Shukur Qurbon. Oqqushlar ko‘li: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.
Yosh shoir Shukur Qurbonovning ilk to‘plamiga uning vatanga sadoqat, grajdanlik burchi hamda insoniy tuyg‘ularni ulug‘lovchi falsafiy ruhdagi she’rlari jamlangan. Kitobdan shoirning «Temur Malik o‘tgan yo‘llarda» she’riy turkumidan ayrim lavhalar ham o‘rin olgan. |
Habibulloh Said G‘ani. Mening oppoq dalam: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
Habibulloh Saidg‘aniyevning she’rlarida “oppoq xayol”, “oppoq dala”, “oqqush”, “oq ko‘ngil” singari iboralarni ko‘p uchratamiz. Darhaqiqat, xoh ona-Vatan mavzuida bo‘lsin, xoh do‘st-yorlik,sadoqat mavzuida bo‘lsin, shoir yorqin tuyg‘ularni tarannum etadi. To‘plamdan xalqlar birlamligi mavzuidagi she’rlar ham o‘rin olgan. |
Turobjon Maqsudov. Qaytmas to‘lqinlar: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
Yosh yozuvchi Turobjon Maqsudov hikoyalarida umr daryosining qaytmas to‘lqinlari — g‘ubor qo‘nmagan bolalik tarovati, zamondoshlarimizning o‘y-xayollarini o‘ziga xos badiiy yo‘sinda ifodalashga intiladi. |
Xayriddin Sultonov. Quyosh barchaga barobar: Hikoyalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
Er yuzida turfa xil odam turfa xil tashvish bilan yashaydi. Ammo ko‘hna va qadrdon quyosh ularning barchasiga bab-barobar beminnat nur sochadi. |
Sa’dulla Hakim. Hamal tonglari: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.
Yosh shoir Sa’dulla Hakpmning she’rlarida xalq og‘zaki ijodi badiiyatiga xos rang va jilolar, ohang izlash, hayotni o‘ziga xos poetik tadqiq qilishga intilish kuchlidir. |
Ikrom Otamurod. Vaqt ranglari: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.
To‘plamga kiritilgan she’rlarda bahor, bolalik, baxt va muhabbat haqida kuylanadi. To‘rg‘aylar charx urgan bepoyon dashtlar, moviy osmon, behudud kengliklarni gavdalantiruvchi she’rlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari ifoda etilgan. Bu asarlarning asosiy xususiyati — poklikka intilish, samimiylik. Shoir o‘z ovozi va o‘z dastxati bilan she’r ixlosmandlarining e’tiborini qozonadi degan fikrdamiz. |
Ma’suma Ahmedova. Oftobli kun: Hikoyalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.
Yosh adiba Ma’suma Ahmedovaning hikoyalarida favqulodda voqealar ro‘y bermaydi, uning qahramonlari ham hayotda deyarli har kuni ko‘rib turganimiz oddiy kishilardir. Ammo qalamkash ana shu odatiy voqea-hodisalar zamiridagi murakkab insoniy munosabatlarni, ana shu oddiy kishilarning behalovat qalbini sinchkovlik bilan ilg‘ab, o‘ziga xos badiiy shaklda tasvirlashga intiladi. |
Nabijon Najmiddinov. Enatut: Hikoyalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982.
Yosh qalamkash Nabijon Najmiddinovning bu kitobiga mavzu jihatdan xilma-xil hikoyalar jamlangan. Muallif Ulug‘ Vatan urushida jasoratlar ko‘rsatgan, ammo xizmatini sira minnat qilmagan kamtarin Do‘smat chol, opasining muhabbatiga befarq qaray olmagan kichkina Umidjon kabi turfa fe’l-atvorli kishilar obrazini yaratadi. |
Ismoil To‘xtamishev. Cho‘l boychechagi. She’rlar. T.: «Yosh gvardiya», 1982.
