O‘zbek xalqining atoqli shoiri, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi o‘zbek adabiyotining mashhur vakillaridai biri bo‘lgan Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘z hayotining oxirgi 16 yilini Sharqiy Turkistonda o‘tkazgan, shundan Qarg‘aliqda ikki yil turgan. 14 yil ichida Yorkentda ijod bilan shug‘ullangan. Undan boy adabiy meros qolgan.
Quyida biz Furqatning Sharqiy Turkystondagi hayoti va ijodiy faoliyatidan ayrim o‘rinlar ustida to‘xtalamiz.
Yorkent viloyatiga qarashli Po‘skom rayonining Qizil masjid degan qishlog‘ida Sa’dulla ismli kishi bo‘lib, u o‘z zamonasidagi maktabda bilim olgani tufayli mulla nomini olgandi. Mulla Sa’dulla she’riyatga havas qo‘ygan kishi bo‘lib, o‘zi ham xalq orasidagi har xil illatlarni qoralab, hajviy she’rlar yozgan. Keyinchalik beklarning zulmi og‘irlashganligi uchun o‘z qishlog‘idagi amaldorlarni qoralab o‘nlab hajaiy she’rlar bitadi. Soliqlar borgan sari og‘irlashib, turmush kechirishga imkoniyat qolmaganligi uchun Sa’dulla o‘zining uy-joyini tashlab Kashmirga qochadi. Ko‘p mamlakatlarda bo‘lib, nihoyat Hindistonga kelib qolgan. Furqat Kashmirda ana shu mulla Sa’dulla bilan uchrashib qoladi.
Musofirlik qismati ikkalasini yaqinlashtiradi va ular yaqin do‘st bo‘lib qoladi. Adabiyot muxlisi bo‘lgai mulla Sa’dulla Furqatning shoirlik iqtidoriga katta hurmat bilan qaraydi. Shoirning Kashmirdan Sharqiy Turkistonga bormoqchi ekanligini eshitgach, xursandchilik bilan unga yo‘l boshlovchilik qiladi. Uni Lodox yo‘li orqali Xo‘tan territoriyasidagi Sonjo‘, Qo‘shshog‘ rayonlaridan olib o‘tib Qirg‘aliqqa olib keladi. Qirg‘aliqda ular dam olib, hordig‘ini chiqargach, Po‘skomga kelib, mulla Sa’dullaning qarindoshlariiikida bir necha kun mehmon bo‘lishadi. So‘ng ikkovi birgalikda Yorkentga keladi.
Mulla Sa’dulla Furqatni Yorkentga boshlab kelib shahardagi ba’zi odamlar bilan tanishtirib qo‘ygach, yana Po‘skomga qaytadi. Shundan keyin u har yili bir necha bor Yorkentga kelib Furqat bilan uchrashib, yozgan asarlarini ko‘rsatib, maslahatlar olib turadi. U o‘zining avval bitgan o‘ndan ortiq she’rini va Furqat bilan tanishgandan keyin yozgan, shoir qalami tekkan yigirmadan ortiq she’rini jamlab «Mulla Sa’dulla» nomli bir she’riy devon tuzgan. Bu devon uzoq vaqt topilmadi. Endilikda izlanishlar natijasida bu devon topilib, nashrga berildi.
