Ko‘pchilik manfaati deb jonidan judo bo‘lib, ko‘zlari pichoq bilan o‘yilgan Marya ham, shaxsiy xusumat tufayli Zaxar Bolshakovni baxtidan ayirgan Frol Kurganov ham, Sovet tuzumini jinidan battar yomon ko‘rgan Ustin Morozovning o‘z o‘g‘lini o‘ldirish darajasiga yetib borishi ham hayotning ishonchli lavhalaridir. Asar qahramonlari o‘zlarining maqsad va intilishlariga ko‘ra ikki asosiy guruhga ajraladilar va o‘zaro kurashadilar. Qahramonlar xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin, asarda o‘z o‘rniga ega. Yozuvchi Anatoliy Ivanovning “Soyalar choshgohda yo‘qoladi” asarida ana shunday odamlar to‘g‘risida hikoya qilinadi.