Zilzilani oldindan xabar berish mumkinmi?

Oxirgi yillar ichida Pokiston, Indoneziya, Turkiya, Peru, Chili va Gaitida sodir bo‘lgan yer qimirlashlari natijasida minglab kishilar hayotdan ko‘z yumdi. Kamida shuncha kishi boshpanasiz qoldi. Geologik nuqtai nazardan notinch Himolay tog‘ tizmasi kelajakda yana ham kuchliroq zilzilalarni keltirib chiqarish ehtimoli davomi…

Kvant mexanikasidan ham ulkan qadam

Insoniyat XX asrga kelib kvant mexanikasi tufayli misli ko‘rilmagan ravnaqlarga erishdi. XXI asr esa ilg‘or davlatlar tomonidan nanotexnologiya uchun milliardlab sarmoyalarni ayamay, shiddat bilan izlanishlar qilish va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish bilan boshlandi. Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlar amalga oshsa, insoniyatning ming davomi…

Xiggs jumbog‘i qachon yechiladi?

Rezerford davridan beri mikroolam fizikasi bir masala ustida bosh qotirib kelmoqda: ikkita zarracha bir-biri bilan to‘qnashtirilsa, natija qanday bo‘ladi? Atom yadrosigacha yetib borish uchun millionlab elektronvolt energiya kerak bo‘lsa, materiyaning kvark strukturasi paydo bo‘lishi uchun gigaelektrovoltlar talab etiladi. To‘qnashtirish uchun davomi…

Belida “belbog‘i” bor sayyora

Ketma-ketlikda hisoblasak, u Quyoshdan olti sayyora narida “suzib yuradi”. Kattaligi bo‘yicha Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. U yerda yashashning, biologik tiriklikning mutlaqo imkoni yo‘q: u qatori Yupiter, Uran va Neptun gazli gigant­lar sanaladi. Saturn qadimgi Rim xudosi sharafiga nomlangan, ramzi esa davomi…

Nurli sharbat yog‘dusi

Rigo o‘z tajribasini butun nozikligigacha oshkor qilishni istamadi, ammo uning aytishicha, bu nurlar faqat qorong‘ulikdagina ko‘zga tashlanmaydi. Tasavvur qiling, do‘konlarda nur shishalab, bochkalab sotilsa yoki olib borgan pulingizga yarasha idishingizga quyib berishsa. Bir xayolga beriling, uzoq safarga chiqishdan oldin avtomobilingiz davomi…

“137” – mo‘jizaviy sonmi?

Inson tabiat hodisalarini tushunishga hamisha harakat qilib keladi. Bunda unga fizika qonunlarini bilish ham yordamga kelishi mumkin. Chunki keyingi asrlarda bu qonunlar ilmiy tafakkurning taraqqiy etishiga, yangi-yangi kashfiyotlarning ro‘yobga chiqishiga turtki berdi. Fizika fanining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning qonunlaridagi davomi…

Leonardo da Vinchi. Buyuk olim, injener va rassom

Jahon madaniyati tarixida ham ulug‘ olim, ham buyuk rassom, ham beqiyos konstruktor mutafakkir Leonardo da Vinchi hisoblanadi. U 1452 yili Italiyaning Vinchi shahrida tug‘ilib, Ovrupodagi Uyg‘onish davrining zabardast namoyondasi bo‘lib yetishgan. Leonardoni Italiya fanining otasi deb hisoblaydilar. U qoldirgan meros davomi…

Radioning haqiqiy asoschisi kim?

XIX asr oxiri insoniyat tarixida aloqa vositalarining taraqqiyotida sezilarli siljishlar bo‘lgani bilan sharaflanadi. An’anaviy pochta aloqalari temiryo‘l va avtomobil transportining tatbiq etilishi bilan ancha jadallashdi. XIX asr birinchi choragi yutug‘i bo‘lgan elektromagnit telegraf elektr aloqasi tarixida muhim kashfiyot bo‘ldi.

O‘rta asrlar robot ustasi – Abul-Iz al-Jazariy

Ma’lumki, atropomorf, ya’ni odamlarnikiga o‘xshash harakatlarni, yoki biror tirik organizmning ba’zi funktsiyalarini qisman yoki to‘liq bajara oladigan mashinalarni – robotlar deb ataymiz. Robot atamasi ilk bor 1920 yilda chex yozuvchisi K.Chapekning «R.V.R.» pesasida mexanik odamlarga nisbatan ishlatilgan.

Dahomi yoki zamondan o‘zib ketgan telba?

Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi  haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi. Bu davomi…


Maqolalar mundarijasi