Eng birinchi avtomashina

Ilk transport turi – yog‘ochdan ishlangan mototsikl 1885 yilda germaniyalik Gotlib Daymler tomonidan yasalgan bo‘lib, dvigateli benzin bilan harakatlangan. Oradan bir yil o‘tib, Karl Bents avtomobil deb hisoblash mumkin bo‘lgan uch g‘ildirakli transport turini yaratdi. Bundan ko‘p o‘tmay Daymler va davomi…

G‘aroyib vasiyatlar

Eng bema’ni vasiyatnomani marsellik etikdo‘z yozgan. Vasiyatnomadagi 123 ta so‘zdan 94 tasini o‘qishga til bormaydi. Eng qisqa vasiyatnomani esa londonlik bankir yozgan. Uning vasiyatnomasi quyidagicha: “Men butunlay sindim”.

Koinot raqamlarda

Oyning Yerdan ko‘rinib turadigan eng ulkan krateri Beyli deb ataladi. Uning maydoni taxminan 26,000 kvadrat milga teng. Yerga har kuni 27 tonna kosmik chang yog‘iladi. Bir yilda 10 ming tonnadan ortiq chang Yerga tushadi.

Xotirangga balli!

Janubiy afrikalik siyosiy arbob  Yan Xristian Smets 5000ta kitobning matnini yoddan bilgan, birmalik  Visittabm Vumsa  1974 yilda 6000 sahifalik budda matnlarini yoddan aytib bergan. Anqaralik Mehmed Ali Xolisiy 1967 yilning  14 oktyabrida olti soat davomida Qur’onni yoddan aytib bergan.

Dunyo tillari ikki baravar qisqaradi

Yashash uchun turli tillar o‘ylab topilgan edi. Odamlar yana yashash uchun ularni o‘zlari qisqartirmoqda. “Qachonlardir odamlar Yer yuzida juda baxtli hayot kechira boshlashibdi. Ular shu qadar farovonlik va to‘kislikda yashabdilarki, o‘z imkoniyatlaridagi deyarli barcha narsalarga erishibdilar.

Koka kolada liksir moddasi bor

Koka  kola  ichimligi  1885 yil  Jon  Stis  Pemberton  tomonidan  Amerikaning  Jorjiya  shtatida  ixtiro  qilingan. Dastlab  u  “kokavine”, ya’ni kokavino  deb  atalgan. Kola  ichimligi Janubiy  Amerikadan  keltirilgan koka  bargi va yong‘og‘i hamda kafein qo‘shib tayyorlangan. Shu  bois ham Pemberton ichimlikka “koka davomi…

Kompyuterda terasizmi yo qo‘lda?

Zamonaviy odamlar qo‘lda emas, ko‘proq kompyuterda yozishga intilishadi. Yangi texnologiya vositalarini bilganlar uchun bu nihoyatda oson va qulay usul. Bir tekisdagi harflar ish natijasini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi. XX asrda yozuv mashinkalari va kompyuterlar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib keldi. davomi…

Antiqa ma’lumotlar

AFRIKADAN ChEMPION YO‘Q Yaqinda sport statistikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar antiqa ma’lumotga duch kelishdi. Unga ko‘ra, shu bugunga qadar o‘tkazilgan barcha qishki Olimpiada o‘yinlarida Afrika qit’asidagi davlatlardan hech bir sportchi g‘olib bo‘lmagan.

Ilk gramplastinkalar

Zar qog‘oz qoplangan g‘o‘lani ko‘z oldingizga keltiring. Ovozni kuchaytiruvchi karnayga ulangan ignaning uchi o‘sha g‘o‘laga tegib turibdi. G‘o‘la sekin aylanyapti. Ovoz kuchaytiruvchi bu karnayga  gapirilsa, tovush zarbidan igna harakatga keladi va uning uchi zarqog‘ozga dam katta, dam ingichka iz o‘yadi davomi…

Mashhur so‘zlar: “vaqt”dan “tinchlik”kacha

“Mehnat qilish” emas – “dam olish”, “echim” emas – “muammo”, “ayol” emas – “erkak” so‘zlari o‘z antonimlariga nisbatan bir kunda odamlar tomonidan ikki marta ko‘proq talaffuz qilinadi. “Shaxs”. Jinsni anglatmaydigan ushbu so‘z sherigi “narsa” bilan eng ko‘p ishlatiladigan “leksik xomashyolar”dan davomi…