Furqat Yorkentga kelgandan keyin shahar ichida, Jome oldidagi Kichik Ko‘l boshi mahallasida Hakim oxun ismli kishining hovlisida yashagan. Shahar rastasidagi So‘gat saroyi mehmonxonasi oldida Hindistondan olib kelgan dorilari bilan savdo qilgan va duradgorlik do‘konini ochgan. Lekin xalqning turmush saviyasi juda past edi. Bozor kasodligidan dorilarini sotolmay uning turmushi qiyin kechgan. O‘sha paytda adabiy bazmlarda tanilib qolgan Furqat Azizbek degan kishining taklifi bilan Qirg‘aliqqa borib tijorat ishlari bilan shug‘ullanadi. Azizbek Furqatga sarmoya uchun 200 sar kumush qarz berib turadi. Shundan so‘ng Furqatning turmushi xiyla yaxshilanadi. U xo‘tanlik Supurga oxun degan tabibning Ra’noxon ismli qiziga uylanadi va bu joyda ikki yil turib qoladi. Qirg‘aliqda turgan vaqtda Furqat Said Mazhar Husaynxon o‘g‘li Tajalliy bilan ham tanishadi va yaqin do‘st bo‘lib qoladi. Tajalliy bu paytda Hindistonda o‘qishni tugatib qaytgan bo‘lib, tabobat sohasida shuhrat qozongan, arab, fors, hind tillarini mukammal biladigan ilmli kishi edi. Shuningdek, u ana shu tillarda yaxshi she’rlar yozardi. Qirg‘aliqliklar u kishini diniy ilm bo‘yicha eng mashhur olim sifatida ham hurmat qilardilar. Furqat Tajalliy bilan ko‘rishganligini izhor qilib, bir asarida:
Ingliz zulmidan bezigan Tajalli
Men bilan uchrashib toldi tasalli,
deb yozadi.
Furqat bilan Tajalliy nafaqat she’riyatda, balki tabobat sohasida ham o‘zaro hamkorlik qiladi. Ular fors tilida bir qofiyada g‘azallar bitgani ham ma’lum.
Agar Furqat o‘z she’rida:
Kuhkanro tesha chun az obitiz nest
Shahdi shirin juz bakomi Xisravi parviz nest.
Dod az dasti bahore zindagi gar jo‘sh u
Yak guli chandon nikhat bezurang omiz nest.
Dar Vatan az javre gardun xurrami moro nabud
Nechi tolei budki yo rab dar g‘aribi tez nest.
Lahzai oromu osoysh ku jo yobad kase
Dar jahon jo‘z Sho‘rushu oshubi rustahez nest.
Diyda-am guftoxi shamsitdin: «Niholi baxtman
Sabz az obu havoyi gulshani tabriz nest.
Andalibi gulshani Dehli chi xush gufti in suxan
«Ruba hind ovardani sohibdilo bachiz nest»,
Suhbati hamdard Furqat, har qadar boshad xo‘sham
Az mukarram nag‘mai qolun malol angiz nest.
Ya’ni, «Farhodning teshasi ibrat suvi bilan o‘tkirlanmagan bo‘lsa, Shirin labining shakarini faqat Xusrav parvizla tatigan bo‘lardi. Tiriklik bahorining jo‘shqinligida biror gul xushbo‘yini socholmasa yoki rangdor bo‘lmasa unday bahordan dod. Falakning jabridan o‘z Vatanimizda biror shodlik kun bo‘lmagan edi. Oh xudo, bu qanday toleki, musofirlikda ham biror shodlik kun bo‘lmadi. Jahonda g‘avg‘o, to‘polon va baxtsizlikdan boshqa hech marsa yo‘q. Bir paslik tinchlik va rohatni kishi qayerdan topsa bo‘ladi.
Shamsi Tabriziyning «Afsuski, baxtimning ko‘chati Tabriz gulshanining suv va havosidan bahra ololmadi», degan so‘zini ko‘rgan edim. Dehli gulshanining bulbuli Xisrav Dehlaviy: «Qalb egasi bo‘lganlarning Hindistonga yuzlanishi sababsiz emas», deb juda yaxshi aytgan. Ey, Furqat, hamdardlarimnmng suhbati qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha xursand bo‘lish, chunki qolun qancha ko‘p chalinsa-da, kishiga malollik keltirmaydi» deb yozsa, Tajalliy bu she’rga javoban shunday yozadi:
Munkiri she’ri maro az ma’rifat nabut nasib
Chun jaal ko‘ro dimog‘i nikxati gulzori nest.
