Qanday ob’ektlar koinotda ko‘chib yuradi?

Gravitatsiya Koinotdagi bir ob’ektni ikkinchi bir ob’ektga tortib turadigan kuchdir. Bu kuch kosmik ob’ektlarni Yerga tomon harakat qilishga majbur etadi. Faqat Galileo Galiley (1564—1642) zamoniga kelib gravitatsiya kattaligini aniqlashga urinishlar boshlandi. U vaqtga qadar Yer yuzasiga kelib uriladigan predmetning qulash tezligi uning vazniga bog‘liq, deb hisoblanar edi.

Galiley Piza shahridegi minora tepasidan vazni har xil bo‘lgan predmetlarni ularga gravitatsiya «kuchlari» ta’sirini o‘rganish maqsadida Yerga tashlab ko‘rar edi.

U vazni turlicha bo‘lgan predmetlar bir vaqtda pastga tashlab yuborilganida, ular Yer yuzasiga bir vaqtda yetib kelishini isbotlab berdi.

U sharni qiyalik bo‘ylab dumalatib ko‘rar va ma’lum bir vaqt oralig‘ida uning holatini o‘lchar edi. Galiley shar tezligi oshishi uning harakat vaqtiga mutanosib ekanini kashf qildi. Buning ma’nosi shuki, shar ikkinchi sekundning oxiriga kelib, birinchi sekundning oxiridagiga nisbatan ikki marta, uchinchi sekundning oxiriga kelib uch marta tez harakat qila boshlaydi va hok.

U, shuningdek, shar bosib o‘tgan masofa uning harakat vaqti kvadratiga teng ekanini hisoblab chiqdi. Son kvadrati u o‘sha sonni o‘ziga ko‘paytirganda hosil bo‘ladi. Demak, shar ikkinchi sekund oxiriga kelib, masofani birinchi sekund oxiridagiga nisbatan to‘rt barobar, uchinchi sekund oxiriga kelib, to‘qqiz marta tez bosib o‘tadi va hok.

Isaak Nyuton gravitatsiya sohasidagi kashfiyotlarni davom ettirdi. U predmetni Yerga tortadigan kuch ular o‘rtasidagi masofa ortishi bilan kamayib boradi, deb taxmin qildi. Tajriba va kuzatishlar natijasida butun olam tortish qonunini kashf qildi. Qonunning asosiy mazmuni shundan iboratki, agar o‘zaro tortishayotgan predmetlardan birortasining massasi (modda miqdori) ikki marta ortsa, tortish kuchi ham shuncha ortadi, agar ular o‘rtasidagi masofa ikki marta ortsa, tortish kuchi dastlabki kattalikning to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.

Albert Eynshteyn «Gravitatsiya nima?» degan savolga javob berishga harakat qilib, fazo — vaqt to‘rt o‘lchamga ega ekanini isbot qildi. Bu o‘ta murakkab nazariyadir. Uni tushunish uchun chuqur ilmiy bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Uning so‘nggi nazariyasiga ko‘ra, gravitatsiya maydoni elektr, magnit va elektromagnit maydoni bilan bog‘liq. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, shu vaqtgacha hech kim gravitatsiyaning hammani birday qanoatlantiradigan qoidasini o‘ylab topgani yo‘q.

Shunga qaramasdan, hammamiz bilamizki, gravitatsiya ta’sirida tezlik har sekundda oldingisiga nisbatan 10 metr ortib boradi, ya’ni tushayotgan predmetning tezligi sekundiga 10 metr oshaveradi. Ilk sekund oxirida tezlik sekundiga 10 metr, ikkinchi sekund oxirida — 20 metr va hok. bo‘ladi. Agar birinchi sekund oxirida predmet 5 m masofani bosib o‘tsa, ikkinchi sekund oxirida 20 m., uchinchi sekund oxirida 45 m. yo‘l bosadi.