Qurbaqalar urug‘dan qanday ochib chiqadi?

Garchi qurbaqalar quruqlikda yashasa-da, ularning ko‘p turi tuxum qo‘yish payti suv tomon yo‘l oladi. Odatda, bu bahorda yuz beradi.

Qurbaqa ariq cheti yoki chog‘roq ko‘lning sayoz joyidan sokin go‘sha qidirib topadi. Urg‘ochisi kechasi yoki tong azonda ma’lum miqdorda tuxum, urug‘ qo‘yadi. Ular yelimshakka o‘xshash yaxlit massaga birlashtirilib, ariqdagi allaqanday o‘simlikka bog‘lab qo‘yiladi.

Bitta kichik qurbaqa ikki-uch, kattasi 6-8 mingta tuxum qo‘yadi. Urug‘lar aylana, tepasi qora, vazni yengil, diametri 1,5 mm bo‘ladi. Endigina qo‘yilgan urug‘ choy qoshiqdan katta bo‘lmaydi, keyin u dastlabki holatidan bir necha marta kattarib ketadi. Qurbaqaning turiga qarab, urug‘lar bir necha kundan yoki haftadan keyin yoriladi va undan itbaliq ochib chiqadi. Ularning orqa suzgichi va oyqulog‘i bo‘ladi.

Oyquloqlar dastlab tanasining tashida bo‘ladi. Asta-sekin uni teri qoplab oladi, tana ichida o‘pka shakllanib boradi va boshqa o‘zgarishlar kechadi. Panjalari rivojlanadi. Avvaliga keyingi panjalari bo‘y ko‘rsatadi, oldingilari esa itbaliqda yuz beradigan metamorfozning so‘nggi bosqichiga qadar rivojlanmasdan qolaveradi. Dumi tanasiga kirib boradi va itbaliq yetilgan, quruqlikdagi hayotga tayyor bo‘lgan paytda butunlay ko‘rinmay ketadi.

Agar havo issiq bo‘lsa, itbaliq bir haftada qurbaqaga aylanadi. Sovuq havoda bu jarayon bir haftadan ko‘proqqa cho‘ziladi.