Oyati nushu shifodar shon shahad omad vale
Lazzati o‘ro bezavqi posidi bemor nest.
Chashmi to bino zi husni ruyi Yusuf forixast
Gushkarrobodami dovud aslo kor nest.
Hamcho‘ subhi ravshanast oynai Iskandari
Lek andar chashmi zangi g‘ayri shomi tor nest.
Gar buvad az tur yoxud az javohir soxta
Surmarodar kuyi ko‘r on qiymatu bozor nest.
Ya’ni, «Mening she’rimni inkor qiluvchilar ma’rifatdan benasib qolganlardir. Chunki axlat orasida yuradigan qo‘ng‘izning dimog‘iga gulzorning hidi yoqmaydi. Asaldan yasalgan shinolik dorilar kasalni sog‘aytiradi, lekin undan zavqlanmagan odam, kasali og‘irlashgan bo‘lsa-da, uni ichmaydi. Ko‘rlar Yusuf alayhisalommiig chiroyini ko‘rishdan mahrum. Karlar Dovud alayhisalomning ovozini eshitmaydi. Butun jahonni tongdek ravshan ko‘rsatadigan Iskandar oynasiga ko‘zi ojiz odam qarasa, uning ko‘ziga qorong‘ilikdan boshqa narsa ko‘rinmaydi. Agar Tur tog‘idek katta javohirdan surma yasalsa ham, ko‘rlarning ko‘ziga hech qanday foydasi yo‘q.
Badiiylik jihatidan ham, mazmun jihatidan ham saviyasi yuksak bo‘lgan bu she’r Furqatning ana shu davr ustidan qilgan shikoyatigina bo‘lib qolmay, o‘z navbatida, shoirning fors tilini mukammal egallaganligini va bu tilda ham go‘zal asarlar yoza olganligini ko‘rsatadi.
Ikki yildan keyin Furqat Yorkentga qaytib kelib, yana Hakim Oxunning hovlisida avvalgi do‘konini ochib, kasal davolash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shundan keyin uning tanish-bilishlari ko‘payib, tabiblikda shuhrati ortib, turmushi xiyla yaxshilanib qoladi. Sharif oxun va Abdurayim oxun ismli ikki kishi unga shogirdlikka kiradi. Uning shogirdi Sharif oxun tijorat bilan O‘zbekistonga borib-kelib turganligi uchun Furqat o‘zining maktub va she’rlariin shu odam orqali yuborib turgan. Sharif oxun Furqat yozgan xatlarni egasiga topshirish bilan birga shoirga ham do‘stlaridai maktub yetkazib turgan.
Tajalliyning qo‘qonlik shoir Muhyi bilan ham aloqasi bo‘lganligi uchun Furqat Muhyiga Tajalliyning ham salomini yetkazib turgan. Muhyi Tajalliyga yozgan maktubini Sharif oxun orqali jo‘natgan. Sharif oxun bu xatni ustoziga bergan. Furqat maktubni o‘z qo‘li bilan Tajalliyga topshirgan.
Furqat Yorkentga qaytib kelganining uchiichi yili Yorkentning hokimi «el kasal» bo‘lib, badanini yara bosib ketadi. Shu paytda Shvetsiyadan kelgan shifokorlar Yorkentda Yevropacha kasalxona ochgan edi. Hokim ularga ko‘ringan bo‘lsa ham, kasaldan forig‘ bo‘lolmaydi. Shundan keyin u Furqatning ovozasini eshitib, uni o‘zining kasalini davolashga taklif qiladi. Furqat hokimni simob qo‘shilgan shifobaxsh dorilar bilan davolaydi. Uch oydan keyin u butunlay sog‘ayib ketadi. Juda xursand bo‘lgan hokim Furqatga uch yuz sar tanga in’om qilganidan tashqari, shahar sirtidagi «Mochong» degan joydagi hukumat yeridan yigirma ikki mo yer ajratib beradi.
