Pok imon Zaynul-Obidinning kichik qizining ulug‘lariga xos so‘zlari garchi u kichikligi tufayli begunoh edi
Osmon-falakka ot surgan ulug‘ zot xonadon ahli anjumanining mash’alasi bo‘lib, u payg‘ambarlik muxrining ko‘zidagi nur – valiylik sham’i Ali binni Husayn edi. Ibodatni ko‘p qilganidan din arboblari uning otini Zaynul-Obidin der edilar.
Kunlarning birida u o‘giini oldiga chaqirib, mehribon qo‘li bilan uning boshini silay boshladi. Odatda otalikning qonun-qoidasi bo‘lganidek, bu odamlarni bolaga nisbatan muhabbatli bo‘lishga olib keladi.
Uning fe’l-atvorida ham mehr belgilari zohir bo‘lib, har nafasda o‘z mehr’-muhabbatini izhor etishga urinardi.
Uning yagona bir qiz farzandi ham bo‘lib, jon va ko‘ngul iplari unga bog‘langan edi. U misoli poklik pardasi ichidagi porloq Quyosh bo‘lib, umri vaqtidan endi olti yosh o‘tgan edi.
(Kunlarning birida) u otasi bu kichkinani sevib erkalashlarini ko‘rib, ko‘z yoshlarini to‘kib, qoshini uchirib ham qo‘ydi.
Uning yuzlaridagi ko‘z yoshlarini ko‘rgan imom qoshiga qarab extirom ko‘rsatishni istadi. Yuzidagi ko‘z yoshlarini ko‘rib, ichida uni kimgadir rashk qilib yig‘lamayotibdimi? deb o‘yladi. Rahmi kelib, ochiq mehr-muhabbat izhor qilib:
– U xali onasining suti og‘zidan ketmagan bola-ku! – dedi. – Beshikdagi kiyimda turgandek uning tani ham zaifona. Men unga rahm qilganimdan mehr ko‘rsattim. Uning menga -bo‘lgan mehri garchi bu darajada oshko‘ra bo‘lsa ham, bu shuning uchunki, u xali yosh! Mexringning tafti ichimni o‘rtagan bo‘lsa-da, menga ko‘ra sen ko‘proq mahfiysen. Sen bilan nima yuz bergan bo‘lsa, men uzrlimen. Rashk qilish odatini unutishga harakat qil! – dedim.
Bu so‘zlarni aytar ekan, uning o‘zi ham xafa bo‘lib, pok dur daryo oldida shunday dedi.
– Mening tashvishim bu jihatdangina emas edi. Boshqa bir g‘am tufayli ham motamda edim.
So‘z orasida bir kuni eshittimki, o‘z og‘zing bilan sen bu mojaro haqida:
– «Menga Haq (Alloh) bo‘lgani yetarlidir, boshqa hech kimga mayl bildirib, uni havas qilmasmen!» – debsen. Bu damda boshqani sevganingni ko‘rib qoldim. Bu g‘am mening ruhimni o‘zgartirib yubordi. U begona bilan sheriklik qilganidan so‘ng uning rashki jonimga o‘t soldi. Unga sajda qilishning nima keragi bor, qachonki u Haq va butning qoshiga topinsa. Agar sanam (but) qat’iyat bilan jilva qilgan taqdirda ham qibla tomonga qarab namoz o‘qish ravo bo‘la oladimi?
Bu so‘zlarning hammasini eshitar ekan, imom ko‘z yoshlarini to‘xtatolmay qoldi. Allohga shukr qilishni vojib deb bilib, boshini o‘pib, yaxshi niyatlar bildirdi. Bolaga Alloh o‘zi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatar ekan, u nima qilsa taqvo va toatga o‘tgusidir.
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan