Agar siz dengiz sohiliga borgan bo‘lsangiz, suvning ko‘tarilishi va pasayishi o‘rtasidagi farqni ko‘rgansiz, albatta. Dunyoning ayrim joylarida bu farq 12 metrni tashkil qiladi.
Inson uzoq vaqt suvning bunday vaqti-vaqti bilan harakatlanib turishi muhim energiya manbai bo‘lishi mumkinligiga e’tibor bermay keldi. Agar undan sharshara va daryolardagi kabi foydalanilganda edi, atrof-muhitga hech bir zarar yetkazmasdan, ko‘p miqdorda energiya olish imkoni tug‘ilardi. Ilk suv ko‘tarilishidan ishlaydigan gidroelektrostantsiya Frantsiyaning Sent-Malodan unchalik uzoq bo‘lmagan Bretani degan joyida qurildi. Dinard va Sent-Malo o‘rtasidagi Kotanten yarim oroli etagida joylashgan bu gidroelektrostantsiya Atlantika okeanidan La-Mansh bo‘g‘oziga oqib kiradigan suv ega bo‘lgan 56 million ot kuchilik quvvatning yarmini elektr energiyasiga aylantirib bera oladi.
To‘g‘onga o‘rnatilgan 24 ta kuch qurilmasi bir yilda 540 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu, albatta, katta daryolarda qurilgan gidroelektrostantsiyalar quvvatidan ancha kam, ammo ularning ishonchliligi ancha yuqori. Dengiz suvining ko‘tarilib tushishi muvaqqat ob-havo injiqliklariga bog‘liq emas.