Bir kuni shahar tashqarisidagi boqqa bazmga borganida, bazm qatnashchilaridan Niyoz Hojim degan kishi dori yeb zaharlanib qoladi. Uning hayoti qil ustida turgan daqiqada Furqat sut ichirish, sut bilan vanna qilish chorasi orqali Niyoz Hojimning hayotini saqlab qoladi. Bundan tashqari, do‘koniga kelgan kambag‘al kasallarni pul olmay davolash ishlari ko‘p bo‘lgan.
Furqatning xotini Ra’noxon tabibning qizi bo‘lganligidan unga bu borada ko‘p yordamlashgai. Furqat tabobatchilik sohasidagi «Ekseri a’zam» degan kitobni muttasil o‘qib, o‘rganib turgan. Fors tilidagi to‘rt tomdan iborat bu tibbiy asarga Sharqiy Turkistonda hozir ham milliy tabobatchilikning eng nodir namunasi deb qaraladi.
Yorkentda yil sayin Furqatning yoru-birodarlari ko‘payib boradi. Uning do‘stlaridai ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
Bobojon Hojim — xo‘jandlik o‘zbek, kasbi ipakchilik bo‘lib, Yorkent shahrida hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1965 yili 96 yoshida vafot etgan. Ma’rifatparvar, she’riyatni sevadigan kishi bo‘lib, Furqatning juda ko‘p qo‘lyozma asarlari ana shu kishining qo‘lida saqlangan. Mahmud Qori Hoji — millati dungan, tanburni nihoyatda yaxshi chaladigan kishi bo‘lib, tijorat bilan shug‘ullangan. Furqat ham tanburni yaxshi chalsa-da, o‘tirishlarda, bazmlarda asosan Mahmud Qori Hoji tanbur chalgan. U Furqat bilan birgalikda chalgan tanburini e’zozlab, to 1957 yilga qadar saqlab kelgan. 1957 yili 80 yoshdan oshganida Yorkentda vafot etgan.
Bobojon Hojim bilan Furqatning do‘stligi nihoyatda qalin bo‘lgan. Ayniqsa, ulfatlar bir joyga to‘plansa bazmlar yanada qizigan. Furqat she’rxonlik kechalarida shunday xushchaqchaq va hozirjavob bo‘lganki, boshqalarning savoli ado bo‘lguncha, u nishonga tegadigan va qiziq javoblarni hozirlab turgan, go‘zal she’rlar o‘qigan. Yuqoridagi fazilatlardan tashqari, Furqat xatni nihoyatda chiroyli yozgan. Undan xattotlik mahorati bo‘yicha ko‘plab kishilar saboq olgan. Zaynil Obidin Xon xuddi shundaylardan biridir. Furqat vafotidan 24 yil keyin Yorkentda ilk marotaba yangicha maktab — «Matlail-Urfon» qurilganda shoirning do‘sti va shogirdi Zaynil Obidii Xon shu maktabning husnixat darsi o‘qituvchisi bo‘lgan.
1901 yili Yorkentdagi rastaga o‘t ketadi. Bu o‘t Furqatning do‘koni joylashgan Sugat saroyidan boshlanib, bozor markazigacha bo‘lgan do‘konlarning hammasi kuyib ketadi. Shu qatorda Furqatning do‘koni va barcha moli kuyib ketadi. Shundan keyin, u Yorkentdagi o‘zbeklarning oqsoqoli Komiljon oqsoqolning saroyiga ko‘chib borib, uning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi.
1903 yili 5-oyda Furqatning Qo‘qondagi do‘sti demokrat shoir Muqimiy vafot etadi. Do‘stlari yozgan maktubdan bu xabarni eshitgan Furqat Toshkentdagi do‘sti Mulla Toshboltaga «Yorkent shahridan Mulla Toshboltaga maktub»ini yozadi.
