Zulfiya (1915-1996)

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. 1935—1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti davomi…

Hakim Nazir (1915-2008)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido‘z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim fabrikasida boshlagan, ishlab turib, kechki yshchi-yoshlar maktabida o‘qishni davom ettirgan. davomi…

Sharof Rashidov (1917-1983)

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Narimonov nomidagi o‘rta maktabda dastlabki ma’lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o‘qigan. 1941 yilda esa Samarqand davlat universitetini tugatgan. Shundan so‘ng u muallim va davomi…

Nazarmat (1917-2009)

Jangchi shoir, oqsoqol adiblardan biri Nazarmat (Egamnazarov) 1917 yilning 7 noyabrida Tojikiston Respublikasi, Xo‘jand viloyati, Nov qishlog‘ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmatning ukasi bo‘lib, 1935 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Universitetiga o‘qishga kelgan. 1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketgan. U davomi…

Rahmat Fayziy (1918-1988)

Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yil 10 sentyabr kuni Toshkentda Beshyog‘och dahasining ikkinchi tikonli mozor mahallasida mayda kosib oilasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, elektr-mexanika texnikumida o‘qidi. So‘ng «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari, davomi…

Turob To‘la (1918-1990)

Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933—1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki bo‘limida tahsil oldi. Shu bilan birga, «Yosh kuch» jurnali, «Yosh davomi…

Tolib Yo‘ldosh (1919-2002)

Bolalar va kattalarning ardoqli shoiri Tolib Yo‘ldosh 1919 yili Toshkentning Chilonzor ota mavzesi, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilasida dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan bo‘lib, ilm-bilim degan narsalarni qirq yoshidan so‘ng egalladi. Tayyorlov va kechki kurslarda o‘qidi. Ammo shoirning «Saylayman» davomi…

Shuhrat (1918-1993)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (G‘ulom Alimov) 1918 yil 19 aprelda Toshkentning Hazrati Imom (Xastimom) mahallasida hunarmand oilasida tug‘ildi. Eskicha va yangicha maktabda tahsil olgach, transport texnikumida o‘qiydi. Bu yerda Yunus Latif ta’sirida davomi…

Hamid G‘ulom (1919-2005)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1979), Respublika va sobiq Ittifoq Davlat mukofotlari sovrindori Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturgdir. H. G‘ulom 1919 yil 25 aprelda toshkentlik musiqa muallimi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, O‘rta Osiyo davomi…