Buqrot hakim kasal bo‘lib yotib qoldi, ajali yetib, jon berish azobidan qiynalardi. Bir shogirdi bor edi, u ustoziga qarab dedi:
– Ey ustoz, tanangni yuvib kafanlab dafn etgandan keyin, ayt, seni qayerdan topamiz?
Buqrot dedi:
– Ey g‘ulom, Men tirikligimda uzoq umr ko‘rib, o‘zimni o‘zim topolmadim, sen meni qayerdan topasan? Men shunday yashab dunyodan o‘tayapmanki, qilcha o‘zimdan xabardor emasman. O‘limga o‘limdan o‘zga davo yo‘q, har qancha zorlanma, xazon bo‘lgan barg yerga tushadi. Biz hammamiz o‘lish uchun tug‘ilgan-miz, dunyodan ko‘ngil uzolmasak ham, jonimiz bizni tark etadi. Butun dunyoni hukmronlik muhri ostida tutgan shohanshohlar bugun yer ostida yotibdi. Shohmi, xusravmi, xonmi, amirmi, barchasi lahad tuprog‘ida, arzimas tuproqqa tengdirlar. Shohbo‘lsin, gado bo‘lsin — hammasi ketadilar.
Oxiratda Noqis va komil orasidagi farqlar ayonlashadi. Tiriklik ham azob, o‘lim ham azob, agar bu har ikki ranju azobingdan ganj – xazina topmasang, bilgilki, haqiqiy ganj — Simurg‘dir. Qolganlari esa dardu azobdir. Shu bois dunyoda bundan ortiq ganjni izlama.
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.