Furqat o‘z do‘stlariga yozgan yana bir maktubida: «Yorkentning ob-havosi Qo‘qonning ob-havosiga o‘xshar, Yorkentning odamlari mehmondo‘st va xushfe’l ekan. Yorkentdagi kishilar menga hurmat bilan qaramoqdalar. Men bu yerda o‘zimni xuddi o‘z yurtimda yurgandek his qilyapman. Shuning uchun men hayotimning oxirigacha yashashni ixtiyor qildim», — deb yozgan. Bu she’riy maktubda yana o‘zining Yorkentda turib qolganligini, ikki o‘g‘il ko‘rganligini, ulardan ayrilishga ko‘zi qiymasligini, ota-onasining qabrini ziyorat qilib kelish niyati bor bo‘lsa ham, Qo‘qondagi amaki va tog‘alaridan ranjib qolganligidan borgisi kelmayotganligini bayon qiladi.
Furqatning Yorkentda turib qolishining asosiy sabablari bugina emas, albatta. Furqat yashagan davrdagi Yorkent Sharqiy Turkistonning madaniyat va maorif ishlari taraqqiy qilgan shaharlaridan biri edi. Faqat shaharning o‘zida 60 dan ortiq madrasa bo‘lib, bularda minglab toliblar o‘qirdi. Madrasalarda til, tarix, adabiyot va diniy darslar o‘qitilardi. Ayii paytda xalqning turli bilimlarga, adabiyot va san’atga qiziqishi kuchli edi. U chog‘da Yorkentga hali toshbosma yetib kelmagan bo‘lib, kitoblar faqat sarkotiblarning qalam bilan ko‘chirishi orqali ko‘paytirilardi. Shuning uchun xatni chiroyli yozgan kotibning obro‘si, mavqei yuqori bo‘lardi. Furqat shoir, tabib, xattot, sozanda va shu bilan birga xushchaqchaq, zukkolik fazilatlariga ega inson edi. Shu sababli xalq uni hurmat qilar, ijodini qadrlar edi. Yana bir tomondan, Yorkent Sharqiy Turkistonning savdo markazlaridan biri edi. Bu yerda Hindiston, Afg‘oniston, Kashmir, Rossiya kabi qo‘shni davlatlarning savdogarlari har xil toavarlarni olib kelib, saado-sotiq bigai shug‘ullangan. U chog‘da Toshqo‘rg‘on yo‘li xatarli bo‘lganligidan chet davlatning savdogarlari Yorkent orqali qatnaganlar. Xullas, shaharda turmush kechirish bir qadar osonroq bo‘lgan vaziyat shakllangan edi. Jahonning juda ko‘p mamlakatlarida bo‘lgan Furqat hayotining oxirigacha bu yerda turib qolishiga shu ham sabab bo‘lishi mumkin.
U 1909 yili kuz faslida 51 yoshida bo‘g‘iz kasali bilan Yorkentda vafot etadi. Bu vaqtda aytishlaricha «Debochai avval» dagan to‘plamni vafotidan biror oy ilgari «Jon bor yerda, qazo bor, bolalarim kichik bo‘lganligidan she’rlarimning qadriga yetmaydi. Bu she’rlarii siz saqlab qo‘ying», deb do‘sti Bobojon Hojimga bergan ekan. Furqat vafot etganida katta o‘g‘li Nozimjon o‘i ikki yosh, o‘rtanchasi Hakimjon to‘qqiz yosh, kichigi Nodirjon olti yoshda qolgan ekan.
Uning Shingjonga kelganidai keyin ijod qilgan asarlari hozir bor bo‘lgan asarlarining 75 foizini tashkil qiladi.
