Qaysi davlatning parlamenti eng ko‘hna parlament?

Frantsiyada Kapetinglar sulolasi davridagi parlament xuddi Adolatli saroy hakamlariga o‘xshardi, ya’ni sudlov ishlari bilan shug‘ullanardi. Bugungi kunda bu ishlar bilan butunlay boshqa soha — qonunchilik shug‘ullanadi. Biroq, hamma ham eng ko‘hna parlament 13 asrdan buyon ma’lum bo‘lgan Angliya parlamenti emas, balki Islandiya parlamenti ekanligini bilarmikan?

Islandiya parlamenti 930 yilda tashkil topgan bo‘lib alting, ya’ni majlis deb atalardi. 9 asrning oxirida Islandiyaga Norvegiyaliklar bostirib kirdi. Va u o‘z mustaqilligini qayta tiklagach, 930 yildan e’tiboran yakka hukmdor emas, balki bir guruh kishilar, ya’ni majlis rahbarlik qiladigan yagona mamlakatga aylandi. Islandiya 1944 yilning 17 iyunida, ming yillar davomida Daniya va Norvegiyaning istibdodidan xalos bo‘lgach Respublika deb e’lon etildi. Bu mamlakatning Prezidenti to‘rt yillik muddatga saylanib, Bosh vazir bilan birgalikda davlatni boshqaradi. Alting mamlakatning poytaxti — Reykyavikda to‘planadi. Mazkur a’lting, ya’ni parlament 2 palatadan tarkib topgan bo‘lib, ularning har biri umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.