Xeroneyalik Plutarx (46-127)

Yunonistonlik adib, nasihatgo‘y-faylasuf Plutarx Beotiyaning Xeroneya shahrida tug‘ilib o‘sdi. Plutarx imperator bilan yaqin aloqada bo‘lgan aslzoda oilaning farzandi edi. U bolaligidanoq Afinada tahsil oldi. Voyaga yetgandan keyin esa shu yerdagi Akademiyaga doimiy ravishda qatnab turdi. Plutarxni ko‘proq quyidagi mavzular qiziqtiradi: davomi…

Epiktet (50-135)

Epiktet Kichik Osiyoda joylashgan Giyerpolis shahrida tug‘ilib o‘sdi. Hozirgi Turkiya davlatining poytaxti Anqaradan 75 chaqirim uzoqlikda joylashgan bu shaharda savdo-sotiq juda rivojlangan edi. Epiktet qul oilasida dunyoga keldi. Bolalik chog‘ida uni Rim shahridagi qul bozoriga keltiradilar. Epiktetni hukmdor Neronning tanqo‘riqchisi davomi…

Nagarjuna (113-213)

Nagarjuna Qadimiy Hindistonning Kucha shahrida istiqomat qiluvchi aslzoda xonadonlarning birida dunyoga keldi. U to‘qqiz yoshidan boshlab Shimoliy Hindiston, Qashqar, Yorkent hamda Kucha shaharlarida budda aqidalari va ta’limotidan saboq oldi. Nagarjuna yoshlik chog‘ida Kashmir-Gandxar viloyatidagi ibodatxonada rohiblikni qabul qiladi. Shunisi qiziqki, davomi…

Boetsiy (480-524)

Rimlik faylasuf, davlat arbobi Boetsiy go‘dakligidayoq otasidan yetim qoldi. Uni Rim shahrining hokimi Kvint Avreliy Memmiy Simmax o‘z tarbiyasiga oldi. Simmax o‘sha davrdagi eng ma’rifatli va olijanob mansabdorlardan biri bo‘lgan. Boetsiy Arastuning mantiqiy asarlari va Porfiriyning «Arastu toifasiga kirish» deb davomi…

Abu Nasr Forobiy (870-950)

Buyuk ajdodimiz Forobiy Aris daryosi suvining Sirdaryoga quyilish yeriga joylashgan Forob qishlog‘ida tug‘ilib o‘sdi. Forobiyning yoshligi arab xalifaligi poytaxti Bag‘dod shahrida kechdi. U bu yerdagi madaniy muhitdan nafas olib, olimlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, falsafa ilmidan saboq oldi. Forobiy Arastuning davomi…

Abulqosim Firdavsiy (934-1024)

Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada dunyoga keldi. Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk davomi…

Al-Maarriy Abul Ala (979-1057)

Al-Maarriyning asl ismi Ahmad bo‘lib, Suriyaning Maarra shahrida tug‘ilib o‘sgan. Ahmadning otasi qozilik vazifasida xizmat qilgan. Ahmadda go‘daklik chog‘idanoq noyob qobiliyatlar namoyon bo‘la boshlagan. U uch yoshida o‘qishni o‘rganib, she’rlar yod olgan, to‘rt yoshida chechak kasaliga chalinib, ko‘zlari ko‘rmay qolgan. davomi…