Said Ahmad (1920-2007)

O‘zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yil 10 iyunda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili o‘rta maktabni, 1943 yili esa oliy o‘quv yurtini tugatdi. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘liga qalam ushlagan. davomi…

Shukrullo (1921-2020)

Iste’dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), so‘ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universiteti qoshidagi aspiranturada o‘qigan. U turli gazeta va davomi…

Asqad Muxtor (1920-1997)

Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika davomi…

Mirmuhsin (1921-2005)

O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Qo‘rg‘ontepa mahallasida kulol oilasida dunyoga kelgan. Maktabni bitirib, 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirdi. O‘kishni tugatib (1941), maktab-maorif ishlarida, davomi…

Nosir Fozilov (1929-2018)

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning ikkinchi yarmilarida kirib kelgan bo‘lib, hozirgacha jami yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Bular orasida o‘ttizga yaqin original asarlar bo‘lib, qolganlari tarjima kitoblardir. U 1929 yil 1 iyunda Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining davomi…

Farhod Musajonov (1933-2013)

Farhod Musajonov — ko‘p qirrali ijodkor. U nosir, dramaturg va kinostsenaristdir. 1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. Respublika radiosi, televideniyesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida davomi…

Omon Muxtor (1941-2013)

Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, O‘zbekiston radio va televideniye Davlat Qo‘mitasi, «O‘zbekfilm» hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» davomi…

O‘tkir Hoshimov (1941-2013)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. davomi…

Jo‘rabek Ramazonov (1983-2014)

Jo‘rabek Ramazonov 1983 yil Surxondaryo viloyatining Boysun shahrida tug‘ilgan. Tumandagi 1-maktabda tahsil olgan. Ijod namunalari respublika matbuotida elon qilingan. O‘zbekiston yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” seminari ishtirokchisi. “Tavallo” (2003), “Bugun” (2008), “Yur, qochib ketamiz” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Boysun” davomi…