Xalil Dundor shunday hikoya qiladi:
— Tog‘ etagidagi Xirvati qishlog‘i atrofida suruv haydab yurgan cho‘ponlar har kuni tunda bittadan qo‘y g‘oyib boiayotganini sezib qolishadi. Ma’lum bo‘lishicha, suruvga ayiq oralagan ekan. Cho‘ponlar o‘g‘rining adabini berib qo‘yish niyatida kechasi gulxan yoqib, uni poylab o‘tirishibdi. Bisotlarida bittagina pilta miltiq bor ekan. Nihoyat, ayiq ko‘rinibdi. Cho‘ponlar shovqin ko‘tarib, uni qo‘rqitmoqchi bo‘lishgan ekan, ayiq parvo qilmay to‘g‘ri bostirib kelaveribdi. Buni ko‘rgan bir cho‘pon shosha-pisha miltiqni olib, o‘q uzmoqchi bo‘lgan ekan, piltasi o‘t olmabdi. Ayiq esa yaqinlashib qolibdi. Cho‘ponlar miltiqni tashlab, tiraqaylab qochishibdi. Ayiq bemalol gulxanning oldiga kelibdi, keyin yerda yotgan miltiqni olib, tizzasiga bir urib sindiribdi. Shundan so‘ng u bitta qo‘yni burdalab, yeyishga tushibdi. O‘sha kezlari suruv tomonda tulki ham aylanishib qolgan ekan. Har kuni u ayiqning izidan borib, undan qolgan sarqitlarni pok-pokiza qilib tushirib ketar ekan. Shu kuni tulki yana paydo bo‘libdi. Ayiq uni ko‘rib qolibdi-da, bir parcha go‘sht irg‘itibdi. Tulki yaqin kelib, go‘shtni olibdi. Ayiq yana tashlabdi. Lekin bu gal beriroqqa uloqtiribdi. Shu tariqa go‘sht tashlab, tulkini yaqiniga keltiribdi-da, bir chang solib ushlab olibdi. Shundan keyin boya o‘zi majaqlab tashlagan miltiqning sum-basini olib, obdan o‘tda qizdiribdi-da, dahshatdan qotib qolgan cho‘ponlarning ko‘zi o‘ngida uni tulkining ketiga bosibdi. Bir necha marta buni takrorla-gach, oxiri tulki o‘libdi. Ayiq: «Egan qo‘yimning haqi bu», deganday uning oiigini cho‘ponlar pusib yotgan tomonga uloqtiribdi. Shu-shu bu ayiq mutlaqo ko‘rinmay ketibdi.
Turk tilidan Miad Hakimov tarjimasi