Chadraabalin Lodoydamba. Beorom Tamir (roman)

Chadraabalin Lodoydamba. Beorom Tamir. Roman. Ruschadan U. Shamsimuhamedov tarj. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1976

Bir donishmanddan inson uchun eng aziz narsa nima, deb so‘raganlarida u:
— Vatan, xalq, sevgi va farzand tuyg‘usi, — deb javob bergan ekan.
Muhtaram kitobxon! Sizga taqdim atilayotgan ushbu roman mo‘g‘ulistonlik mashhur adib, birinchi mo‘g‘ul romanchisi Ch. Lodoydambaning qalamiga mansub bo‘lib, unda Vatan, xalq ozodligi yo‘lida jon fido qilgan avlodlar kurashi, sevgi tuyg‘ulari, ota-bobolarining ishini davom ettirgan farzandlar haqida hikoya qilinadi.
Romanda yozuvchi Suxe botir va Xatan botir kabi tarixiy shaxslar bilan bir qatorda, Erdene va Dolgor, shuningdek, Bato va Solongo kabi yoshlarni zo‘r ehtiros, alohida e’tibor bilan tasvirlaydi.
«Beorom Tamir» romani bir qator sotsialistik mamlakatlar qarori bilan chop etilayotgan «Jasorat kutubxonasi» seriyasiga ham kiritilgan.