Bani Isroili Rindning manmanlikdan tavbasi tufayli xonadonning yuksalishi, qasamning qof toshlaridan falakka chiqqani va may seli u binoni yiqitgani
Rindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. Gavdasi ko‘zacha yashashga nuqsonsiz bo‘lganidek, o‘zining Rind degan ismi mayga berilganligini bildiradi. Mayxonadagi odamlarning ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir qultumini ichib yuborardi. Tagida qolgan may quyqasidan bir yutum tegmay qolsa, o‘sha zahoti musibat yuz berardi.
U ko‘p tavba qilar, lekin tavbasini sindirar, ko‘nglini tavba qilishdan tindirgan ham bo‘lardi.
Tavba qilishda bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yishi oshkor bo‘lgach esa, endi tavba qilganidan pushaymon bo‘lardi.
Bir kuni ertalab (kecha) ichganidan beqaror bo‘lib turgan edi, mehribonlik eshigidan kushoyish yuz berdi. Hotif (g‘oyibdan) ovoz qilib: «Ey maxmadona, endi tavba qil, buning vaqti keldi! Sen so‘raganingda bizga (yuqoridan) rizolik bo‘lmagan edi. Rozilik bo‘lmaganidan so‘ng qazo hukmi ham bo‘lmaydi. Biz tomonimizdan (yana) talab qo‘yilgan edi. Endi yaqinroq kelki, xursandchilik pallasi yuz berdi».
Rind ichiga shavq nuri tushib, tanasiga ko‘zyoshlari shavq girdobidek ta’sir ko‘rsatdi. Shundan keyin uning ulushi xuzur va safo bo‘lib, tavba esa uning ko‘ngliga nur hamda xursandchilik sola boshladi.
Yillar davomida nimalarni tilab, yolborgan bo‘lsa, bir damda barchasiga musharraf bo‘ldi. Tavbaga qarab o‘zi yuz o‘girgan edi, tavbasi shisha kabi shikast topdi.
Shu ravishda Haq uni tavbaga maxram etib, Iskandar devoridek maxkam ham qildi.
Tavba o‘zingdan yuzaga kelgan bo‘lsa, ancha sust bo‘lib, Allohdan kelgan tavba esa shunday mustaxkam bo‘lgusidir.
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan