Naim Karimov. Abdulla Qodiriy qomusi

Ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixidagi ikki adabiy asrni milliy adabiyotimiz tarixining oltin sahifalari, desak adolatdan bo‘ladi. Agar shu ikki asrning biri buyuk Navoiy nomi bilan munavvar bo‘lgan XV asr bo‘lsa, ikkinchisi Abdulla Qodiriy, Fitrat va Cho‘lponning porloq ijodlari bilan boshlangan davomi…

Gulchehra Ashurova. Xalqda qahramon — eposda alp

O‘zbek va hind dostonlarida ularning o‘xshash hamda farqli jihatlari Epos yozma adabiyotdan ilgari paydo bo‘lib, dastlab xayolot dunyosining odamzodga kuchli ta’siri natijasida og‘zaki: miflar, afsonalar, rivoyatlar shaklida ko‘rina boshladi. Qadimgi eposlarda real faktlar to‘qimalar bilan boyitilgan va o‘sha davr xalqlari davomi…

Abdurahmon Pirimqulov. Poktiynat ustoz

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Abdug‘afurovni eslaganda beixtiyor hazrat Alisher Navoiyning poklik, halollik haqidagi mashhur qit’asi yodga tushadi: Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg‘ay ilgari, Yuz mushkul o‘lsa, yo‘qsa, ming ollingda har zamon. Yuz sahfa bir qalam davomi…

Ziyodulla Hamidov. Badiiy so‘z san’atkori

Badiiy asar tili bilan bog‘liq muammolar barcha davrlarda adabiyotshunoslikning, adabiy tanqidning dolzarb vazifasi bo‘lib kelgan. Zero, badiiy asar tilida yozuvchining iste’dodi, so‘z san’atkori sifatidagi salohiyati, mahorati, qolaversa, dunyoqarashi, uslubi namoyon bo‘ladi. Bu borada adabiyotimiz boy tajribaga ega. Chinakam so‘z ustasi davomi…

Tilab Mahmudov. Vatan tomon borar bari yo‘l

She’r aslida insoniyat, koinot va zamon osmonida insonlarning orzu-umidlari va armonlari bo‘lib uchib yurgan buyuk qushlardir. Bu qushlarning qanotlari so‘zdan, yuragi hikmatdan, jismi ibratdan iborat. Ularning ana shu parvozi abadiy, zero, ular insoniyat yo‘lini yorituvchi, odamzodni odamiylik sari yetaklovchi yo‘lchi davomi…

Ismoil Bekjon. Navoiyning pokistonlik gurji muxlisi

1747 yilda Eron hukmdori Nodirshoh Afshor saroyida g‘animlar suiqasdi sababli o‘ldirilgach, u bosib olgan mamlakatlar xalqlari ozodlikka erishadilar. Jumladan, ­Nodirshoh huzurida harbiy xizmatda turgan asli gurjistonlik sarkarda Irakliy ham erkinlikka erishib, ­Tiflisga qaytadi va yurtni boshqarishga kirishadi. Biroq ko‘p o‘tmay, davomi…

Umarali Normatov. Oltin zanglamas (2013)

Asli ismi-sharifi G‘ulom Alimov, adabiy taxallusi esa Shuhrat bo‘lgan benazir ijodkor el-yurtda, adabiyot dunyosida Shuhrat degan nom bilan tanildi. O‘zidan katta ustozlari, shuningdek, tengdoshlari, o‘zidan kichik shogirdlari unga “G‘ulom”, “G‘ulomjon” yoki “G‘ulom aka” deb emas, balki “Shuhrat”, “Shuhratjon”, “Shuhrat aka” davomi…

Komiljon Jo‘rayev. Shirinso‘z olima, mohir tarjimon

Alisher Navoiy asarlarining nemis tiliga tarjimoni Alfred Kurellaning ta’kidlashicha, tarjimondan uch narsa talab etiladi: u o‘zi tarjima qilayotgan xorijiy tilni, o‘girilayotgan asarda gapning nima haqida borayotganini, undagi maxsus tushunchalar, voqea-hodisalarni va o‘zining ona tilini, uning lisoniy kategoriyalarini mukammal bilishi lozim. davomi…

Bahodir Karim. «O‘tkan kunlar»ga qaytib…

Oradan yillar o‘tgani sari Abdulla Qodiriydek favqulodda iste’dod egasining betakror poetik tafakkur mevasi bo‘lgan «O‘tkan kunlar»dek birinchi o‘zbek romanining qadr topayotgani sir emas. Roman tahlil va talqinlari maxsus qodiriyshunoslik sohasini tashkil etadi. Ayni chog‘da, asar maydonga kelgan davr, romanning jurnal davomi…