib bo‘psiz, do‘q-po‘psalaringiz bir pul — bari-bir ketmaydi, go‘yo hayiqqanday chetga chiqib, lo‘killab ketaveradi. Rostdan ham tozilar g‘alati davomi…
I Kutilmaganda yomg‘ir quyib berdi. Bir zumda paydo bo‘lgan loyqa sel chuqur jarliklarnn yuvib, keksa archalarni tag-tomiri bilan qo‘porib, yo‘lidagi toshlarni surib-supurib, daralar osha sharqirab oqardi. Dahshatli bu oqim ana shunday shiddat bilan borib, Baydamtolga qo‘shilardi.Pishqirib, quturib oqayotgan daryo o‘zini davomi…
I Endigina ishdan qaytgan Xonimgul uy ishlarini ana-mana deguncha bitirdi-da, ko‘chaga, poda yo‘liga chiqdi. Qora sigirni ertaroq bog‘lab olmasang, u yomon, darrov qo‘shnilarning ekinlariga tushib ketadi. Orqasidan o‘n choqli kishi halloslab quvlamasa, osonlik bilan ushlatmaydi.Xonimgul qo‘liga ikki yashar o‘g‘li To‘qonni davomi…
Yuksak tog‘ qoyalaridan esayotgan muzdek shamol qorong‘i daralar ichidan kuch bilan otilib chiqib, tog‘ etaklariga ravona bo‘lardi. Pastda ovul uyquga cho‘mgan.Atrof jimjit, derazalardan ko‘rinib turgan chiroqlar sekin o‘cha boshladi. Qirov qoplab, endigina ochilay deb turgan bahor kurtaklari, oy shu’lasida g‘ira-shira davomi…