Atoqli rus shoiri, dramaturgi va jamoat arbobi, SSSR Davlat mukofoti laureati Anatoliy Sofronovning ushbu to‘plamiga uning turli yillarda yozilgan she’rlari va «Mius», «Pliyev Odessa ostonasida», «Oltin qirg‘oq», «Qamchi» poemalari hamda «Mashaqqatli yo‘l» dramasi kiritildi.
“Do‘stlik kutubxonasi”dan chiqayotgan bu kitobga Ozarbayjon shoiri Sulaymon Rustamning eng sara she’rlari taniqli o‘zbek shoirlari Shayxzoda, Zulfiya, Shuhrat, Oydin Hojiyevalar tarjimasida kiritildi.
Mashhur sovet shoiri Demyan Bedniyning nomi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish.
Yigirmanchi yillardayoq uning kitoblari O‘zbekistonda rus tilida, o‘ttizinchi yillarda esa o‘zbek tilida chop etilgan. Ushbu she’rlar to‘plami shoirning 1963 yili Toshkentda nashr qilingan to‘plami asosida qayta tuzilib va yangi tarjimalar bilan to‘ldirilib, o‘quvchilar hukmiga havola etilayotir.
Latviyaning atoqli shoiri va nosiri Imant Ziyedonvs ko‘plab kitoblarning muallifidir. «Har quduqning o‘z aks sadosi bor», «Tik qoshiq», «Mening toshim bedor», «Epifaniyalar», «Asal dengizga oqadi» singari she’riy va nasriy to‘plamlari uni keng kitobxonlar ommasining sevimli adibi bo‘lib tanilishiga sababchi bo‘ldi. Mazkur to‘plam o‘zbek o‘quvchilarini birinchi marta Ziyedonis ijodi bilan tanishtiradi. San’atkorning falsafiy izlanishlari mohiyati, bu izlanishlarning murakkabligi, axloqiy muammolar, muhabbat va Latviyaning tabiati hahidagi terak o‘ylar ushbu majmuaning mundarijasini tashkil qiladi.
Taniqli tojik shoiri, SSSR Davlat mukofoti laureati Mo‘min Qanoat nomi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Uning bir qancha she’rlari, dostonlaridan parchalar tarjima qilinib to‘plamlarda, gazeta va jurnallarda bosilib chiqqan.
Shoirning o‘zbek tilida birinchi marta mukammalroq to‘plam holida nashr etilayotgan she’r va dostonlari kitobxonlarimizga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Taniqli qozoq shoiri, SSSR Davlat mukofoti laureati, Qozog‘iston Yozuvchilar soyuzining sekretari Juban Mo‘ldag‘aliyevning ushbu majmuasiga turli yillarda yozgan eng sara she’rlari, “Salom aytdim” va “Sel” nomli dostonlari kiritildi.
Ushbu kitobga taniqli rus shoiri Oleg Shestinskiyning tanlangan she’rlari jamlandi. Unda Ulug‘ Vatan urushi fidoyilari, Leningrad qamali qahramonlari, do‘stlik, qardoshlik tuyg‘ulari, ajoyib zamonamiz, tinchlik uchun kurash tuyg‘ulari tarannum etiladi.
«Mixail Petrovning sarguzashti» dostonida esa nemis-fashist bosqinchilari keltirgan ofat, urush va urush tufayli sargardon bo‘lgan odamlar taqdiri qalamga olinadi.
Gruzin sovet adabiyotining asoschilaridan biri Galaktion Tabidze (1892—1959) gruzin she’riyatining inqilobi sahifasini va ulkan namoyaidalar qatorida jahon she’riyatining gruzin she’riyati deb atalgan bobini ochgan siymolardandir.
Shoirning o‘zbek tilida ilk bor chiqayotgan “O‘ynoqi gullar” kitobi uning inqilobgacha va inqilobdan keyingi ijodi haqida to‘la tasavvur beradi.
Dog‘iston xalq shoiri, Lenin mukofoti laureati Rasul Hamzatovning nomi butun dunyo kishilari qatori o‘zbek kitobxonlariga ham yaxshi tanish. Uning kitoblari o‘zbek tilida ilgari ham nashr etilgan.
