Qayroqi fikrlar

Bilim tomon yo‘l qisqa emas. (Yapon xalq maqoli)
Ko‘pchilik g‘ozni oqqush, deb o‘ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)
O‘ylamay gapirish- mo‘ljalga olmay o‘q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)
Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)
• Ko‘pchilik g‘ozni oqqush, deb o‘ylaydi. (Ingliz xalq maqoli)
• O‘ylamay gapirish- mo‘ljalga olmay o‘q uzishdir. (Ispan xalq maqoli)
• Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli)
• Sohildan qaraganda, dengiz chiroyli. Dengizdan qaraganda esa sohil go‘zaldir. (Daniya xalq maqoli)
• Daraxt ildizi bilan tirik, inson do‘sti bilan. (Rus xalq maqoli)
• Nima o‘qiganingni emas, nima uqqanligingni so‘zla. (Tojik xalq maqoli)
• Bevatan odam kuylamaydigan bulbulga o‘xshaydi. (Rus xalq maqoli)

KOREYS XALQ MAQOLLARI

• Kaltakning birinchisi yaxshi tegadi.
• Ishongan bolta oyoqni chopar.
• Igna boradigan joyga ip ham boradi.
• Boshingga loyiq qalpoq kiy.
• Duming uzun bo‘lsa, tutilasan.
• Odam bir marta o‘ladi.
• Go‘zal chehra ortida xunuk qalb borligini bilib bo‘lmaydi.
• Yaxshi erning xotini ham yaxshi bo‘ladi.
• Go‘dak va ahmoq rostgo‘y bo‘ladi.
• Mehnat baxtning onasidir.
• Inson yeyish uchun yashamasligi kerak. Balki yashash uchun yeyishi lozim.
• Xudo erta uyg‘onadigan odamga yordam beradi.
• Pul bilan baxt yasab bo‘lmaydi.
• Tabiat eng buyuk tabibdir.
• Do‘sti yo‘q odam – baxtsiz odamdir.
• Ahmoqlikni davolaydigan dori yo‘q.
• So‘z pichoqdan o‘tkir.

Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi