Abu Ali ibn Sino (980-1037)

Buyuk hakim, olim va faylasuf ibn Sino Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. U 19 yoshga to‘lganda ona shahri Buxoroni qoraxoniylar bosib oldilar. Bosqinchilar shaharni butkul vayron qilib, ko‘plab madaniy boyliklarni yo‘qotib yuborishdi. Bu vaqtga kelib, ibn Sino iste’dodli hakim davomi…

Umar Xayyom (1048-1131)

G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Xayyom Nishopur shahrida, badavlat hunarmand oilasida tug‘ilib, voyaga yetdi. Uning laqabi Xayyom bo‘lib, bu so‘z «chodir tikuvchi» degan ma’noni anglatadi. Umar Xayyom tili achchiq, badjahl odam bo‘lgan. U o‘z she’rlarini fors tilida, nasriy asarlarini esa arab davomi…

Chju Si (1130-1200)

Xitoylik faylasuf Chju Si (laqabi Yuan xuey, umrining so‘nggi yillarida Chju Xuy-an taxallusini olgan) Xuychjou viloyatining Yuan tumanida tug‘ilib o‘sdi. U juda ko‘p kitob o‘qish asnosida Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan bitilgan barcha mumtoz qonunlarni qunt bilan o‘rgandi. Tabiiyot ilmining davomi…

Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Jaloliddin Rumiy Balx shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uni ba’zan Jaloliddin Balxiy deb ham atashadi. Rumiy she’riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qildi. U bitgan g‘azallar, ruboiylar va masnaviylar she’riyat bo‘stonining durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga o‘ralgan falsafiy, so‘fiyona, teran g‘oyalarga keng o‘rin davomi…

Rojer Bekon (1214-1292)

Ingliz faylasufi, Parij dorilfununining ilohiyotchi olimi doktor Rojer Bekon Angliyaning janubi-g‘arbidagi Dorget grafligida tug‘ilib o‘sdi. U Oksfordda ta’lim oldi. 1236-1247 yillarda Parij dorilfununida dars berdi. 1277 yilda faylasuf ibodatxona qamoqxonasiga bandi etildi va 14 yil tutqunlikda yashadi. Hikoya qilishlaricha, Rojer davomi…

Akvinolik Foma (1225-1274)

Italiyalik faylasuf va ilohiyotchi olim Foma Akvino yaqinida joylashgan Rokkasekka qal’asida dunyoga keldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix II saroyida ritsar bo‘lgan. Foma Neapol dorilfununining tayyorlov kulliyotida falsafa va mantiq ilmini o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo‘nadi va davomi…

Uilyam Okkam (1281-1349)

Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning janubi-g‘arbida joylashgan Okkam shaharchasida tug‘ilib o‘sdi. U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Dus Skott (1266-1308) qo‘lida ta’lim oldi. Uilyam 1324 yilga qadar Oksford dorilfununida tahsil oldi va o‘qituvchilik qildi. Bu ilm dargohida tez-tez ilmiy munozaralar, mubohasa, davomi…

Franchesko Petrarka (1304-1374)

Italiyalik faylasuf va shoir Petrarka Franchesko Aretstso shahrida tug‘ildi. Uning otasi notarius xizmatchisi bo‘lib, Florentsiyadan shu shaharga quvg‘in qilingandi. 1312 yilda uning oilasi Avenon shahriga ko‘chib o‘tadi. 9 yoshli Petrarka bu yerda ustozi Konvenevole da Prato sharofati bilan Sitseronning musiqa davomi…