Mazkur to‘plamga shoirning turli yillarda yozgan she’rlari, jumladan, «Tog‘ qo‘shig‘i», «Sakkizliklari», «To‘rtliklari», «Bitiklari», «Elegiyalari» saralab kiritildi. Shuningdek to‘plamdan shoirning «Tug‘ilgan yilim» dostonidan parchalar ham o‘rin olgan.
Mazkur to‘plamga ozarbayjon shoiri Mikoyil Mushfiqning Ozarbayjon tuprog‘i go‘zalliklarini, zamondoshlarning yuksak orzu va istaklarini, sof muhabbatini tarannum etgan saylanma she’rlari kiritildi.
Mazkur kitobga mashhur rus shoiri Vladimir Mayakovskiyning lirik she’rlari. «Vladimir Mayakovskiy» fojiasi, «Ishton kiygan bulut», «Umurtqamning sivizg‘asi», «Sevaman» dostonlari to‘la kiritildi. «Bu haqda» dostonidan parcha berildi.
Musa Jalil — tatar xalqining milliy qahramoni, hayotni, insoniyatni mislsiz muhabbat bilan sevgan, Vataniga fido bo‘lgan shoirdir. Uning jahonga tanilgan mashhur «Moabit daftari» o‘zbek tilida 1959 yilda nashr etilgan edi. Mazkur to‘plamga «Moabit daftari»dan olingan va ilgari tarjima qilingan she’rlar bilai bir qatorda shoir ijodining dastlabki davriga oid va Ulug‘ Vatan urushining oldingi yillarida yozilgan yangi saralangan she’rlari kiritildi. Yangi tarjimalar Razzoq Abdurashid tomonidan bajarildi.
Atoqli rus sovet shoiri Yevgeniy Yevtushenkoning she’rlari inson ongiga va vijdoniga murojaat qilib, uni o‘z manfaatlarining tor dunyochasida o‘ralashib qolmaslikka chaqiradi. Yaxshilik va adolatning tantana qilishiga ishonchni yo‘qotmaslikka undaydi.
Ushbu kitob o‘z mazmuni va pafosi bilan hozir yer yuzida ro‘y berayotgan keskin va alangali voqealar bilan hamohangdir.
To‘plam yaxshi niyatli barcha odamlarning jahon taqdiriga va taraqqiyotiga aloqadorligini tasdiqlaydi.
Bu kitob atoqli belorus shoiri Yanka Kupalaning poema va she’rlaridan tuzildi. Bu asarlarda shoir jafokash xalqning ayanchli ahvolini hamdardlik bilan aks ettirib qolmay, ularni zulm va istibdodga qarshi ozodlik uchun kurashga chaqiradi. Oktyabr inqilobi va undan keyingi yangiliklarni shodlik bilan kuylaydi.
Taniqli qozoq shoiri Kakimbek Saliqovning she’r va dostonlari o‘zbek tilida birincha marta e’lon qilinmoqda. Ularda Qozog‘iston diyorining bepoyon dalalari, go‘zal tabiati, mehnatkash odamlari, do‘stlik va birodarlik, yoshlik va muhabbat kuylanadi. To‘plamga uning O‘zbekiston haqidagi she’rlari va «Xonatlas» dostoni ham kiritildi.
Lenin mukofoti laureati Yegor Isayev nomi o‘quvchilarga tanish va qadrdon. Uning «Xotira ufqi», «Xotira hukmi» dostonlari ayniqsa mashhur. Bu ikki doston o‘zbek tilida birinchi marta jaranglamoqda.
Olatovsiz meni yetim, chin yetim deb bilinglar,
Bizning uyga kelganda ham Olatov bo‘p kelinglar.
Bu satrlar taniqli qozoq shoiri Abay nomli Qozog‘iston Davlat mukofoti hamda Qozog‘iston Lenin komsomoli mukofotining laureati Tumanboy Mo‘ldag‘aliyev qalamiga mansub. Tumanboy yurak-yuragi bilan qozoq yeri, qozoq eliga maftun, shu bilan birga, qardoshlik, tinchlik, insonparvarlik g‘oyalariga kamarbasta shoir.
T. Mo‘ldag‘aliyevning eng sara she’rlaridan tuzilgan mazkur kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘lar, degan umiddamiz.