Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami. 5 jildlik (1988-1989)

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 1-jild: Devon / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Erkinov S. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1988

O‘zbek sovet adabiyotining asoschisi Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan nashrga tayyorlangan «To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu dastlabki jildidan shoirning lirik she’rlaridan iborat «Devon»i o‘rin oldi. Keng xalq ommasi o‘rtasida «Devoni Nihoniy» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu asar birinchi marta to‘la holda e’lon qilinmoqda.

Nashrga tayyorlovchilar:
Sodir Erkinov, Quvomiddin Munirov, Sharafiddin Eshonxo‘jayev

Mas’ul muharrirlar:
Yusuf Sultonov, Naim Karimov

Tahrir hay’ati:
Naim Karimov, Salohiddin Mamajonov, G‘affor Mo‘minov, Baxtiyor Nazarov, Yusuf Sultonov, Toshpo‘lat Tursunov, Aziz Qayumov, Laziz Qayumov, Komil Yashin

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 2-jild: She’rlar. Pedagogik risolalar. Nasriy asarlar / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Rahmatova D. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1988

«To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu jildiga Hamza Hakimzoda Niyoziyning inqilob arafasida va inqilobdan keyingi yillarda yozgan she’riy va nasriy asarlari hamda pedagogik risolalari kiritildi.
Hamza asarlarining yangi ilmiy nashri o‘zbek sovet adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi ziyolilar ommasiga mo‘ljallangan.

Nashrga tayyorlovchilar:
Dilbar Rahmatova, Nazira G‘anixo‘jayeva, Halima Muxtorova

Mas’ul muharrir:
Naim Karimov

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 3-jild: Dramalar (1915-1920) / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Jumaboyeva J. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1988

«To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu jildiga Hamzaning 1915—1920 yillar orasida yozilgan mashhur dramalari bilan birga shu vaqtga qadar e’lon qilinmagan va tugallanmagan asarlari ham kiritildi.
Ushbu nashr o‘zbek sovet adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.

Nashrga tayyorlovchilar:
Jumagul Jumaboyeva, Anvar Akramov

Mas’ul muharrirlar:
Salohiddin Mamajonov, Naim Karimov

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 4-jild: Dramalar (1921-1928). Maqolalar / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Eshonxo‘jayev Sh. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1989

«To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu jildida Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1921—1928 yillar orasida yozgan dramatik asarlari hamda Oktyabrdan oldingi va keyingi davrlarga oid publitsistik maqolalari kitobxonlar e’tiboriga havola etilmoqda. Mazkur asarlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fondlarida saqlanayotgan mo‘tabar manbalar asosida nashrga tayyorlandi.
«To‘la asarlar to‘plami» o‘zbek sovet adabiyoti masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, shuningdek keng filologlar ommasiga mo‘ljallangan.

Nashrga tayyorlovchilar:
Sharafiddin Eshonxujayev, Dilbar Rahmatova, Nazira G‘anixo‘jayeva

Mas’ul muharrir:
Naim Karimov

Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami: 5 jildlik. 5-jild: Xatlar, adabiy-tarixiy lavhalar, Hamzaning ijodiy va ijtimoiy faoliyatiga oid hujjatlar / [Tahrir hay’ati: Karimov N. va boshq.; Nashrga tayyorlovchilar: Ibrohimova R. va boshq.] — Toshkent, «Fan», 1989

Hamza Hakimzoda Niyoziy «To‘la asarlar to‘plami»ning ushbu, so‘nggi jildiga adibning hayot va ijod yo‘lini mukammal tasavvur etishga xizmat qiluvchi xat, ariza, adabiy-tarixiy lavha va qaydlari, shuningdek shoir ijodiga oid boshqa materiallar kiritildi.
Ushbu nashr o‘zbek sovet adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.

Nashrga tayyorlovchilar:
Ra’no Ibrohimova, To‘xtamurod Zufarov, Sharofiddin Eshonxujayev, Saidbek Hasanov

Mas’ul muharrir:
Naim Karimov