Qadimgi keltlar qaerda yashashgan?

Evropada germanlar ko‘payib ketishidan ancha avval u yerga keltlar kelgandi. Ularni gallar yoki galatlar deb atashgan. Kelt qabilalari Yevropa bo‘ylab 3 ming yil avval tarqalgan. Temir asri o‘rtalariga kelib, eramizdan avvalgi 600 yil bilan Rim imperiyasi vujudga kelgan davr o‘rtasida ular Britaniyaga, Pireneya yarim oroliga, Galliyaga, Germaniyaning janubiga joylashdilar. Vaqt-vaqti bilan Italiyaga, Bolqonga va Kichik Osiyoga joylashdilar.

Keltlar abjir, lekin bemulohaza jangchilar bo‘lishgan. Hunarmandlari esa mahorat ila yasalgan temir va bronza buyumlari bilan dong taratishgandi.

Kelt qirollarining varvarlarcha dabdaba bilan qurilgan saroylarida baxshilar qo‘shiq va sehrgarlar hamda qahramonlar to‘grisidagi dostonlar bilan bazm ayshini surayotganlarni xushnud etishardi.

Kelt qabilalarining katta qismi asta-sekin Rim imperiyasiga bo‘ysuna bordi va eramizdan avvalgi 100 yilga kelib Irlandiya (skottlar yashagan joy) va Shotlandiyaning shimoligiga (piktalar yashagan joy) mustaqilligicha qoldi.