Bir oliynasab podshoh bir chiroyli qulga oshiq bo‘lib qoldi. Shunchalik oshiq bo‘ldiki, ul qulsiz bir dam o‘tirolmas yoki dam ololmasdi. Bu qulni boshqalardan ajratib, yasantirib qo‘ygan edi va undan ko‘zini uzolmasdi. Shoh agar qasrda o‘q otish bilan shug‘ullansa, u qul qo‘rquvdan titrardi. Chunki shoh olmani qulning boshi ustiga qo‘yib, nishonga olardi. O‘q bilan olmani teshardi, shunda bechora qul sarg‘aygan giyoh yaprog‘iday titrardi. Ahvoddan bexabar bir odam quldan:
– Qip-qizil yuzlaring nega oltinday sarg‘ayib qolibdi, shoh oldida shuncha hurmatdasan, nega ahvoling bu qadar aftoda bo‘lib qoldi?, – deb so‘radi.
Qul dedi:
– Boshimga olmani qo‘yib nishonga oladi, agar menga o‘q tegib yaralansam, u bunaqa qulim yo‘q edi, lashkarimda bundan kamchilik ham ko‘rmayman, deb aytadi. Agar o‘qi nishonga teksa, hamma bu podshohning omadi va mahorati deb aytadilar. Men shu ikki g‘am ichida qiynalurman, jonimni nimaga xatarga qo‘yganman? Hech narsaga!
Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr”idan.