Furqat bu yerda barakali ijod qiladi va asarlarining ba’zilarini maktublar orqali Toshkentda nashr etilgan «Turkiston viloyatining gazetasi»ga jo‘natib e’lon qildirgan. Ba’zilari asrimizning boshlarida «Bayoz Maalono Muqimiy va Furqat», «Bayoz gulshani ash’or», «Bayoz Muhallo», «Bayoz yangi», «Tuhfatul Obidiy», «Armug‘oii xislat», «Bayoz Xaziniy», «Bayoz Ma’i» kabi tosh matbaada bosilgan to‘plamlarda chiqqan.
Furqatning oxirgi yillarda yozgan asarlari qo‘lyozma holida Bobojon Hojim va Furqatning farzandlari qo‘lida saqlangan. Bobojon Hojim vafot etgandan keyin oila a’zolari saqlab kelganlar. 1966 yili Xitoyda olib borilgan dahshatli madaniy iiqilob Yorkentda ham o‘zining qattiq ta’sirini o‘tkazdi. Qora niyatli guruhlar Bobojon Hojimning uyini tintuv qilishi oldidan, Hojimning rafiqasi Furqat asarlarining nobud bo‘lib ketishidan qo‘rqib, qo‘lyozmalarni uyining orqasidagi qumlik joyga ko‘mgan. O‘sha tintuvdai keyin Bobojon Hojimning oila a’zolari boshiga xilma-xil musibatlar tushgan. Hojimning rafiqasi vafot etgach esa bolalari qo‘lyozmalar ko‘milgan joyni tola olmaganlar. Natijada, Furqatning Yorkentda saqlanib turgan eng oxirgi qo‘lyozmalari yo‘qolgan. Ammo e’lon qilingan materiallar saqlanib qolgan.
Furqat Yorkentdaligida turli davlatlarda chiqadigan har xil gazeta va jurnallarni o‘qib turgan. Aigliyaning mustamlakasi bo‘lgan Hindistoida chiqadigan «Hablul matin» («Kuchli arg‘amchi»), «Pasthil ahbol» («Fasohatli xabar») degan gazetalarni ham olib turgan. 1904 yil yanvarda boshlangan rus-yapon urushi to‘g‘risidagi xabarni o‘sha gazetalardan bilgan Furqat Angliya mustamlakachilarining Yaponiyaning tajovuzkorlik siyosatini oqlab yozgan uydirma xabarlariga raddiya bildirib, g‘azal bitib, Rossiyaga tajovuz qilgan yapon bosqinchilarini g‘azab bilan ayblaydi. 1905 yili yozilgan bu g‘azal Furqatning Sharqiy Turkistondagi yozgan birdan-bir siyosiy temadagi g‘azali edi.
Furqat bu yerda barakali ijod qildi. «Sog‘inish», «Bahor kunlarida», «Hayit», «Aylanay», «Chiroyli», «Nozik», «Gul», «Ul paridek» kabi g‘azallarini, «Adashganman», «Biri», «Istar ko‘ngul», «O‘zingsan» kabi muxammaslarini yozdi va Navoiyning «Ko‘rib», «Do‘st» radifli g‘azallariga muxammas bog‘ladi. Hayotining oxirgi yillarida u «Debochai avval» degan bir to‘plam tuza boshlaydi. Furqatning hayotligida e’lon qilingan asarlaridan 846 g‘azal, 2 murabba’, 25 muxammas, 4 musaddas, 1 musabba, 1 tajriband, 4 she’riy maktub, 1 mustazod, bitta dostonni o‘z ichiga olgan masnaviy qasida va boshqa janrlardagi ijodidan 19 parcha — umuman, 7806 misrali adabiy merosi bizning qo‘limizda saqlanmoqda.
Ne’matullo Ubaydullo,
Jungo Yozuvchilari soyuzining a’zosi, Yorkentdagi milliy shifoxonaning bosh tabibi
Hanifa Solihova,
filologiya fanlari kandidati, SSSR Yozuvchilar soyuzining a’zosi
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1989 yil, 31 mart