Vestfal sulhi qachon tuzilgan?

O‘ttiz yillik urush 1648 yili Vestfal sulhi bilan nihoyasiga yetdi. Tinchlik sulhi Niderlandlarning birlashgan provintsiyalariga, Shveytsariya kantonlariga, shuningdek, Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kiruvchi ko‘plab german davlatlariga mustaqillik va e’tiqod erkinligini berdi. Biroq bu shartnoma Burbonlar va Gabsburglar o‘rtasidagi tinchlikni o‘rnata olmadi, natijada 1659 yilga qadar Frantsiya va Ispaniya o‘rtasida toju taxt uchun kurash davom etdi.