Shoir ijodida do‘stlik, sof sevgi, ona yerga muhabbat kabi mavzularga keng o‘rin berilgan. Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishdek ulkan ishga bel bog‘lagan yoshlar ko‘rsatayotgan g‘ayrat-shijoat to‘plamning asosiy mazmunini tashkil etadi. |
Ismat Norboyev. Tog‘ so‘qmoqlarida: Hikoyalar. T.: «Yosh gvardiya», 1983.
Hurmatli o‘quvchilar Ismat Norboyevni «Tog‘ hikoyalari» kitobi hamda boshlang‘ich sinf darsliklariga, turli majmualarga kirgan hikoyalaridan yaxshi biladilar. I. Norboyev tabiat, tabiat muhofazasi haqida yozadi, dunyomizning muhim muammolaridan biri, qolaversa, istiqbolimizni belgilovchi omillardan biri bo‘lgan shu tabiat mavzusida bahs yuritadi. |
Orziqul Ergashev. To‘y: Hikoyalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
Yosh yozuvchi Orziqul Ergashev o‘zining mazkur ilk to‘plamidagi hikoyalarida qishloq hayoti, qishloq kishilarining o‘ziga xos urf-odatlari va ruhiy kechinmalarini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlashga intilgan. |
Muhammad Yusuf. Tanish teraklar: She’rlar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.
Muhammad Yusuf she’rlarida hayot haqiqati yoniq ehtiros va ko‘tarinki ruh bilan tasvirlanadi. Muallif yuragidagi samimiyat nuri she’r satrlarini yoritib turadi va uning kuyunchakligi she’rxonga ham yuqadi. Lirik qahramonning ruhiyati go‘zal, xayoli uzun, dardining ko‘zlari tiyran. Ona yurt tuyg‘usi, o‘tgan urushning dildagi taassurotlari, bugungi kun tashvishlari va ertangi kun umidlari chiroyli tashbihlarda ifoda etilgan. |
Anvar Jo‘raboyev. Taklifnoma: Hikoyalar. T.: «Yosh gvardiya», 1987.
Ushbu kitob Anvar Jo‘raboyevning ilk hikoyalar to‘plami. Hikoyalarning aksariyat qahramonlari haqiqat va ezgulik tantanasi uchun kurashadi. Ularda isyonkor bir ruh mavjud. Ko‘pchilik hikoyalarning mavzui qayta qurish ruhiga monand. |
Maqsud Bekjon. Mo‘tadil ranglar: She’rlar. T.: «Yosh gvardiya», 1988.
Keyingi yillarda she’riyat bo‘stoniga bir guruh yoshlar kirib keldi. Shunday yoshlardan biri shoir Maqsud Bekjondir. Uning she’rlari uychanligi, fikrlarga boyligi bilan ajralib turadi. |
Yusuf Latif. Yanvarning quyoshli kuni: Hikoyalar. T.: «Yosh gvardiya», 1988.
Yosh yozuvchi Yusuf Latifning ushbu to‘plamiga kiritilgan hikoyalarida zamondoshlarimiz hayoti, ularning ma’naviy olami, insonning o‘z-o‘zini anglashdek murakkab lahzalar samimiy tasvirlanadi. |
O‘rinboy Usmonov. Spitamen qotili: Hikoyalar. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
O‘rinboy Usmonov o‘z hikoyalarida inson ruhiy olamiga chuqurroq kirib borishga harakat qiladi, insoniylikning oliy belgilari bo‘lmish insof va adolat, e’tiqod va muhpbbat, qadr-qimmatni anglash, ehtiyotlash muamolari ustida uyga toladi hamda o‘quvchilarni ham shu uylariga oshno etadi. |
Abdusattor Sodiqov. Oriyat: Hikoyalar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1997.
Abdusattor Sodiqovning «Oriyat» to‘plamiga jamlangan hikoyalarni o‘zaro bir-biriga bog‘lab turgan bosh g‘oya — odamiylik, inson qadr-qimmatini ulug‘lash, ma’naviy boylik har qanday moddiy boylikdan ustun turadi degan aqidaga amal qilishga yo‘naltirilgan. |